May 15, 2025

Reaksiya for Khosika💞

3 qism

Avtor: Min Hari🖤

Khosikaning yuragi o‘zidan o‘ziga shoshilib urardi. Reoning nafasi uning yuziga tegardi.
Zal bo‘ylab pichir-pichir ovozlar tarqala boshladi. Hamma hayratda. Ammo Reo hech narsa eshitmaganday, Khosikaga shunday dedi:

Reo: Men seni hech kimga bermayman

Ular shunday turib qolishdi

Khosika jim edi. Na tasdiq, na inkor. Faqat yuragi urardi. Sekin-sekin orqaga qaradi — Selina g‘azabdan lovullab turgan, Tiana esa qo‘llarini ko‘kragiga qovushtirgan edi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, bazm yakunlandi. Khosika taksi chaqirib, uyga qaytdi. Yuragida ko‘tarinki, ajabtovur hissiyotlar: hayajon, ishonchsizlik, shubha va... umid.

Uy eshigini ochdi, oyoq kiyimini yechdi-da, to‘g‘ri yotoqxonaga yo‘l oldi. Yuragi hanuz Reoning so‘zlarida edi. “Men seni hech kimga bermayman.” Shu so‘zlar xayolida takror va takror yangrayotgandi.

U o‘zini to‘shakka tashladi. Yostiqqa yuzini yashirib kulimsiradi. So‘ng cho‘ntagidan telefonini chiqardi. Ekran avtomatik yondi — qulf ekrani, o‘zgarishsiz.

Uning ekrani

U o‘sha suratni ko‘rdi. O‘sha ko‘zlar. O‘sha jilmayish. O‘sha tushga aylangan borliq.

Birdan yuragi uvishib ketdi. Bir zumda barcha o‘sha kechikkan orzular, yillar mobaynidagi umidlar, ko‘z yoshlar... bir-bir ko‘z o‘ngidan o‘tdi.

U sekin labini tishladi. Yana bir bor suratga qaradi. Bu safar qalbining tor bir nuqtasidan alam ko‘tarildi. Ko‘zlaridan ohista yosh sirg‘alib tushdi.

U indamay o‘zini yostiqqa burkab oldi. Tashqarida tun jimjit, yuragida esa chalkash tuyg‘ular jangi boshlandi.

Ammo shu payt…

“Taq!”
Derazaga narsa tegdi. U beixtiyor boshini ko‘tardi.

Yana “taq!”

Khosika derazani ochdi. Pastda Reo turardi. Ko‘chadagi fonar ostida, qo‘lida tosh, u tepaga qarab jilmaydi.

Reo:Tush.

Shu so‘z yetarli bo‘ldi. Khosikaning yuragi tez ura boshladi. U hech narsa demay tezda zinadan pastga yugurdi.

Ular birgalikda mashinaga yo‘l olishdi. Khosika unga qarab yurarkan, yuragidagi hissiyotlar toshib ketay deyayotganday edi. Mashina yoniga kelishgach, Reo old eshigni ochib berdi. U mashinaga o‘tirganida Reo mashinani sekin haydab ketdi. Yo‘l jimjit, faqat sekin o‘ynayotgan musiqa va yuraklarning tovushi bor edi.

Reo : Bilasanmi, Khosika... o‘sha bazmdan beri yuragim tinchimaydi.

Khosika unga qaradi. Qorong‘uda Reoning chehrasi yengil chiroq nuri ostida qandaydir mehr bilan tovlanardi.

Reo: Men... men avval kechirim so‘ramoqchiman. O‘sha paytda, sening yuragingda nima kechayotganini anglamadim. Hozir esa... faqat bir narsa aniq — men seni sevaman.

Mashina bir sohil bo‘yidagi maydonga yetib keldi. Tashqarida yengil shamol, ko‘kda yulduzlar yaltirardi. Reo mashinani to‘xtatdi. Bir zum jimlik cho‘kdi. So‘ng u cho‘ntagidan bir kichik qutichani chiqardi.

Reo : Menga turmushga chiqasanmi?

Khosikaning ko‘zlari keng ochilib ketdi. Yuragi qattiq urardi. U qutichani ochdi — ichida mayin porlayotgan uzuk.

Khosika : Ha... roziman.

Reo quvonch bilan jilmaydi. U Khosikaning qo‘lini ushlab, uzukni barmog‘iga taqdi. So‘ng asta-sekin uning yuziga yaqinlashdi va lablaridan o‘pdi. Hammasi sekin, sokin, ammo yurakni larzaga soladigan darajada chuqur edi

...

Oradan bir oy o‘tdi.

Bahorning ilk gullari ochilgan, kampus atrofida mayin shamol esib turardi. Universitet binosi yonida qora mashina to‘xtadi. Eshik ochildi va undan Khosika tushdi. Uning yuzida iliq tabassum, ko‘zlarida esa bir oydan beri davom etayotgan muhabbatning porlashi bor edi.

Reo mashinadan tushdi-da, Khosikaning yoniga o‘tib, eng sodda, ammo yurakni larzaga soluvchi odat bilan uning belidan quchib, labidan asta o‘pib qo‘ydi.

Talabalar birin-ketin o‘tib ketishar, ammo ko‘pchilik to‘xtab ularga qarab turar edi.

Reo va Khosika

Khosika sekin Reoning qo‘lini ushlab, jilmaydi.

Khosika: har kuni uyg‘onganingda bu tushga o‘xshamaydimi?

Reo uning qulog‘iga pichirladi:

Reo: Agar bu tush bo‘lsa, men hech qachon uyg‘onishni xohlamayman.

Ular qo‘l ushlashgancha universitet tomon yurishdi — muhabbatlari barchaga ayon, yuraklarida esa bir-biriga bo‘lgan ishonch bilan.

Khosika universitetda auditoriyada darsda o‘tirar edi. Hamma e’tiborini o‘qituvchining so‘zlariga qaratgan, daftarga yozuvlar tushirayotgan edi. Khosika esa har doimgidek derazadan tashqariga boqib, o‘y surardi.

Birdan telefoni “ding” etdi.

U yuragini ushlab, sekin telefonni oldi. Ekranda bitta xabar:

Instagram: “jungkook97 sizga obuna bo‘ldi.”

Ko‘zlari kattalashdi. Nafasi qisilib, yuragi birdan shoshilib ura boshladi. U ekranga tikilgancha, bir necha soniya qotib qoldi.

Khosika: Yo‘q… bu bo‘lishi mumkin emas… — deya pichirladi u.

Qo‘llari qaltirardi. Nafas ololmasdi. Shu zahoti o‘rnidan turdi, o‘qituvchining chaqirig‘iga ham javob bermay, telefonni mahkam ushlagancha darsxonadan chiqib ketdi.

Koridor bo‘sh edi. U devorga suyandi. Ko‘zlari telefon ekraniga tikilgan. Hali ham ishonolmasdi.

Khosika: Bu... bu rostmi? U menga... u MENGA obuna bo‘ldi?

U yuragini bosib, chuqur nafas oldi. Qo‘lida ushlab turgan telefon ekrani hamon yoritilib turardi — jungkook97 sizga obuna bo‘ldi.

Min Hari🖤

Moonlight fanfics uchun maxsus💞