April 13, 2020

Tibbiyotda ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha taklif

Assalom alaykum, ism sharifim Rahmatullayev Adhamjon, hozirda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining psixiatya yo’naishida 2-boshqich magistratura talabasimian.

Hozirgi paytda ta’lim sohasiga keng e’tibor qaratilayotgani ahamiyatga molik. Ayniqsa hozirgi kunlarda COVID-19 tufayli joriy qilingan krantin sabab, barcha ta’lim maskanlari masofaviy ta’lim, hamda online dars dasturiga o’tishdi.

 

Tibbiy fanlar shartli ravishda ikkiga bo’lib o’rganiladi. 1-fundamental fanlar, 2-klinik fanlar. Fundamental fanlar tibbiyot fanlarning negizini tashkil qiladi, (anatomiya, normal va patologik fiziologiya, gistlogiya va h.k.) bu fanlarni o’zlashtirmasdan turib, klinik fanlarni o’rganib bo’lmaydi, chunki, shunchaki tushunish mushkul bo’lib qoladi.

Inson xotirasining turli shakllari mavjud bo’lib, chaqaloqlik davridan o’smirlik davriga asta sekin taraqqiy etib boradi. (chaqaloqlarda avval emotsional xotira, so’ngra mexanik xotira, undan keyin mantiqiy va obrazli xotira rivojlanadi) Aynan mantiqiy va obrzli xotira rivojlanganidan so’ng, inson atrof muhitni aql idrok yordamida anglay boshlaydi, turli qonuniyatlarni tushunadi, tahlil qiladi. Inson hayoti davomida, bajaradigan yumushi, kasb-koridan kelib chiqqan holda xotira shakllari ham o'zgarib boradi. Jismoniy kuch talab qilinadigan ishlarda mexanik (harakatli) xotira qolgan xotira turlariga nisbatan kuchliroq taraqqiy etsa, ilmiy salohiyat talab qilinadigan ishlarda esa mantiqiy xotira yaxshiroq taraqqiy etadi.

Yaqin o'tmishda odamlarda so'zli-mantiqiy xotira rivojlangan bo'lib, bilim olish ehtiyoji kitob yordamida qondirilgan. O'qilgan satrlarni o'z bilganlaridek tasavvur qilishgan, tushunishgan. Internet texnologiyalari rivojlanib borishi bilan ayni predmet yoki hodisani tasavvur qilishdan ko'ra, aslni ko'rish qulay, oson, shuning birga to'g'risi ham shu bo'lib qoldi. Masalan DNK replikatsiyasi haqida yuz marta o'qigandan, bir marta ko'rish (youtube tarmog'ida mediafayllar bisyor topiladi) konkret tushuncha hosil qiladi. Yoki bo'lmasa, Yupiter sayyorasi gigant sayyora deb ko'p o'qiganmiz, eshitganmiz. Lekin haqqoniy va uzoq muddatli bilim hosil qilish uchun ushbu sayyoraning boshqa sayyoralarga nisbatan infografikasini bir marta ko'rish kifoya. Demoqchi bo'lganim, hozirda yoshlarimizda obrzali xotiraning boshqa xotira turlariga nisbatan salmog'i oshib bormoqda.

O'rtacha hajmdagi (400 betli) kitobni o'qib tugatish uchun agar kuniga muntazam 20 betdan o'qilsa, o'rta hisobda 20 kun kerak bo'ladi. Kitobni o'qib tugatish uni tushunib yetish degani emas. Sir emaski tibbiyot oliygohlarida ayim sikllarimiz (klinik fanlar sikllar shaklida o'qitiladi) 3 kun o'qitiladi, 3-kun imtihon ham olinadi. Kulgili tomoni, butun bir katta fanga oid materialni 3 kun ichida o'zlashtirib bo'lmaydi, bitta mavzuni to'liq anglab yetish uchun kamida 3-4 ta manbani ko'rib chiqish, analiz-sintez qilish kerak. 3-kun imtihon olinib, "bo'ldi bu fanni o'zlartirding!" deyish bilmadim qaysi qolipga to'g'ri keladi. Ayni fan bo'yicha mutaxassislar kamida ikki yil shu fanni o'zini o'qiydi. Yetmaganiga o'qilishi kerak bo'lgan adabiyot o'zbek tilida tanqis, yoki ma'lumotlar eskirgan (SSSR dan qolgan), yoki rus tilida... Tor mutaxassislik fanlariga oid multimedia fayllarini topish mushkul, bor bo'lsa ham ingliz tilda va obuna evaziga (Pul to'lab) o'rganiladi. "Obuna"da ham sanoqli fanlar mavjud. To'la to'kis qamrab olinmagan.

Yana bir tomoni, obuna bo'lgan ma'lumotingizni o'zlashtirishingiz uchun ingliz tilini Yaxshi bilishingiz talab etiladi. Ya'ni kam miqdordagi bilimlarga kam sonli insonlar, "tanlanganlar" ega bo'lishadi. Bu tabiiy holatdek ko'rinadi. Butun jahonga mashhur Ibn Sino o'z qo'llanmalarini arab va fors tillarida yozgan, bizga yevropa orqali kirib kelgan, algebra fanining asoschisi - bobomiz Al Xorazmiy, lekin biz bu fanni yevropadan o'rganganmiz. Ular o'z asarlarini arab tillida yozishgan, chunki o'sha davrlarda turkiy til taraqqiy etmagan edi. Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi davrida turkiy til o'z o'rniga ega edi, ammo asarlar arab tilida yozilgan, tabiiyki

Shu o'rinda bir savol tug'iladi, o'rganilayotgan predmet haqqoniymi yoki yo'q? Aynan shu sabab