𝐒𝐄𝐕𝐆𝐈
Unchalik koʻrimsiz boʻlmagan hudud . Shahar atrofidagi koʻp qavatli binolar joylashgan kocha . Tahminan 20dan ziyod 6-7 qavatli binolar . Bir tomonda bolalar oynash joyi , va u katta bogʻga ulanib ketgan. Allaqachon kech tushgani sabablimi atrofda odam siyrak . Bi biri bilan qoʻltigʻlashib yurgan sevishganlar , er-xotinlar bogni sayr qilishar , ularning yizidagi tabassum baxtli eknaliklari haqida sozlardi . Baʼzi qariyalar bir biri bilan nimanidir muhokama qilishar , gʻiybat qilishar ( kimningdir gunohini toʻkishardi ).
Inomarka baland bino oldiga kelib toʻxtadi . Uning ichidan tushgan Jungkookning yuzi burishib ketdi . Sabab umurtqasiidagi ogʻriq sirqillagan, unga azob bersada etibor bermay kamaridagi topponchani ust kiyimi bilan yashirib bino tomon odimladi . Ammo yurgan joyida toxtar ekan , Sonudan qaysi qavat va xonada yashashini soramagani esiga tushibdi .
Bu tuygʻuning kuchidir balki ... Uni koʻrish uchun boʻlgan ishtiyoq kuchi.
Labini tishlab atrofga alanglagan yigit , Sonudan qongiroq qilib soʻrash eng yaxshi tanlov deb bildi. Endi telefonini qoliga olganida ortidan kelgan qandaydir antiqa, ingichga ovoz uning qorqishiga sabab boldi
- jin ursin * - oziga eshitaladigan ovozda sokinib , ortidagi qari ayolga qaradi va hurmat uchun egilib qoydi .
Ayoldagi qarilik alomatlari avvalo yuzida sezilar , uning qoshlarini chimirib qarab turishi qisman qoʻrqinchli edi . Bu Jungkookga ham tasir qildi shekilli boshida nima deyarini bilmay j turib qoldi . Keyin piyola sindirib buvisidan gap eshitishga tayyor bolakay kabi yutunib qoydi .
- men ... Menga Jiyeon . Song Jiyeon kerak edi
- haa , u . U qiz shu binoda yashar ekan . Siz uni qaysi qavatda turishini bilasizmi buvijon ...
- borganing bilan uyida yoq, hozirgina bogʻga kirib ketdishdi
- aa ? - oddiygina koplik qoshimchasi sabab qoshlari chimirila hoshladi
- bitta chiroyli yigit bilan bog tomon ketishdi deyman , meni qulogim ogirmi desam seniki menikidan battar ekan....
Ayolning keyingi gaplari yigit uchun qiymatga ega bolmadi . Biroz vaqt jim qotdi joyida . Allaqachon uygʻongan tugʻyon, balki allaqachon uning tanasiga sigʻmay boshladi .
Shiddat bilan ortiga , bogʻ tomon qadam bosar , atrofga alanglar . Faqat Uni qidirardi . tanasidagi ogʻriqlar ahamiyatsiz . U uchun osha "kelishgan yigit " muhimroq .
Inson . U qandaya-a ? İnson demaylik tuygular , ayniqsa erkaklarniki. Ularning ichidagi egalik hisi . Bu sevgi boʻlmaydi ammo egalikni hohlaydilar . U nima yoki kim boʻlishidan qatʼiy nazar ...
Aslida balki ularning bundayin egalik hislariga oʻsha tuygʻular sababchi boʻlar a ...
Bularga tushinish qiyin . Alloh bandalarini shundayin murakkab yaratganki , bazida oʻzlari oʻzlarini tushunmaydilar .
Jungkook atrofni qidirar , yugurardi goʻyo .
Va shu on ... Bogʻ koʻprigi ustida turgan ikki juftlik . Jungkook koʻzlarini qisib unlarga diqqat bilan qarar ekan , malla sochlar va oppoq tana egasi kimligini darrov faxmlab , oʻsha tomon keskin qadamlar ila odimladi ...
Jiyeon va Eunwoo . Ularning holati gʻalati edi . Qiz joyida xodadek qotgan , yigit uni quchogʻlamoqchi boʻlib qoʻllarini choʻzayotgan edi . Ammo uning bu ishi oxirigacha yetmadi . Uning koʻksidan qattiq itarilish sabab tentrab ketdi .
Chuqur chuqur nafas olik turgan Jungkookning koʻzlari ... Ular shundayin qoʻrqinchli va vaxshiylarcha edi . Va osha koʻzlar ham yigit ham qizga qaratilardi . Ammo ikkalasi ham bu yigit qayerdan , qachon va qanday paydo boʻlganini umuman bilishmasdi.
Uning familiyasiga urgʻu berildi. Jungkook qanchalar kuch bilan gʻazabini bosishga harakat qilayotgani yaqqol koʻrinar , nigohini oxiri qizdan olib yigitga qaratdi .
- ouu meni bilar ekansan , ammo uzr seni tanimayman .
- bu yerda tanishish emas , qayerdan kelib qolganingiz va harakatlaringiz uchun javob kerak janob
- javob berishni istamasamchi janob Politsiyachi. Aslida sen nega bu yerda va u bilanliging javobini ber - Jiyeonga ishora qilib
- Jiyeon ... - undan javob ololmasligini sezgan Eunwoo qizga qaradi . Ammo qiz jim . Uni oʻrniga yana yigit javob berdi
- nima ? - Eunwoo , Jungkookning bundayin tahdidiga tushunmay
- uning ismini aytishni , unga yaqinlashishni toʻxtat deyapman !
Jungkook koʻzlaridagi gʻazab shjnchalik ediki , bundan hayiqsa arziydi
- nima sen ahmoqmisan ? Buni sendan soʻraymanmi ?
Jungkookning bundayin tahdidli va qoʻpol harakatlari qarshisidagi yigitning ham quyushqondan chiqishiga sababchi boʻlardi .
Ular endi bir biriga yopishib ketgan vaqt , Jiyeon oʻziga keldi shekilli ularni orasiga tushdi ..
- nima qilyapsiz ? Aaa? Nima qilayapsiz siz ?
- uning oʻzi boshladi , senga menga bundayin munosabat bildiridhga , bizning ishlatimizga burun suqushga uni nima haqqi bor .
Jungkook jim edi . Chunki , Jiyeon uning qoʻlidan qattiq siqib olgan , qoʻrqqanidanmi , negadir kafti muzdek edi . Uning hayoli oʻsha narsada edi
Qizning iltijoli nihohlaridan Eunwoo yumshadi ... Ammo bu oʻrtadagi munosat chalkashdek . Qiz ichida nima borligi noaniq , Jkga nisbatan .Eunwoo jimgina ketdi , uning ortidan qarab qoldi .
- senga aytgandim. Keyingi safar ayamayman degandim! Nahotki esingda yoʻq
Bu soʻzlar Jiyeonning portlashiga sabab boʻldi.
- SIZ KIMSIZKI, MENI ISHLARIMGA ARALASHASIZ? SIZ KIMSIZKI, MENGA BUNDAYIN MUNOSABATDA BOʻLASIZ AAA?
- meni kimligimni yaxshi bilasan! Ammo senga menga baqirmaslik haqidagi tushunchani yaxshi yetkaza olmadi shekilli.
- Oʻzingizni kim deb oʻylayapsiz?
- nega ishdan boʻshaganingni ayt va men ketaman
- sizga nima? SIZGA NIMA NEGAAAAA? NEGA MENI TINCH QOʻYMAYSIZ? JONIMGA TEGDI. NEGA TINCH QOʻYMAYSIZ JUNGKOOK NEGAAA?
- NEGAMI ? ... ILOJIM YOʻQ QOʻLIMDAN KELMAYAPTI. NIMA QILAY AAA NIMA QILAY - bu safar yigit ham qizning ohangida gapira boshladi - MENGA OSON DEB O‘YLAYSAANMI? MENGA QARA! MENGA OSON DEB O‘YLAYSANMI? -qiz yuzidan tutib o‘ziga qaratdi -
OSON DEB O‘YLAYSANMI? 26 YILDAN BERİ QORASINI KO‘RSATMAGAN YURAGIM, TO‘RT OYDAN BERİ MENGA AZOB BERYOTGANI, BIR KO‘RISHDAYOQ O‘SHA OHU KO‘ZLI QIZNI DEB YURAGIM TIPIRCHILAGANI, 26 YIL HATTO BORLIGINI BILMAGAN QO‘RQUVIM QAYERDANDIR PAYDO BO‘LIB QOLGANI, UNI DEB HAR KECHA UXL0LMAY CHIQISHIM, TUYG‘ULARIMNI KO‘MISHGA HARAKAT QILGANIM SAYIN, HATTO BIR KUN KO‘RMASAM O‘LGUDEK SOG‘INIB QOLISHIM, AMMO BIR TOMONDAGI QO‘RQUVIM. MEN TUFAYLI UNGA, ZIYON YETSACHI DEGAN QO‘RQUV BILAN AZOBLANISHIM... BARCHASI OSONMI SENINGCHA? JAVOB BER
Ular bir biriga baqirishardi . Atrofdagilar , qayerda ekanliklari , ularning gaplarini eshitatorganlar : hech biri ular uchun qiymatga ega emasdi . Faqat bir biriga ichidagilarni aytishni hohlagan sevishganlardek edilar. Jungkook chuqur chuqur nafas olar , hali ham koʻzlaridagi soʻnmagan gʻazab bilan qizga qarab turardi. Jiyeon yiglardi , ammo jim turmadi
-Ahir... AHIR SIZGA QAYTA UCHRAMASLIK UCHUN HATTO ISHDAN BOʻSHADIM ,ICHIMDAGI TUYGʻULARINI TIYISH UCHUN QILGAN HARAKATLARIM HAQQI HURMATI TINCH QOʻYING ! OʻZIMNI ICH ETIMNI YEDIM, AZOBLADIM ... SHULAR HAQQI HURMATI MENI TINCH QOʻYING. HISLARIMNI JILOVLASH UCHUN HATTO UYDAN CHIQMAY QAMALIB OʻTIRDIM . NEGA SIZ...SIZ YANA KELDINGIZ ? NEGA YANA VA YANA SHUNDAY QILAVERASIZ ? Tinch qoʻying meni ...
Jiyeon yigʻlar, koʻzlaridagi yosh yuzini yuvar, ammo tik edi . Shu on Jungkook... U qizni oʻziga tortib yuzlaridan ushladi , peshonalarni birlashtirdi.
- hech qachon ... Hechqachon tinch qoʻymayman seni ! - bir oz vaqt jimin qoldi va yana davom etdi- Shuni unutma, agarda yoningda yana oʻsha politsiyachini ... Yoʻq qandaydir yigitni koʻrgudek boʻlsam, shunchaki uni oʻldiraman. Hechqanday istisnolarsiz va ikkilanishlarsiz. Qadamingni oʻylab bos!
Shu soʻzlar. Ular ichida nimani topish mumkin : tahdid, rashk sevgi. Ammo ochiq bayon etmaslik ularning xatosidir.
Jungkook qizga oxirgi bor bunchalar yaqindan qarab , uni qoʻyib yubordi va ortga chekinib , qayrilib ketdi . Uning ortdan ketayotgani , qadamlaridagi qatʼiyat va ishonch bari Jiyeonni jimgina yigʻlashga , jim qolishga majbur etdi
Eski ombor. Juda rasvo holatda.Shahardan juda uzoqda Balki Seoul chegarasiga yaqin joylardan . Ombor yaxshigina katta edi . U yerga yetib keldi mashinalar , ichidan sekin tushishdi ..
- agar ichkarida chiroq miltillamaganida bu yerni it topmas joy derdim - Jin va boshqalar ham kamariga qistirilgan, qoʻllarida ushlaga oʻzlarining qurolni olib butun bir qurollar bilan toʻldirilgan mashinalar qarshisiga keldilar
- ammo oʻsha itlar ichkarida - Taehyung
- haa albatta , rejalar qanday? - Jin
- siz va Suga shu yerda qolasiz , atrofni qurshab olasiz , ular qochib ketolmasliklarini kafolatlaysiz
- senchi ? Bir oʻzinf kirasanmi ?
- yoʻq , Mingyu bilan ikkimiz - etiborsizlik ila dedi . Ammo ismini eshitgan yigitning koʻzlari olayib ketdi
- nega men ? Ulardan birini olib kiring - atrofdagilar va akalarini koʻrsatib
- qachon katta boʻlasana ? - Jin
- bu gapni ukangizga ham aytsangiz boʻlarkan - Mingyu .
U hammalariga erkin har soʻzni gapira olardi . Sabab u bu yerga kelganiga 7 yildan ochdi . Jungkook bilan tengdosh ular . U ham yetimlik sabab emas , yoʻqchilik sabab ular orasiga qoshilgandi . Onasi va singlisini boqish uchun . Ammo baribir buni uddalay olmadi . U bir oy ichida pul topib qaytguncha ular ketishgandi — abadiyat tomon ...
- ukamga til tekkizma , yaramas bola - Jin unga barmogʻini niqtab
- koʻnglimni sassiq koʻchasiyeyy - Mingyu ham u kabi
- maynavochilikni yigishtiring . Mingyu yur - Taehyung unga qoʻlidagi qurolini berib
- jin ursin* sizni . Oʻlib ketsam ham qaygʻurmaysiz , meni siz uchun bir tiyinlik qiymatga ega emasligimni koʻrsatdingiz- qoʻlidagi qurollarni yaxshilab tekshirar ekan , vaysab borardi . Ammo shuni aytish kerakki , uni qoʻrqoq deb boʻlmaydi bu shunchaki ...
- gʻingshima ! - Suga . Shu on Taehyung sekin uning yoniga kelib qulogʻiga nimadir dedi ... U ham tasdiq manosida bosh silkib qoʻydi , Taehyung ham uning yelkasiga qoqgancha ulardan uzoqlashdi
- men belgi bermagunimga qadar hechkim hechnarsa qilmasin . Tushunarlimi ? - Taehyung , deyarli 50dan ziyod odamlarga qarata
Ularga oxirgi bor qarab Mingyu bilan ombor tomon qadab bosa ketdilar . Atrofda hechkim yoʻq edi . Bu allaqachon shubxali . Yaqinlashib kelishar ekan , katta darvozaning kichik eshiki hatto ochiq edi . Buni koʻrgan Mingyu Taehyungga qarab qoʻydi .
- ular nimadir qilishmoqchi ...
- nimaligini koʻramizda unda - Taehyung, eshikni ochib birinchi ichkarilar ekan bu yer qorongʻu edi . Oʻsha chekkadagi xona yorugʻ edi holos va shunchalar jimlik ediki , bu shubxalarni orttidrdi .
Ikkisi ham kirib ichkarilab borishar ekan , shu tobda eshik birdan qattiq yopildi .Taehyung shiddat bilan ortiga qaradi , ammo atrof qorongu
- Mingyu- jimib qolgan yigitni chaqirar ekan , birdan hamma yoq yorishib ketdi , chiroqlar yoqildi . Qorongʻulikka oʻrgangan koʻzlari yorugʻlikda qamashib ketdi .
Atrofga sekin qarar ekan , hamma yoq qoʻriqchilar bilan toʻla , va ... Va Mingyu. Uni boshiga qurol tilargan , ogʻzi mato bilan bogʻlangan holda edi . Birdan kimdir qarsak chalgancha kirib keldi , oʻsha tomon qaraldi
- ouuuu kimlarni koʻrayapman ? Kim Taehyung . Qaysi shamollar uchirdi
- sening shamolingda , Jung Hoseok . Sen uchun shaxsan doʻzaxdan lux xona bron qildirgandim . Oʻshanga kuzatib qoʻyish uchun keldim ogʻayni
- heh, oʻsha bron qildirgan xonangga balki oʻzing , oʻz oyoqlaring bilan kirishni hohlab qolishingga ishonchim koʻmil
Uning bu soʻzlariga mensimaslik va etiborsizlik ila qaragan Tehyung yuzini burib kuldi . Ammo allaqachon ichkaridan boshiga qop kiydirilgan holda olib chiqilgan inson ... U oʻsha odamga qoshlarini chimirib ammo labifagi mensimas jilmayish bilan qarab turardi .
- menga tutgan qoʻzichoqlaring bilan maxtanmoqchimisan Hoseok ?
- ishonaver ... Bu qoʻzichoq maxtanishimga arziydi - qoʻriqchilariga ishora qilar ekan u oʻsha odam boshidan qopni olib tashladi . Taehyung ... Uning yuzidagi oʻsha jilmayish ham mensimaslik ham sekin yoʻqola boshladi. Lablarida esa shivirlash
- qalay qoʻzichogʻim yoqdimi ? - sekin oʻrnidan turib qiz yoniga keldi , egilib qizning sochlariga qoʻl trkkizmoqchi bolganida Sarang siltangancha nari ketmoqchi boldi , ammo uni ushlab turishardi .
- u rostdan ham yovvoyiqu , Tae ... Uni qanday boʻysundirgansan
Taehyung ichida uning harakatlari sabab allaqachon gʻazab qaynay boshladi . Ammo bu uni sovuqqonlik bilan mohirona yashira olardi .
- qanday boʻysundirish ? Nimalar deyapsan . Uni qoʻyib yubor
- meni alday olaman deb oʻylaysanmi Kim ? Faqat senda kuchqudrat bor ekanmi ? Faqat sen eng zoʻrimisan ? Menda ham kuch bor . Seni kuzatdim, maʼlumotlar yigʻdim . Bilasanmi , bir malumot topib oldim ... - u sekin qiz atfofida aylanar, Taehyung esa oʻzidan sal narida uchlba turilgan Mingyuga nigoh tashlab qoʻyardi - oʻsha malumotni aytaymikin Tae , bu yovvoyi mushukchang bilan bogʻliq ekan
Boyadan beri Taehyungga qarab qarab qoʻyayotgan, koʻzlarida yosh yigʻilsa ham ularni tashqariga chiqarmayotgan qiz ham endi unga nigohini koʻchirdi . Taehyung esa jim edi
- ota - onang qotili boʻlmish bir insonning nabirasi bilan don olishib yuribsanmi , Tae ? Yoki bu buyuk qasosmi ?
Ana endi qiz va yigitning nigohlari birlashdi . Qizning yuzidagi tushunarsizlik aks etgan ifoda . Yigit koʻzlaridagi havotir
- Hoseok , qizni va yigitchani qoʻyib yubor
- no no noo , bunday oʻljalarni qoʻldan boy bera olmayman ... Mening qurolim qon isaydi ahir ...
- xatoni sen qilding , men bln oʻynashmadlik kerak edi . Tiz choʻk balki oʻshanda avf etarman seni
- uni tiz choʻktira olmaysan - Mingyuning hirillagan ovozi Hoseokminf gʻazabini oshib ketishiga sabab boʻldi va qurolini oʻrti bilan yuziga ura boshladi
- sen itsan , itligingcha qolasan . It esa hechqachon boʻri boʻlolmaydi- allaqachon yuzlaridan qon tomchilayotgan yigit bosh egishni hohlamasdi ...
- Mino qizni ham otib tashlab , egasi bosh egmas egan qullatidan foyda yoʻq .
Qurolini qiz tomon oʻqtalgan yigitni koʻrishi bilan ichda uygʻongan nimadir Taehyung uchun ortiqcha edi .... Ularning har ikkisiga allaqachon qurol oʻqtalilib otmoqchi boʻlganlarida .... U
U tiz choʻkdi . Qoʻlidagi qurollarni tashlagan holda sekin tiz choʻkdi . Lablari qaltirar , uning tuygʻulari orasida har narsani topish mumkin va bu safar qoʻrquv ular ichidi birinchi bor . Yaqinlarini yoʻqotish qoʻrquvi . U muhabbatni gʻururdan ustun qoʻydi . U misqollab yigʻgan kuch qudratini , gʻururidan voz kechgan holda tiz choʻkdi
Hamma jim edi . Hamma . Hammaning nigohi unda hatto nafas olishni ham unutdilar . Kim Taehyongning qanchalar gʻururli ekanini biluchilar jim qoldi . Koʻzlarida hayrat .
- YOʻQQQQ YOʻQQQQ YOʻQQQQQ - buni koʻrgan Mingyuning koʻzlaridan chiqqan yosh qonga aralashib oqardi .
- kechir ukajon - nim tabassum ila ukasiga qaradi
. Hoseok ham uning holidan boshida hayronlikdan qotib qolar ekan , keyin kula boshladi
- kimsan Kim Taehyungni tiz chokganini koʻrgan birinchi inson boʻldim