October 8

O'zbekistonga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqimi?

8oktabr 2024 Rajabov Rajabboy 304_guruh talabasi

Jahon savdo tashkiloti (JST) hozirda ushbu xalqaro tashkilotga dunyo bo'yicha 164 davlat a'zo hisoblanadi. O'zbekiston ham bu tashkilotga a'zo bo'lish uchun 1994- yilda ariza bergan bo'lsa ham hanuzgacha qabul qilinmagan bunga esa ko'plab sabab va to'siqlar mavjud. Tashkilotga a'zo va ishtirokchi mamalakatlar uchun majburiy bo'lgan tamoyillar va qoidalar belgilangan. Bizning iqtisodiyotda esa qat'iy bo'lmagan jihatlar mavjud ya'ni QQS o'zgaruvchan edi hozirga kelib bu ham dunyo standarti bilan bir xil bo'ldi ya'ni 12% deb belgilandi. JSTning asosiy vazifasi global iqtisodiyotni kuzatish orqali xalqaro savdo izchilligi,tizimi va shaffofligini ta'minlashdir.JSTning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri bu endi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o'rnatish kam daromadli mamlakatlar bilan bir xil iqtisodiy aloqalar qurishdir. Hozirda JSTning 5ta asosiy ustuvor yo'nalishlari mavjud:Kamsitmaslik,o'zaro do'stlik,Yuklangan va amalga oshirsa bo'ladigan majburiyatlar,shaffoflik,xavfsizlik. JSTga a'zo bo'luvchi har bitta mamalakat alohida o'rganib chiqiladi ya'ni iqtisodiy tomonlama amaldagi savdo rejimiga va siyosiy tomonlama o'rganiladi.Bu jarayon qisqa va tez fursatda bo'lishi mumkin bunga misol qilib eng qisqa muddat Qirg'iziston bilan 2 yil 10 oy bo'lsa eng uzoq muddat Rossiya bilan 19 yil 2 oyda amalga oshirilgan. O'zbekiston 1994 yil 21 dekabrda ariza topshirgan va ishchi ekspertlar guruhi tuzilgan. Ekspertlarning tahmini bo'yicha O'zbekiston ushbu tashkilotga 90 yillar ikkinchi yarmida a'zo bo'lishi kerak edi ammo esport aylanmasi va valyuta ayirboshlashdagi cheklovlar asosiy sabab qilib ko'rsatilgan.2003 yilda valyuta cheklovlari olib tashlangan va iqtisodiy o'sishga sezilarli ta'sir qilgan. Valyutalarning aniq belgilanmagan kursi hamda bojxona to'lovlari va davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvi asosiy vaj sifatida ko'rsatib kelingan. 2005 yildagi Andijon voqealari esa siyosiy muammo sifatida ko'rsatilgan va shundan keyin ishchi guruh faoliyati to'xtab qolgan.JSTning asosiy tamoyili – erkin, ochiq va shaffof raqobat hisoblanadi.. Agar O‘zbekiston tashkilotga a’zo sifatida qabul qilinsa, global savdo «o‘yin qoidalari»ga amal qilgan holda, bosqichma-bosqich proteksionizmdan voz kechadi. Bu degani esa dunyo mamlakatlarining barchasiga darvoza ochiq degani.Logistika va shunga sohalar uchun umuman to'siqlar qolmaydi. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bilan Iqtisodiyotimizning aniq ko'rsatkichlarini bemalol xalqaro tashkilotga taqdim etishimiz mumkin.Bu ham albatta JSTga qo'shilishimizga asosiy sabablardan biri bo'lib xizmat qiladi.Shuningdek, investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirishi ko‘payadi. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkoniyat taqdim qiladi.har ikki tashkilotga a’zo bo‘lish bir-birini inkor etmaydi. Xalqaro ekspertlar qayd etishicha, hukumat JSTga ham, YeOIIga ham a’zo bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsa, avval global savdo tashkilotiga (bunda YeOII a’zolari – Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya misol tariqasida ko‘rsatilgan), keyin esa mintaqaviy tashkilotga kirishi kerak.Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Nishonboy Sirojiddinov bir qancha omilga ko‘ra, Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish YeOIIga qo‘shilishdan ko‘ra foydaliroq ekanini aytib o'tgan ekan bir nutqida.YeOIIga qo‘shilish O‘zbekistonga uchinchi mamlakatlar, xususan, Turkiya, Singapur va Janubiy Koreya bilan erkin savdo zonalarini yaratish imkonini cheklab qo‘yadi. Qoidasi bo‘yicha mamlakat erkin iqtisodiy hudud tashkil qilmoqchi bo‘lsa, boshqa umumiy boj to‘lovi o‘rnatiladigan integratsion tashkilotlarga kirmasligi kerak ekan.JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga boshqa ishtirokchilar bilan kelishilgan holda o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, tashqi savdo bojlarini belgilash imkonini beradi. Bu esa asosan import qilinuvchi mahsulotlarga past boj to‘lovlarini keyinchalik YeOIIga qo‘shilgan vaqtda ham Qozog‘iston singari saqlab qolish imkoniyatini beradi.Ta’kidlab o‘tish joizki, global savdo bloklariga eng kam integratsiyalashgan O‘zbekiston uchun JSTga kirish muhim qadam hisoblanadi. YeOIIga qo‘shilish masalasi esa bugungi kundagi global siyosiy beqaror vaziyat fonida foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Rossiya-Ukraina urushi cho‘ziladigan bo‘lsa, Rossiyaga reeksportning oldini olish maqsadida Bojxona ittifoqiga kiruvchi boshqa davlatlarga ham sanksiyalar qo‘llanishi ehtimoli mavjud.Yevropa siyosiy taraflama hozirgi kunda sanksiyalar doirasida ekanligin ko'rib turibmizki bundan eng manfaatli tashkilot bu albatta JST hisoblanadi ya'ni dunyo bo'yicha eshiklar ochilishidir.Menimcha biz uchun eng muhimi JST deb hisoblayman bu mening shaxsiy fikrim!