September 23, 2025

𝐌𝐞𝐧𝐢 𝐬𝐞𝐯...


1-qism

AQSh . New York . " Midnight " tungi clubi .

Juda xashamdor bu club tashqarisdagi oʻzidanda xashamdor mashinalar bu yerga har kim ham koʻra olmasligi belgilaridan edi . Va oʻsha mashinalariga suyanib turgan "boʻlajak millionerlar "esa oʻzlariga yarashgan yarashmagan shaxvatli , jirganch nigohlarini atrofdagi "kapalaklar"ha qaratgan edilar .

Ichkarida baland musiqa , unga telbalarcha raqsga tushayotganlar . Ular uchun dim havo ,  har kimni "yoqimli " atir hidi , alkogol va tamaki isi aralashib qandaydir yoqimasizlik  ahamiyatsizdek edi .

Har kim har burchakda xoxlaganini qilardi . Biri qimmatbaho alkagol bola huvurini bosmoqchi , biri  shunchaki tamaki chekib atrofni kuzatmoqda - oʻlja qidirayotgandek. Bazilar stol ustidagi oq kukundan hidlar ,  boshini ortga tashlab rohat olayotganlarini bildirib turardilar . Qiz yigitlar bir biriga yopishib ketgan , ha koʻyga solishardi oʻzlarini , kerak boʻlsa shu yerda "yaqinlik" qilishga ham tayyor edilar.

Shu dam club eshiklaridan kirib kelgan qizning aralash yoqimsiz  hiddan yuzi burishdi .  Bu yerdagi jirkanchliklarga bir bir nazar tashlab ichkariladi . Qatiy va bepisand qadamlari ila odamlardan oralab oʻtib boradi .  Uning qomati , goʻzalligiga suqlanib qaray olishadi xolos  , bu befoyda ekanini ham bilishadi , chunki u qiz kim ekanini hamma biladi .

Allaqachon oʻziniki boʻlishga ulgurgan joyga kelib oʻtirgan qiz telefoni olib stol ustiga qoʻydi . Afitsiantga shunchaki yaxna ichimlik buyurib oʻrindiqqa suyandi

— oyy qachon kelding , Saraa  - qoʻlidagi ichimlik bilan yoniga yugurib kelayotgan qizga  soxta jilmayish ila bir nigoh tashladi xolos .

— kamnavo boʻlib qolding dugonajon , qoʻngʻiroqlarimga ham javob bermaysan

— bular haqida senga hisob berishimni kutmayotgandirsan , Noah ...

Uning bunday muomalasidan qarshisidagi qiz umuman hafa boʻlmas, qaytanga unga yanada yaltoqlanardi . Uning chiroyli tabassumi hech soʻnmasdi .

— haqsan ...

— azizam

Soniyalar ichida ular ortidan paydo boʻlgan yigit Noahning ortidan quchib oʻziga qaratdi va .....
Ularning harakatlariga jirkanish kabi bir nigoh qaratib yuzini burdi qiz . "Ishlarini " tugatib davraga oʻtirdilar .

— Sara , sen qalaysan

— seni koʻrmasdan oldin ajoyib edim , Nicky

— doimgidek chap yoning bilan turibsan... Ajoyib . Xolbuki , shu chiroyli lablaringdan chiroyli soʻzlar chiqqanda hayron qolardim 

Gap shu yerda kesildi . Nikiy va Noah yana birga gaplashib oʻtirishar,  kulishar  qarshilaridagi qiz esa bu yerga begona bir shaxs kabi edi . Nik keyin oʻrnidan turib kelishini aytib ketdi . Qaytgach qoʻlidagi padnis va ichida - oq kukun , shprist , dorilar — narkotik ! Nik ham Noah ham koʻzlari yayrab ketdi. Bu safar ham qarshilaridagi qiz hech ularga qoʻshilmayotganini koʻrib :

— Sara balki bir tatib koʻrarsan - Nik

— ishon dugonajon , senga juda yoqadi  - Noah uning yoniga kelib oʻtirib oldi .

— bu narsaga qoʻlimni uchini ham tekkazmasligimni har safar qayta qayta aytishim shartmi ?

— qachongacha ota onangning aqlli qizi boʻlmoqchisan ? Holbuki ularni 10 yildan beri sen bilan ishi yoʻq , Sara 

Nik ogʻzidan bu gaplar qanday chiqib ketganini bilmay qoldi . Noahning ham koʻzlari unda . Qoʻlidagini stolga qoʻyib sekin ortga chekindi .

— Sarang - biroz vaqtdan

— nima ? - Nik , Noah

— Sarang . Sara emas . Talaffuz qilolmaganingizdan soʻng Sarangni Saraga aylantrdingiz , ini amerikaliklar - kuldi qiz - mayli deb indamadim  . Bu degani xohlagan gapingni xohlagancha gapira olasan degani emas . Soʻzlaring va harakatlarigga eʼtiborli boʻl , azizim Nick 

Sarang gapini tugatgach bu davom etib oxiri urushga aylanishi bilgan Noah gapni burishga qaror qildi . Chunki u dugonasini ham sevgilisini ham juda yaxshi biladi

— kecha bittasini shuyerda oʻldirishibdi - Noah , oʻlim soʻzini eshitib Sarang unga qaradi . Noah esa Nikga urushma deb ishora qilib , Sarangga qaradi

—qachon , qanday ?

— aslida oʻldirishgan deyishmadi , joniga qasd qilganmish  . Koʻp dozada dori qabul qilgan . Ammo qaysi jinni oʻziga shunday qiladi. Tavbaaaa

— bundan oʻlish mumkinmi - Sarang , oldida sochilib yotgan dorilarga qarab .

— azizam buni qabul qilganlarning 80% oʻladi. Yani oz ozdan qabul qilsa ham. Koʻp doʻza esa daqiqalar ichida joningni oladi - Nik

Yana jimlik, Sarang nigohini stoldagi dorilardan uzmasdi. Qaddi tik, gʻururli va kibor bu qizni hech bunday holatda koʻrishmagan. Nik ham Noah ham bir biriga qarab yelka qisdi. Shu dam shoʻx musiqa boshlandi. Nik kulib Noahga qol uzatarkan Noah esa:

— Sara.. Saran.. Sarang - aytolmay - yur raqsga tushamiz

— yoʻq - Sarang uning talaffuziga bilinar bilinmas jilmayib

— bulardan koʻz uzolmay qolding. Sen ham oʻsha ahmoq kabi joningga qasd qilmoqchi emasdirsan - Nik kulib, qiz unga qaradi. Ammo yigit javobni sevgilisini olaygan koʻzlari orqali oldi

Pov*Sarang

Nik qanday ichimdagini bildi? Heh... Ular osha joniga qasd qilganni ahmoq deya sanashmoqda... ammo unda sabab bordir. Jonidan toʻygandir. Bu jirkanch dunyo joniga tekkan dur. Balki meniki kabi ota-onasi bordir. Farzandidan nafratlanadigan... Uni koʻrishga koʻzi yoʻq, 10 yildan beri habarini olmagan ota ona... 

Shu dam men ham u qilgan ishni qaytarsammikin deya oʻyladim. U kabi qutulardim. Toʻgʻri manzilim jahannam boʻlsada, yashayotgan jahannamimdan yaxshiroq boʻlardi.

Sekin ikkita tabletka, ukol va kukundan qoʻlimga oldim. Qoʻllarim qaltirayapti... Hech qachon oʻzimni bunchalar ojiz his qilmaganman. Atrofga qaradim , har kim oʻzi bilan ovvora, men bilan ishi yoʻq. Koʻzlarimda yosh oʻynayapti, nahotki... Hozir bularni qabul qilsam bari tugaydimi?...  Haaa buni his qilib turibman... jilmaydim... Hursandligimdanmi ?  Chuqur nafas olib, qoʻlimdagilarni qabul qilaman deganda bir ovoz, meni toʻxtatdi. Bir yigit ovozi... Oʻsha tomon qaradim . U... Farishtaga oʻxshardi. Egnidagi oq koʻylak va shu dam  u tomon qaratilgan club chiroqlari uni huddi farishta kabi koʻrsatardi . Huddiki  farishta ...

— seningcha bu yechimmi ?

U menga aytgan soʻzlar. Menimcha, ha yechim. Men uchun.

— mayli bu sen uchun yechim, ammo oʻlmay qolsangchi?

U huddi ichimdagini oʻqigan kabi soʻzlardi.

— qanday?

—seni shifoxonaga olib borib oshqozoning yuvilsa, sen oʻlmaysan

— siz olib borasizmi?

U gapimga kuldi. Kulgusi ham juda chiroyli edi.  Men uni sevib qoldim deb oʻylamang... Insonda baʼzida shunday hollar boʻladiqu, kimdir koʻzingizga juda goʻzal , va oʻzgacha koʻrinadi. Menda ham shu holat. Bilmadim bu oʻzini oʻldirmoqchi boʻlganlarda odatiy xoldir.

— balki, ha

— nega ? Kimsiz oʻzi?

— hechkim, shunchaki sening farishtang deylik - Jin ursin* u rostan meni ichimdagilarni oʻqiyotgandek edi

— menga qara - u bu safar juda jiddiy edi - oʻlim hech qachon yechim emas! Hech qachon buni qilma! Senga Xudo tomonidan berilgan bu jonni shunchalar qattiq asraki, Oʻzidan boshqa hechkim ololmasin. Seni bu xolatga olib kelganlarga kelsak , ulardan qasos ol ! Seni joningni ogʻririshdimi? Sen ularnikini besh battar qil. Senga qilingan har qanday nohaqlikka, har qanday yomonlikka javob berishsin. U kim boʻlishidan qatʼiy nazar! Yoki unut! Shunchaki ularni unut. Yangi hayot boshla, yasha. Faqat va faqat yasha. Oʻyna kul. Nafas ol. Borliq boʻl. Oʻlma.

Uning koʻzlaridagi qandaydir qatiylikmi, alammi bilolmadim, ammo aytganlarining bari men uchun eng keraklisi ekanini bildim.  U gapini tugatib oʻrnidan turdi

— Farishta

Uni  qanday bunday chaqirib yuborganimni bilmay qoldim. U kuldi.

— ismingiz?

— farishta... Faqat sen uchun - yana kulib - Sen esa... - un menga yaqin kelib yuzlarimga qaragancha oʻylanib turdi - irkitcha... Irkit oʻrdakcha ... Faqat men uchun .

U ketdi , men esa uning ortidan qarab qolishdan boshqa ish qilolmadim . Uni endi hech qachon unuta olmasam kerak. Uning menga aytgan soʻzlarini ham . Qoʻllarimda hali ham oʻsha iflosliklarni ushlab turardim. Otib yubordim .

~~~

Uyning kalitlarini sumkasidan olib eshikni ochdim. Uyim. Bugungi voqealar meni rostakamiga charchatdi. Yotoqxonaga kirib oʻzimni yostiqlarni orasiga oʻtdim. Oʻylardim... Shiftga qaragancha oʻyga toldim.   Oʻsha farishtaning soʻzlarini. Ammo yoqimsiz telefon ovozi barini puchga chiqardi . Kim ekaniga ham qaramay telefonni olidim

— eshitaman

— ertagayoq Koreyaga qayt . Dadang aytdi. Ertalabki reysga chipta olingan . Oʻqishni shu yerda davom ettirasan .

Oyim ...

Ha bu oyimning ovozi . U mening onamni ovozi ... 10 yil ichida birinchi bor uning ovozini eshitdim ... 

—o..oyi

Onam . U hatto eshitmay qoʻngʻiroqni tugatdi . Toʻxtab qoldim . Hech narsani oʻylay olmasdim. Miyam ishlashdan toʻxtagan kabi edi . Atrofga qaramoqda man . Ammo oʻylolmayapman . Hechnarsa miyyamda yoʻqdek , bari oʻchib ketgandek . Onamning qilgani , aytgani bari ... Oʻtmish ... Uyim ... Vatanim ...

Ammo ... Birdan qoʻrqqan odam kabi chuqur nafas olib oʻrnimdan turib ketdim . Uygʻongan kabi ... Chuqur chuqur nafas olmoqdaman ..

Shu dam quloqlarimda oʻsha yigit .. farishtaning soʻzlari eshitidi ... Qayta , qayta ...

Haaa men uni aytganini qilaman ... Bari uchun javob berishadi ... Meni shu oltin qafasga tiqqan ota onam javob beradi .

~~~

Parallel vaqt
Janubiy Koreya. Seoul .

Kichik bir kafe . Allaqachon ish vaqti tugagan . Yigit barcha ishlarini tugatib , unga berilgan kalit orqali eshikni qulfladi . Yetkazib berish , afitsiantlik . U ikkisi ham yuklatilgan , shu sabab tanasidagi charchash kuchli . Yurib borar ekan kurtkasi choʻntagidagi telefon vibratsiyasi lablarida tabassum uygʻotdi . Bu vaqt unga faqat bir inson telefon qilishini biladi ahir

— gul singlisining akasi eshitadi

— a..aka .. - qizning ovozini eshitishi bilan , lablaridagi jilmayish yoʻqolib , qoshlari chimirildi.

— Karayl , nima boʻldi ?

— aakaa ... Jungkook ... Ogʻayni qalaysan

Singlisi ovoziga boshqa bir erkak ovozi qorishib ketarkan telefonni u olganini sezildi . Jungkook ... U ketayotgan joyida toʻxtab qoldi ... Koʻzlarini yumarkan , quloqlarida bilinar bilinmas chiyillash ovozi  ... Lablarida esa telbalarniki kabi jilmayish ...

— seni kutaverib koʻzlarimiz toʻrt boʻldiqu , qachon kelasan doʻstim 

— Tan ... - Jungkook

— eshityapman - yigitning hushchaqchaq ovozi ... 

—  Hozir boraman doʻstim ... Goʻringni bogʻimizdan qaziyver

Qoʻngʻiroqni shu ondayoq oʻchirib , yurib keta boshladi . Lablaridagi oʻsha  kulgu , jilmayish  , telbalarcha jilmayish sekin yoʻqoldi ...

~~~

Kichik bir uy . Ikkita deraza va bir kichik eshik . Ammo juda chiroyli va fayzli edi .  Yogʻoch toʻsiqlar bilan oʻralgan , va oʻsha toʻsiqlar oldida qora mashinalar .

Boğga qoʻyilgan stol stullar . Ularda oʻtirgan ona va qiz . Ular ortidagi ikki barzangi va qarshilarida oʻtirgan yigit . U kulib ularga gapirar ammo ikkisi qoʻrqqanidan jim edilar .

Shu tam toʻsiqlarni buzgudek qilib ochib kirgan yigit hammani oʻziga qaratdi . Yugurib kelganidan mi chuqur nafas olar , sochlari tikkayib qolgandi ...

U tomonga jilmayib qarab turgan chiroyli bir yigit . Tan . Ammo yigit nigohi unda emas onasi va singlisida . Ich ichidan sezayotgan ammo koʻrsatmayotgan qoʻrquvi bor edi . Shaxdam qadamlar ila oʻsha tomon borayotganda ,Tan yurib kelib oʻzi uni quchoqladi

— bormisan ogʻayni .. sogʻintirdingqu odamni ... Aslo aslo xato qilma ... Koʻzlar bor - oxirgi soʻzlarini shivirlab . Qoʻriqchilarga ishora qildi

—nimalar boʻlayotganini tushunyapsanmi ? - Jungkook nigohlarini halicha oilasidan olmasdan

— albatta ... Bir yildan beri qayerda ekaningni qidirayotgandik ... Oxiri topganimda bir habar olay dedimda ... Jim ... Qaltis harakat qilma !

— ularni ichkariga kirsin  - yigit koʻzlarida bilinar bilinmas yosh oʻynardi . Tanga qaradi - bu masala men bilan bogʻliq . Ularga tegishmasin

— ammo - Tan kulib uning yelkasiga qoʻl tashladi . Ular tomon qadam tashlashardi - sen yana bir balolar boshlasangchi ...

— hechnarsa qilmayman . Soʻz !

—ularga yoʻl boʻshating yigitlar , xonimlar sovuq otdi ahir

Ikki barzangiga qarata . Jungkook koʻzlari ikkisida , Tan esa boshi qashib ortidagi mashinaga nazar tashladi . Jungkook ularga qarab turgan ona va singlisiga boshi bilan ichkariga kiring deya ishora qildi . 

— oʻgʻlim ...

— oyi kiring , izingizdan men ham kiraman

Ular kirib ketganidan soʻng ichidagi butun havoni chiqargan yigit , hali ham yelkasidagi qoʻllarni itardi .

— qanchalar buyuk xato ekani bilasan toʻgʻrimi ? - Jungkook, shivirlab

— mendan hafa boʻlma ogʻayni . Xoʻjayinni aytganini qilaman  xolos,  bilasan - Tan , sekin yurib stullardan biriga oʻtirib  Jungkookga ham ishora qildi

— xoʻp , nega kelding

— xoʻjayin "qaytsin" dedi

— bundan ketganman deganman

— bilaman , hatto bu soʻzlaringni oʻz qulogʻim bilan eshitganman ham . Ammo xoʻjayinga keraksan . Ishi orqaga ketyapti ... Haa... juda orqaga ketayapti... - Tan hali ham joyidan qoʻzgʻalmagan yigitga qarab

— qaytmasam nima boʻlarkan?

— bilasan senga , oilangga umuman gʻarazli niyatim yoʻq , boʻlmagan ham . Xatto bu uyda non tuz yeganman . Nonkoʻr emasman. Ammo men qilmaganim bilan xoʻjayinni yugʻurdaklari koʻp... Nima qilishini oʻzing bilasan ...

— offffff - u ham stullardan biriga oʻtirib boshini mushtladi

—maoshni ikki hissa qilmoqchi . Yarim seniki  . Hozir oʻzingda ham pul muammosi boʻlayotganini bilaman . Maslahatim zararsiz va ziyonsiz qaytganing yaxshi - Tan , uning dushman emasligi aniq edi

— jang ? - Jungkook, chorasizlik ila aytilgan soʻz edi bu .

— ertaga kechqurun , boshlangungacha oʻsha yerda boʻlishing kerak

Jungkook  jim qoldi .  Lablarini tishlagancha jim qoldi . Tan qoʻriqchilarga ishora qilib oʻrnidan turdi

— uzr soʻrayman , ogʻayni ...

Tan mashinaga oʻtirishi bilan ketishdi . Jungkook ichida chorasizlik . U qaytmasa bari qanday boʻlishi biladi . Lek bu hayotini zaharlashni istamaydi ... Ammo oila... Oila har narsa . Oilasi siz hechkim ahir .

Uyi tomon qaradi . Chiroqlar yoniq . Ichkarida onasi va singlisi . Ular uchun barchasiga tayyor u

— yana oʻsha jahannamga qaytishga majbursan . Oilang uchun ....

Davomi bor ...