Happy birthday Elodie
XV-XVI asrlar — dunyodagi eng madaniy va rivojlanib borish jarayonidagi davr . Shu bilan birga hozirgidek respublikalar emas qirolliklar , amirliklar boʻlgan davr ham dur .
XIII - asr boshlari . Kogryo qirolligi valiaxtining toʻy marosimi . Eng toza qonli sulola boshqaruvida boʻlib kelayotgan bu davlat -har taraflama eng asl va eng yuqori oʻrindagisi edi . Kelin tanlashda ham shu qoidalarga amal qilingan , mamlakatdagi eng asl qonli mansabdorning goʻzallikda tanho qizi - endilikda bu davlat malikasi edi .
Qiz bezakli va bu tun uchun tayyorlangan xonada yolgʻiz edi . Uning titroq tanasi va nigohlari . U haddan ziyod goʻzal va inson aqlini shoshirib qoʻya olardi . Bu yerda har narsa mukammal , bittasidan tashqari. Kelin hali ham eri boʻlmish shahzodani koʻrmadi .
Barcha marosimlar kuyovsiz amalga oshdi . Sabab - U shaxzoda boʻlish bilan birga mamlakatdagi eng buyuk va mahoratli sarkarda edi . Va shu kun u jangda . Ularga qarshi bosh koʻtargan bir guruh dushmanlar aqlini kirgazish uchun oʻzi borishni tanlagan edi .
Qiz bularni eshitib boshida taskin topgan boʻlsa-da , kanizaklar ogʻzida yurgan bemaza soʻzlar - "shaxzoda majburan uylanayotgani ", rostmi yolgʻonmi "boshqa sevgani bor , shu sababdan bugun u bu yerda emas " — degan soʻzlar uning yuragida qandaydir qaygʻu va ... hali bir marotaba ham koʻrmagan eriga nisbatan qizgʻonish sezgandi.
Tashqaridan qadam tovushlari eshitildi . Qizning ichidagi titroq yanada osharkan , qandaydir ayolning nozik ovozi bir zumda uni shoshirib qoʻydi .
Eshiklar ochilib ichkariga kirgan qiz ... U ham haddan ziyod goʻzal, oppoq yuzi qora sochlari , tiniq terisi insonni oʻziga bogʻlab qoʻyadi . Uning nozik harakatlari, bezakli kiyimlari esa uni saltanatning erka , va yagona Malikasi ekanini koʻz koʻz etib turardi , goʻyo.
— Malika Karayl - Ahyee , malikaga ehtirom koʻrsatib tazim qildi -xush keldingiz , marhamat malikam - Ahyee , uni xontaxta atrofiga boshlab
— aslida siz xush keldingiz . Toʻgʻrisi , sizni bundanda goʻzalroq qilib kutib olmoqchi edim , ammo toʻy tezlatilgano sabab ulgurolmadim. Mazkur tutasiz
Karayl qarshisida unga qarashga ham botina olmayotgan qizga qarab samimiy jilmaydi
— Ahyee xonim , bunchalar masofa , mulozamat shart emas . Endi siz bizning oila aʼzomizsiz . Men shunchaki , bugungi akamning qilgan qiligʻini oqlash uchun va bir oz boʻlsada uni sizga tanishtirish uchun kelgandim - Ahyee hali ham boshini koʻtarmasdi - Ahyee menga qarang iltimos , boshingizni tik tuting ! Siz endi oddiy zodagon emas , Bu mamlakat malikasi siz ! Tik tuting boshingizni !
— mazur tutasiz malikam - Ahyee bir bir qarshisidagi qizga nigoh tashlab
— akam bugun ertalab joʻnab ketishga majbur boʻldi . Bilasiz davlat ishlari shunday ... - biroz sukut saqlab - akam va siz haqida tarqalgan gaplarga eʼtibor bermang . Ular oddiy bir choʻrilarning gʻiybati xolos . Akam sovuqqon odam , buni tan olish kerak . Ammo unchalik ham emas. Qizlar bilan munosabat qurish tugul , qoʻlidan ham ushlamagan ... - kuldi , Malika - u sizga sovuq gaplar gapirsa , bilingki , sinayapti sizni . Bilmadim nega , ammo hechkimga ishonmaydi . Avval sinaydi , sinovdan oʻtsagina ishonch beradi , agar hohlasa . Va... Bilasiz , akam bu mamlakat shaxzodasi boʻlmoqlik bilan birga Sarkardasi ham . Koʻpgina janglar , urushlarda boʻlgan , va boʻladi ham . Shu sabab unga gʻamxoʻrlik qiling , bu iltimosim. U oʻziga unchalik etibor bermaydi , sogʻlogigaqu aytmasa ham boʻladi . Yaralarini yinglashga oz qolganda bilib qolib bogʻlayman . Va endi bu vazifa sizniki .
— malikam , avf eting , bir savol bersam ?
— siz qayergadir ketyapsizmi ? Chunki , hammasini menga topshirib chiqyapsiz, oʻrgatyapsiz . Savolim uchun mazur tutasiz ...- Ahyee , hijolatli ohangda . Malika Karayl kuldi
— ha ketayapman , unashtirilgan man . Keyingi haftaning uchinchi kuni toʻy . Atayin keyinga surishga buyruq bergan edim . Sizga yordamlashish va barini tushunishingiz uchun
— malikam ... Men yana bir savol bersam boʻladimi ?
— oʻsha yigitni sevasizmi ? Sizni sevadimi ?
— uni ikki marta koʻrganman . Chonsan qirolligi shaxzodasi U. Shunda oʻylaganmanki ,faqat meni akam emas shaxzoda larninf hammasi kelishgan boʻlishadi - ikki qiz kuldi .
— akam rostdan ham juda kelishgan .. shunchaki uni yuragidagi muzni eriga bilishingiz kerak xolos ...
Malika Karayl - u juda samimiy va shu bilan birga har soʻzida mavqeyini eslatib tura olar ekan ʼ. Afsus , yaqin kunlarda , u ham ketadi. U bilan suxbatdan soʻng bir oz boʻlsada ichimdagi havotir bosildi. Endi u aytgandek harakat qilishim kerak.
Qancha vaqt oʻtrganimni bilmayman , ammo koʻzim ilinib qolganini sezdim. Sekin koʻzlarimni ochganimda , xonadagi shamlar bari oʻchgan , tashqari eshiklar ochiq , shamol tifayli oʻchgan shekilli qorongʻu edi . Qorongʻulikdan qoʻrqaman . Men qorongʻulikdan qoʻrqaman ... Xudoyim ...
Tanamdagi qaltiroq borgan sari kuchayardi . Tizzalarimni quchoqlagancha , koʻz yoshlarimni toʻxtata olmasdim . Qoʻrqyapman . Va birdan tashqi eshikdan koʻrinayotgan sharpaga koʻzim tushin yanada qaltirar dim . Arvoh ... Qanday qilib dodlab yuborganimni bilmadim
Va soniyalar ichida ogʻzimni yopgan kuchli qoʻllar ... Ular sovuq edi. Qarshimda bir erkak . U ... Uning yuziga oy nuri tushib turar , koʻzlari , shernikiga oʻxshash , qandaydir sovuq uchqun taratayotgan koʻzlari insonni oʻziga bogʻlaydi . Bu ... Shaxzoda Yoongi .
— sekinroq , shaxzoda yosh xotinini zoʻrlayapti deb oʻylashmasin
U sekin shivirladi . Va tezda qoʻlini tortdi. Hijolatli xolat ... Ammo qoʻrqyapman . U sekin oʻrnidan turayotganda ustidagi harir koʻylakga yopishdim . Xudoyim .. nimalar qilayapman ... U keskin menga qaradi , savol nazari ila.
U hech soʻz demadi . Shunchaki , hechsoʻzsz chiqdi va ketdi . Xoʻrligim keldi ... Ham qorongʻida yolgʻiz tashlab ketgani uchun , chunki meni koʻrdi, ahvolimni .. ham ... Biz yangi er xotinmiz ... Ahir ... Endi yana yigʻlashga shaylangan onim ....
Qoʻlida sham ushlagan xizmatchi bir qiz ... U yonib turgan shamni mening yonimdagi tortma ustiga qoʻyib , tazim qildida ketdi ...
Buni u aytganmi ? Unda nega ketdi . Qayerga ketdi ?
Savollarimga javob boʻlib oʻzi kirib kelarkan , eshikni yaxshilab yopib qulfladi . Ichimda titroq ... U yoʻqolgandi ammo yana ...
Sekin men tomon yurib kela boshladi. Endi uning yuzi tanasi yanada yaxshiroq koʻrinar , ammo uyalganimdan boshimni egib olgandim . U yonimga oʻtirdi . Nima qilarimni bilmayman ... U qoʻllarini sekin iyagimga olib kelib boshimni koʻtardi , yuzlarimga qaradi. Ammo men hali ham uning koʻzlariga qaray olmasdim .
Uning qatiy aytgan soʻzlari sabab nigohimni sekin uning nigohlari ila bogʻladim . U goh koʻzlarimga , goh qoshlarim goh lablarimga qarar , meni tekshiradi , Malika aytganidek ...
Va ... Va u sekin men tomon yaqinlashdi . Nigohi esa lablarimda... Koʻzlarimni qattiq yumib oldim. Bunday holatlar hechqachon menda boʻlmagan. Sevganim ham boʻlmagan , Sevgi haqida kitoblarda oʻqiganman xolos , bugun boʻlishi kk boʻlgan "ish"ni esa onam va xolalarimning erga tekkan qizlari tushuntirishdi xolos... Va shu on men kutgan oʻsha qoʻrquv... U boʻlmadi. U iyagimdan qoʻlini olib oʻrnidan turdi. Nega ? Men xato qilib qoʻydimmi? Bu savollar meni qiynay boshladi. Nega oʻzi koʻzlarimni yumdim ? Ahmoqman . Alloh jazoyimni bersin ...
Uning birdan aytgan buyrugʻi meni shoshirib qoʻydi
— uxlayver — yana oʻsha oxangda , menga qaramasdan , nimanidir koʻrayotgandi
— shaxzodam ahir ... - soʻzlarim shu on kesildi
— men senga uxlayver dedim ! Tushunarlimi ? ... - bu safar uning oʻsha sovuq nigohini yana koʻrdim , labimni tishladim , shu on u chuqur nafas olib koʻzlarini yumdi va - uxla , Ahyee
"Uxla , Ahyee " u .. u ismimni bilar ekan . Men ... Uning muloyim oxangda aytgan soʻzlari ... Sekin joyimga yotdim , egnidagi kiyimlari biroz noqulay ... Ammo shaxzoda yonida ularni yechilmayman . Boshida u yotmaguncha uxlamayman degandim ... Yani uni qayerda yotadi deb xavotir olib , keyin - keyin koʻzlarim menga boʻysunmadi koʻzlarim yumilib borardi. Oxiri koʻrganim , yotoq tomon yurib kelayotgan shaxzoda ...
Uyqu olamidan uygʻonayotgan Ahyee sekin koʻzini ochib , kerildi . Turmushga chiqqanini unutdi shekilli begamlik ila oʻrnidan turdi . Va yumuq koʻzlar ila yurib borib devorga urildi . Va bu urilish uni hayotga qaytardi . Atrofga alanglarkan , koʻzlarini yumib ochdi . Xona ichidan shaxzodani izlarkan un allaqachon ketganini bildi . Yotoqqa qaragan oni esa qotib qoldi . Qon?! ...
Ammo hechnarsa boʻlmadiqu ? Savol berdi ichida qiz. Shu damda eshiklar ochilib aynan shu narsa kerakli , olib kelishlari kerakligi haqida buyruq olganlarini aytgan ikki xizmatchi bariga oydinlik yasadi . U qizni oʻylab qilgan .
Kunlar shu zaylda oʻtib borar , Ahyee tahminan 5 kunlik kelinlikdan soʻng bariga koʻnikdi . Shaxzoda unga qoʻl tekkizmas , gapirmas , gapirsa ham sovuq edi . Ahyee esa bunda oʻzini ayblar , oʻsha kungi qoʻrqish boʻlmaganda , bunday boʻlmasdi derdi . Malikaga hammasini aytdi , u ham bu yaxshi ekanini , xavotir olmasligini aytdi . Baribir Ahyee uchun bari havotirla edi . Shaxzodaning bu sovuq muomalasi ham uni oʻziga bogʻlab boʻlgan , eri boʻlmish bu kimsaga nisbatan tuygʻular allaqachon unda tugʻilgandi , ahir ...
Yana bir qirollik kechki ovqati .
Qirol , qirolicha , Malika Karayl , Shaxzoda Yoongi va Malika Ahyee. Dasturxonda har qanday noz neʼmatlarni topsa boʻlardi .
Jimlik hukmronlik qilayotgan payt shaxzodaning soʻzlari uni buzdi .
—Qirolim ... Qoʻshni davlatlarda hozir urush . Balki biz ham tayyorgarlik koʻrganimiz yaxshidir . Chunki , ular bizga hujm qilmaydi deb ayta olmaymiz .
— yoʻq , kerak emas . Bu orqali dushman orttiramiz xolos . Ular bizga urush ochdi deb yoppasiga bostirib kirsa nima qilasan ?
— ahir , biz bilan ularning ishi yoʻq . Yung qirolligi zaif emas ular Shuangni egallaydi , bu aniq , keyin bizga hujm qilishsachi ?
— men senga nima dedim shaxzoda ?
— bu yerda meni gapim qachondan ikki qilinadigan boʻldi ? - qirol xontaxta ustiga qattiq urarkan undagi ovqatlar ham tebranib ketdi , Ahyee qoʻliga oldidagi qaynoq shoʻrva toʻkilib ketdi , ammo bildirmadi ...
Shaxzoda otasining bu soʻzlari va harakatlaridan soʻng , shaxt turib ketib qoldi . Malika Karayl Ahyeega bor deya ini qilarkan , ruxsat soʻrab u ham izidan ketdi
— Jin ursin* ... Men oʻzimni oʻylayapmanmi ? OʻZIMNI OʻYLAYAPMANMI ? DAVLATNI OʻYLAYAPMAN AHIR ... LANATLAR BOʻLSIN BARCHASIGA
Xonaga yugurib kirgan qiz , shaxzodaning holatidan qotib qoldi . Uni kelganini bilmay , un tomon gʻazab bilan chinni idish otib yubordi . Xatto oʻzi ham bu qanday boʻlganini bilmay qoldi . Idish shundoqqina Ahyee ning yonginasida parchalanib ketdi . Ahyee yuzi va ogʻzini qattiq yopib burilib qoldi , boʻlmasa siniqlari unga zarar yetkazardi
Bu xolatni koʻrib , koʻzlari kattalish ketgan shaxzoda qanday tezlikda Ahyee yoniga borib qolgani sezmadi ..
— men ... Meni kechir ... Senga biror zarar yetmadimi , menga qara ... Ahyee
U qaltirar , unga qoʻrquv va yosh toʻla koʻzlar ila qarab turgan qizni koʻrib yanada xavotirlanar, yuzlaridan ushlar , hamma yerini tekshirardi . Ich ichidagi xavotirni tashqariga bemalol koʻrsatyotgan edi . Uning sogʻ omon va zararlanmaganiga ishonch hosil qilgach tinchlanib chuqur nafas oldi
Ahyee esa unga hali ham oʻsha nogoh ila qarab turar , shaxzoda yuzidagi asabiylik va gʻazab asorati , qaltirayotgan qoʻllari , nigohlari . Uni hech bunday koʻrmadi u . Va shu dab yelkasidagi qizillikga koʻzi tushdi . Va tezda oʻsha yerni ochib koʻrar ekan yara qonayotgandi .
— oyogʻingga siniqlari kirmasin
Daqiqalar ichida xonadan doka topdi qiz . Tezda shaxzodaning yelkasiga bosdi . Uni tozaladi . Uniki bilan birga joni oʻgʻridi .
U ishini bitirguncha qizdan nigohini uzmadi , Yoongi . Uning yuzlariga , yuzidagi har bir detali , harakatlari , undan havotir olishi - barisiga diqqat bilan qarar , xuddi qizni birinchi bor koʻrgan kabi tikilardi . Oxiri ishini tugatib undan uzoqlasgayotganda qiz bilaklaridan ushlagan on , Ahyening yuzi burishib ketdi . Boyagi shoʻrva toʻkilgan joy allaqachon ilvizak boʻlgan , terisida achishish paydo qilardi . Yoongi tezda uni yanada oʻziga tortib tekshirdi
— bu qachon boʻldi , jin ursin *
— hechnarsa emas , tabibga aytaman malham suradi ..
— erkak tabib ayolimni koʻrishiga yoʻl qoʻyamanmi , seningcha ?
— shaxzoda , kerakmas ... Oʻzim
Qiz qarshiliklariga qaramay unga oʻzi malham surdi . Bogʻladi ... Qiz esa kuzatdi. Bildiki , bu inson sovuq toʻgʻri , ammo bu hammaga ham emas . Malika toʻgʻri aytgandi . U sinadi va ishonchi ... mehrini berdi .
Yoongi ishini tugatgach qiz qoʻllariga tikildi . Ularni ushladi , siypaladi ... Song qiz yuziga , koʻzlariga tikildi . Qarshisidagi bu qizga nisbatan nimalar qiz qilayotganini oʻylardi .
U Ahyeeni birinchi bor saroyda , bu xonada emas , qizning oʻz uyida , kichkina ukasi bilan birga oʻynayotganda koʻrgandi . Uning harakatlari kulgusini koʻrib yuragida qandaydir ip uzilgandek , nimadir "jizz" etgandek edi ... Hozir bildi , oʻsha uzilgan ip ham , jizillashham nega ekanini .
Unga hali ham hurkak nigohlar ila qarab turgan bu qiz - u abadiy uyquda deb bilgan tuygʻularini uygʻotayotgandi. Yigit bildi . Balki ,ular uygʻonib boʻlgandir? Sekin qiz yuzlarida sayr qildira boshladi qoʻllarini , qiz tanasidagi titroq aniq sezilib turar, yurak urishi esa Yoongigacha eshitilardi va bu undagi istaklarni yanada oshirar endilikda yagona maqsadi bu hurkak ohuni "ovlash" edi ...