TDYU xodimlari hamda professor-oʻqituvchilari oʻrtasida “Legal Startup Battle” tanlovi oʻtkaziladi
TDYU Kasaba uyushmasi hamda Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi tomonidan universitet xodimlari hamda professor-oʻqituvchilarining innovatsion gʻoyalari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Legal Startup Battle” startap gʻoyalar tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlov faqat Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari va professor-oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi hamda unda huquqshunoslikning har qanday sohalariga oid boʻlgan zamonaviy huquqiy texnologiyalar (LegalTech)ga oid boʻlgan startap gʻoyalar bilan ishtirok etish mumkin.
1. Ishtirokchilar oʻz startap gʻoyalarini maxsus shakl https://forms.gle/7oPrSuznpnXJN94v9 orqali taqdim etishlari kerak;
2. Ishtirokchilar oʻz startap gʻoyalarini komissiya oldida, taqdimot tarzida taqdim etadilar;
3. Startap gʻoya komissiya aʼzolari tomonidan baholanadi;
4. Eng yuqori ball toʻplagan 3 ta startap gʻoya tashabbuskorlari gʻolib deb topiladi va Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Baholash mezonlari (20 balldan):
1. Startap gʻoyaning innovatsionligi va dolzarbligi, uning yangiligi;
2. Startap gʻoyaning texnik asoslanganligi (loyiha ishlashi uchun texnik jihatlar qay darajada ishlab chiqilganligi);
3. Bozor qiymati (startap gʻoyaning tijorat jihatdan samaradorligi);
4. Amaliy qoʻllanilishi (startap gʻoyaning real muammolarni hal qila olishi);
5. Startap gʻoya taqdimotining mukammalligi.
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 30-mart soat 23:59gacha
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: (94) 649-03-66 (Botirxoʻja Sayfixoʻjayev)