Castigo
Taqdiringda yozilgandan hech qachon qutulolmaysan…
—Kompaniyada ishlar gullab yashnayaptimi? — Seunghun qolidagi sigaraning kulini kuldonga qoqarkan, bamaylixotir soʻradi.
VIP xona ichida faqat uch yigit. Stol ustida esa eng qimmat ichimliklar, qalin tutun va sovuq atmosfera.
Bu yigitlarning kiyinishidan tortib harakatigacha — ular oddiy “boyning bolasi” emasligi bilinib turardi.
—Kesatyapsanmi? Dadang kompaniya hamkorligini uzaytirish haqidagi fikrimizga nima deb javob bermoqchi? — Suho bokalini aylantirib kuldi.
—Oʻylanyapmiz… Kasot boʻlguningizcha oʻylansak kerak.
—Shsh~ yaramas.-Suho kulib yubordi.
Seunghun ham lab chetida jilmaydi. Sigarasidan yana bir tortib, tutunni sekin chiqardi. Harakati... u mukammal.
—Opang qaytibdi deb eshitdim - Eunwooning past va sovuq ovozi xona ichidagi havoni oʻzgartirib yubordi.
Suho yuzidagi kulgu bir zumda oʻchdi. Seunghunning qoʻli esa bir soniyaga toʻxtadi. Faqat bir soniyaga.
Keyin hech narsa boʻlmagandek sigarasini labiga olib bordi.
—Ahvoli qanday? Otang hali ham oʻsha Hoseokning otasi kompaniyasidan ulush olishga harakat qilyaptimi? Opang orqali?
Bu safar Seunghun sekin boshini koʻtardi.
Nigohlaridagi keskinlik...
Bu savol ... Uning ovoz past chiqdi ammo ichidagi bosilgan gʻazab bilinib turardi. Suho indamay ikkisiga qarab qoldi. Eunwoo esa bamaylixotir oʻtirar, goʻyo bu sovuq qarashlardan qoʻrqmaydigandek.
—Unda bu shunchakiligicha qolsin.
Bir necha soniya xona ichida jimlik.
Seunghun opasi haqida gapirishni yomon koʻrardi. Ayniqsa boshqalar oldida. Goʻyo unga befarqdek yurardi. Sovuq. Eʼtiborsiz. Ammo Sarang haqida gap ochilishi bilan ichidagi nimadir doim taranglashaveradi. Va Eunwoo buni sezardi. Anchadan beri sezardi.
—Hali ham uni himoya qilasanmi? — Eunwoo sekin soʻradi.
Bu safar Seunghunning jagʻi taranglashdi.
—Men hech kimni himoya qilmayman.
Suho ichida soʻkib yubordi. Vaziyat yana yomonlashayotganini sezib turardi.
Eunwoo koʻzini Seunghundan uzmay davom etdi:
—Opang ketganidan keyin sen oʻzgargansan. Buni oʻzing ham bilasan toʻgʻrimi? Yoningda deyarli hechkiming qolmadi ahir
Seunghun kulib yubordi. Ammo bu kulgida iliqlik yoʻq edi.
—Yoʻq. Shunchaki koʻrib turibman.
Bir lahza…
Seunghunning koʻzlarida gʻalati bir narsa chaqnadi.
—Sarang haqida gapirma dedim -
Bu safar ovozi ancha past chiqdi. Va aynan shuning uchun buyogʻi xavfliroq edi.
Eunwoo ham qaysarlik bilan unga tikilib turardi. Aslida u yomon niyatda emasdi. Bir paytlar Sarangni juda yaxshi koʻrgan. Balki hozir ham ichida oʻsha hissiyot oʻlmagandir. Va u Pack Bogum kabi odamning qoʻlida Sarang yana azob chekishini bilardi. Ammo Seunghun buni boshqacha tushunardi. Goʻyo Eunwooning har bir savoli opasiga haddan tashqari yaqinlashayotgandek tuyulardi. Afsus...
—Boʻldi endi, - Suho birdan oʻrnidan turib yubordi - Tepada oʻtirib kayfiyatni oʻldirdinglar. Pastga tushamiz.
Hech kim javob bermadi. Seunghun sigarasini kuldonga bosib oʻrnidan turdi. Eunwoo esa uning ortidan qarab qoldi.
Pastki qavat odatdagidek shovqin. Club ichida baland musiqa, kulgi, stakanlar jarangi va oʻrtada jonni chiqquncha oʻynamoqchi boʻlgan odamchalar… Xuddi baxtlidek rasqga tushayotgan "dardsiz odamchalar".
Uch yigit birga pastga qavatga tushishdi. Club baridan uzoqroqdagi stullarga joylashishdi. Yana qoʻllarida buyurtirilgan ichimliklar... Suho atrofni kuzatarkan koʻzlari bir tomonda toʻxtadi.
—Men notoʻgʻri koʻryapmnami yoki bu oʻsha qizmi…
Seunghun beparvogina boshini burdi.
Bar oldida oʻtirgan qiz bir qarashda oddiy koʻrinardi. Qora koʻylak, uzun sochlar, sovuq nigoh. Yonidagi ikki qiz nimadir deb kulardi, ammo uning oʻzi zerikkancha telefon ekranini aylantirib oʻtirardi. Huddi bu yerda hech kim uni qiziqtirmayotgandek. Shu payt bir yigit ichimlik koʻtarib yoniga keldi.
—Buni siz uchun oldim - yigit , qiz hatto unga qaramadi ham.
—Men soʻraganmidim? - uning ohnagidan yigit noqulay kuldi.
—Shunchaki... tanishmoqchiman
—Unda boshqa qiz tanla - bu safar qiz sekin boshini koʻtarib yigitga qarargancha. Haligi yigit indamay ketishni afzal bildi
Ularni kuzatib oʻtirgan uch yigit , Suho kulib yubordi.
—Kim bu? — Seunghun koʻzini uzmay.
—Kim Lilya. Judaa~ boy oila farznadi ekani aniq. Juda magʻrur. Va hech kimni yaqiniga yoʻlatmaydi - Eunwoo bamaylixotir bokalidan hoʻpladi - Oʻziga yarasha xarakteri bor.
—Xaraktermas bu, tarbiya yetishmagan, — Suho kuldi.
—Tarbiya senga yetishmagan, ahmoq. Har koʻrgan qizingni oldida iljayaverib miyang aynigan seni - Eunwoo unga oʻqraydi. Suho kulib bosh chayqadi.
—Mayli unda, garov oʻynaymizmi?
—Nimaga?- Seunghun qoshini koʻtardi
—Agar oʻn daqiqada oʻsha qizni egiltira olsang… bugungi hisob mendan - Suho , Eunwoo kulib yubordi.
—Qoʻysangchi. Lilya bunaqa bolalarni koʻp koʻrgan- Eunwoo va ana shu gap Seunghunning jigʻiga tegdi. Labining bir cheti sekin koʻtarildi.
—Qiziq boʻldiqu. - Seunghun. U qoʻlidagi ichimlikni ocirigacha ichib oʻrnidan turdi.
Qadamlarida odatdagi beparvolik. Ammo koʻzlarida oʻyin boshlangandagi oʻsha xavfli sovuqlik paydo boʻlgandi. Lilya esa hanuz telefoniga qaragandek oʻtirardi.
Seunghun kelib roʻparasidagi stulni tortdi-da oʻtirdi. Ruxsat ham soʻramadi. Qiz asta koʻzini koʻtardi. Nigohlari toʻqnashdi. Seunghun bir lahza jim qoldi. Qiz rostan juda chiroyli edi. Lekin undagi eng xavfli narsa goʻzalligi emas... Nigohlari. Huddi hammani oʻzidan past koʻradigandek qarardi.
—Bandmisan? — Seunghun past ovozda. Lilya telefonini stolga qoʻydi.
—Senga nima? Lilya , yigit kulimsiradi.
—Senga yoqish uchun oʻtirganim yoʻq.
Seunghun boshini biroz qiya qildi. Anchadan beri hech bir qiz unga bunaqa gapirmagandi. Yaltoqlanish, oʻzini koʻrsatish uchun har narsaga qodir qizlar bor edi atrofida. Bu u uchun yoqimsiz edi ... Va negadir bunisi unday emas. Toʻqlik - bu koʻp narsani hal qiladi.
—Demak sen ham oʻzingni muhim deb oʻylaydigan boy bolalardan ekansan - Lilya lab chetida mazax aralash jilmaydi.
—Sen esa oʻzingni hammadan aqlli deb oʻylaydigan qizlardan koʻrinasan.
—Hech boʻlmasa oʻzimni sotmayman.
—Nima demoqchisan? - Seunghun koʻzlarini qisib.
—Senga oʻxshaganlarni yaxshi bilaman. Puliga ishonadigan, zeriksa qiz almashadigan boyvachchalar.
Bir necha soniya ikkalasi ham bir-biriga tikilib qoldi. Atrofdagi musiqa baland edi. Ammo ular orasidagi jimlik undan ham ogʻirroq tuyulardi. Keyin Lilya bokalini oldi-da, bamaylixotir ichimlikni Seunghunning koʻylagiga sepdi...
Atrofdagi ikki-uch odam beixtiyor ularga qarab qoldi. Suho uzoqdan boʻgʻilib kulardi. Eunwoo esa endi jiddiylashgandi. Odatda bunaqa narsadan keyin Seunghun portlardi.
Ammo... ammo bu safar u qimirlamadi ham. Faqat tilining uchi bilan labidagi tomchini artdi. Keyin juda sekin kuldi.
—Mana endi qiziq boʻla boshladi…
Uning gaplarig ahatti etibor bermagan qiz magʻrur oʻrnidan turdi, asli turmoqchi boʻldi...
Ammo Seunghun birdan uning bilagidan ushlab qoldi. Qattiq emas. Lekin qoʻyib yuboradigan darajada ham emas. Qizning yurag urishi tezlashib ketdi.
—Buyruq ohangi yoqtirmayman! - Seunghun, Lilya unga yaqinroq egildi.
Seunghun koʻzini undan uzmadi. Qizning nafasi yuziga urilardi. Atirining yengil hidi esa asabini buzayotgandek. Yoki aksincha...
—Hali hech kim senga “yoʻq” demaganmi deyman, bu ogʻir botyaptimi? — Lilya past ovozda.
Seunghun kulib yubordi.
Ammo bu kulgida iliqlik yoʻq.
—Senga ham hech kim qarshi chiqmagan koʻrinadi.
Lilya qoʻlini tortib olmoqchi boʻldi.
Ammo Seunghun qoʻyib yubormadi.
Nigohlari yana toʻqnashdi. Tarang. Ogʻir. Va gʻalati darajada yaqin.
Keyingi soniya Lilya nimadir demoqchi boʻlgandi…
Ammo Seunghun birdan uni oʻziga tortib, labiga yopishdi. Bu romantik boʻsa emasdi. Asabiy. Yovvoyi.
Huddi ikkalasi ham bir-birining gʻururini sindirmoqchidek.
Lilyaning koʻzlari katta ochilib ketdi.
Bir necha soniya… faqat yurak urishlari eshitilgandek tuyuldi.
Keyin qiz birdan uni itarib yubordi.
Nafasi tezlashib ketgandi.
Seunghun esa unga tikilgancha turardi. Koʻzlarida ilk marta haqiqiy qiziqish paydo boʻldi bu yigitning... Haqiqiy qiziqish
Taqdirlar ulanishi oʻxshash. Ularni oldinda nima kutayotgani esa juda qiziq...