𝐐𝐎'𝐑𝐆'𝐎𝐍:𝐮𝐧𝐮𝐭𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐬𝐡𝐨𝐧-𝐬𝐡𝐮𝐱𝐫𝐚𝐭
Jungkook bir soniya ham o‘ylamadi. Meni belimdan ushlab egarga chiqarib o‘tqazdi.
Uning nafasi tezlashgan edi. Yuzida chang. Yelkasida esa yangi tirnalgan iz paydo bo‘lgandi. Ammo u bunga e'tibor ham bermayotgandi. Saroy tomondan yana o‘nlab soqchilar yugurib chiqdi. Jungkook ularni ko‘rdi. Keyin menga qaradi.
— Faqat qo‘rg‘ongacha yetib ol. Lexor uni ehtiyot qil!
So‘ng otning jilovini qo‘limga tutqazdi. Keyingi soniyada orqasiga burilib, ular tomon ketdi. Po‘latlarning jarangi hovlida aks sado berar U esa soqchilar tomonga yurardi. Qochayotgan odamdek emas. Yirtqichlar orasiga kirayotgan boshqa bir yirtqichdek.
— Qo‘rg‘onlik... - pichirladi soqchilardan biri.
Koridor bo‘ylab qadam tovushlari ko‘paydi. Jungkookning nigohi esa bir zum ham ulardan uzilmadi. U saroyga kirgan zahoti tutib ketilish ehtimolini bilardi. Ammo bu qadar tez bo‘lishini kutmagandi. Bir soqchi oldinga chiqdi.
Soqchi qilichini ko‘tardi. Shu onda Jungkookning ko‘zlari chaqnadi.
— Oltin devorlaring ortiga yashirinib olib, qurolsiz odamga qilich o‘qtalasanmi?
Soqchi uning yoqasidan ushlashga urindi. Keyingi soniyada esa devorga urilib ketdi.
Bu safar besh-olti soqchi birdan tashlandi. Jungkook ulardan ikkitasini chetga uloqtirishga ulgurgan bo‘lsa-da, koridor tobora odamga to‘lib borardi.Har tomondan qilichlar o‘qtalgan. Har tomondan buyruqlar yangrar edi.
Jungkook ilk bor bu buyruqni eshitib qoshlarini chimirdi. "Tirik kerak?" Demak, ular uni darhol o‘ldirish niyatida emas edi. Bu esa yaxshi alomat emas.bBir lahza ichida yana uch kishi ustiga tashlandi. Bu safar Jungkook qarshilik qilmadi. Agar istasa yana bir nechtasini yiqitishi mumkin edi. Ammo bundan foyda yo‘qligini tushundi.
Bu saroydan hozircha yolg‘iz chiqib ketishning iloji yo‘q edi. Qo‘llariga temir kishan urildi. Soqchilar orasida turgan bir kishi unga yaqinlashdi.
— Nihoyat qo‘lga tushding, yovvoyi.
Jungkook unga tikildi. So‘ng labining bir cheti ko‘tarildi.
— Nihoyatmi? - Jungkook. Nigohi atrofdagi yigirmaga yaqin soqchilarga o'tdi.
— Buning uchun yarim saroyni yig‘ishga to‘g‘ri kelibdi-ku.
Soqchi g‘azab bilan uning yelkasiga turtib yubordi.
Uzun yo‘laklar bo‘ylab olib ketishar ekan, Jungkookning nigohlari saroy devorlarida kezardi. Oltin. Ipak. Qimmatbaho toshlar. Hashamat. Lablari istehzoli tortildi.
— Xalqing och-nochor, qiroling esa... - Jungkook. Soqchilarning biri uni yana turtib yubordi. Ammo yigit kulib qo‘ydi
Hech kim javob bermadi. Ko‘p o‘tmay ular ulkan eshiklar qarshisida to‘xtashdi.
— Nega? - Jungkook soqchiga qaradi.
— Imperator huzuriga kiryapsan!
Bu safar Jungkook kulib yubordi. Past emas. Rostakamiga kuldi.
— Mana farq nimada? Qoʻrgʻonda odamlar hurmatni majburlab olmaydi.
Soqchining yuzi qandaydir oʻzgarib ketdi. Ammo javob berishga ulgurmasdan eshiklar ochildi. Og‘ir yog‘och eshiklar ikki tomonga surildi. Xonaga sharob hidi urildi. Jungkook boshini ko‘tardi. Taxtda o‘tirgan odamga qaradi. Imperator Yongsu.
Va bir soniyadayoq undan nafratlanib bo‘ldi.