June 21, 2025

Joziba....

2fasl 14 qism

Avtor: Min Hari🫧

Harini koʼzidan yosh oqdi

Hari: Yaxshi emasman Mina...singlim sevganim xammasi ... Xammasi tamom men ketishni xoxlayman boshqa davlatga ketaman xozir Yoongini oldidan keldim yurak sindi boshqa chidolmayman

Mina Hariga hech qanday tasalli berishni bilmasdi. Mina shunchaki Harini bag'riga bosdi.

Mina: Harim...unda togʼri deb bilgan ishingni qil...sen baxtli boʼlishga loyiqsan...ket qayerga xoxlasang bu yerga kelma men ozim seni koʼrishga borib turaman

Mina Harini koʼzyoshlarini artdi va yuzidan oʼpib qoʼydi.

Mina: Endi biroz dam ol Hari men Taennieni olib shifoxonaga qaytaman

Hari: Hop

Hari yana yotoqga joylashdi. Mina oʼrnidan turib Harini ustini yopib qoʼydi va yana yuzidan oʼpdi

Mina: Senga judda ogʼir kun boldi bugun Hari...kechir yoningda boʼlolmadim

Hari: Yoq Mina...meni axvolim yaxshi boraqol

Mina Taennieni koʼtarib olib chiqib ketdi. Hari esa biroz vaqtdan soʼng uxlab qoldi

~

Yoongi bu vaqtda oʼzining uyida devorga suyangancha spirtli ichimlik toʼla stakanni qoʼzgʼatib oʼtirardi. Yoongi shunchalik ichganidan oʼrnidan turolmasdi.

Yoon: Hari....men..men Jungkookni u ablaxni topolmadim...sen...sen oʼlmagansan.... Ne..nega vaxliroq kelmading aa...meni bu axvolga tashlab ketding...Rora...endi nima boʼladi... Rorani qanday tashlab ketaman yorqin yulduzchamni...qanday tashlab ketaman.men... Hari....lekn sensiz yasholmaymanku

Yoongi oʼziga oʼzi gapirar ekan koʼzidan yosh oqardi

Erta tong. Havonning sovuq shamoli Harining yuziga uruldi. Hari qattiq bosh ogʼriqdan majburan koʼzini ochdi.

Hari oʼrnidan turdi va vannaga kirib yuz qoʼlini yuvib biroz oynaga termulib turdi va egniga boshqa kiyim kiyib pastga tusha boshladi

Hari

Pastda stol atrofida Mina Taehyung va Taennie oʼtirardi. Stolning yonida yotoq joylashtirilgan va u yerda Taemu yotardi.

Hari ularni kayfiyatini buzishni istamadi va biroz jilmaydi. Hari pastga tushib birinchi Taemuni yoniga bordi.

Hari Taemuni yoniga borib uni jajji qoʼlchasidan oʼpdi

Hari: Bizning shaxzoda yaxshi boʼlib qoldimi?

Taemu: Ha Hari xola

Hari: Oʼzimni asalim xola degan shaxzodam oʼzimni

Mina: Kel bu yerga oʼtir

Hari Taennieni yuzidan oʼpib stulga oʼtirdi

Tae: Axvoling yaxshimi Hari

Tae

Hari: Yaxshiman Taehyung raxmat..

Ular nonushta qilishar ekan Mina Taega koʼz tashladi Tae esa gap boshladi

Tae: Hari...menga Mina aytdi sen...ketmoqchimisan

Hari sekin qoʼlidagi stakanni qoʼydi

Hari: Ha...uzoqroqga butun umrga...

Tae: Qayerga va qachon men senga chipta sotib olaman....ketishingni istamaymiz lekn seni tushunaman bu erda senga judda qiyin Hari

Hari: Men....Fransiyaga ketmoqchiman oʼsha yerda ishimni davom ettiraman iloji bormi bugun kechga yoki ertaga ertalab

Mina: Hari...nega buncha tez

Hari: Tezroq bu yerlardan ketishni istayman

Harijon

Tae: Xozir borib sorayman agar bugunga bolsa olamiz yoki ertaga...

Taehyung sekin choʼntagidan kartani olib chiqib stol ustiga qoʼydi

Mina: Bugun Harini yaxshilab mexmon qil!

Mina: Albatta

Taehyung oʼrnidan turdi. Minaham uni izidan borib ishga kuzatib qoʼydi va kelib oʼtirdi.

Hari: Mina esalysanmi.....sen faqat Tae bilan baxtli boʼlishni xoxlar eding...kichik uying va bolalaring boʼlishini men esa Koreyadagi eng mashxur model boʼlishni... Ikkimizham oʼz niyatimizga yetdik lekn....men boshqacharoq niyat qilishim kerak ekan....

Mina: Hari...bu taqdir ekan hech narsani oʼylama... Singling...u bilan chiqishib oldingmi?

Hari: Ha...Roram meni kichkintoyim....u juddaham yosh hali...bechoragenamni boshidan nimalar oʼtmabti... U baxtli boʼlishga xaqli...

Mina: Senda juddahama katta yurak bor Hari shuning uchunham seni menga qaytarib berdi Allohim!

Hari: Uygʼonmasam yaxshi edi....

~

Yoongi bosh ogʼrigʼi bilan koʼzlarini ochdi. Yoongi yotoqda yotardi oʼrnidan turmoqchi edi oʼsha xotira yana joniga aylandi. Roraning tanasi polda boshi esa yotoqda, yotoqga suyangancha uxlab qolgan.

Yoongi Rorani boshiga qoʼlini olib bordi va sochlaridan silamoqchi boʼldi lekn yana qoʼlini qaytarib oldi.

Yoongi oʼrnidan turib vannaga kirib ketdi. Rora sekin boshini koʼtardi. Koʼzi jiqqa yosh koʼzlari shishib ketgan. Rora koʼzidagi yoshlarni artdi va tezda oʼrnidan turib pastga tushib ketdi.

Yoongi oyoq tovushlarini eshitib vannadan chiqib qaradi, Rora yoʼq edi.

Yoongi tezda qoʼlidagi sochiqni otdi va pastga yugurib tushib ketdi.

~

Mina: Hari sen kiyinib tur menham Taemuni dorilarini beray keyin ketamiz Koreyani oxirgi bor koʼrib ol.

Hari: Minam sen uyda qol...baribir Taemudan xavotir olasan...

Mina: Shuni aytmoqchi edim lekn hafa bolmaysami?

Hari: Nega hafa bolaman jinni...men seni tushunaman

Mina

Hari oʼzi kiyinib chiqdi va uydan chiqti.

Hari bugun Koreyadagi oxirgi kuni ekanligini oʼyladi va birinchi dengiz boʼyiga bordi. Dengiz boʼyini aylanar ekan kimdur unga uzoq tikilganini sezdi. Hari unga etibor bermasdan dengiz baʼzida yurishda davom etdi

Oradan 10minut oʼtar oʼtmas bir nechta jurnalistlar Harini yoniga yugurib kelib uni suratga olib savollar berishni boshladi

X: Siz Harisiz toʼgʼrimi? Miss Koreya...

X: Sizni oʼlgan degan xabarlar yolgʼonmidi...

X: Lekin buni xamma tasdiqlagan ediku iltimos tushuntirib bering

Hari povv
U ayol bekorga menga buncha qaramagan ekan ablax... niqob taqsam nima qilardi...

Hari gapira boshladi

Hari: Ha..men oʼsha Kim Hariman... Miss Koreyaman..Mening oʼlimim xaqida rasmiy xabar berilgan edi lekn men komada boʼlganim uchun yashashga umid yoʼq deb oylab bunday xabar berishga toʼgʼri kelgan

X: Qanday bu axvolga tushdingiz

X: Xayotingizda qanday oʼzgarishlar sodir boldi

Hari: Men katta avtoxalokatga uchradim. Mana sizlarga tushuntirib berdim endi boshqa bir soʼzham aytmayman

Hari

Hari shunday deya katta yoʼlga chiqib kutib turgan taksiga tezda mindi va xaydashini aytdi.

5minut oʼtar oʼtmas Hari xaqidagi yangiliklar xamma joyga tarqalib ketdi. Mina tezda Hariga qoʼngʼiroq qildi

Mina: Hari niqob toq deb necha martta aytdim

Hari: Mayli baribir birnkun oshkor boʼlardi

Mina: Shunisi ham yaxshi boʼlibti. Xozir Taega keldi 5soatdan soʼng uchar ekansan tez yetib kel

Hari: Hop tushundim xozir boraman

10minutlar ichida Hari uyga yetib keldi.

Min Hari❣ moonlight fanfics uchun maxsus♥️💞