May 17, 2025

Reaksiya for Khosika🫶

4qism

Avtor: Min Hari♥️

Koridor bo‘sh edi. U devorga suyandi. Ko‘zlari telefon ekraniga tikilgan. Hali ham ishonolmasdi.
Khosika: Bu... bu rostmi? U menga... u MENGA obuna bo‘ldi?
U yuragini bosib, chuqur nafas oldi. Qo‘lida ushlab turgan telefon ekrani hamon yoritilib turardi — jungkook97 sizga obuna bo‘ldi.

Shu payt orqasidan sekin yurish tovushi eshitildi. U cho‘chib ortga o‘girildi. Reo edi. Uning nigohi Khosikada edi, lekin bu safar unda xavotir aralash yumshoqlik bor edi.

Reo: "Hamma joyda seni qidirdim. Yaxshimisan?"

Khosika tezda telefonini yashirib oldi.

Khosika: Ha... shunchaki... bir oz... charchadim

Reo unga yaqinlashdi.

Reo: "Senga nima bo‘ldi? Ko‘zlaring yoshga to‘la."

U Khosikaning yuziga asta qo‘l tekkizdi. Khosika hech nima deyolmadi. Ichida g‘alati kurash edi — bir tarafda Reo, bir tarafda birdan hayotiga kirib kelgan Jungkook. Ammo u bu tuyg‘ularni hatto tushuntirib ham bera olmasdi.

U derazaga qaradi — go‘yo yana Jungkookning soya kabi nigohi yodiga tushgandi. Reoning qarshisida turgan bo‘lsa-da, uning ongida boshqa bir haqiqat ovoz berayotgandi.

Khosika:
— Uyga borishim kerak. Iltimos...

Reo asta orqaga chekindi. Uni tushunganini bildirdi. Qiz eshikni ochdi, ichkariga kirdi. Yopilgan eshik ortida Reo biroz turdi.

Khosika uyga qaytganida yuragi hali ham qattiq urayotgan edi. U har bir nafasda Jungkookning obunasi rostligiga ishonishga harakat qilardi. U yotoqqa kirdi, eshikni yopdi, telefonni yana qo‘liga oldi va sahifasini ochdi — jungkook97 rostdan ham unga obuna bo‘lgandi.

U yuragini bosdi, chuqur nafas oldi va beixtiyor yozishni boshladi.

Khosika (DM orqali):
"Salom... bilmayman siz buni o‘qiysizmi yo‘qmi. Lekin men bunga ishonolmayapman. Har doim sizni sahnadan, videolardan ko‘rib orzu qilganman. Bugun esa siz menga obuna bo‘ldingiz. Men buni tush ko‘ryapman deb o‘ylayapman. Bu... shunchaki rahmat. Bu men uchun dunyoga teng."

U yubordi. Qo‘llari qaltirardi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi.

Khosika: Bilmayman nega meni tanladingiz. Balki tasodifdir... Balki siz meni bilmassiz ham. Lekin men sizni qalbimdan bilaman."

U qo‘lini ko‘ziga qo‘ydi. Jimlik. So‘ng.

Jungkook javob yozdi.

Jungkook: Salom. Men seni bir nechta izohlaringni korganman. so‘zlaring... Qiziqdim. Sen haqida ko‘proq bilishni istayman."

Khosika titrardi. Qo‘llari qaltirab ketdi. Ko‘zlaridan yosh sel bo‘lib oqdi. U yostiqqa yuzini yashirdi, lekin yuragi tinmadi. Tizzasini quchoqlab, telefonini ushlab, yana yozdi:

Khosika (DM orqali):
"Men sizni... yo‘q, seni... juda qattiq sevaman. Yillar davomida, jimjimador hayotim orqasida, yuragimda sen bor eding. Bu telbalik, lekin men haqiqatni yashira olmayman. Meni kechir."

U yubordi.

Oradan bir daqiqa o‘tdi. Ikki daqiqa. Nihoyat, yana javob:

Jungkook:
"Men bu uchun rahmat aytaman. Ammo... men faqat do‘st bo‘lishimiz mumkin deb o‘ylayman. Hozir boshimda juda ko‘p narsa bor. Yana yozaman, xo‘pmi?"

Khosika jim bo‘lib qoldi. Boshini quyi solib yig‘ladi. Biroq bu gal bu ko‘z yoshi og‘riqli emasdi. Bu... yengillik edi. Chunki u yuragini aytdi. U yuragini eng istagan insoniga ochdi.

U birdan o‘rnidan turdi. Ko‘z yoshlari bilan yuzini artdi. Telefonini olib, qo‘shni xonaga — Harining oldiga yugurdi.

Khosika: Hari! Hari, u menga javob yozdi! U men haqimda ko‘proq bilishni istayapti!

Hari divanda o‘tirgan, serial ko‘rayotgandi. Khosikani ahvolini ko‘rib, darrov o‘rnidan turdi.

Hari

Hari: Voy, nima bo‘ldi?! Yig‘layapsan! Yana nima qilib qo‘ydi?

Khosika: Yo‘q! Bu baxtdan! Bu... bu JUNGKOOK! U menga javob yozdi!

Hari hayratdan og‘zini ochib qoldi:

Hari: NIMA?! U?! Qanday qilib?!!

Khosika hammasini aytib berdi. Ikkalasi quchoqlashib, xonani baxt to‘ldirdi.

Hari va khosika💞

Kunlar o‘tadi.

Jungkook va Khosika tez-tez yozishishardi. Ular hayot, musiqa, orzular haqida gaplashishardi. Khosika o‘zini tush kabi hayotda his qilardi. Lekin shu paytda Reo ham hayotida bor edi. U bilan samimiy suhbatlar, mehrli nigohlar, ehtiyotkor sevgilar... U ikki olam orasida edi.

Bir kun. Universitet.

Khosika deraza yonida o‘tirganida, kimdir uni derazadan chaqirdi. U tashqariga qaradi — niqobli yigit. Ammo yuragi birdaniga urishni boshladi.

Yigit sekin qo‘lini ko‘tardi. Uning tanish harakatlari, ko‘zlari... yurak o‘zini tanidi.

Khosika:Jungkook?

U yugurib chiqdi.

Koridor, hovli, u yugurib bordi va yigit qarshisida to‘xtadi. Bir lahzalik jimlik.

Yigit niqobni yechdi.

Khosika: Jung... kook...

U ko‘zlarini yumdi va yig‘lab uni bag‘riga tortdi. Yig‘lab-yig‘lab yuragini bo‘shatdi.

Jungkook ham asta uni bag‘riga bosdi.

Jk: Men seni ko‘rishni juda-juda istadim.

Ular mashinaga o‘tishdi. Yo‘l davomida indashmadi. Khosika faqat unga qarab o‘tirardi. Jungkook esa jilmayib turardi. So‘ng bir sokin, yorug‘ kafe oldida to‘xtashdi. Ichkariga kirdilar.

Ular bir-biriga qarab o‘tirib, shunchaki gaplashdilar. Go‘yoki yillar davomida ichda yig‘ilgan savollar, javoblar bir-birining nigohidan o‘qilar edi...

Min Hari🖤

Moonlight fanfics uchun maxsus💞