August 17, 2024

"Raqamli iqtisodiyotda koʻraman..."

Kalit soʻzlar: raqamli iqtisodiyot, onlayn xizmatlar, internet savdo, sunʼiy intellekt, ishsizlik
Kirish. Biz bugungi kunda XXI asr yaʼni 4-sanoat inqilobi davrida yashayapmiz. Bu rivojlanib borayotgan davr. Biz bu davrni raqamli iqtisodiyot davri deb ham atasak adashmaymiz. Yaʼni iqtisodiyotdan biz raqamli iqtisodiyotga oʻtyapmiz.
Asosiy qisim. Raqamli iqtisodiyot deganda men hozirgi kunda inson kuchi yordamida qilinadigan ishlarni robotlar tomonidan qilinishi yoki koʻpchilik xizmatlar elektronlashib borayotganini tushunaman.Masalan onlayn xizmatlar, hozirda bizda click, pay me kabi bir qancha xizmatlarni oʻz ichiga olgan onlayn platformalarimiz mavjud. Biz bulardan foydalanib oʻzimizning qimmatli vaqtimizni tejaymiz. Yaʼniki biror narsaga toʻlov qilishimiz kerak boʻlsa hech qayerga borib oʻtirmasdan koʻp vaqt sarflamasdan shu platformalar orqali toʻlovni amalga oshirsak boʻladi. Bunday onlayn xizmatlarimizga juda koʻplab misollar keltirsak boʻladi.
Internet savdo bu esa bizni hech qanday masofaga borishimiz shartmasligini va biz oʻzimiz xohlagan narsamizni internet orqali xarid qilishimizni anglatadi. Bu bizning ortiqcha vaqtimizni olmaydi.Buning shu kabi qulay tamonlari judayam koʻp.
Men yana raqamli iqtisodiyotni sunʼiy intellektlarda koʻraman. Bu garchi XIX asrlarda oʻylab topilgan boʻlsada. Bugungi kunga kelib judayam rivojlanib bormoqda bu tizim. Sunʼiy intellekt inson intellektiga asoslanib yaratilgan mashinalar, robotlar va shu kabi narsalar yaratishga qaratilgan texnologiyalar sohasi hisoblanadi. Bunda koʻproq inson faoloyati kamayib foyda koʻproq olishga qaratilgan soha.
Har narsaning yaxshi tamoni boʻlganidek buning ham kamchiligi sifatida qarash mumkin boʻlgan bir nechta kamchiliklari bor. Masalan iqtisodiyotimiz yanada raqamlashib boravergani sari inson ishtiroki kamayib ketadi sohalarimizda. Bu esa ishsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki iqtisodiyotimiz rivojlanishida raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar katta hissa qoʻshib bormoqda.