June 25, 2025

ISHQ

2qism 2fasl

Avtor: Min Hari♥️

Suna jilmaygancha xonadan chiqib ketdi va shifoxonadanham chiqib oʼzining qora Hyundaiga minib xaydab ketdi

~

Yoongi ofisda oʼtirardi. Yoongi koʼzini kompyuterdan olib qaxvaga qaratdi va qaxvani olib bir qultum ichdi va yana joyiga qoʼydi.

Yoongi povv

Xammasi judda murakkab boʼlyabti.

Yoongi xayol bilan oʼtirar ekan telefonining jiringlashi xayolini chalgʻitdi. Ekranda Yonso yozilgan edi.

Yoon: Nima xoxlaysan?

Yonso: Yoongi meni muzqaymoq yegim kelyabti...

Yoon: Unda borib ye!

Yonso: Siz bilan borishni istayman....men emas ogʼlimiz shuni xoxlaydi...

Yoongi: Meni ishlarim koʼp Yonso meni bezovta qilaverma

- deya qoʼngʼrioqni yakunladi.

Yoongi xoʼrsingancha yana kompyuterni yoqdi lekn ishlagisi kelmadi. Yoongi kompyuterdan rasmlar boʼlimiga kirdi.

Rasmlar boʼlimiga kirshi bilan Hari bilan uziga borgan paytda xomilani suratini olgan edi. Olsha surat turardi. Yoongi ekranni silab qoʼydi yuragi qandaydir aybdorlik xissi bilan toʼldi

Yoongi chuqur nafas oldi va yana suratlarni oʼtqazishni boshladi. Yoongini qoʼli birdan toʼxtadi. Yuragi qattiq ura boshladi. Chunki Harining surati chiqib qolgan edi

Oʼsha surat

Yoongi suratga bor xayoli bilan turmular ekan qoʼli bialn ekranni silashni boshladi va pichirladi.

Yoongi: Harim...meni beozor farishtam....seni koʼrmaganimgaham 2yil boʼldi.... Xar kuni yodimdasan Harim...xayolim xar doim senda...

Shu payt eshik birdan ochilib Yoongining kotibasi kirdi.

Yoon: Tinchlikmi? Eshikni taqillatishni unutdingmi?

—deya kompyuterini yopib qoʼydi.

Kotiba ikki bukilib kechirim soʼradi

Kotiba: Kechiring janob. Men soʼraganizdan Ava xonimni axvolini bildim.....

Yoon: Nima qilibti? Yaxshi ekanmi?

-deya qoshini chimirdi.

Kotiba duduqlanib gapira boshladi.

Kotiba: Ava xonim shu yilning boshida katta avtoxalokatga uchragan ekanlar va xozirgacha oyoqlari ishlamayotgan ekan.

—deya yerga qaradi.

Bu gapni hech kutmagan Yoongi oʼrnidan sapchib turib telefonini olguncha ofisdan chiqib ketdi. Yoongi mashinasiga oʼtirib tezlikni oshirib Jiminni uyiga xaydadi.

~

Hari bu paytda Avani yivintirib boʼlib uni kiyintirayotgan edi.

Ava: Kattakon raxmat Hari

—deya Harini bagʼriga bosdi.

Hari engashib oʼtirdi va Avani sohalarini qulogʼini orqasiga qilib qoʼyib jilmaydi.

Hari: Ava siz men uchun kelinoyi emas balki oʼzimni opamdeksiz....xali xammasi yaxshi boʼlib ketadi.

Ava: Hari...nega Seojinni olib kelmading

Hari: Uni Jungkookga tashlab keldim bugun ikkalamiz mazza qilib dardlashishimiz uchun

Ularning suxbatini eshikning jiringlashi buzdi.

Hari: Menimcha akam keldi

—deya oʼrnidan turib pastga tusha boshladi

Hari eshikni ochdi va Yoongini koʼrdi. Yoongiham Harini koʼrib qotib qoldi. Ikki nigox yana birlashdi. Oʼsha azob oʼsha sevgi oʼsha xiyonat.

Yoongi

Yoongiham Hariham qotib qolgan edi. Lekn Harini koʼziga oʼsha xiyonat lenta kabi oʼtirshni boshladi

Hari: Nega keldiz?

—dedi jiddiy oxangda

Yoongi koʼzlarini Harini koʼzlaridan olib qochti.

Yoon: Ava..

Yoongi gapini tugatmasdan Hari eshikni katta ochdi va chetga oʼtdi.

Hari: Ava teppada oʼz xonasida.

Hari teppa qavatga chiqa boshladi. Harining koʼzlari tezda namlandi bildirmaslik uchun tezroq yurdi. Yoongini haliham aybdorlik hissi tark etmadi. Agar oʼsha payti u nafsini jilovlaganda xozir Hari bilan birga boʼlgan boʼlardi.

Hari Avaning xonasiga kirdi. Izidan Yoongiham.

Yoongi kirishi bilan Avani bu axvolda koʼrib qotib qoldi. Ava aravachasini burib eshikga qaradi va Yoongini koʼrib u ham qotib qoldi.

Hari ularni chetdan kuzatib turardi.

Yoon: A..Ava..senga nma qildi?

— deya Avani oyoqlarini oldiga egilib oʼtirib oldi.

Ava akasini kelganini koʼrib yigʼlab quchoqlab oldi Yoongini.

Axir nima boʼlgandaham Ava akasini judda qattiq yaxshi koʼrar edi.

Ava: Aka...men nima ayb ish qilgan edim...oyoqlarim endi hech qachon ishlamas ekan

—deya battar yigʼlab Yoongini qattiqroq quchoqlab oldi

Ava

Yoongining koʼzidan bir tomchi yosh sirgʼalib tushdi. Yoongi Avaning sochlarini silab uni qattiq bagʼriga bosdi.

Yoon: Boʼldi Ava tinchlan yigʼlama... Men seni davolataman yurib ketasan albatta

—deya Avani quchogʼidan olib koʼzidagi yoshlarni artishni boshladi.

Ava tinmasdan yigʼlardi.

Ava: Y..yoq..bolmas ekan..endi hech qachon ishlamas ekan aka..

Hari ularni kuzatar ekan koʼzidan yana yosh sizib chiqishni boshladi va xonadan chiqib ketdi. Hari xonadan chiqib vannaga kirib eshikni qulflab oldi.

Hari ikki qoʼli bilan ogʼzini yopib yigʼlashni boshladi.

Hari povv

Nima uchun...nima uchun men yana uni koʼzlarini koʼrdim yana men unga duch keldim....uni...uni oʼsha ishidan keyinham sevishim...bu axmoqlik...uni unutishim kerak unutishim

~

Jimin shifoxonadan chiqib toʼgʼri barga bordi va 2shisha spirtli ichimlikni ichib tugatdi. Jimin nuqul sotuvchiga mast xolda vaysar edi.

Jimin: Quy menga toʼldirib

—deya stakanni stolga urdi.

Sotuvchi bunday odamlarni koʼraverib oʼrganib qolgan edi. Sotuvchi stakanni toʼldirib ichimlik quydi. Jimin uni bir koʼtarishda ichdi va yana quyishni talab qildi.

Jimin: Bilasanmi? Xayotim qanday kechyabti? Bilmaysan! Chunki rasvo kechyabti Ava...unga nima qilay axir? Nega buncha injiq boʼlib qoldi ... Oʼzimniham ichim achiyabti lekin..nima qilay?

—deya sotuvchiga gapirardi

~

Yonso derazadan tashqariga qarab xayol surardi.

Yonso: Ota onam yaxshikan....ularni judda sogʼindim..... Lekn endi ortga qaytolmayman.... Men hech qachon Jaeho....u ablaxni kechirmayman. Ungaham boqgan balo bordur...meni nomimni foxishaga chiqargan oʼsha ablax.....

Jaeho Yonsoning oʼgay akasi edi. Jaeho foxishalarni sotish bilan shugʼullanardi. Yoongining yugurdagi Yoongiga qiz kerakligini aytgan va shu paytda Jaehoning qoʼlida faqat tegilgan foxishalar boʼladi va singlisini majburlab berib yuboradi. Jaeho uchun pul oʼzidanham muxim edi. Oradan 3hafta oʼtar oʼtmas Yonso xomilador ekanligini biladi va akasiga aytadi. Jaeho esa oldirib tashla deydi. Yonso oldirishni istamasdan Yoongini yoniga boradi. Yoongi bola undan ekanligiga ishonmaydi. Yonso Yoongiga undan boshqa hech kim bilan aloqa qilmaganini aytadi. Yoongi Yonsoni shifoxonaga olib boradi va xatto oxirgi martta qachon aloqada boʼlganiniham bilishlarini soʼraydi. Va haqiqatdan Yonso birinchi va oxirgi martta Yoongi bilan aloqada boʼlgan va u Yoongidan xomilador edi.

Yonso koʼzi bilan uyni oʼrgana boshladi.

Yonso: Toʼgʼri Yoongi meni sevmaydi lekin xozir yomon yashamayabman u ablaxni qoʼlida yashagandan koʼra bu her yaxshi.

~

Yonso

Suna uyida yotoqda yotardi. Birdan uni esiga Jimin tushdi. Suna uni eslashi bilan yuzida tabassum paydo boʼldi

Suna: Axmoq yigit shunchalik kelishgan boʼlsaham aqli yoʼq ekan....afsus rafiqasi bor ekan boʼlmasa 1daqiqada.... hoy u qoʼngʼiroq qilishimni aytgandi.

-deya oʼrnidan turdi va javonchasini ichidan vizitkani olib raqamni tera boshladi.

Suna bir necha bor Jiminga qoʼngʼiroq qildi lekn telefon oʼchirilgan degan ovoz keldi.

Suna Jiminga yozib yubordi

Suna " Janob menga uyingizni manzilini yozib yuboring ertagayoq men boraman"

Suna yubordi va hana joyiga yotdi

Sizlar bilan Min Hari boʼldi🫧🫰 Moonlight fanfics uchun maxsus❤️‍🔥