March 17

“Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud OTMlari, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda “Legal Tech” yo‘nalishida maxsus seminar-treninglar o‘tkazish DASTURI  

Chorshanba, 2025-yil 19-mart kuni soat 10.00 da:

1-trening.

Mavzu: “Huquqiy texnologiyalarga kirish va Legal Tech asoslari”

Spiker: Abdixakimov Islombek Bahodir o‘g‘li,Legal-Tech laboratoriyasi bosh mutaxassis – koordinatori.

Maqsad: Ishtirokchilarga huquqiy texnologiyalar (Legal Tech) tushunchasi va ularning yuridik sohaga ta’siri haqida asosiy bilimlarni berish.

Soat 10.30 da

2-trening.

Mavzu: “Sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan huquqiy xizmatlar”.

Spiker: Abdixakimov Islombek Bahodir o‘g‘li,Legal-Tech laboratoriyasi bosh mutaxassis – koordinatori.

Maqsad: Ishtirokchilarga sun’iy intellekt asosida ishlovchi huquqiy xizmatlar va avtomatlashtirilgan huquqiy yordam platformalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berish.

Payshanba, 2025-yil 20-mart kuni soat 10.00 da:

1-trening.

Mavzu: “Yuridik amaliyotda blockchain va smart-kontraktlar”

Spiker: Norov Ilxom Ibroximovich,  Legal-Tech laboratoriyasi bosh mutaxassis – koordinatori.

Maqsad: Ishtirokchilarga blockchain texnologiyasi va smart-kontraktlarning yuridik sohada qo‘llanilishi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar berish.

Soat 10.30 da

2-trening.

Mavzu: “Legal Tech startaplarini yaratish va rivojlantirish”

Spiker: Norov Ilxom Ibroximovich,  Legal-Tech laboratoriyasi bosh mutaxassis – koordinatori.

Maqsad: Ishtirokchilarga Legal Tech startaplarini yaratish va ularni bozorda muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy bilimlar berish.