𝐒𝐄𝐕𝐆𝐈
Mahkamaga kirib kelgan qiz hammaga bosh silkib salomlasharkan, to‘g‘ri boshliq xonasi tomon odimladi. Boshliq xonasiga o‘n qadam qolganda, oldida paydo bo‘lgan yigit tufayli baqirib yubordi.
— Jinni bo‘ldingizmi, ya?! — deb baqirdi Jiyeon va Sehunni oldidan itarib yubordi.
— Kecha nega uyga kelmading? — Sehun jiddiy ovozda so‘radi.
— Yaa, axir bo‘lajak kelin oyimga hammasini aytganman, sizga aytmadimi? — Jiyeon Sehunning qattiq gaplaridan qutulish uchun uning nozik joyidan urishga qaror qildi. Shaytoncha kulib, akasiga qosh qoqib qo‘ydi. — Yoki kechaaa...
Gapini tugatishga ulgurmadi, Sehun uni boshliq xonasi tomon yo‘naltirib, o‘sha tomon itardi.
— Yaa, axir gaplashyotgandik! — Jiyeon kulib akasiga qaramoqchi bo‘ldi, lekin u gapirishiga yo‘l qo‘ymay, uni eshik yonigacha itarib bordi va hatto eshikni ham u uchun taqillatib berdi. So‘ng ortiga qaytib ketdi.
— Yaa akaaa! — uning ortidan baqirib qolgan Jiyeon ustidan kulardi. Ichkariga kirishdan oldin o‘zini rostlab, xonaga kirdi.
— Hayrli tong, Leytenant Pack. Katta serjant Son Jiyeon buyrug‘ingizga binoan oldingizda.
— Senga ham hayrli tong, — Sarang jilmaydi. — Menda gap borligini aytibsan. O‘zim ham sen bilan gaplashmoqchi edim. Nima gap?
Sarang unga o‘tirishiga ishora qildi. Jiyeon esa Sarangdagi o‘zgarishni ko‘rib, beixtiyor qoshlari chimirildi.
Sarangning kutilmagan savoli Jiyeonni dovdiratib qo‘ydi. U hozirgina akasini chalg‘itib kelgandi. Boshqa hech kim sezmaydi deb o‘ylagandi.
— Aa, bu... kecha yiqilib tushdim. Lekin bu muhim emas. Men sizga bir narsani aytib bermoqchiman. Iltimos, oxirigacha eshiting.
— Albatta. Hammasini ayt, qulog‘im sendan.
— Men kecha Jeon Jungkook bilan ko‘rishdim.
— NIMAAA?! — Sarang baqirib yubordi.
Jiyeon barcha voqealarni bir chetdan aytib berdi. Ammo eng oxirgi bo‘lgan hodisani aytmadi. Chunki u yengiltak qizdek ko‘rinishni istamadi.
— Demak, hammasi shumi? — xona oynasidan atrofni kuzatayotgan Sarang ortga o‘girilib, kresloda o‘tirgan Jiyeonga qaradi.
— Ha. Uni hozir ham kuzatyapman. Mashinani. Mashina shahardagi ustaxonada. Ammo undan oldin o‘sha joyga borgan. Menimcha, sizga kerak odam o‘sha yerda.
— Ularning yoniga boramizmi? Odamlarga aytaymi? — Jiyeon taklif qildi.
Gapini tugatmasidan eshik keskin ochilib ketdi. Hansirab, qo‘lida hujjat bilan Sue kirib keldi.
— Nima bo‘ldi? — Sarang havotir bilan unga qarab yurdi.
— Uchta jasad. Shaxsini aniqlashning imkoni yo‘q. Ekspertlar bu usul doimiy usul deb aytishmoqda.
— Qanday usul yana? Kimni ishi bu?! — Sarang qattiq so‘radi.
— Kim Namjoon va Jung Huseok , — dedi Sue, lablari titrab.
Sarang uning qo‘lidan hujjatlarni yulib oldi. Shaxsni aniqlab bo‘lmasa ham, yoshi aniqlanadi. Jasadlar orasida 11 yoshli bola ham bor edi.
Sarang chuqur nafas olib, ko‘zlarini yumdi. Yo‘q, u bu safar bardosh berolmadi. Ichidagi g‘azab uni yorib chiqayotgandi. U birdan qahqaha otib kula boshladi.
— Sarang? — Sue unga yaqinlashmoqchi edi.
Ammo Sarangning g‘azabli nigohi uni joyida to‘xtatdi. So‘ng jiddiy holatga qaytib, sochlarini ortga tashladi.
— Ma'lumot yig‘. U ikki it qaerda bo‘lsa, top. Alfa jamoasi barcha ishlarini bekor qilib, faqat shu ish bilan shug‘ullansin. Menga har bir tafsilotni yetkazasan.
Sue va Jiyeon unga tazim qilib chiqib ketishayotgan edi. Ammo Sarang Jiyeonni to‘xtatdi.
— Menga o‘sha manzilni topshir. Har soatda o‘zgarishlardan xabardor qil.
— Bo‘ldi, boshliq. Ammo sizga biror narsa...
— Shunchaki men aytganimni qil.
Xonada yolg‘iz qolgan qiz reja tuza boshladi. Uning miyasida bugungi voqealar g‘ovlab yurgan. Birdan telefon jiringladi. Undagi ismni ko‘rib, bezovta bo‘ldi: "Buvim".U ish vaqtida bezovta qilmasdi. Bu safar jiddiy narsa bor edi.
U ish vaqtida bezovta qilmasdi. Bu safar jiddiy narsa bor edi.
— bugunga shunchasi yetar a ! .... Eshitaman, buvijon?
— Sarang... — qaltiragan ovoz yuragini zir titratdi.
— Amaking... yana o‘shanday topshiriq berishibdi , oshanday joyga yuborishibdi. Aytmaslikni so‘ragandi, lekin men...
— Ketdi. Allaqachon. Hech bo‘lmasa telefon orqali gaplash deb qo‘ng‘iroq qilyapman.
— Hop. Men unga qo‘ng‘iroq qilaman.
Telefonni o‘chirgan Sarang boshqa kontaktga qo‘ng‘iroq qila boshladi. Uchinchi chaqiruvda tanish ovoz eshitildi.
— Yaa... men o‘lgani ketayapmanmi?! Tovba, sizlarga nima bo‘ldi?
— Nega har doim menga aytmay ketishga harakat qilasiz? O‘tgan safargi yetmadimi?
— Aniq vaqt aytolmayman. Bu bir-ikki hafta yoki oylar davom etishi mumkin.
— Yaramas, eshak! To‘y nima bo‘ladi?
— Dadam bilan gaplashib qaytganimdan keyin unashtiruv, keyin to‘y.
— Eunji bilan gaplashdingizmi?
— Hozir uning yoniga ketyapman.
— Yaa, yaramasey! Men qolib, siz uni yoniga borasizmi?
— Sarang, siz kichkina qizcha emassiz-ku.
— Qaytib ko‘zingizga ko‘rinmang, Pack Jimin! Qaytib kelsangiz, sizni mayda bo‘laklarga bo‘lib mushugimga yediraman.
— Mayli, unda qaytib kelmayman.
— Yaramas, qaytib oling gapiringizni! Eunji bilan ko‘rishdingizmi hali?
— Shu qizga juda ilishib olgansiz-a...
— Yaa, hali xotiningiz bo‘lmagan qizni jiyaningizga gapirtirmayapsizmi?! Qoyil sizga, qoyil, Pack Jimin!
— Hop-hop. Ha, yana bir gap: o‘tgan safargidek gaplar aytib, bechora qizni yuragini yormang yana.
— labbay amakijon - kulib , dedi qiz
—Shu vaysag‘ichingni qachon yumasan-a?—
Ammo uning kulgusi uzoqqa bormadi. U so‘ndi.
Shu vaysag‘ichingni qachon yumasan-a?
Shu vaysag‘ichingni qachon yumasan-a?
Ammo uning kulgusi uzoqqa bormadi. U so‘ndi.
— O‘lish taqiqlanadi, buni bilasiz-a?
— Sizni yaxshi ko‘raman. Buni ham bilasiz.
— Ha, bilaman. Men ham seni yaxshi ko‘raman, kichkintoy.
Jimin telefonni qo‘yganidan so‘ng Sarangga SMS yubordi: "Seni yaxshi ko‘raman. Vada beraman, qaytib kelaman, kichkintoy."
— Hayrli kun, — mashina yoniga kelgan qiz tomon yurarkan, Jimin muloyim ohangda so‘z boshladi.
— Sizga ham hayrli, — dedi Eunji muloyim jilmayib. — Menda sizga gap bormi deb o‘yladim. Dadam qo‘ng‘iroq qilib, kelishingizni aytgandi. Bugun uzuk uchun boramizmi?
Bu beg‘ubor qizning yoqimli va samimiy gaplari Jiminni jim qoldirdi. Uning musaffo nigohlari Jiminni ojiz qildi. Hozir aytadigan gaplari bu qizni xafa qilishini o‘ylagan yigit yuragida og‘riq his eta boshladi.
— Bilasanmi, Eunji... men ketyapman, — dedi u sekin.
Eunji unga tushunarsiz nigoh bilan qarab turarkan, Jimin davom etdi:
— Men harbiy odamman. Maxsus topshiriq keldi va men unda boshchilik qilaman. Qachon tugashini, qachon qaytishimni, hattoki qanday ahvolda qaytishimni ham bilmayman. Men buni senga aytishni istamagandim... Meni tushunasan, to‘g‘rimi?
Yigit har bir so‘zni og‘irlik bilan, ammo tez aytishga harakat qilardi. Imkon boricha qizga qaramaslikka urindi. Gap tugagach, nihoyat yurak yutib uning ko‘zlariga qaradi. Bu ko‘zlarda yosh yaltirardi. Aynan shundan Jimin qo‘rqqandi — uning ko‘zlaridagi yoshlarga sabab bo‘lishdan.
— Menga vada bering... qaytib kelasiz... shart, — deya zo‘rg‘a gapirdi qiz, ichki yig‘isini zo‘rg‘a bosib.
Jimin qo‘llarini uning yuziga qo‘yib, ko‘z yoshlarini artdi. Bu taftdan qiz ko‘zlarini yumdi.
— Vada beraman, — dedi Jimin yumshoq jilmayib, peshonasini qizning peshonasiga qo‘yarkan.
Bu lahzada ularning o‘rtasida na hijolat, na uyalish bor edi. Ular faqat qo‘rqayotgan edi. Afsuski, bu sokinlikni telefon qo‘ng‘irog‘i buzdi. Jimin qizdan asta uzoqlashib, javob berdi:
— Podpolkovnik Pack Jimin eshitadi. Ha, janob. Hozir yetib boraman. Salomatlik tilayman, — dedi u, gapira turib qizdan ko‘z uzmasdan.
Ko‘z yoshlarini artgan qiz, sochlarini quloqlari ortiga olib, o‘zini tartibga soldi.
— Chaqirishyapti, — dedi Jimin lablarini tishlab.
Eunji bosh silkitdi. Ko‘zlarini yerga tikkancha jim qoldi. Jimin esa unga qarab, nigohini to‘ydirib olayotgandek tikildi. Ular o‘rtasida hali sevgi yo‘q deb o‘ylardi. Ammo bu sevgi allaqachon yuraklarida joy olgan, faqat e’tirof qilinmagan edi. Qiz u uchun yig‘laydigan, Jimin esa uning ko‘z yoshlariga dosh bera olmaydigan bo‘lib ulgurgan edi.
Jimin asta Eunji tomon yurdi. Qizning so‘zlari unga yetib bormayotgandi. U faqat hozir o‘z istagini amalga oshirishni xohlardi.
— Sog‘ va omon qayting... Iltimos... menga qo‘ng‘iroq qil... — qizning so‘zlari og‘zidan chiqmay qoldi. Boshqa lablar uni to‘xtatdi.
Qiz avval nima bo‘layotganini tushunmadi. Keyin tushundi, ammo nima qilishni bilmay, qotib qoldi. Ichida kapalaklar uchib yurgandek edi. Yigitning lablari uning lablarida harakatlanganda, tanasi titray boshladi. Havo yetishmayotgandek tuyuldi. O‘zini ortga olishga harakat qilgan qizni his qilgan Jimin nihoyat bo‘sani yumshoq uzdi.
Ikkalasi ham entikib nafas olar edi. Qiz Jiminning yuzini, Jimin esa qizning yuzini tutib turgan qo‘llarni ushlab turardi.
— Menga javob bermaganing uchun, endi o‘zing javob berasan... bo‘lajak Pack xonim, — dedi Jimin jilmayib, undan uzoqlasha turib.
Mashinasiga o‘tirib, qizga oxirgi bor qaradi va bor tezlikda haydab ketdi.
Mashinasidan tushgan yigit kalitni qo‘riqchiga uzatdi. Horg‘in qadamlar bilan qo‘rg‘on tomon yurarkan, bugungi kompaniya ishlari uni charchatgani bilinib turardi. Bu charchoqni unutish uchun unga hozir alkogol kerak edi.
Mashinasidan tushgan yigit kalitni qo‘riqchiga uzatdi. Horg‘in qadamlar bilan qo‘rg‘on tomon yurarkan, bugungi kompaniya ishlari uni charchatgani bilinib turardi. Bu charchoqni unutish uchun unga hozir alkogol kerak edi.
Uyga kirib, eshikni yopdi. Mehmonxona tomon yurib, kostyumini divanga irg‘itdi. Ammo bar yoniga kelganda sezgan o‘zgarish yuziga kulgi olib keldi.
O‘zi uchun alkogol quyib, stakanni silkitarkan, qiyofasi yanada yumshadi
— Men aslida alkogol ichmayman
— Juda dadilsan. Menga har doim shu fazilating yoqqan. Ammo bu safar o‘ylaganimdan ertaroq qaytding, — Taehyung