𝗕𝗹𝗮𝗰𝗸 𝗥𝗼𝘀𝗲
Jonlanur misli bir ajib afsona,
Yoshlig-u ilk bora sevishgan kunlar,
O‘tmish va ezgulik sogʻinchi mana,
Dilimda qo‘zgʻarkan alamli unlar.~
Yoongi telefonda Sunghoon bilan qanchalik bemalol gaplashishga xarakat qilmasin qoʼllarining titrashi uning asabiyligini bildirib qoʼyardi. Telefon ortidan kurakda turmaydigan xaqoratlar ovozi eshitilishi bilan yigit qoʼngʼiroqni yakunlab alam bilan lablarini tishlab unga jirkanib qarab turgan Hariga koʼz tikdi. Koʼzlarida yoshlar yarqirab, nafrat bilan toʼlgan bu koʼzlar uni yutib yuboray derdi.
Yoongi telefonni yana choʼntagiga solib oʼpkasiga yigʼilib turgan havoni bir deganda chiqarib chuqur xoʼrsinib qoʼli bilan peshonasiga yigʼilgan sovuq terni artdi. Winter iliq jilmaygancha erini yoniga borib uni ikki qoʼlini oʼzing kichik qoʼllari bilan birlashtirib labiga yaqinlashtirib mayin oʼpib qoʼydi.
— Hammasi yaxshi boʼladi sevgilim.
— Umid qilaman. - xavotir aralash jilmayib qoʼydi.
Pastdan kelgan shovqin ularning etiborini tortib oradagi oʼlik sukutni oldini oldi. Winter nima boʼlganini bilish uchun bit ikki qadam tashlaganda erining soʼzlari uni toʼxtatdi.
— Shu yerda qol pastga tushma.
— Xavotir olma ximoyalanganman....va uning qushchasi bizning qoʼlimizda ekan hech nima qilolmaydi. - Shimining choʼntagidan chiqib turgan toʼpponchani ishora qilgancha xonani tark etdi
Yoongi biroz rafiqasi ketgan tarafga qarab qoldi va ketganiga amin boʼlgach Hariga yaqinlashdi.
— Hari men senga xammasini tushuntirib beraman... mendan hafa boʼlma iltimos.. men majbur edim..- koʼzlarini aybdorlik hissi egallagan gʻashlik bilan Hariga qarab gapirar ekan.
— Kerak emas! Hechnimani tushuntirma. Faqat koʼzimdan yoʼqol! Seni bu jirkanch yuzingni koʼrishni xoxlamayman.
— Senga zarar bermayman kalapakcham. - Harini iyagidan qattiq siqib yuziga qarashga majburlar ekan Hari uni yuziga tupurib yubordi. Yigit qizni iyagidan qoʼyib yubormasdan boshqa qoʼli bilan yuzini tozalarkan telbanamo jilmayib qizga yaqinlashdi.
— Seni sevaman Hari Rivelle!
— Seni oʼldiraman! - Uni qoʼlidan chiqishga harakat qilib tipirchilar ekan.
Labini chetida jilmayib yelkga qisgan yigit eshikdan chiqib borar ekan oxirgi bor alam bilan yigʼidan shishgan koʼzlarini yashirishga urunib yotoqga oʼtirgan qizga qaradiyu chiqib ketdi.
— SENI OʼLDIRAMAN MIN YOONGI. TIRIK QOʼYMAYMAN SENI NAFRATLANAMAN SENDAN. - eshikning qulfini ovozini eshitgan Hari bor ovozida baqirdi
Hari qanchalik bardoshli va gʼururli qiz boʼlmasin bugun huddi soʼnib borayotgan shamdek boʼlib qolgan, arrang nafas olar ekan tamogʼiga havo tiqilib qolgandek edi. Bir zumda uning tinch hayoti nega bunchalar oʼzgardi? Nega aynan u? Shu savollar bilan oʼzini qiynar ekan qanday ovunishni kimga tayanishni bilmasdi. Yuziga tushib turgan sochlarini qoʼllarini bilan changallab olib chuqur chuqur nafas olib vannaga yoʼl olgan qiz yuzini sovuq suvda yuvib oynaga bir muddat termulib qoldi.
— Ojizlik....shunchalik ojizmanmi? Yoʼq. Ojiz emasman. Uni oʼldiraman xar bir tomchi koʼz yoshim uchun uni jonini olaman. - kafti bilan yuzini silarkan koʼzi deraza siniqlariga tushdi.
Uyni bir axvol qilib toʼzgʼitib tashlagan Hari, jaxl ustida koʼzani derazaga otib sindirgani koʼz oldiga namoyon boʼlishni boshladi. Kichik qadamlar bilan deraza siniqlari yoniga borar ekan kattaroq shisha sinigʼini qoʼliga olib yuziga yaqinlashtirib koʼzdan kechirishni boshladi. Derazadan soʼnayotgan oftobning nurlari qizning koʼzlariga tushib uni bezovta qilganidan qoʼli bilan pana qilgancha oʼrnidan turib oyna yoniga qaytib sochlarini yigʼgancha ularga qaradi. Xotiralar. Ularda qanchadan qancha xotiralar mujassam. Bir deganda oʼtkir shisha sinigʼi bilan sochlarini kesib tashladi. Sochini amallab kesgan qiz qoʼlidagi shishani yerga tashlab sochlarini koʼzdan kechirdi. Oynada oʼz sochlarini saramjonlab qoʼllari bilan tarashga xarakat qilardi. Endi oldingi jilvalanib turgan uzun sochlari uning oyoqlari ostida turibti. Yelkasiga arrang tushib turgan jigarrang sochlar butunlay qizni oʼzgartirib yuborgandek edi goʼyo.
— Bu yerga yur. - Harining qoʼlidan ushlab uni turgʻizishga urunar ekan.
— Qayerga? Nima qilmoqchisan?
— Ketasan. Sudrab olib tushaman oʼzing xarakat qilmasang.
— Jirkanaman sendan. Qoʼlingni tekkizma menga! - Hari Winterni qoʼlini siltab tashlagancha xonasidan endi chiqmoqchi boʼlganida qarshisida Yoongi koʼrib bir zum qotib qoldi.
— Sochlaringni kesdingmi?
— Ishing boʼlmasin! Qani Sunghoon keldimi? Sen ablaxlarga oʼsha hujjatlarni bersa qutulamanmi?
— Judda bezbet va injiqsan! - Egilib qizni bir degancha yelkasiga joylagan yigit zinapoyalardan tushishni boshladi. Qiz tipirchilab bor kuchi bilan uni yelkasiga urar ekan tasir qilmasdi. Winter qoshlarini chimirgancha yoʼl terib tushib boshladi
Katta zalda xavotirlangancha tik turgan Sunghoon ularni koʼrib qoshlari chimirildi. Yoongi yelkasida tinmasdan gʻinshiyotgan qizni yerga qoʼyib uni qoʼllaridan maxkam qisdi. Qoʼrgʻonning eshigi yonida turgan Sunghoon bir qadam tashlashi bilan Yoongi unga toʼpponchasini oʼqtadi.
— Yaqin kelma! Qolgan laychalaring bilan kelmading degan umiddaman! - Harini Winterga topshirgan Yoongi Sunghoon tarafga qadam tashlay boshladi.
— Men gapimda turaman! Harini qoʼyib yubor! - qaddini tik tutgancha Yoongining qarshisida turar ekan.
— Ablaxsan Min Yoongi! Nafratlanaman sendan! - Orqa tarafdan oʼtkir chiqgan ovozdan Yoongi bir zum oʼgirildi.
— Ovozingni Oʼchir! - Winter qoʼlidagi toʼpponchasini Harining boshiga qattiqroq tiraganida qiz koʼzlarini qattiq yumib oldi. Lablari dir dir titrar asta sekin koʼzyoshlari yuzini yuvib borayotgan edi.
— Jin ursin seni qoʼyib yubor Harini! - Asabiy vishshilagan Sunghoon qoʼllarini musht qilib oldi.
Yoongi chuqur xoʼrsinib qoʼli bilan sochini orqaga tarab qoʼydi.
— Hujjatlarni ber! Keyin Harini olib ketishinga imkon beraman! - qoʼlini Sunghoonga uzatdi.
— Imkon? Bekor men bilan oʼyin qilding Min Yoongi! - baland ovozda kulib yubordi.
Yoongi nima boʼlganiga tushunib ulgurmasdan oyoqlarida qattiq oʼriqni his qilib yerga yiqildi.Qoʼrgʻonni oʼq ovozi egallab oldi. Oʼq tekgan oyogʻini qattiq siqgancha orqa tarafga qarar ekan rafiqasi toʼpponchani Hqrigq uzatdi. Hech narsaga xayron qolmagan qiz hech qanday ifodasiz oʼrnidan turdida Sunghoon tomonga yugurib uni bagʻriga bosdi.
— Winter bu nimasi? Sen qilmadingku toʻgʻrimi? - ogʻriqdan yuzi ayanchli axvolga kelib qolgan yigit asta sekin undan uzoqlashayotgan rafiqasiga qaradi.
— Axmoq. Sen judda axmoqsan Yoongi. Qanday qilib menga ishonding? Men oʼz oilamga xiyonat qilamanmi?
— Boʻlishi mumkin emas Winter. Hazillashyabsanku toʻgʻrimi? Farzandimiz u..
— Farzand? Nima? Sendan a? Bilasanmi seni ishontirish uchun qancha ter toʼkdim yohudo! - alamli jilmaygan qiz Sunghooni orqa tarafiga joylashdi.
— Jin ursin seni Winter! Seni goʻshtingni itlarga yem qilaman! Nafratlanaman sendan! Ilon qanday xadding sigʻdi. - qoʻrgʻonni boshiga koʼtarib baqirar ekan boʼlgan ishlarni miyyasi qabul qilishni xoxlamas edi. Esankirab qolganidan nima deyotganini qulogʻi eshitmas, ogʻriqni kuchidan oyogʻini qattiq siqib olgan edi
— Hari oʻzing hal qilasanmi yoki.....? – Sunghoon nafrat bilan Yoongiga qarab turgan qizga dedi.
— Oʼzim...- qaltirab turgan ikki qoʼlida toʼpponchani ushladida Yoongi tomonga bir ikki qadam tashlash barobarida dedi.
—Shunchalik razil insonsanki Min Yoongi. Qanday qilib meni oʼlja sifatida bemalol ishlatding? Meni hislarim bilan oʼynashding. Xar biri uchun javob berasan degan edim! - uning qoʼllari titrar mayus boqib turgan oʼsha koʼzlarga qarab qoldi.
— Seni oʻldirishni istayman! - yigʻi aralash nafrat ovozida toʼpponchani maxkamroq qisdi.
— Kechir Hari... loyiqman! Ot meni! Otib tashla!
~ U menga qilgan xqr bir ishi uchun javob berishini xoxlayman lekn...lekn uni oʼldirolmayman. Qoʼlimdan kelmaydi. Uni bu axvolga sololmayman. Yoʼq. Kuchli boʼlishim kerak. Uddalashim kerak....
Hari bardosh berolmay yigʼlab yubordi. Toʼpponchani tushurib oʼzini yerga tashlab unga qichqira ketdi
— Nega? Nega Yoongi nega? Sen bilmaysan. Seni qanchalik sevganimni bilmaysan! Qattiq tegdi. Manabu yerim shunchalik ogʻriyabti. - Hari bor vujudi bilan yigʻlab koʼksiga urdi. Sunghoon labini tishlagancha qoʼllarini musht qilib bir ikki qadam ortga tisarildi. Yoongi uni bu axvolda koʼrib oʼziga lanatlar oʼqir ekan undan koʼzini uzolmasdi.
Chuqur nafas olgan qiz oʼrnidan turib barmogʻini yigitga oʼqtagancha qatiy gapira boshladi. Uning ovozi boʼmboʼsh qoʼrgʻonda aks sado berardi.
— Qaytib yoʼlimdan chiqma! Zinhor! Bu safar senga ikkinchi imkonni bermayman!
— Hari...- Sunghoon Hari tarafga borib uni qoʼllaridan ushladi
— Uni qoʼyib yuborolmaymiz!
— Sunghoon iltimos...ketaylik. Unga teginma. Bu razilni qoni bilan qoʼlingni bulgʻashni xoxlamayman!
Koʼngli behuzur boʼlganidan uxlolmagan qiz ustidan baquvvat qoʼlni olib tashlab oʼrnidan turdi. Vannaga yoʼl olib yuzini muzdek suv bilan yuvib oynaga bir zum tikilib boʼlgan ishlardan kulib yubordi. Chuqur nafas olib joyiga qaytgan qizning koʼzi Yoongining choʼntagidan chiqib qolgan oʼz telefoniga tushdi. Sunghoon. U nimanidir aytmoqchi edi. Labini tishlab ayyorlik bilan telefonini olgan qiz jilmaygancha vannaga qaytib kirdi. Sunghoondan kelgan qoʻngʻiroqlarni koʼrib yuragida gʻashlik paydo boʼlgan qiz unga qaytib qoʻngʻiroq qildi.
— Sunghoon...
— Yaxshimisan Hari senga hechnima qilmadimi?
— Yoq yaxshiman. Nimalar boʼlyabti? Menga hammasini tushuntirib ber. Yoongini qayerdan taniysan?
— Meni ikki qulogʻing bilan eshit Hari. Min Yoongi sen oʼylagandek inson emas. U katta mafiya uyushmasini azosi. U sendan foydalanyabti. Men qayerda ekanligingni aniqladim. Oʼzingni hech nima boʼlmagandek tut! Ertaga men seni olib ketaman hopmi?
— N..nimalar deyabsan Sunghoon? Hazillashma! Qanday uyushma? Qanday mafiya? Nega mendan foydalanadi?
— Hari iltimos. Sen menga ishon hammasini oʼzim hal qilaman. Senga ertaga hammasini tushuntirib beraman faqat qoʼrqma iloji boricha unga hech nimani sezdi...
— Jin ursin Sunghoon nimalar deyabsan nimalar boʼlyabti? - qoʼllari titrashni boshlagan qiz quvvati tugagan telefoniga qarab lanatlar oʼqidi.
Mashina derazasiga boshini qoʼyib hayol surib ketayotgan qizning koʼzyoshlarini hali zamon toʼxtamasdi. Uning qoʼllaridan tutgan qoʼllarini koʼrib oʼzini Sunghooning bagʻriga otdi.
— Hammasi yaxshi Harim. Yoningdaman. Hammasi tugadi. - qizni kalta sochlaridan silar ekan.
— Hammasiga men aybdorman kechir. Seni hayotingni men barbod qildim.
— Nega? Nega men uchun buncha jon kuydirding? Kimsan sen? Nega hech nimani aytmaysan? - yigʻlashda davom etgan qiz orada gʻinshib qoʻyardi.
— Chunki seni sen oʼylagandanham koʼproq sevishimni ular bilib qoldi.
Hari bir zum Sunghooning yuziga tikilib qoldi va burnini tortib yana yigitning issiq koʼksiga singib ketdi.
— Manabuham seni ishingmi? - qoʼli bilan oldi oʼrindiqga oʼtirgan Winterni koʼrsatar ekan.
— U meni sherigim Hari. Biz birga ishlaymiz.
Sizlar bilan Rivelle Hari Isabella boldi. Moonlight world uchun maxsus.