December 9, 2025

The King’s White Rose

1 - bob

Author: Rivelle Hari

~Bugun oʼqishda 8 kunim. Xar doimgidek judda hayajondaman. Chuqur nafas olib qoʼyiramiz. Hammasi joyida. Albatta bugungi kunim yaxshi oʼtadi degan umiddaman.

- Haena yuraqolsangchi endi.

- Hozir hozir bir daqiqa.

- unda xayr men yana qaytaman. - kameramni oʼchirib oʼzimning pushti rang sumkamga solib Sendining yoniga shoshildim.

Fransiyaning universiteti bunchalik katta boʼladi deb oʼylamagandim. Albatta yetti uxlab tushimgaham kirmagan edi bu yerga kelib oʼqishim. Oooh qarshimda uzundan uzun zinapoyalar. Jin ursin nega buncha ayanchli qanday qilib buncha zinapoyalardan xar kun chiqib tushish mumkin a?

- Kelaqolsangchi nimani kutyabsan Hae?

- Sendi iltimos meni koʼtarib olib chiq...

Nega bu yerda lift yoʼq? Shunchalik katta manfaatli eng asosiysi 15 qavatli universitetda lift boʼlmasaya? Jin ursin oʼzimni koreyamga ketishni xoxlayman.

Majburlikdan Sendining izidan ergashib tarix xonasi tomon koʼtarila boshladim. Yaxshiham u 3 qavatda. Bemalol toʼyib ovqatlansam boʼladi chunki xar kun bu zinapoyalardan chiqib tushaversam albatta semirish menga armon boʼladi.

- Oooh vanihoyat yetib keldik.

- Yaxshiham 3qavat ekan. Boʼlmasa nafas ololmasdan yotib olarmiding?

Katta sinfxonaga kirish oldidan choʼkallab nafasimni rostlab oldim. Hech kim menga etibor bermaydi qanday yaxshi. Lanati Sendi! Yana meni tashlab sinfxonaga kirib ketdi.

Sinfxonaga kirishim bilan yana bir bor taajjublandim. Ha albatta juddaham katta va shinam. Aylana boʼylab tekkis qoʼyilgan uzundan uzun stul va stollar. Ouv yoʼq. Sendining yoniga boʼsh joy qolmabtiku. Ha mayli teppaga oʼtiraveraman.

Bir qizni yoniga joylashdim. Menimcha u bu yerlik emas. Chunki Fransiyada bu rangdagi sochlarni topish mushkul. Bu yerda hamma olovrang yoki sariqga boʼyab olishgan. Oʼzimni qora sochlarim chiroyli. Dars boshlandi yonimda oʼtirgan qiz boshini partadan olib biroz koʼtardiyu koʼzlari menga tushib kattarib ketdi.

- Sen?

- Tinchlikmi? Meni taniysizmi miss?

- Auri hech nima esingda yoʼqmi?

- Tushunmadim. Nimani eslashim kerak? Meni ismim Haena. Menimcha kimdur bilan meni adashtiryabsiz.

- Oouv ha. Kechirasiz. Albatta meni eslay olmasligingiz tabiy hol. - qiz biroz qoshlarini chimirib mavzuni tushuntirayotgan ustozga qaradi.

~

Dars hech ham tugay demasdi. Biz hozirda 17 asr Fransiya tarixini oʼtyabmiz. Rostini aytsam hech narsani eshitganim yoʼq. Faqat Qirol Edward soʼzini eshitdim. Yonimda turgan boyagi qiz esa shu mavzuni shunchalik osonlik bilan aytib berdiki huddi oʼsha davrlarda yashagan deb oʼylaysan. U taxminan darsni boshidan oxirigacha xatto ustozdanham yaxshi aytib berdi. Ajoyib qiz ekan u bilan tanishib olishim kerak. Sendi albatta oʼziga biror bir doʼst topib olgani aniq. Ha ana adashmabman bemalol gaplashib oʼtiribti sotqin.

Sekin tomogʻimni qirib boyagi qizga kulib gap boshladim. Negadur u qizni chehrasi hechham ochilmasdi. Koʼzlari shishib qorayib ketgan edi. Bu uyqusizlikdan. Albatta u kechasi bilan dars qilgan buni hozirgina dalil isbotini eshitdim.

- Salom..yana bir bor. Kel yaxshisi yaqindan tanishib olamiz. Meni ismim Haena. Lee Haena.

- Meni ismim Hari.

- Ouuv senham koreysmisan? Naqadar baxt oʼz vatandoshimni koʼrish.

- Bu yerda koreyslar koʼp Lee Haena.

- Sen...sen juddaham darslarda faol ekansan. Menga..menga raqamingni qoldirolmaysanmi? - Oʼrnidan turib ketishga chogʻlanayotgan qizga qarab uyalib dedim. Rostini aytaman u qizga qiziqishim soniya sayin oshib boryabti ahir.

- Auri.. uzur Haena. Manabu ol. Yaxshilab oʼqi va ertaga menga olib kelib ber. Balki yodinga tushar.

Hari menga qandaydur kundalikni tutqazdi va sumkasini olib sinfxonani tark etdi. Qiziq bu qanday kundalik? U qiz nega bunday dedi. Judda tushunarsiz.

Hayratlanarli. Kundalikni ochib soniya ichida tekshirib koʼrishga ulgurdim. Menimcha u qandaydur hikoya yozgan xatto ichida suratlariham bor. Yaxshisi tezroq uyga borib bemalol oʼqiyman.

~

Soat kechki 21: 00. Hozirgina Sendi bilan ovqatlanib boʼldik. Bugun juddaham charchadim. Ooh oʼqish bunchalik qiyin boʼlmasa..Men dars qilishim kerak. Toʼxta. Gʻalati qiz bergan kundalik. Uni oʼqishim kerak edi.

Men kameramni yopib qoʼyib tezda sumkamdan kundalikni oldim. Yotoqga oʼzimni tashlab javoncha ustidagi olmadan tishladimda kundalikni ochdim. Qiziq uni ustiga " Qirolning oq atirguli " deb yozilgan ekan.


~ Koʼylagining uzun etagini ikki qoʼli bilan koʼtargancha zinalardan shosha - pisha tushgan qiz haligacha koʼrgan tushining tasirida pastdan kelayotgan sozandalarning oxangiga mos xarakat qilib saroy zalining oʼrtasida aylanib bogʻ tomon yoʼl oldi. Bugun boʼlishi kerak boʼlgan balga tayyorgarlik koʼrayotgan xar bir xizmatkor malikaga egilib salom berib oʼtar ekan saroyning katta derazalaridan oftob nuri kirib devorning tillarang naqshlarini jilvalantirardi. Qushlarning sayrashi odamining qulogʻiga hush yoqardi. Bugungi havo huddi qirol Edward uchun tuxfa qilingandek edi ahir bugun katta bal bor. Qirol oʼz mehmonlari uchun bal uyushtirmoqda.

Qiz bogʻda oʼzi xoxlagan chehrani koʼrishi bilan yuzi yorishib uzoqdan qichqirdi. Oʼsha alvon rang nafis koʼylagini balandroq koʼtarib kichik oyoq kiyimini yechib shudring tushgan yashil maysalarga oyogʻini qoʼydi.

- Auri bu yerga kelsangchi endi. - Oftobning koʼzida xotirjamlik bilan kitob oʼqib oʼtirgan qizga uzoqdan kelgan ovozni koʼrib kulib qoʼydi.

- Nima boʼldi Isabell? Nega oyoq kiyimingni yechib olding?

Yurish barobarida yashil maysalar ustida etagini koʼtargancha milliy bal raqsini takrorlay boshlagan qiz tez yugurib opasining tizzalariga suyangancha maysalar ustiga oʼtirib oldi.

- Bugun nima boʼldi? U yana seni qoʼllaringdan ushladimi?

- Auri.... biz raqs tushdik. Oʼzimizning saroyda edi. U shunchalik kelishgan yigit ediki undan koʼz uzish ilojsiz edi. Uning oʼsha qoramtir koʼzlari.....

Koʼzlari jilvalanib qoʼllari bilan tushida koʼrgan voqeani jonlantirishga urunar ekan yuzidan jilmayish arimasdi. Opasi esa farishta misoli tabassum qilib uni sochidan silab siypalar edi. Vanihoyat gaplarini tugatgan qiz yana Auroraning tizzalariga boshini qoʼyib oldi.

- Sen jinni boʼlib qolyabsan Isabell. Koʼp tush tasirida qolma. Hozir qirolicha seni bu axvolda koʼrsa seniham meniham koyiydi. Turaqol stulga oʼtir.

- Lekn... u bu xayotda mavjudmikan Auri? Men uni xayotda koʼra olamanmi? Men uni shu qadar sevib qolganman...

Aurora singlisi boʼyi egilib qulogʻiga pichirladi va uning iyagidan ushlab oʼziga qaratdida peshonasidan sekin oʼpib qoʼydi.

- Agar oʼsha shaxzoda bu xayotda boʼlsa seni bu goʼzalligingni koʼrib esidan ayrilardi. Endi koʼp hayollarga berilmasdan oʼrningdan tur.

~ U... kim oʼzi? Men hatto uni ismini bilmayman ammo 2 yil ichida uni tushimda koʼrmagan kunim yoʼq. U menga shunchalik yaqin bazida tushim bilan haqiqiy xayotning farqiga bormay qolaman. Qani edi tushimda yashasam va u bilan butun umr birga boʼlsam. Bugun boʼladigon balga uni koʼrishni judda xoxlayman. Balki u kelar va men uni uchratarman. Oʼzimning kelishgan qora sochli shaxzodamni

Isabella

- Ruxsatingiz bilan xonimlar. - egilib gapirish uchun ijozat soʼragan soqchi ularga yuzlandi

- Ruxsat gapiring - iltifot bilan Aurora javob qaytardi
.
- Miss Aurora Miss Isabell sizlarni qirol oʼz huzurlariga chorlayabtilar.

- Albatta xozir boramiz ruxsat senga. - Aurora tansoqchiga javob berib yuborgach oʼrnidan turar ekan hayol surib qolgan singlisini amallab turgʻizdi

- Qani yuraqol Isabella. Otamiz bizni oʼz xuzurlariga chorlamoqdalar. Kechiksak xurmatsizlik boʼladi.

- Bugungi bal uchun qaysi rangli libos kiymoqchisiz Auri?

Yurish chogʻida singlisi tinmasdan opasiga savollar berardi. Aurora va Isabellaning goʼzalligi va xulqi butun saroy halqining qulogʻiga yetib borgan xattoki ularning goʼzalligi boshqa mamlakatlardaham tillarda doston edi. Ikki malikaning orqasidan kelayotgan tansochqilar va xizmatkorlar qirol qabul xonasining eshigini ostida tazim qilgancha qolishdi

Aurora

Soqchilar malakalarga xurmat bajo etib eshikni ochgandan soʼng ular qirol Edward xuzuriga kirishdi. Albatta nomi bilan qirol lekn nima boʼlgandaham u ota. Qizlarini malikalarini jondan ortiq sevuvchi ota. Qizlarini koʼrishi bilan yuzi yorishgan qirol qoʼlidagi farmoyishlar yozilgan uzun maktubni joyiga qoʼyib oʼrnidan turdi.

- Oooh mening ikki atirgulim hush kelibsizlar.

Ular koʼylaklarining etaklarini koʼtargancha tazim qilishdi. Ortiq sabri qolmagan Isabella oʼzini otasini quchogʻiga otdi.

- Otajon sizni judda sogʻindim.

- Menham oyyuzligim. -qizining peshonasidan oʼpib qoʼyarkan sochlaridan toʼyib hidladi.

- Huzuringizga chorlab bizga judda katta marhamat koʼrsatdingiz otajon. - Aurora otasining qoʼlidan oʼpib bagʻriga bosdi

- Oʼzimni farishtam balga tayyorgarlik qanday ketyabti?

- Sharofatingiz bilan judda soz qirolim.

- Nega bunchalik rasmiy gaplashasiz Aurora ahir otamni yonida hech kim yoʼqku?

Isabellaning bu gapidan qirolham Auroraham kulib yubordi.

- Isabella. Nima boʼlgandaham bizning otamiz mamlakatimizning qiroli biz xar doim xurmat qilishimiz lozim

Sizlar bilan Rivelle Hari boʼldi. Moonlight world uchun maxsus