October 28, 2025
𝗧𝐀𝐐𝐈𝐐𝐋𝐀𝐍𝐆𝐀𝐍 𝐒𝐄𝐕𝐆𝐈 𝐄𝐏6
𝗙𝗼𝗿𝗯𝗶𝗱𝗱𝗲𝗻 𝗹𝗼𝘃𝗲 𝗲𝗽 6
𝗔𝘂𝘁𝗵𝗼𝗿: 𝗥𝗶𝘃𝗲𝗹𝗹𝗲 𝗛𝗮𝗿𝗶
~ Judayam yaqin boʻl, yoki juda ham uzoq. Arosat insonni ezib yuborarkan....
Bazida reja qilingan ishlarni teskarisi boʼladi. Hayotda doimham baxt deb atalmish bu moʼjiza abadiy biz bilan qolmaydi. Oftobli kunlarningham soʼnishi bor.
Ikki yuziga havoni toʼldirib olgancha kitobni varaqlab hayolini boshqarishga urunar ekan ogʼziga toʼplab turgan bor havoni chiqarib kitobni bir chetga tashlab oʼzini yotoqga tashlagan qiz chuqur xoʻrsindi.
— Jinniman jinni aqlim yoʼq meni. - Sochlarini changallab chuqur nafas oldi.
Hayoli parishon, tishlaganidan qontalash boʼlib qolgan lablarini choʼchchaytitib derazaga yuzini burdi.
~ Balki xammasi shunday qolgani yaxshidur? His tuygʻularimni amallarman lekn naxotki uni zarracha koʼngli qolmagan boʼlsa? Nega birdan oʼzgarib qoldi? Suranni xiyonatiga qanday koʼz yumaman. Agar ajramasa nima boʼladi? Xammasi shu qadar murakkab, endi unga yetishdim deganda uni bu gaplari... Qanday chidash mumkin bu ogʼriqga..
Endi yigʼlashga tayyorgarlik koʻrayotgan qizning etiborini eshik ortidan kelgan ovoz tortdi.
— Qizim kirsam boʼladimi? - oxista eshikni ochar ekan.
— Ha..ha kiring oyi. - qoʼllari bilan sochlarini saranjom qilib yotoqga oʼtirgan boʼldi.
Hwa xonim jilmayib osha hazel koʼzlarini qiziga tikgancha uni yonidan joy oldi. Harining peshonasidan oʼpib, uni sochlariga qoʼl yugurtirar ekan mayin siladi.
— Jamadoningni taxlab qoʼydingmi Hari? Yarim soatlar ichida yoʼlga chiqamiz.
— Tayorlab qoʼydim. Koʼp narsaham olmadim taxminan 10 kunlar qolamiz deganiz uchun. - labini tishlagancha koʼzini olib qochishga xarakat qilar ekan. Hwa xonimning yuzi biroz jiddiy tortib qizining iyagidan ushlab oʼziga qaratdi.
— Nega koʼzlaring qizargan? Yigʼladingmi?
— Kitob... bilasizku meni... xar doimgidek yana tragediya uchradi. - duduqlangancha labini chetida jilmayib yotogʼining bir chekkasida yotgan kitobni qoʼliga olib koʼzlarini kattaroq ochdi.
— Haliham shu odating qolmabti. Yoshligingda seni uydan topib boʼlmasdi. Kuning faqat shaxar kutubxonasiga oʼtardi. - biroz ovoz chiqarib kulib qoʼydi. Hariham yoshligini eslab kulib qoʼyar ekan yorqin koʼzlarini oyisining koʼzlariga tikdi.
— Sizni yaxshi koʼraman oyijon ayniqsa hazel koʼzlarizni. — Menham seni yaxshi koʼraman Hari. - qizini bagʼriga bosgancha sochlaridan hidladi.
— Senga koʼp vaqt ajratolmadim, yoningda boʼlmaganim uchun kechir qizim. - haliham bagʼridan qoʼyib yubormay maxkamroq qucharkan.
— Siz meni yagona yaqinimsiz oyi. Boshqa tashlab ketmang meni. - Alamidan koʼzyoshlarini ushlab turolmay birin ketin toʼkar ekan.
Harining hayotida yagona suyanchi bu uning onasi edi. Yoshligidan hech kim bilan kelisholmay kelgan boʼlsada onasi uni yonida boʼlib qoʼllab quvvatlagan. Eri bilan ajralganidan soʼng oʼzini butunlay ishga bagʼshlagan boʼlsada bor mehrini qizlaridan ayamagan kuchli ayol. Oʼsha tunda uyiga bostirib kirib kelgan bosqinchilardan biri Hwa xonimni erini koʼz oʼngida zoʼrlagan oʼsha kechaning mevasi boʼlgan Haridan nafratlanmadi. Uni oldirishni qanchalar talab qilmasin qizini asrab qolish uchun eri bilan ajrashgan bardoshli ayol edi.
Ona va qiz bir necha yillik sogʻinchini bir necha daqiqada gaplashib yengillashgandek boʼldi goʼyo. Oxirgi bora qizning peshonasidan oʼpib kiyinib pastga tushishini takidlab xonani tark etdi.
Harining boʼgʼzida tiqilib turgan tikan ancha yengillashib nafas olishi osonlashgandek boʼldi. Oʼrnidan turib tayorlab qoʼygan soft styledagi koʼylagini kiyish barobarida haliham hislarini taxlil qilardi.
~ Bu dunyoda mukofot deb faqat onamni bilaman. Hamma dardimga shifo. Ular shunchalik samimiy bardoshli kuchli ayollar. Men ularga havas qilaman. Bunday oyim borligidan doimo faxrlanganman. Oyim zulmatimdagi nur. Hozirham huddi farishtadek kelib koʼnglimni koʼtarib ketdilar.
Ogʼriq yengilashgan boʼlishi mumkin lekn butunlay yuqolmagan. Sevgi degan bu ogʼriq uni koʼksiga haliham yonmoqda. Jamadonini sudragancha xonasidan chiqar ekan zinapoyalardan pastga qarab qoshini qoqib qoʼydi.
— Bu zinapoyalardan jamadonimni olib tushsam....taxminan nechta suyagim sinar ekan qiziq?! - labini pastgi qismini tishlab chuqur nafas olgancha jamadonini ikki qoʼli bilan koʼtargan edihamki kulgu ovozi uni toʼxtatdi.
— Bu kichik beling xozir sinib tushadi. - yigit zinapoyalardan tezda koʼtarilib yuzini Harini yuziga yaqinlashtirdi. Hari qoshlarini chimirgancha unga hissiz qarab turgan boʼldi.
— Yuzimdan oʼpib qoʼysang yordamlashaman.
— Menga 32ta tishingni koʼrsatib iljayma. Buni hayolingaham keltirma.
— Hech boʼlmaganda iltimos qilarsan? - koʼzlarini katta ochib boshini egib Harining koʼzlariga pastdan nazar tashladi.
— Yooooq. - masxaromoʼz jilmayib Jungkookni yuziga yaqin kelib dedi.
— Odam boʼlmaysan Isabell. - boshini silkitgancha jamadonni koʼtarib zinalardan olib tusha boshladi.
— Ismim Hari. Isabella emasman men. - qaxr bilan gapirib izidan tushar ekan.
— Yohudo ichiga tosh solganmisan a? - ikki qoʼllab amallab tushurar ekan
— Men senga koʼtar dedimmi? - yuzini begunohlardek qilib bir qoʼlini yoygancha zinalardan tushdi.
— Unda xamma tayyormi? - Yoongi xonasidan chiqar ekan koʼzi Jungkook va Hariga tushdi. Bir zumda ulardan nigohlarini uzib ortidan chiqayotgan rafiqasining jamadonini sudray boshladi.
— Xolajon biz Isabella bilan alohida boramiz. - Jungkook jamadonni toʼgri oʼzining mashinasi tomon sudray boshladi. Bu gapni eshitgan Yoongi bir zum joyida toʼxtab qoldi. Qarshilik qilishni bor vujudi bilan xoxlasaham amallab oʼzini bosib turdi.
— Nima? nega sen bilan borishim kerak? - joyiga tosh qotgan Hari asabiy vishshiladi.
— Ahir qolganlar bilan tiqilib ketmaysanku? - Jamadonlarni mashinasini ortiga yuklab roʼlga oʼtirar ekan.
Yoongining tomirlari boʻrtib chiqar ekan qoʼllari musht boʼlishni boshladi. Harining kiygan koʼylagidan uning koʼrinib turgan oyoqlari yigitni aqldan ozdirib jaxlini bir maromda ushlashga xalaqit berardi. Yelkasiga oxista bosilgan rafiqasini qoʼllaridan koʼzlari bir zum ulardan uzuldi.
— Ketdikmi Yoongi?
— H..ha ketdik. - oxirgi bor ular tarafga qaradiyu jamadonlarni sudrab olib chiqishni boshladi. Orqadan asta sekin Seona va Hwa xonimlar kulishib kelishar ekan ularning gaplari Yoongiga igna sanchgandek boʼlardi.
— Ularni qara haliham yoshbolaga oʼxshaydi. Yoshligida birbirini quchib uxlashardi. - Seona xonim Hari va Jungkookga qarab kulib qoʼyar ekan.
— Nimasini aytasan haliham yoshbola.
— Menimcha Hariniham oʼzim kelin qilib olamanmi deyman?
— Seona qoʼysangchi ular shunchaki doʼstlarku...
— Buni vaqt koʼrsatadi. - Manoli jilmayib qoʼyar ekan qoʼlidagi shlyapani boshiga kiydi.
Yoongi mashinani xaydar ekan oldida ketayotgan Audi mashinasini koʼzdan qochirmasdi. Jahl bilan roʼlni siqar ekan Suran koʼzini qiri bilan qarab nima boʻlayotganini payqab ensa qotirib qoʼyardi.
~ Xato qildimmi? Ahir vada berganman undan uzoq yuraman. Uni qanchalik sevsamham undan uzoq yuraman. Bugun ertalab aytgan oʼsha gaplari qulogʼimda jaranglayabti. Uni sevaman. Nega aynan Jungkook? Nega aynan meni ukam? Uni bir tola sochiniham qizgʼonaman. Yoq Yoongi tinchlan. Yaqinda Hari butunlay hayotingdan chiqib ketadi. Balki Suranni sevib qolarman - Yonida telefondan boshini koʼtarmayotgan Suranga nazar tashladiyu yana xoʼrsindi.
Audi mashinasi yoʼldan burilib boshqa tarafga yurayotganini koʼrib Yoongini koʼzidan olov chiqib ketdi
— Nega ular boshqa tarafga burildi? Ularni izidan xaydayman. - Duduqlangancha orqaga oʼtirgan onasi va Hwa xonimga dedi.
— Yoongi yoʼldan burilma. Jungkook yoshbola emas oʼzlari yetib olishadi. Yoshlar xoxlagani qilsin. - Seona xonim boshidagi shlyapasini aylantirib qoʼygan boʼldi.
— Lekn oyi...
— Toʼgʼri aytyabti oying Yoongi. - Hwa xonimham oraga qoʼshildi.
Asabdan hech nima deyolmagan Yoongi roʼlni qattiq siqgancha mashinani tezligini oshirib xaydashni davom etdi
— Hooy qayerga xaydayabsan?
— Koʼzlaringni biroz maydaroq och boʼlmasam chiqib ketadi. - Yoʼldan koʼzini uzmay kularkan.
Hari ortiq hech nima demasdan qoʼllarini chalishtirgancha oʼz xayollariga choʼmib derazadan atrofga qarab ketishni boshladi. Ikki qalb ikki tomondan yonar ekan xayotdagi taqiqlar ularni birlashishga yoʼl qoʼymas ekan.
— Xavotir olma shunchaki uzoqroq yoʼldan borishni xoxladim. - qoʼshib qoʼydi Jungkook.
~~~
Dalahovliga yetib kelishgach mashinadan tushib xamma oʼz xonalariga joylashishni boshladi. U yerning tozza havosi, qushlarning sayrashiyu uzoqdan kelayotgan daryoning shildirashi insonning diliga iliqlik baxsh etardi.
Hari yangi xonasiga moslashish uchun koʼzdan kechirar ekan eshikdan kirib kelgan insonni koʼrib joyida qotib qoldi. Yoongi eshikni qulflab bir zumda Harining yoniga kelib uni bagʻriga bosdi.
— Bugun xammasini unutamiz. Sen faqat menga tegishlisan. - yuziga tushib turgan sochlarni qulogʼini ortiga surib qoʼyarkan.
— Tashlab ketmang meni. Hech qachon. - koʼzlari yoshlangan qiz ikki qoʼlini Yoongining boʼynidan oʼtqazib oldi.
Koʼzlar toʼqnashar ekan havoga singib ketayotgan nafaslar sezilmay borardi. Ikki tana birbiriga chambarchas bogʼlanib alamli boʼsa boshlandi. Havoning salqinligi va xonadagi sukut yanada ehtirosni oshirar, oradagi barcha taqiqlarni olib tashlagandek edi goʼyo.
— Sizni his qilishni xoxlayman. - Lablarini bir zum uzib yigitning koʼzlariga termular ekan zarb bilan ochilgan eshikdan ularning etibori boʼlindi.
— Isabell uygʻon yetib keldik. - Jungkookni ovozidan qoʼrqib uygʻonib ketgan Hari chuqur chuqur nafas olib peshonasiga qoʼlini qoʼydi.
— Yomon tush koʼrdingmi? Qoʼrqitib yuborgan bolsam uzur. - Jungkook mashinasidan suvni Hariga uzatdi.
— Jin ursin tush ekan. - Peshonasidan sovuq terni artib boshini oʼrindiqga tashladi
Sizlar bilan Rivelle Hari Isabella boʼldi. Moonlight world uchun maxsus. Sizlarning fikringiz men uchun muhim buni unutmang