May 17, 2025

Reaksiya for Khosika♥️

Final

Avtor: Min Hari Yoon♥️

Ular mashinaga o‘tishdi. Yo‘l davomida indashmadi. Khosika faqat unga qarab o‘tirardi. Jungkook esa jilmayib turardi. So‘ng bir sokin, yorug‘ kafe oldida to‘xtashdi. Ichkariga kirdilar.
Ular bir-biriga qarab o‘tirib, shunchaki gaplashdilar. Go‘yoki yillar davomida ichda yig‘ilgan savollar, javoblar bir-birining nigohidan o‘qilar edi

...Jungkook stakanini qo‘lida aylantirar, Khosikaga qarab jilmayib turardi.

Jungkook: Sen haqiqatan ham boshqacha ekansan. chiroyli, samimiy...

Khosika: Men doim shuni o‘ylardim... Sizni ko‘rsam, nima derdim deb. Endi esa yoningizda o‘tiribman.

Jungkook: “Siz” deb gapirma, iltimos. Men Jungkookman, xuddi hamma odamlar kabi insonman.

Khosika: Mayli, Jungkook. Unda men shunchaki Khosika bo‘lay.

Ular o‘zaro kulishdi. Kofe tagiga yetganida, sukunat hukm surdi. Bu sukunat noqulay emasdi — yo‘q. Bu sukunat tushunish, qabul qilish sukunati edi.

Jungkook: Men doim shon-shuhratda yurib, oddiy so‘zlarni sog‘inib yashardim. Oddiy qarash, oddiy samimiyat... Va sen bilan shuni topdim.

Khosika (sekin):
— Lekin men oddiy emasman. Men seni sevib qolganman.

U ko‘zlarini yumdi. Yuragi shunchaki “bo‘m-bo‘sh” bo‘lib ketdi.

Jungkook (yumshoq ovozda):
— Bilaman. Va men... seni xafa qilgim kelmaydi. Men seni tushunaman. Juda ko‘p narsa o‘yladim. Sen chiroyli qizsan, yuraging pok. Lekin men seni do‘st sifatida ko‘rishni istayman. Chin do‘st sifatida. Chunki sevgi ba'zan egallash emas, qo‘yib yuborish hamdir.

Khosika pastga qaradi. Ko‘zlari namlandi, lekin u jilmaydi.

Khosika: Bilasanmi, bu ham baxt. Seni ko‘rish, eshitish... va rostini bilish. Rahmat. Rostdan rahmat.

Jungkook : Bir kun senga tegishli bo‘lmagan yurakdan voz kechganing uchun minnatdor bo‘lasan. Chunki sening yuraging kimnidir kutyapti. Balki u allaqachon seni sevayotgandir...

Oradan 2oy o'tdi......

Jungkook Khosikaga yozmay qo'ydi va oldigaham kelmay qo'ydi.
Khosika uni kutardi ammo oradan 2oy otgandan keyin umidini butkul uzdi.

Oradan 2 oy o‘tdi.

Khosika har kuni telefoniga qarar, har kecha orzularga cho‘milar, har safar Jungkookdan bir iz kutardi. Ammo hech narsa o‘zgarmadi. U yozmadi. U kelmadi.

Khosika asta-sekin bu orzudan kechdi. Yuragini mahkam yopdi. Reo esa hanuz yonida edi — sukunatli, ammo halol muhabbat bilan.

Va nihoyat — to‘y kuni yetib keldi. Khosika oq libosda, Reo esa qora kostyumda. Ular birga uzuk tanlash uchun zalga kirishdi. Hammaning nigohi ularda edi, baxt va quvonch oralab yurishar edi.

Ammo Khosikaning nigohi u yoqqa tushdi.

U shaffof eshik ortida bir insonni ko‘rib qoldi. qo‘lida gul. U... Jungkook edi. Nigohlari bir zumda to‘qnashdi. Jungkookning ko‘zlari namlangan, lablari titragan, lekin u jilmayishga harakat qilayotgan edi. Khosika qo‘lini og‘ziga qo‘ydi — yuragi bo‘g‘ziga tiqilib kelgan.

U bir necha qadam yurdi. Jungkook esa asta orqasiga burilib chiqib ketdi.

Jk💔

Khosika uni chaqirmadi. Borolmadi.

Ko‘zlaridagi yoshni artarkan, yuragining chuqur bir joyida bir paytlar sevgan orzusi ketayotganini his qildi. Ammo u yonida turgan Reoga qaradi — unga doim halol bo‘lgan, kutgan, yonida bo‘lgan insonga.

U asta Reoning qo‘lini ushladi.

Khosika povv

"Orzular gohida keladi... faqat ketish uchun. Baxt esa, yoningda jim turgan odamda yashirin bo‘ladi."

Reo va Khosika

Tugadi.....

Min Hari❤️‍🩹

Moonlight fanfics uchun maxsus📌