June 10

Castigo

"Taqdir insonni olib boradi, qarshilik qilganini esa sudraydi." — Seneka

5-qism

—Qo‘rqyapsanmi? — Sarang.

Iso qizga tikilib qoldi. Ular orasida deyarli masofa yoʻq xatto Iso qizning titrayotgan nafasini ham sezish mumkin edi. Bir lahza... Yigitning nigohi Sarangning ko‘zlarida to‘xtadi. O'sha ko‘zlar. Bir necha daqiqa oldin qat'iyat bilan turmush qurishni taklif qilgan qizning ko‘zlari. Ulardagi umidsizlik, qoʻrquv sabab Iso beixtiyor jag‘ini qattiq qisdi.

—Yo‘q, — dedi past ovozda — Qo‘rqayotganingni ko‘rib turib asabim buzilyapti.

Sarangning yuragi g‘alati siqilib ketdi. Negadir shu gapdan keyin yig‘lagisi keldi.Iso sekin ortga chekindi. Nigohi bir soniya qiz yuzida to‘xtadi. Yonoqdagi upa bilan yashirilgan izlarda... Jagʻi yanada qattiq qisilgandi... Boylik bu doim ham baxt emas! Hayolidan oʻtdi, yigitning. Va yana nigohi Sarangning ko‘z ostidagi charchoqda va majburan kulishga urinayotgan lablarda toʻxtadi.

—Uyingga ket - Bu safar ovozi avvalgidek sovuq va eʼtiborsiz chiqmadi.
—Iso...
—Ket, Sarang.

Qiz labini tishladi. Unga ich ichidan "to‘xta" deyapti ammo lablari qimirlamadi. Va shu dam Iso uni eshitgan kabi joyidan birdan toʻxtab qoldi. Chuqur nafas oldida, boshini orqaga tashladi. Jagʻi qattiq qisilganidan yuzidagi muskullar tortilib ketgandi. Qizning ko‘zlari, yanogʻidagi yashirilgan izlar va o‘sha ahmoqona taklif miyasida bir-biriga aralashib ketayotgandi.

—Sen tushunmayapsan.
—Nimani? - Sarang, Iso qizning soʻzlariga kuldi.
—Bir odamdan qochib boshqa odamning ortiga yashirinmoqchisan.
—Yo‘q.
—Ha.
—Yo‘q!
—Ha!

Bu safar Sarangning ovozi balandroq chiqdi. Qiz yaqin stollardagilar  nigohlarni ham sezmay qolgandi. Faqat tomog‘iga tiqilib qolgan alamni yutishga urinardi.

—Sizlar nega hamma narsani bilaman deb o‘ylaysizlar? — dedi u pastroq ovozda. — Nega men nima his qilayotganimni mendan yaxshi bilaman deb oʻylaysiz?

Iso jim qoldi. Chunki bu savol unga qarata emasdi. Balki qarshisidagi qizning butun hayotiga berilgan savol. Bir necha soniya ikkalasi ham indamadi. So‘ng yigit cho‘ntagidan pul chiqarib stolga tashladi.

—Ertaga uygʻonib yana shu gaplaringni eslasang, kelib aytarsan.
—Jin ursin* seni!
—Sizga ham hayrli kech, Pack honim.

Va ortiga o‘girildi. Sarang esa uning uzoqlashayotgan ortidan qarab qoldi. Negadir yuragi yengillashmagan edi. Aksincha... Uzoqlashayotgan har bir qadami bilan ichidagi bo‘shliq kattalashayotgandek tuyulardi.

Bar eshigi yopilishi bilan Iso chuqur nafas chiqardi. Sovuq havo yuziga urildi. Qo‘llarini cho‘ntagiga tiqqancha bir necha qadam yurdi.

— Tentak qiz...

Labida kulgi paydo bo‘ldi-yu, tezda yo‘qoldi. Odatda odamlarning muammolari uni qiziqtirmasdi. Odatda... Lekin negadir bugun qizning ovozi qulog‘idan ketmayotgandi. "Chunki sen menga achinib qaramading." Iso boshini chayqadi.

— Jin ursin...

Va qadamlarini tezlashtirdi. Chunki u bu qiz haqida o‘ylashni xohlamasdi.
Ammo eng yomoni endi kechdek...

~~~

Packlar qoʻrgʻoni.

Seulning eng qimmat hududlaridan birida joylashgan bu qasr tashqaridan mukammallik timsoliga o‘xshardi. Baland darvozalar. Hashamatli bog‘. Favvoralar. Qimmat avtomobillar. Bu yerga qaragan odam bu oilada muammo bo‘lishi mumkinligiga ishonmasdi. Biroq eng chiroyli qafaslar ham qafasligicha qoladi.

Qoʻrgʻonning Ikkinchi qavat balkoni. U yerda esa hayollari ila band bir kelishgan yigit... Seunghun panjaraga suyangancha pastga qarab turardi. Qo‘lidagi sigaraning cho‘g‘i qorong‘ulikda xira yaltirar nigohi esa  hovliga qadalgan. Ammo xayoli boshqa yerda edi.

Oʻsha qiz... Lilya. Uning hayollarida oʻsha kibor ... Qizning jahldan qizarib ketgan yuzi. Qarashlari. Va... Oʻsha pushti lablar... Xotirasida yana oʻsha sahna gavdalana boshlar ekan, yigit labini tishlab kuldi ... Ammo bu nima? U birdan asabiy sochini qashladi.

—Tentak... - u bu soʻzlarni qizga aytdimi yoki oʻziga aytdimi...

Shu on qoʻrgʻonning ulkan naqshli darvozalari ochilib qora mashina hovliga kirib keldi. Seunghun beixtiyor pastga qaradi. Sarang... Qiz mashinadan sekin tushdi. Bir necha soniya joyidan qimirlamay turdi. Seunghun opasidan nigohini undan uzmadi. Yana u bilan nimadir noto‘g‘ri edi. Ammo odatdagidek buni etiborsiz qoldirishni istadi Sigarasidan oxirgi marta tortdi-da, kulini pastga qoqib u yerni tark etdi

Oradan qariyb qirq daqiqa o‘tdi. Uy jim edi. Janob Bogum hali qaytmagan. Bog‘dagi o‘rindiqda esa Sarang yolg‘iz o‘tirardi. Va shu top Seunghun... u zinadan tushib kelardi va qiz uni hali ham payqamadi. Faqat yonidagi o‘rindiq cho‘kkanda boshini burdi.

—Senmiding...
—Boshqa kim bo‘lardi? - Seunghun, Sarang kuldi.
—Hayron bo‘ldim.
—Nimaga?
—Yonimga o‘zing kelganingga.
—O‘zingni bunchalik muhim deb o‘ylama - Seunghun - shunchaki meni ham uyda yuragim siqildi, havo esa mening kaytiyatimga mos ravishda sovuqlashmoqda...

—Yo xudoyim - Sarang ukasining oʼziga boʻlgan muhammatini koʻrsatishiga kulib qoʻydi. Yana jimlik cho‘kdi.

Ikkisi ham atrofni shunchaki jim kuzatishardi. Nechadir yillar oldin bu bogʻda ular birga oʻynashgan. Bu joy qachonlardir ulaning shodon, baxtli onlariga guvoh boʻlgan.  10 yil oldingi mudhishlik, Sarangning 10 yillik quvgʻini barchasini oʻzgartirgan edi. Seunghun aytganidek hammasi sovuqlashdi.
Seunghun koʻzlarini yumdi, ichidagi narcha havoni chiqarib nafas oldi...

—Men uxlayman... hayrli tun, Sarang

Seunghun o‘rnidan turdi.  Ammo ortiga burilgan zahoti opasi uning qo‘lidan ushlab qoldi. Yigit joyida to‘xtadi. Bundan keyin boʻladigan suxbatni tahmin qilgan holda chuqur nafas oldi. Nigohi asta qo‘liga
So‘ng Sarangga qaratildi. Ularning nigohlari tutashdi...  Sarang bir necha soniya indamadi. Go‘yo yillar davomida ichida saqlagan savolini aytishga jur’at topayotgandek.

—Hali ham... - Ovozi titradi - Hali ham meni ayblaysanmi?
Seunghunning nigohi o‘zgardi.
—Nima uchun?
—Oyimiz uchun.
Bog‘ yana jimib qoldi. Shamol ham go‘yo sekinlashgandek edi. Sarang uning ko‘zlaridan javob izlayotgandi.
Yillar davomida topishni, bu koʻzlarga boqib turib izlashni istagan oʻsha javobni. Seunghun esa bir necha soniya unga tikilib turdi.
—O‘ylaganim bilan onam qaytib kelmaydi.
Bu javob edi. Ammo... javob emas.
Ammo Sarang kutgan javob emas. Tushunarsizlik holos. "Ha" ham emas. "Yo'q" ham emas. Yillar davomida ichida yig'ilib kelgan savol yana javobsiz qolib ketgandi.  Sarangning qo‘li asta bo‘shashdi. Seunghun esa ortiga burildi.
—Uyga kir.
Va ketdi. Sarang esa o‘rnida qoldi. Chunki ba'zan odam bir kun eshitishni istagan yoki istamagan javobi bilan yuzlashishga majbur boʻladi..

___

Ertangi kun . Packlar qoʻrgʻoni.

— dada yolvoraman menga bunday qilmang

— ular keyingi haftaning uchinchi kuni kelishadi deyapman. Hammasi hal qilinadi. Senga 5kun muhlat oʻzingni tartibga keltirib ol!

— jin ursin , ahir men sizni QIZINGIZMANN , AHIR QIZINGIZMAN MEN

Bu safar Bogum boshini koʻtardi. Sovuq , mutlaqo sovuq nigoh nihoh ila qiziga qraab turardi.
—Buni unutganim yoʻq.
—Unda nega menga bunday qilyapsiz?
—Chunki sen mening qizimsan.
—Yoʻq - Sarang boshini chayqadi. Koʻzlari allaqachon qizarib ulgurgandi - bir ota qiziga bunday munosabat qilmaydi.
—Bu oilaning nomi va kelajagi sening his-tuygʻularingdan muhimroq - Bogum kreslosiga suyandi.

Sarang kulib yubordi. Ammo bu kulgida zarracha quvonch yoʻq edi.

—Men ham shu oilaning bir qismiman.
—Baʼzi narsalar haqida gaplashmaganing maʼqul - Bogumning jagʻi qattiq qisildi. Bu gap nimani anglatishini ikkalasi ham tushundi. Sarangning yuragi yana siqilib ketdi. Yillar oʻtgan boʻlsa ham, bu uyda ayrim eski yaralar hali ham qonardi. Qiz chuqur nafas oldi. Soʻng birdan:

—Mening oʻz tanlagan odamim bor- Sarang qatʼiyat bilan. Bogumning qoʻlidagi ruchka toʻxtadi. Bir necha soniya qiziga qarab turdi.

—Kim?

Sarang jim qoldi. Negadir Isoga "sevgan insonim" deb ta'rif berishning o'zi g'alati tuyuldi.

—Bu muhim emas.
—Men uchun muhim.
—U yaxshi odam - qizning bu soʻzlariga otasi kulib yubordi. Sovuq kulgi.

—Yaxshi odam?
—Ha.
—Qancha topadi?
—Dada...- Sarangning yuzi o'zgardi.
—Savolimga javob ber.
—Bilmayman.
—Qaysi kompaniya unga tegishli?
—Hech qaysi.
—Oilasi kim?
—Bilmayman.
—Demak biladigan narsangning oʻzi yo'q - Bogum stulga suyandi.
—Bu muhim emas.
—Men uchun muhim.
—Men uni tanladim - Sarang mushtlarini qisdi. Bogum bir necha soniya qiziga tikilib turdi. So'ng kulimsiradi. Bu safar kulgida masxara aniq sezilib turardi.

—O'sha barda uchratgan yigitingmi?
- Sarang qotib qoldi.Bogum davom etdi:
—Yoki bu hafta uchratmoqchi boʼlgangan  navbatdagisi?
—Dada!
—Nima?
—Siz uni tanimaysiz.
—Sen ham tanimaysan.

Xonada og'ir sukunat cho'kdi. Bogum esa hujjatlarni yig'ishtirar ekan:

— Mayli... Meni bir narsaga ishontira olsang
—Nimaga?
—U yigit ertaga shu yerga keladi.

Sarang otasining bu soʻzlaridna soʻng gangib qoldi.  Bu kutulmagan edi ... U oatsi bilan juda qattiq janjal, urush boʻlishiga oʻzini ruhat tayyorlab kengandi va shu dam uning soʻzlaridan yuragi hapriqib ketganini sezdi.

—Nima?
—Eshitding.
—Agar men bilan bir stol atrofida o'tirib gaplasha olsa... - Bogum nigohini qiziga qadadi.
—...
—Men Hoseok masalasini yana o'ylab ko'raman.
Sarang birinchi marta umidni his qildi. Ammo Bogumning keyingi gapi bu umidni biroz soʻlishiga sabab boʻlgan edi.

—Lekin bitta shart bor.
—Qanday?
—Agar kelmasa... - Bogum stuldan turdi - Bu mavzu abadiy yopiladi va sen meni aytganimni qilasan

Bogumning kabinetidan chiqqanidan keyin Sarang bir necha daqiqa yo'lakda qotib qoldi. Yuragi hali ham tez urardi.

"U yigit ertaga shu yerga keladi."

Otasi aytgan gap qulog'ida aylanardi. Bir kun. Faqat bir kun. Qiz birdan harakatga keldi. U tez qadamlar bilan uy eshigi tomon yurdi.

---

Oradan qariyb qirq daqiqa o'tib... Quyosh ufqqa choʻkmoqda... Boshqa tomondan qop-qora bulutlar. Nimadandir xabar keltirayotgan kabi ogʻir bosiqlik ila harakat qilayotgan edi...  Bar eshigi shiddat bilan ochildi. Ichkaridagilarning ayrimlari beixtiyor ortiga qaradi. Sarang esa bunga e'tibor ham bermadi. Nigohlari odamlar orasidan bir chehrani qidirardi. Iso. Lekin u ko'rinmasdi.

Qizning yuragi biroz siqildi. Ammo birdan hayoliga kelgan fikr sabab sumkasidan telefonni olarkan hatti raqamini bilmaydigan insonga qanday  bogʻlnaish mumkinligi oʻyladi

— Raqamini ham, manzilini ham bilmaysan azizam - lab tishlab turarkan, Yonidan o'tayotgan xizmatchi qiz to'xtadi -  Kechirasiz.
—Ha?
—Kim Iso qayerdaligi bilaszmi? Bu barda qoʻshiq aytadi adashmasam

Qiz bir soniya o'ylanib qoldi.
—Iso?
—Ha.
—Hozirgina shu yerda edi -Qiz ortiga sahna tomon qaradi ammo u yerda yoʻq. Sarangning qoshi chimirildi.

—Hozirgina?
—Ha.
—Qayerga ketishi mumkin bilmaysizmi?
—Bilmayman - xizmatchi biroz ikkilanib peshtaxta tomonni ko'rsatdi - Balki xo'jayindan so'rarsiz.

Sarang ortiga ham qaramay o'sha tomonga yurdi. Dowoo nimadir yozib o'tirgan ekan. Qiz uning qarshisida to'xtadi
—Iso qayerda?

Dowoon boshini ko'tardi. Bir lahza unga qarab turdi. Ikki kundan beri uning barini yoʻqlab turgan oʻsha qiz. Yigit Sarangni boshdan oyoq kuzatarkan,qizdagi qoʻrslik asabini buzgandi
—Kech qoldingiz.
—Qayerda u?
—Hozirgina chiqib ketdi.
Sarang asabiy xo'rsindi.
—Jin ursin...
—Muhim ishingiz bormidi?
—Juda.
Bu safar uning ovozida hazilga joy yo'q edi. Dowoon bir necha soniya qizning harakatlarini kuzatib so'ng eshik tomonga bosh irg'adi.
—Agar shoshilsangiz hali uzoqlashmagan bo'lishi kerak.

Sarang boshqa hech narsa demadi. Ortiga burilib eshik tomon yurdi. Tashqariga chiqishi bilan sovuq shamol yuziga urildi. Va shu zahoti u ko'rdi. Yo'lning narigi tomonida. Qora mototsikl. Iso dubulg'asini kiyayotgan edi.Sarang beixtiyor toʻxtadi , soʻzsiz qoldi. Qarshisida inson huddi sanʼat asari kabi edi. Kelishgan gavda. Qoraga burkangan kiyim-kechak. Qora sochlar va ularni shu dam egallab  olgan qora kaska. Mototsikl... Qiz ular turini tushunmasada, bu arava egasiga yarasha jozibador koʻrinardi...
Hayolot olamiga koʻmilib ketgan qiz , mototsiklning oʻt oldirish ovozidan choʻchib ketdi va real hayotga qaytdi. Oldinga bir qadam tashladi.

—Iso!

Albatta eshitmadi. Mototsiklning motori allaqachon ishga tushgan. Bir necha soniyadan keyin u allaqachon yo'lga chiqib boʻlgan edi. Sarang uning ortidan qarab qoldi.

—Jin ursin...

Bu safar qattiqroq. Keyin birdan mashinasi tomon yurdi. Otasi bergan vaqtni yo'qotishga haqqi yo'q edi. Bu yigitni koʻndirish ham oson emas ahir.... Ammo nega u? Bu savolni endi bugun u oʻziga oʻzi berdi.

---

Tahminan 30-35 daqiqadan keyin. Seul chekkasi.

Sarang mashinasini ehtiyotkorlik bilan haydab borardi. Ko'zlari oldindagi qora mototsikldan uzilmasdi. Bir necha marta uni yo'qotib qo'yishiga sal qoldi. Ammo har safar uzoqdan bo'lsa ham qayta ko'rib olardi.

—Qayerga ketyapsan, yaramas?..

Uning o'zi ham nima uchun pichirlab yuborganini bilmadi. Mototsikl tobora odam siyraklashgan hududlarga kirib borardi. Hashamatli binolar o'rnini eski omborxonalar egalladi. Katta yuk mashinalari. Temir darvozalar. Tashlandiq zavodlar. Sarangning qoshi chimirildi.

—Bu qanday joy o'zi...

Oldinda ketayotgan mototsikl nihoyat sekinlashdi. Keyin katta, eski omborxona oldida to'xtadi. Bu yer deyarli harob ahvolda edi. Sarang yana savollar ichida qoldi

Iso mototsikldan tushib kaskasini yechdi. Atrofga qarab ham o'tirmay bino ichiga kirib ketdi.

Sarang esa mashinasini ancha narida to'xtatgan yuragi yana tez ura boshlagandi. Bu joy unga umuman yoqmayapti. Biroq ortga qaytish uchun ham kech edi. Qiz mashinadan tushdi. Bir necha soniya binoga qarab turdi. Tashqaridan qaraganda oddiy tashlandiq omborxonaga o'xshardi. Lekin... Shu payt ichkaridan nimadir eshitildi. Qattiq qichqiriqlar. So'ng yana. Va yana. Go'yo yuzlab odamlar bir vaqtning o'zida baqirayotgandek. Sarangning qoshi battar chimirildi. Asabiylasha boshladi. Sekin oldinga yurdi. Eshik tomon. Ovozlar tobora balandlashib borardi. Qiz nihoyat eshik oldida to'xtadi. Qo'lini sovuq temir tutqichga qo'ydi. Yuragi g'alati bezovta urardi. Bir soniya. Ikki soniya. Va eshikni asta ochdi... Ichkaridan kelayotgan shovqin birdan quloqlarini qomatga keltirdi. Sarang beixtiyor qotib qoldi. Ko'zlari katta-katta ochildi.

—Bu...

Bu yer omborxona emasdi. Bu boshqa dunyo edi. Ulkan zal. Yuzlab odamlar. Zal tepasidagi alohida qavatda qimmat kostyumli erkaklar. Qo'llarida ichimlik, atrofda xavfsizlik xodimlari. Va markazda...
Temir panjaralar bilan o'ralgan ring.
—Ur uni!
—Nokaut qil!
—Tugat uni!
Olomonning qichqiriqlari zalni larzaga keltirardi. Sarang beixtiyor bir qadam ichkariga kirdi. Yuragi tobora tez urardi. Iso bu yerda nima qilyapti? Nigohlari odamlar orasida uni qidira boshladi.Ammo topolmadi. Birdan ringdagi jang tugadi. Biri yerga quladi. Butun zal qarsak va qichqiriqlar bilan portladi. Shu payt chiroqlar biroz xiralashdi. Mikrofon ovozi yangradi.
—Xonimlar va janoblar... - Zal asta-sekin tinchiy boshladi —Bugungi oqshomning asosiy jangiga tayyormisiz?!

Qarsaklar. Hushtaklar.Qichqiriqlar. Sarang esa hech narsani tushunmay atrofga qarardi.
—Ringning mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan jangchisi! - Olomon birdan oyoqqa turib ketdi - 17 ta jang! 17 ta g'alaba! 14 nokaut! Va hali ham yengilmagan chempion! - Shovqin yanada kuchaydi.
Sarangning yuragi nimanidir sezgandek bo'ldi - Sizlar kutgan odam... - Boshlovchi qo'lini temir eshik tomonga qarata:
—CASTIGOOOOOO!
Temir eshik ochildi. Olomonning qichqiriqlari yanada balandlashdi. Sarang ham beixtiyor o'sha tomonga qaradi. Va...
Nafasi ichiga tushib ketdi.
Ring tomon xotirjam qadamlar bilan yurib kelayotgan odam...
Kim Iso edi.

Davomi bor...