May 16

Dominion

Erkinlik mavhum, hukmronlik haqiqat

Ep_18

Ralina butun tanasi bo’ylab harakatlanayotgan barmoqlar, tanasi qo’rquvdan titrashga majbur qilayotganini his qildi. Qizdagi qarama qarshi jinsga nisbatan paydo bo’lgan qo’rquv, Taehyungda ham aks tasir berayotgan edi. Taehyung tanasi ostida titrayotgan qizga nisbatan barcha narsanu his qilar ekan, uni butunlay egallashni istardi. Ralina bo’yniga ko’chgan lablarni his qildi. Qizni barmoqlari yigitni sarg’ish sochlariga ko’chib siqimlagancha yigitni boshini ko’tarishga harakat qildi. Taehyung hozir sochlaridagi og’riqqa etibor beradigan ahvolda emas edi. Tanasini egallagan sog’inch ustinlik qilib qizni iforidan to’yib hidlar, va bo’yni bo’ylab o’z muhirini qo’yardi. Yigitni lablari qizni yelkasidagi kiyimni chetga olib o’tgancha tatirovkaga lablarini bosdi. Ko’zlarini yumib olgan qiz, buni davol etishini istamas, nimadir qilib bo’lsa ham to’xtatishni istardi.

Ralina: Taeeeee, bas qil istamayman,- yalingancha yigitni sochlaridan tortqiladi,- meni bunga majbur qilma

Taehyung javob bermadi, qizni tezroq egallashni istardi. Taehyung qizni kiyimini yechishga kirishganda Ralina yigitni qorin qismiga bor kuchi bilan tepdi. Taehyung ortga biroz qalqib ketdi. Ralina unga boshqa iloj qoldormagan yigitga samarasiz bo’lsa ham qochishga harakat qilib ko’rishga qaror qilgandi. Bu ishi uchun qanday jazo olishi qiziq emas, agar qo’lidan kelsa uzoqroqqa qochib ketmoqchi edi. Ralina yotoqdan tezda tushgancha eshik tomon yugirdi. Ko’z yoshlari yanoqlarini yuzib tushardi. Biroq eshikka yetib bormasidan sochidan changallagan qo’llar uni ortga tortdi. Yigitni g’azab uchqunlagan ko’zlari bilan to’qnashdi

Taehyung: qayerga qochishga harakat qilyabsan mitti oqqushim,- qizni nam yanoqlarini silagancha dedi

Ralina: qo’yib yubor,- yalingan ohangda dedi,- sen bilan bo’lishni istamayman

Taehyung qo’liga o’ralgan titrayotgan barmoqlarni ko’rdi. Ralina sochlarini bo’shatishga uringancha yigitni qo’liga tirnoqlarini botirdi.

Taehyung: senga hali tegmadim, nega bunchalik titrayabsan,- qizni yanoqlarini siqqancha ko’zlariga tikildi

Ralina: bilmayman,- tun kabi qora ko’zlardan qochishga harakat qildi,- Tae qo’yib yuborgin, mayli aytganingni qilib sen bilan qolaman, hamma aytganingni qilaman, faqat menga teginma, yaqinlashma,- qizni yanoqlari bo’ylab yoshlari dumalab tushdi

Taehyung: nega,- qizni titrayotgan lablariga tikilgancha dedi,- senga teginmay yasholmayman, bu iforni his qilmasdan, bu lablar tamini his qilmasdan, seni his qilmasdan yasholmayman, bir oy qanday qiynalganimni bilmaysan

Taehyung go’ya qiz undagi yashash sababi kabi so’zlarkan oralaridagi masofa borgan sari qisqarib borardi, Ralina unga yaqinlashib kelayotgan yigitdan hayiqqancha o’zini ortga olishga urinar ekan, spchlaridan changallagan qo’llar bunga imkon bermasdi.

Ralina: men sen bilan yashayman, faqat menga teginmaysan, alohida xonalarda qolamiz, istasang uydan ham chiqmayman, faqat teginma

Taehyung: istamayman, seni his qilmasdan yasholmayman, his qilishim uchun senga teginishim kerak, yonimda ekaningni his qilishim uchun iforing doim men bilan bo’lishi kerak, seni qichmasdan uhlolmayman,- yigitni bo’sh qo’li qizni belidam tutgancha o’ziga yaqinroq tortdi

Lablar birlashdi, yigitni ochlik bilan hujmga o’tgan lablari qizni qiynab bo’sa olardi. Ralina og’iz bo’shlug’iga kirgan tilni his qildi. Nafasi borgan sari qaytar ekan, tanasidagi titroq borgan sari ortib borar edi. Taehyung qizni kiyimi ortiga qo’l tiqqancha qizni ochiq belidan qo’lini o’radi. Ralina yigitni oyoqlari orasiga zarba berdi. Yigit og’riqdan ingragancha qizdan uzoqlashdi. Ralina uni tark etgan barmoqlarni his qilib o’zini ortga oldi.

Ralina: kechir, bunga o’zing majbur qilding,- eshikni ochish uchun o’girildi.

Taehyung tezda gavdasini tiklab undan qochmoqchi bo’lgan rafiqasini bilagidan tutdi. Ralina ulgurmadi. Yuziga kelib tushgan tarsakidan yerga yuz tuban yiqildi. Yuzini ushlagancha harakatsiz qotarkan yigitni haqoratli so’zlari qulog’i ostida uzuq yuluq yangradi.

Taehyung: yana qochib ketishingga imkon beraman deb o’ylaysanmi, yana qayerga qpchmoqchisan, o’sha lanati Sunwonni oldigami,- yigit g’azab bilan so’zlarkan, hayoliga qiz boshqa yigit bilan bo’lgan tun keldi,- jin ursin* hammasini

Taehyung ushlab turgan g’azab endi yuzaga chiqdi. Yigit g’azabi nazoratdan chiqarib yubordi. Hayoliga qiz Sunwondan homilador bo’lishi kelishi bilan bosh suyagi miyyasini siqayotgandek og’riq paydo bo’ldi. Yerda hali hanuz o’zini anglolmay o’rigan qizni qorin qismiga bor kuchi bilan tepdi. Ralina qorin qismida paydo bo’lgan kuchli og’riqdan ingrab yubordi.

Taehyung: hech qachon, meni eshityabsanmi, hech qachon Sunwondan homilador bo’lishni hayolingga keltirma,- qizni qorin qismiga bir necha bor zarba berar ekan, nazoratsiz so’zlar g’azab bilan lablari orasidan sizib chiqardi.

Ralina: bas qil,- qorin qismi bo’ylab qo’lini o’ragancha dedi

Taehyung: yana qochmoqchimisan, endi hech qayerga ketopmaysan, ketishga harakat ham qilolmaydigan ahvolga keltiraman,- qizni tepishdan to’xtagan yigit tartibsiz sochlarini ortga taragancha xonani tark etdi.

Ralina lablari orasidan sizib chiqqan qon tamini his qilgancha o’zini o’nglashga harakat qildi, biroz holsiz tanasi unga bo’ysinmay, qorin qismi kuchli og’riq berardi. Xona eshigi qayta ochilib yigitni sharpasi ko’rinish berdi, yigit bo’sh qaytmagan edi, Ralina yigitni qo’lidagi golf tayog’ini ko’rishi bilan sudralgancha eshik tomon harakatlandi

Taehyung: yana qayerga ketishga urinyabsan, qo’g’irchoq,- qizmi harakatlarini ko’rgan yigit qizni oyog’idam tutib oldi

Ralina: qo’yib yubor,- lablari titrab arang so’zladi

Taehyung; hech qachon,- qizni oyog’idan tutib o’ziga tortdi

Ralina pol bo’ylab sudralib yigitni oldiga kelarkan. Keyingi his qilgani oyoqlariga kelib tushgan temir edi. Og’riqdan qichqirib yuborgan qiz, yigitdan qochishga harakat qildi, biroq tanasi unga bo’ysunmay, harakatga kelmadi, qizni oyog’iga bir nechta zarba bergan yigit qizni ovozi chiqmay qolgach harakatlarini to’xtatdi. Qo’lodagini yerga tashladi, yerga shovqin bilan tushgan temir jism ovoziga yigitni haqoratli so’zlari qo’shildi. Qizni sochlariga qo’shib boshidan ushlagancha qizni yuzini biroz ko’tarib o’ziga qaratdi

Taehyung: agar yana bir marta qochishga harakat qilsang, yoki meni o’zingdan itarsang, keyin sinadigan qisming qo’llaring bo’ladi,- qizni kaftidan tutgancha kafti ustiga lablarini bosdi,- bunday keuingi hayoting harakatlaringa bog’liq, seni bu jaxannamdan qutqaradigan yagona narsani aytaymi

Qizni kaftini tinch qo’yib sochlarini qulog’i ortiga o’tkazdi, Ralina zo’rg’a ochayotgan ko’zlarini yigitni nigohlariga qadadi. Taehyung qizni qon sizib tushgan lablarini sekinlik bilan siladi, yigitni barmoqlariga tekkan qon sababli yigit lab uchida chilmaydi.

Ralina: nimani aytmoqchisan,- lablari zo’rg’a harakatga keldi.

Taehyung: senda yaxshi hayot uchun faqat bitta yo’l bor, u ham bo’lsa homilador bo’lishing kerak

Taehyung lab uchida jilmaygancha so’zladida, qizni qo’yib yubordi. Qizni holsiz boshi yerga tushgancha zo’rg’a ochilayotgan ko’zlari yopildi. Taehyung hozir nima qilgani bilan qiziqmas, uni bashqarayotgan g’azab sababli qizga nima qilganini ham sezmasdi. Yigitdagi g’azab uni ichidagi sog’inchni berkinishga majbur qilgandi. Yigitni oyoqlari eshik tomon harakatga keldi. Ralina qayta ko’zlarini zo’rg’a ocharkan, yigitni chiqib ketayotgan oyoq kiyiminigina ko’roldi. Butun tanasi og’riq bilan qaqsharkan, yanoqlari bo’ylab oqqan yosh ham unga azob berardi. Ralina tanasini ko’tarishga harakat qilib ko’rdi, biroq hatto barmog’ini ham qimirlatolmadi. Qiz ho’rligi kelib yig’larkan, bu holatda o’lishni istamas, kimdir kelib unga yordam berishini istardi. Qiz qayta ko’zlarini yumgancha kimdir kelishini iltijo qilib sekinlik bilan hushidan ayrildi.

Oradan bir necha daqiqa o’tgach tanasiga tekkan bir nechta qo’llarni, va uni quchgan iliq suvni his etdi. Arang kipriklari bir biridan ayrilgan qiz, tepasida bir so’zni qayta qayta aytayotgan yosh xizmatkor qizni ko’rdi.

-xonim, xonim o’zingizga keling, sizga dori olib keldim,- qizni arang ochilgan lablari orasiga dorini kiritidi,- ehtiyot bo’ling,- qizni boshini biroz ko’targancha stakandagi suvni qizni lablari orasiga yaqinlashtirdi

Dori va suvni qiynalib yutgan qiz, boshini qayta vanna chetiga tashladi. Oyoqlari va qorin qismi qattiq og’riq berar, og’riq sababli yoshlari chakkasi bo’ylab nazoratsiz oqib tushardi. Ralina hozir ichgan dorisi bilan qiziqmadi. Hiyol ochilgan ko’zlari bilan uni yuvintirayotgan bir nechta xizmatkor qizlarni kuzatdi. Xonada sovuq sukunat aks etardi. Xizmatkorlar qizga ortiqcha zarar yetkizmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilishardi. Ralina tanasini yengillashayotgandek his qildi. Tanasi bo’ylab yoyilgan og’riq asta sekin tark etib qizni ko’zlari qayta yumildi.

*

Timeskip | yangi kun

Quyosh siniq nurlarini xonaning yopiq derazalaridan o'tkazishga harakat qilar, biroq zichlik bilan yopilgan pardalar to'sqinlik qilardi. Ko'zlarini zo'rg'a ochgan qiz atrofga ko'z yugirtirdi. Qorin qismida yengil og'riq sanchilib nafas olishga halaqit qilardi. Zo'rg'a naafas olayotgan qiz qurib qolgan tomog'ini namlash uchun o'rnidan qo'zg'aldi. birdan kuchaygan og'riq, qizni ikki buklab qo'ydi. Ko'zlaridan ihtiyorsiz yoshlar sizib tusharkan o'ziga achingancha lablarini qimtidi. Ralina og'riq sababli emas, aksincha ho'rligi kelganidaan yig'lardi, og'riqlarga qaramasdan o'rnidan turishga harakat qildi, qizni oyoqlari ham o'ziga bo'ysinmay yerga quladi. Og'riqdan ingrab yuborgan qiz, ovozini chiqarmaslikka harakat qildi.

Taehyung: yana qancha vaqt shunday turmoqchisan,- yon tomondan yangragan ovoz qizni qo'rqib ketishiga sababchi bo'ldi.

Yuvinish xonasi eshigga qo'lini ko'ksiga bog'lagan holda qizni kuzatayotgan yigit birgina yuvinish xalatida edi. Ralina ertalabdan uni ko'rishni istamagandek yuzini havsalasizlik bilan boshqa tomonga burdi.

Ralina: qachon kelding,- yig'idan bo'g'ilgan ovozda dedi

Taehyung: deylik uyg'onganingdan buyon,- mayda qadamlar bilan qizga yaqinlashdi.

Ralina: yaqin kelishni hayolinga ham keltirma,- odatga aylanib qolgan harakatlar bilan o'zini ortga oldi.

Taehyung: kecha aytgan gaplarimni unitgan ko'rinasan,- qizdan bir necha qadam uzoqda to'xtab qiz tengi yerga cho'kdi.

Ralina: sen ham italyadan aytgan gapimni unitgan ko'rinasan,- yigitni oldida zaif ko'rinishni istamay yanoqlaridagi yoshni artdi

Taehyung: aynan nimani unitibman,- nimadirni eslashga harakat qilgandek bir qoshini ko'taardi

Ralina: bu yerga kelsak eski Taehyungga aylanasan degandim, aytganim to'g'ri chiqdi, bu yerga kelgan daqiqamizdan o'zgarding

Taehyung: qo'g'irchoq~,- doimiy erkalash talab ohangida yangradi, yigit qizni yuziga tushib turgan sochlarini olish uchun qo'lini qiz tomon uzatdi.

Biroq qiz u tomon uzatilgan qo'ldan hayiqqancha o'zini ortga oldi. Ralina yelkasini yuqoriga ko'targancha boshini yelkasi orasiga kiritdi. Taehyung undan qo'rqib qochgan qizni ko'rib fikridan qaytdi. Ralina qo'rquvdan tez urayotgan yuragini his qildi, qo'lini ko'ksiga qo'ygancha tartibsiz nafasini sekinlatishga harakat qildi. Taehyung qizni sinchkovlik bilan kuzatar ekan, qizdagi ko'p narsa noto'g'ri ekanini sezdi.

Taehyung: o’rningdan turib kiyinib tayyorlan,- qizdan uzoqlashgancha gardirobga kirib ketdi.

Ralina yigit ketgach biroz o’ziga keldi. Yigitni aytgan so’zlarini tahlil qilib o’rnidan turishga harakat qilarkan, oyog’idagi kuchli og’riq sabab o’rnidan qimirlay olmadi. Yana bir nechta urinish samarasiz ketdi. Ralina oyog’ida kuchaygan og’riq sababli butkul harakatlana olmay qolgandi. Bir nechta harakatlar bilan qayta turishga urinish, biroq samarasiz urinishlar. Ralina endi oyoqlaridagi og'riq haqida qayg'urmas, uni ko'proq qolgan hayoti qanday kechishi tashvishlantirardi. Tashqi tarafdan kelgan shovqin sababli xonaga qaytgan yigit, qizni yig'layotganini ko'rdi. Ralina yanoqlari qizargancha yig’larkan, yigitni yuragiga g’ulg’ala tushdi. Qiz tomon oshiqdi. Biroq qizga tegishi bilan qizni battar yig’lashiga sabab bo’ldi. Ralina o’zini ortga olgancha yigitdan yuzini berkitdi.

Taehyung: nima bo’ldi, nega yig’layabsan

Yigitni ovozida tashvish sezildi. Biroq qiz indamadi, hayollarida endi yurolmayman degan fikr kelib yuragi qo’rquvdan tez urganini his qildi. Taehyung javob bermayotgan qizni yanoqlarini kaftlari orasiga oldi.

Ralina: teginma,- odatga aylangan harakatlar bilan yigitni ko’ksidan itardi.

Taehyung: nega yig’layapsan,- qizni so’zlarini e’tiborsiz qoldirgan yigit qizni so’roqlashda davom etdi

Ralina: hammasiga sen aybdorsan,- qizni ko’zlarida nafrat uchqunladi,- sen aybdorsan,- so’zlarini takrorladi

Taehyung qizni so’zlarini ma’nosini unchalik anglab yetmagan bo’lsa ham ko’nglida aybdorlik hissi uyg’ondi. Ralina yigitni ko’ksiga urgancha bir so’zni takrorlab yig’lardi. Taehyung xona xavosi og’irlashgandek his qildi, yaqinda bog’langan bo’yinbo’gini tortqiladi.

Taehyung: biron yering og’riyaptimi, Ralin~,- qizni yanoqlarini artgancha so’zladi,- nima bo’layotganini ayt

Ralina: sen… sen qilding,- yig’i sababli tartibsizlashgan nafasi orasida so’zladi,- kecha qilgan ishingni deb yurolmayabman

Yigitni nigohlari qizni oyoqlariga ko’chdi. Qizni oyoqlari bo’ylab hosil bo’lgan ko’karishlar o’z asoratini berib qizni yurishga imkoniyatiga to’sqinlik qilayotgandi. Golf tayog’idan qolgan uzun chiziqdek tortilgan ko’karishlar, yigit qizni tungi kiyimini ko’tardi. Qizni qorn qismida ham shunday ko’karishlar hosil bo’lgan edi. Taehyung tunda aqldan ozganini erta tongda sezgan edi. Biroq bumchalik deb tasavvur qilamagandi. Qizni titrayotgan jussasini kelib uslubida ko’targancha kiyinish xonasiga yo’l oldi. Ralina yigitni tartibsiz harakatlarini tushunmadi. Taehyung qizni kiyinish xonasida o’tirishga mo’ljallangan yumshoq o’rindiqqa qo’ydi.

Ralina: nima qilmoqchisan,- tanasidan ajralayotgan kiyimlarini tutgancha yigutga savol berdi

Taehyung: shifoxonaga boramiz,- qizni kiyimlarini yechishga urindi,- qo’lingni ko’tarib tur

Ralina: u yerga borishni istamayman,- qaysarlik bilan rad etgancha kiyimlarini yechmasligi uchun qo’llarini tanasi bo’ylab aylantirdi.

Taehyung: qaysarlik qilma,- biroz tund ohangda gapirishga urindi,- ahvoling og’irlashishi mumkin

Ralina: bu senga qiziqmi,- yig’idan to’xtagan qiz, biroz g’azab aralashgan ohangda dedi,- meni shu ahvolga o’zing solding, endi ham qanday ahvolda bo’lishim qiziqmi, senga muhimmi bu

Taehyung harakatlaridan to’xtab qizni nigohlariga tikildi. Qizni nigohlarida g’azab aralash nafrat uchqunlab turardi. Taehyungni sovuq nigohlari bilan birlashgan qiz, biroz oshirib yuborgandek his qildi. Og’ir yutindi. Biroq ko’zlarini yigitdan uzmadi. Taehyung bosiqlik bilan qizdan uzoqlashib qiz uchun kiyim olishga kirishdi.

Ralina: nega savolimga javob bermayapsan,- sabrsizlik bilan yigitga so’zladi,- yoki qilgan ishindan pushaymon bo’lyabsanmi

Qiz tomon o’girilgan yigit vazmin qadamlar bilan qizga yaqinlashdi. Qiz uchun olgan kiyimlarini qiz o’tirgan o’rindiq yonidagi yana bir o’rindiqqa qo’ydi. Qiz tengni cho’kkancha hissiz nigohlarini qiz bilan birlashtirdi.

Taehyung: men qilgan ishimdan pushaymon emasman, aslida barcha ayb o’zingda edi, qarshilik qilgan ham, g’azabimni qo’zg’atgan ham, xatoni qilgan ham sensan,- qizni yuzi tomon biroz yaqinlashdi,- men shunchaki ahloqsiz rafiqamni qilgan ishi uchun jazoladim, va bundan pushaymon emasman

Ralina lablari titrab nimadir deyishga harakat qildi-yu biroq so’zlar chiqmadi. Yigitni so’zlari qisman to’g’ri, unga ortiq qarshilik ham qilishga kuchi yo’q insondek tanasi bo’ylab o’ralgan qo’llarini bo’shatdi. Taehyung qizni harakatlarini ko’rgach gavdasini qayta tikladi.

Taehyung: seni shifoxonaga olib borishimni sababi esa,- so’zlarida to’xtab qizni iyagidan siqqancha boshini biroz ko’tardi,- menga sog’lom farzand kerak, sog’lom farzand faqat sog’lom onadan tug’iladi shuni mana bu,- qizni boshini ko’rsatgancha so’zlarida davom etdi,- kichik miyyanga quyib ol, va ortiqcha hom xayollarga berilma

Qizni iyaklarini bo’shatgan yigit qizni kiyimlarini tanasidan ajratib oldi. Ralina bo’g’ziga tiqilgan narsadan lablarini qimtidi. Yo’q yig’lolmaydi, yigitni oldida ortiq o’zini yerga urishni istamaydi, biroq qizdagi ho’rlik hissi bunga qarshilik qildi.

Nazoratsiz yoshlar qayta qizni yanoqlarini namladi. Ralina ortiq og’riqdan yig’lamasdi, yigitni aytgan so’zlari uni yashashiga to’sqinlik qilayotganini his qildi. Qizdagi yashashga bo’lgan hohish borgan sari so’nayotgan edi. Taehyung qizni holati bilan ortiq qiziqmas, unga aybdorlik hissi ham bermas edi, qizni kiyimlarini almashtirib bo’lgach, kiyimlarini tartibga keltirdi. Qizni kelin uslubida ko’tarib xonani tark etdi. Ralina uydan chiqqanda biroz yengillagandek bo’ldi, qishni izg’irin shamoli qizni yuziga urilib nam yanoqlarni muzlatdi, qizni sochlari shamolda harakatga keltirdi. Taehyung qizni mashina orqa o’rindig’iga qo’yguncha qiz sovuq taftida zavqlandi, yigit ham qizni yoniga joylashgach mashina harakatga keldi. Ikki tomoniga qor to’plangan yo’l bo’ylab mashina katta tezlikda yo’lga tushdi.

*

Kasalxona binosida bugun odam biroz gavjum, hamma shoshilinch tibbiy bo’limi tomon oshiqmoqda, birdan sodir bo’lgan kuchli portlash sababli shifoxona odamga to’la edi. Taehyung qaysar rafiqasini qo’lida ko’targancha kirib keldi. Atrofga biroz jiddiy nigohlar bilan tikilgan yigit nimalar sodir bo’layotganini anglashga urindi. Bir nechta jarohat olgan insonlar hamshira va shifokorlar yordamida qayergadir olib ketilmoqda, odamlar ko’p bo’lgani uchun doimiy sokin yo’laklar shovqinga to’la, yigit bir muddat eshitgan yangiligini esga oldi, mashhur restaranlardan birida portlash sodir bo’lganini ertalab yangiliklarda ko’rgandi. O’sha g’ala g’ovur hali ham bosilmagan, atrofda jurnalistlar izg’ib yurardi. Taehyung o’z shifokorini izlashga kirishdi. Biroq hech kimni topolmadi.

Ralina: balki ketarmiz,- shovqin sababli boshida uyg’ongan og’riq sababli yigitga murojat qildi,- hozir shart emas, men ancha yaxshiman

Taehyung: shifokorga ko’rinmay ketmaymiz,- qizni qat’iy rad etdi

Ralina: ularni to’pponcha bilan qo’rqitishni o’ylamayabsan degan umiddaman,- atrofga ko’z yugirtirgancha dedi

Taehyung gapirish uchun og’iz juftlaganda, ularni payqagan hamshiralardan biri ularga yaqinlashdi.

-janob qandaydir yordam kerakmi

Taehyung: doktor Park kerak,- jiddiy nigohlarini hamshiraga ko’chirdi

-doktor Park hozir aperatsiyada, istasangiz boshqa shifokor chaqirib beraman,- yigitni unga qadalgan nigohlaridan hayiqqan hamshira ko’zlarini olib qochdi

Taehyung: shart emas,- keskin rad etdi,- doktor Park qachon bo’shaydi

-yarim soatlarda,- qo’l soatiga ko’z tashlab qo’ygancha so’zladi hamshira.

Taehyung: kutib turamiz

-janob ortimdan yuring, xonimga birinchi yordam ko’rsatib turishimiz mumkin

Xamshira birinchi yordam bo’limi tomon ularni olib ketdi. Taehyung atrofga ko’z tashlagancha unga ergashdi. Xamshira odamlar bilan to’lgan birinchi yordam bo’limiga kirgach chekkaroqda joylashgan bo’sh yotoqni ko’rsatdi.

-xonimni shu yerga qo’ysangiz bo’ladi, men bir nechta narsalarni olgach kelaman, doktor Park bo’shagach sizlarga xabar beraman

Xamshira qo’rqqanini sezdirmaslik uchun kichik tabassum qilib ulardan uzoqlashdi. Taehyung qizni bo’sh yotoq ustiga qo’ydi. Ralina atrofga ko’z yugirtirgancha nafasi bo’g’ilayotgan insondek his qildi. Taehyung qizni har tarafga alamglayotgan nigohlarini kuzatdi. Ralina xudisini bo’yin qismini tortqilagancha tartibsiz nafas olishni boshladi. Taehyung qizdagi o’zgarishni yaqqol sezdi.

Taehyung: ahvoling yaxshimi,- qizni yoniga joylashdi.

Ralina: negadir nafas olomayabman,- yuziga yengil shamol qilgancha dedi

Taehyung: ustingdagini yechishimiz kerak,- qizni qishki ustki kiyimiga qo’l uzatdi

Ralina unga uzatilgan qo’llardan o’zini ortga oldi. Qizni ko’zlarida qo’rquv uchqunlagancha atrofga alanglashda davom etdi. Portlash sababli ko’p insonlar jarohatlangan aperatsiya xonalari band bo’lgani uchun og’riqdan qiynalib tez yordam bo’limida hayot uchun kurashishar edi. Qayta tamirdan chiqqan katta oshxonalardan biri qayta ochilish marosimi qilayotgan vaqti oshxonada portlash sodor bo’lgan, u yerya tashrif buyurgan insonlar soni biroz ko’p bo’lgan. Ralina insonlarni jarohatlariga ko’zi tushishi bilan kimdir uni bo’g’ayotgandek his qildi.

Ralina: Tae ketaylik,- yalingan ohangda yigitni bilagidan tutdi.

Qizni ustki kiyimini yechgan yigit, qo’lidan o’ralgan qo’llarni sovuqligini his qildi. Qizni muzlab qolgan qo’llaridan nigohini uzib qizni yosh qalqigan ko’zlariga tikildi. Qiz yalinishda davom etdi.

Ralina: meni ahvolim chindan yaxshi, faqat iltimos ketaylik, bu yerda qolishni istamayman,- yigitni ko’zlaridan nigohini olgan qiz yana yarador insonlarga hohishsiz tikildi.

Bu jarohatlar unga u unitishni istagan hotiralarni uyg’otgan edi. U yerda turli darajadagi insonlar bor edi. Bazilari kuyishdan, bazilari portlash sababli tanasiga kirib ketgan temirdan azob chekardi. Ralina ko’z oldida paydo bo’lgan insonlar siymosidan ko’proq qo’rqayotgan edi.

Taehyung: Ralin~,- qizni etiborini tortishga harakat qildi,- Ralin~ menga qara,- qizni yelkasidan ushlab qizni biroz silkitdi.

Ralina javob bermay, qorin qismiga kirib ketgan temir sababli og’riqdan ovoz chiqarayotgan insonga tikilib turardi. Ko’z o’ngida paydo bo’lgan Sunwon o’sha yigit o’rnida ko’rindi. Qorin qismiga kirgan pichoq bilan unga tikilib turgan ko’zlar. Qiz tartibsiz nafas olarkan yigitni chaqiriqlarini eshitmadi. Taehyung qizdan havotir olgancha uni qayta qayta bir necha bor chaqirdi. Biroq qiz faqat bir nuqtaga tikilib turardi. Taehyung qiz tikilayotgan nuqtani topib jarohat olgan yigitni ko’rdi. Tezda yotoq yonida turgan pardani yopdi. Ralina ko’z oldida yopilgan parda sababli boshqa siymo ko’z oldidan g’oyib bo’ldi.

Taehyung: Ralin~,- yana bir bor qizni chaqirdi,- meni qo’rqityabsan ahvoling yaxshimi,- qizni yanoqlarini kaftlari orasiga oldi

Ralina: bu yer juda shovqin,- yig’i aralashgan ovozda dedi,- ketaylik

Taehyung: shifokor hozir keladi, shifokorga ko’ringach ketamiz

Qizni yoshlari yanoqlari bo’ylab sizib tusharkan, Taehyung qizni yanoqlaridan barmoqlarini olib qizni qulog’ini yopdi. Ralina pasaygan ovozlar sababli biroz tinchlandi. Biroq hali hanuz tartibsiz nafas olardi.

Taehyung: ulardan qo’rqdingmi,- jarohatlangan insonlarni nazarda tutgan bo’ldi

Ralina: ularga nima qilgan,- burnini yengil tortib qo’ygancha dedi

Taehyung: portlash sababli jarohat olishgan,- qisqa malumot berdi

Ralina: bu seni ishingmi

Taehyung: yo’q,- qisqa javob berib qizni bag’riga bosdi

Taehyung qiz nega aynan u deb o’ylaganini tushinmadi, biroq avvalgidan tinchlangan qiz ko’nglini hotirjam qildi. Qiz bilan qayta uchrashgandan beri undagi katta o’zgarishlar uni tashvishga solishni boshladi. Qiz bunday emasdi, bunchalik tasirchan emasdi, avvallari yigutdan o’zini bunchalik qo’rqib olib qochmasdi. Yigit shular haqida o’ylarkan qayta ochilgan oardalar fikrini tarqatib yubordi.

-janob doktor Park sizlarni kutyapti,- hamshira qiz ko’zlarini olib qochgancha so’zini yakunlab darrov ketib qoldi.

Taehyung qizni qayta kelin uslubida ko’tardi. Ralinani nigohlari qayta atrof bo’ylab kezishni boshlaganini ko’rgan yigit qizni e’tiborini o’ziga qaratdi

Taehyung: atrofga qarama,- keskin yangragan so’zlar qizni yigitga qarashga majbur qildi

Ralina nigohlarini yigitga qadab bir muddat shunday turdi. So’ng yuzini yigitni ko’ksiga bosgancha ko’zlarini yumdi.

*

Shifokor xonasiga kirgan yigit atrofni ko’zdan kechirdi, xonada shovqindan yiroq va sokin, xona namlatgich meyorida ishlab turibdi, xonadan xlor yoki dorilar xidi emas, yoqimli tinchlantiruvchi ifor taralib turibdi. Taehyung qizni xonada joylashgan maxsus bemorlar yotog’i ustiga qo’ydi. O’rindiqlardan biriga joylashdi. Ralina ko’zlarini ochgancha atrofni kuzatdi. Biroz vaqt o’tib yoshi 40larga yaqinlashgan xonim kirib keldi. Tabassum qilishga urinsada ancha charchagani yuzidan sezilib turardi.

-hayrli kun Janob Kim, muolaja uchun keldingizlarmi,- xonadagi qizga nigohlarini qaratdi,- hayrli kun xonim

Ralina: sizga ham,- qisqa javob berdi

Taehyung: muolajadan oldin tekshiruvdan o’tkazishingiz kerak,- qizga ishora qilgancha so’zladi

Doktor Park qizni yoniga kelgancha mayinlik bilan gap boshladi

- biron yeringiz bezovta qilyaptimi xonim

Ralina ikkilanib qoldi, bir yigitga bir doktor Parkka qaragancha tilini yutib yuvorgan insondek jim qoldi. Taehyung qizga gapir degandek ko’zi bilan ishora qildi.

Yigitni ishorasi qizga ruhsatdek ta’sir qildi. Oyoq kiyimini yechib oyog’ini yotoq ustiga chiqardi. Taehyung tekshirish qulay bo’lsin deb past qismi keng bo’lgan jinsi shim kiydirgandi. Qiz ikkilanish bilan shimini tizzasigacha ko’tardi. Xonim qizni oyoqlaridagi ko’karishni biroz hayrat bilan kuzatdi

Ralina: ular juda qattiq og’riyabdi,- boya yig’lagani sababli biroz bo’g’ilgan ovozda so’zladi,- va umuman yurolmayabman

Xonim qizni so’zlarini tinglagach jiddiylik bilan tikildi. Xonaga og’ir sukunat cho’kdi. Xonim o’z ishi bilan Tarhyung o’z hayollari bilan , Ralina esa tanasidagi og’riqlar bilan ovora edi. Xonim qizni oyog’ini zimdan kuzatdi. Tanasidagi ko’karishni sekinlik bilan siladi.

Taehyung: singanmi,- o’zini o’ylantirayotgan savolni berdi

- unday deb o’ylamayman, biroq oyoqlaringizda shishish bor,- qizga nigohlarini qadagancha dedi,- qanday bu ahvolga keldi

Ralina: zinadan yiqilib tushdim,- hayoliga kelgan ilk so’zlarni aytib yubordi,- juda baland zina edi, tunda beparvolik qilib yiqilib ketdim

Ralina so’zlarini juda tez yakunladi, xuddi uni yolg’onini kimdir sezib qoladigandek his uyg’ondi. Xonimga yolg’on gapirganidan uyalib ko’zlarini olib qochishga kirishdi. Xonim qiz yolg’on gapirganini sezib turardi, biroq indamadi. Qizni oyog’idagi jarohat yiqilishdan paydo bo’lmasligini bilardi. Taehyung qizni harakatlaridan lab uchida kulib qo’ydi.

- MRT qilish kerak,- qizni oyoqlaridan nigohlarini uzib o’z xulasasini aytdi,- aynan nima sababdan qattiq og’riyotganini shunda bilamiz

Xonada yigitni qo’zg’algan ovozi yangradi. Xonim ulardan avval xonani tark etdi. Taehyung qizga yaqin kelib qizni qayta ko’tardi.

Ralina: oyoq kiyimim qolib ketdi,- xonadan chiqish vaqti ortga qaragancha dedi

Taehyung: hech kim tegmaydi, tekshiruvlar ancha vaqt oladi,- xonani tark etish barobarida dedi

Qiz indamadi, yigitni ko’ksidagi kiyimini mushtiga tugib olgan qiz boshini yigitni yelkasiga qo’ygancha yosh boladek indamay ketdi.

Taehyung: sen yolg’on gapirolmaysan,- bo’yagi holatni eslab mazahlagandek so’zladi

Ralina: buni ataylab qilmadim, tasodifan og’zimdan chiqib ketdi,- lablarini biroz burgancha dedi

Taehyung: ammo sherni majburlab yodlagan boladek juda tez aytding,- yigitni mazahlovchi kulgisi yangradi

Ralina: ahmoq Kim,- past ovozda haqoratladi

*

Yana avvalgi xonaga qaytib kirishgach doktor Park qizga osma dori ulab qo’ydi. Ralina tomayotgan tomchilarni kuzatgancha o’z hayollari orasida suzib yurardi. Doktor xonim qizni boshqa tekshuruvlarga ham olib kirgandi. Taehyungni talabi bo’yicha qiz butunlay tekshiruvdan o’tdi. Endi natijalarni kutishardi. Doktor Park o’z ishlari bilan band edi. Birdan ochilgan eshik fikrini bo’ldi. Eshikka nigohlarini qaratgan doktor natijalarni olib kelgan hamshiraga ko’rdi. Xamshira qog’ozlarni doktor Parkka topshirib chiqib ketdi. Xonim natijalarni olib ko’zdan kechira boshladi.

-suyak sinmagan,- birozdan so’ng ma’lum qilgan bo’ldi,- biroq suyaklarda yorilish bor, kuchli zarba sababli suyaklar dars ketgan

Ralina: gips qilamizmi,- yigitdan oldin shoshilib savolga tutdi

-gips shart emas, bir nechta muoalajalar va yaxshi parvarishni o’zi yetadi, uzog’i 3-4 haftada avvalgidek bitib ketadi,- malumotlardan ko’z uzmay dedi

Taehyung: qolgan natijalarchi

-ular ham ijobiy, biroq ichki organlar biroz lat yegan,- xonim nigohlarini malumotlar varaqasidan uzib qizga qaratdi,- tanangiz juda bardoshli va sog’lom ekan, bunday jarohatlar bilan insonlar o’limga yaqin kelardi

Ralina: rahmat,- xorg’in ovozda so’zladi

Taehyung: siz bilan gaplashib olsak bo’ladimi,- tashqariga chiqishga ishora qilgancha xonani tark etdi

Dokror Park yengil bosh silkib qizdan osma dorini uzdi. Qizga dam olishini tayinlab u ham xonani tark etdi. Taehyung eshik yonidagi devorga suyangancha doktorni kutib turgan edi.

Taehyung: ahvoli chindan jiddiy emasmi,- ovozida tashvish niroz sezildi

- unchalik jiddiy emas, ammo yurish va og’ir taomlarni taqiqlayman, uzog’i bir oy yengil taomlar istemol qilishlari kerak, suyuq taomlar bo’lsa undan ham yaxshi,- qizni tashxis natijalaridan kelib chiqib kerakli narsalarni aytib o’tdi,- gips qilmaymiz, ammo shishishni qaytarish va suyaklarni to’g’ri bitishi uchun bog’lash kerak, undan keyin kerakli dorilarni o’z vaqtida qabul qilishlarini taminlang

Taehyung: yaxshi,- yengil bosh chayqadi,- men aytgan narsani ham tekshirdingizmi

- janob xavotir olishingiz shart emas, xomiladorlik yo’q, uni belgilari ham sezilmadi, xomila bo’lin tushgandan qolgan izlar ham yo’q, va bachadonga zarar yetmagan

Taehyung yelkasidan tog’ agdarilgandek yengil nafas chiqardi. O’sha tundan beri ichini ezayotgan o’y hayollardan qutilgandek his qildi o’zini. Doktor Park xonaga qayta kirish uchun harakatga kelganda yigitni ovozi uni to’xtashga majbur qildi

Taehyung: menga yaxshi psixolog kerak

- o’zingizgami,- xonim birdan aytib yubordi, yigitni qoshlari biroz chimirildi. Doktor xato aytganini faxmlab o’zini noqulay his qildi

Taehyung: yo’q,- keskin so’zladi,- rafiqamni ruhiyatida ham o’zgarishlar bor

-ertaga muolafaga kelganingizda tekshirtirsangiz bo’ladi, malakali psixolog ertaga keladi

Doktor so’zlarini yakunlab tezda xonaga kirib ketdi. Taehyung biroz shu holatda o’y hayollari bilan qolgach u ham xonaga kirib ketdi.

*

Timeskip | 20:35

Soat millari tungu vaqtlar oralig’ida o’tarkan, xonada yengil shamol kezib yurardi. Xonada nafasi bo’g’ilayotgan qiz oynalardan birini ochib qo’ygan, yotoqda bog’langan oyoqlariga tikilgancha tarqoq hayollari ichida chalkashib yurardi. Qorin qismida yengil og’riq bor, oyog’ini biroz kuchliroq, kechki taomga sho’rva ichgani bo’lsa ham oshqozoniga ovqat botib to’xtagan og’riqni qo’zg’atgan edi. Qiz nigohlari bir joyda qotgan bo’lsada hayollarida bugungi ko’rgan manzaralari aylanardi. Bular orasida chalkashib qolgandi. Bugungi tasvur va o’tmish tasvirlari qorishib ketgandi. Tushlikdan o’tganda qizni uyga tashlab qo’ygan yigit hali hanuz qorasini ko’rsatmagandi. Qizni nigohlari soat millariga ko’chdi. Kechki sakkiz yarimdan o’tgan, bu vaqtda doim yigit uyda bo’lishini hayolidan o’tkazdi qiz.

Soniyalar shoshgancha bir birini quvib o’tarkan, eshik ortida og’ir qadam ovozlari akslandi. Qiz sezdi, uyga kelgan yigitni qadam tovushlaridan his qildi. Shoshib ko’rpa ichiga o’rangan qiz ko’zlarini yumib oldi. Butun uyda faqatgina shunday qadam tashlashga qodir bo’lgan yigit eshikni ehtiyotkorlik bilan ochgancha ichkariga ko’z tashladi. Xonada faqatgina kichik tun chirog’i zaif nur taratib turar edi. Qadam tovushlari ichkariladi. Taehyung qo’lidagi kichik xarid qutisini tun chiroq yoniga qo’yib ochiq oynaga yaqinlashdi. Atrof jim jit, tun o’z zulmatini atrofga sochgan biroz kichik qor parchalari atrofni yoritishga harakat qilayotgandek osmondan shoshib tushardi. Atrofni bir muddat kuzatgan yigit oynani yopdi. Yotoqda o’ranib olgan rafiqasiga yaqinlashdi. Ustidagi paltosini yechib yotoq yoniga qo’ygancha qizni tepasiga keldi. Qizni birlashgan kipriklarini kuzatdi. Qizni kipriklari yengil pirpiramoqda, Taehyung egilib qizni chakkasiga lablarini bosdi. Qizni tanasida yengil titrash sezildi, yigitni lablari qizni qulog’i oldiga yaqinlashdi

Taehyung: uxlamayotganingni bilaman, kichkina yolg’onchim,- qizni qulog’iga shivirlab gavdasini qayta tikladi

Ralina: qayerdan bilding,- lablarini biroz burgan qiz ko’rpa ostidan chiqdi

Taehyung: avval ham aytganmidim, sen yolg’onni eplolmaysan.- kichik harid sumkasiga yaqinlashgancha so’zladi

Ralina: sezmasliging uchun qattiq harakat qilgandim,- hafsalasizlik bilan yotoqqa suyanib o’tirdi.

Taehyung: keyingi safar yana ham qattiqroq harakat qil, balki shunda tun uchun tayyorlagan surprizlarimdan qutilib qolarsan,- kichik xarid sumkasiga qo’lini solgancha nimadirni izlagandek harakat qildi

Ralina yigitni so’zlaridan yuragi tartibsiz urishni boshlaganini his qildi. Istamaydi, tanasini qayta yigitga topshirishni istamaydi, biroq kecha tunda bo’lgan voqealar va og’riqlar hali hanuz qizni esida, bu safar dars ketgan suyaklar sinishi aniq, va bu unga yanada kuchliroq azob beradi. Yigit ataylab qilgandek biroz vaqtni cho’zdi. Ralina uni har bir harakatini yuz tuzilishini tahlika bilan kuzatarkan yigit harid sumkasidan chiqargan buyum ko’zlarini hayratdan katta katta ochishga majbur qildi.

18-qism

Davomi bor…

Writer: Ciela Ralina

Channel: @passion_fanfics