Today

Dominion

Erkinlik mavhum, hukmronlik haqiqat

Ep_26 (Final)

Timeskip | 2 oydan so’ng

Tun yarimlab qolgan bo’lsada bir necha kundan beri tinmayotgan yig’i ovozi butun Kim xonadoniga tinchlik bermasdi. Havo harorati ancha salqinlashgan, ko’chada maydalab yomg’ir yog’ardi. Ralina oyna qarshisida quchog’ida bo’g’ilib yig’layotgan qizini ovutish bilan ovora. Qizni yanoqlari yig’i sababli allaqachon nam bo’lgan, biroq qo’lidan hech narsa kelmasdi.

Ralina: jonim qizim,- yig’idan qizarib ketgan qizini yanoqlariga lablarini bosdi,- nega buncha yig’laysan, senga nima bo’lganini tushinolmayapman. Biron yering og’riyotgan bo’lsa ayta olganingda ossonroq yechim topardik

Qiz oyna qarshisi oldida yomg’irga tikilgancha chora topishga harakat qilardi. Shifokor bir necha bor tekshiruvdan o’tkazganiga qaramay, qizaloq uhlamasdan ovqat yemasdan yig’lash bilan ovora, huddi nimadirni talab qilib harhasha qilayotganga o’xshaydi. Boshi ustiga yostiqni bosib olgan yigit og’ir nafas chiqardi. Yig’i sababli u ham bir necha kundan beri uhlamagan, biroz qoraygan qovoqlari bilan boshini yostiq ostidan ko’tardi. Ovutishga harakat qilayotgan rafiqasuga qaradi

Taehyung: bu yana qancha davom etadi

Ralina: men nima qilishimni istaysan,- qizni hissiz nigohlari yigitga qadaldi

Taehyung; onasisan nahot biron yo’lini topa olmasang,- yigit asabiylik bilan so’zladi

Ralina: sen ham otasisan, lekin unga biron marta qaramading,- qiz ham asabiylik bilan javob qaytardi

Taehyung ishga ketayotgan vaqtda, yoki tushlik vaqtida biroz bo’lsada mizg’ib oladi. Biroq bir necha kundan beri uhlamagan qiz qizi bilan ovora, tomog’idan ovqat ham o’tmayotgan edi.

Taehyung: men ertaga ishga borishim kerak sen uyda o’tirasan

Ralina: uyda o’tirganim bilan uxlaydi yoki dam olib yotadi deb o’ylaysanmi, qizimni ahvolini deb hatto ovqat ham yeyolmayapti. Yoqmayotgan bo’lsa borib biron mehmonxonada yoki boshqa uyingda uhla, har holda uylaring ko’p-ku

Taehyung: menga gap qaytarib aql o’rgatma,- yigit barmoqlari orasidagi yostiqni qiz tomon uloqtirdi

Ralina qochishga ulgurmadi, qizini pana qiloldi holos, qiz yelkasiga tekkan yostiqdan biroz harakatga keldi. Qizni birlashgan kipriklari nafrat bilan ochildi. Yigitga bir muddat nafrat va g’azab bilan tikilib turgach yigit tomon harakatlandi. Qilgan ishi sababli aybdorlik his qilayotgan yigit qizga indamay tikilib qoldi. Ralina yigitga tarsaki tushirish uchun qo’l ko’tardi. Biroq kafti havoda muallaq qoldi.

Ralina: hatto urishga ham arzimaydigan pastkashsan,- qizni barmoqlari yigitni tungi kiyim yoqasini siqimladi,- men yana bir marotaba qaytaraman, farzandli bo’lishni men istamaganman, buni istagan odam sensan, endi ohirigacha tishingni tishingga qo’yib chidaysan,- qizni ko’zlarida g’azab uchqunladi,- qiz bo’lgani meni aybim emas, keyingi safar farzandli bo’lishni istasang borib tuximlaringni tekshirtir, balki ayb o’zingdaligini tushinib yetarsan

Ralina yigitni yoqasini siltab qo’yib yubordi. Taehyung indamay qizni harakatlarini kuzatar ekan. Ralina qizini ovutishga uringancha chiqib ketdi. Asabiylik bilan iflos so’zlar bilan o’zini haqoratlagan yigitni ovozi xonada jarang sochdi.

*

Soat millari 3ga yaqinlashayotganidan dalolat berar ekan. Shoshilinch chaqirtirilgan shifokor tinmay yig’layotgan qizaloqni qayta tekshirish bilan ovora. Yotoq yoniga tizzalab o’tirib olgan qiz qizalog’ini mitti qo’llarini kafti orasiga olgan. Yanoqlari yangi ko’z yoshlar bilan namlanmoqda.

Ralina: kechir,- bir so’zni qayta takrorladi,- senga yaxshi g’amxo’rlik qilolmadim, boshida vos kechishim kerak edi, shunda bunchalik qiynalmas eding, mendan yaxshi ona chiqmasligini bilardim

-xonim,- shifokor xonim qizni so’zlaridan ezilib qizni yelkasiga qo’lini qo’ydi,- bu sizni aybingiz emas, siz unga juda yaxshi g’amxo’rlik qilgansiz, hech qanday kasallik alomatlari yo’q

Ralina: 4kun,- lablari titrab shivirladi,- 4kundan beri yig’isi tinmaydi, nima bo’layotganini bilolmayapmiz, balki joni og’riyotgandir, tili bo’lganda aytardi

-ishonchim komil, bu biron jarohat yoki og’riqdan sodir bo’lmayapti

Ralina: unda nimadan bo’lishi mumkin

-anig’ini bilmayman, bizda bunday holatlar bo’lmagan,- afsus bilan bosh egdi

Ralina: mayli, kech bo’lsada kelganingiz uchun rahmat,- yanoqlarini artish barobarida so’zladi

Shifokor xonim yana bir nechta malumotlar, va ko’rsatmalar berdi. Ralina shifokorni kuzatib qo’ymoqchi bo’lganida xonim qarshilik bildirdi. Ralina shifokor xonani tark etgach qizaloqni yoniga joylashdi. Nazoratsiz yoshlar chakkasi bo’ylab sizib tushdi. Taehyung qiya eshik ortida rafiqasini kuzatar ekan. Ko’nglida kechayotgan chalkash hislar sababli ikkilanayotgan edi.

*

Bir soatdan buyon qizni past yangrayotgan ovozi jimib qolganidan bezovtalangan yigit eshikni sekinlik bilan ochdi. Yotoqda qiz yon tomoni bilan qimirlamay yotardi. Yonida 3oylikka endi o’tgan qizaloq oyoq qo’lini harakatga keltirib yig’lash bilan ovora. Taehyung rafiqasi tomon yaqinlashdi. Qiz uyqusizlik va kam ovqatlanish sababli kasal bo’lib qolganidan havotirda edi. Qizni tepasiga kelgach rafiqasini peshonasiga kaftini bosdi. Harorati joyida ekaniga ishonch hosil qilgach qizni zimdan kuzatdi. Kuchli charchoq sababli qulog’i ostida yangrayotgan yig’ini ham eshitmayotgan qiz qattiq uyquda edi. Taehyung Ralinani ustini ehtiyotkorlik bilan yopar ekan. Qizni chakkasiga yanoqlarini bosdi.

Taehyung: qo’pollik qilganim uchun kechir,- qizni qulog’i ostida shivirladi

Gavdasini biroz tiklagan yigit, qizaloqni quchog’iga oldi. Qizaloq qarovsiz qolishini istamay xizmatkorlarga olib borishni reja qilgan yigit qiz biroz bo’lsada dam olishi uchun eshik tomon harakatlandi. Yig’i sababli deyarli hech kim uhlamagan vaqt o’tkazish maqsadida nimadirlar bilan band edilar. Orada Minani sokin o’g’li qizaloqqa qo’shilib turadi. Biroq u tez ovunib yana uhlab qoladi. Taehyung eshik oldiga kelganda birdan to’xtab qoldi. Qizaloq yig’isi tindi. Hayrat bilan qo’lidagi chaqaloqqa qarar ekan, unga yosh bolalarga hos tabassum bilan tikilayotgan qizaloqni ko’rdi. Hali yosh bo’lsada qizaloq onasi kabi quvnoq harakterga egaligidan dalolat berib tabassum qilardi. Qizaloq mitti qo’llarini yigit tomon cho’zdi. Taehyung beihtiyor ko’rsatkich barmog’ini mitti qo’llarga yaqinlashtirdi. Yigitni uzun barmoqlari mitti kaftlar bilan o’ralganda. Yigit ichida chaqnagan hayajonni his qildi. Ichida nimadir jiz etdi. Biroq buni tariflash qiyin. Onasi kabi katta katta jigarrang ko’zlarga ega qizaloq yanayam quvnoqlik bilan biroq bu safar o’ziga kerakli narsaga erishgan bolakaydek tabassum qildi. Yigitni barmog’ini mahkam qisgan barmoqlar erkalik bilan ularni o’ynashga kirishdi. Taehyung qizini harakatlariga bir muddat karaxt xolatda qarab qoldi. Ichida kechayotgan chalkash hislar o’z yo’lini topib bir biridan ajralgandek his qildi. Yigitni barmoqlari qizaloqni barmoqlariga monand harakatga keldi. Tashqi ko’rinishdan ko’proq yigitga o’xshasada qizga tortgan jixatlar ham ajralib turardi. Qizaloqni lo’ppi yuzlari shirin shirinlikka o’xshardi. Taehyung qizini o’ziga biroz yaqinlashtirdi. Go’dak ifori dimog’iga urilib zavqli his uyg’otdi. Yigitni lablari qizaloqni lo’ppi yuzlariga bosildi. Qizaloq yigitni barmoqlarini tinch qo’yib sarg’ish sochlarni o’ynashga kirishdi. Taehyung qizaloqni yanoqlarini tinch qo’yib xonani tark etdi.

*

Timeskip | 13:05

Vaqt allaqachon tushlikdan o’tgan bo’lsada butun Kim xonadoni sukunatda. Barcha o’z xonasida dam olish bilan ovora 4 kun deganda yig’isi tingan qizaloq ham qornini to’qlab uyquga ketgandi. Ralina uyquga to’yib dam olgach zo’rg’a ko’zlarini ochdi. Yotoq yonidagi soatga ko’z tashladi. Xona bo’ylab ko’z yugirtirar ekan, birdan o’rnidan saochib turdi. Butun uy jimjit ekanidan ko’ksida xavotir uyg’ondi. Atrofga vahima bilan ko’z tashladi. Qanday uhlab qolganini bilmaydi. Biroq yonida qizi bor edi, hozir esa yo’q. Ralina ko’ksini egallagan kuchli vahima bilan xonani tark etdi. Xayoliga kelgan yagona narsa u uhlab qolgan vaqti Taehyung qiziga nimadir qilgan bo’lishi mumkinligi edi. Yigit qizini qabul qilmasligiga ohirgi 2oyda to’liq ishonch hosil qildi. Biroq shunda ham umid qilayotgandi. Qizidan ayrilish fikri boshida og’riq uyg’otdi. Zinalardan shoshib tushib xonalarni qidirishga kirishdi.

Barcha xonalarga zumda ko’z tashlab o’tib ketar ekan. Birdan joyida to’xtadi. Mexmonxona va oshxona eshiklari oldida to’xtab qolgan qiz mayda va ehtiyotkor qadamlar bilan ortga qadam tashladi. Mehmonxona tomon ishonqiramay ko’z tashladi. Ko’rgan manzarasiga ishonmay hayrat bilan ichkariga kirdi. Shovqin qilmay mehmonxonada joylashgan divan tomon yaqinlashdi. Yumshoq mehmonxona divani ustida mudrab qolgan yigitni bir qo’li peshonasi ustida, tartibsiz sarg’ish sochlari har tarafga yoyilgan, ikkinchi qo’li divandan pastga osilib qolgan, barmoqlari orasida bo’shagan sut idishi va undan tashqari bir nechta chaqaloq o’yinchoqlari yoyilib yotardi. Qizni eng hayratda qoldirgan narsa yigitni ko’ksiga bosh qo’yib uhlab qolgan qizi bo’ldi. Qizaloqni lablari orasidagi so’rg’ich yengil tebranib qo’ymoqda, mitti kaftlari yigitni yengil futbolkasini mushtiga tugib olgan. Ralina yelkasidan tog’ ag’darilgandek his qildi. Chuqur nafas chiqardi. Qizini burni yaqiniga qo’lini olib keldi. Qizaloqni yengil nafasi kaftiga urildi. Qayta hayotga qaytgan insondek his qilgan qizni oyoqlari bo’shashib yerga cho’kdi. Bu sokinlik sababini endi tushinib yetdi.

Homiladorlik davrida yigit unga juda ko’p etibor va mehr berdi. Buni faqat u his qilmaganini biladi, yigit ishdan kelgan vaqti eng ko’p hursand bo’ladigan inson Ralina emasdi. Kuni bo’yi jim o’tirgan farzandi yigitni ovozini eshitishi bilan harakatga kelardi. Katta etiborning birdan yo’qolib qolishi qizaloqni bezovta qilgan, unga kerak bo’lgan yagona narsa otasini mehri bo’lgan. Bir necha oy sabr qilgan qizaloq otasi shunchaki mehr bermasligini his qilgandi. Yigitdan o’tgan harakter o’z natijasini berdi. O’ziga keraklisini olish uchun kuchi boricha harakat qildi. Butun uyni boshiga ko’tardi. O’zi kichkina bo’lsada o’ziga keraklisiga erishdi. Yigitda ham o’ziga keraklisiga erishmaguncha ortga qaytmaydigan harakter shakllangan va bu undan o’tgan birinchi meros edi. Ralina gavdasini tikladi. Yigitni uyg’otib yubormay qizini olish maqsadida yaqinlashdi. Taehyung ko’ksidagi chaqaloq harakatga kelganini his qilishi bilan bir qo’lini qizaloq bo’ylab o’radi. Kipriklari bir biridan ayrildi.

Taehyung: teginma,- qizaloq tushib ketmayotganiga ishonch hosil qilib og’ir nafas chiqarib, uni olmoqchi bo’lgan qizni kaftlarini uzoqlashtirdi,- uyg’otib yuborsang yana uyqudan mahrum bo’lasan

Ralina: uhlab bo’ldiku, uni joyiga olaman,- yigitga qarshilik qilib qizini olishga harakat qildi.

Uni otasidan uzoqlashtirmoqchi bo’lishganini payqagan qizaloq norozilik bilan ovoz chiqardi. Yigitni kiyimini kaftlari orasiga siqimlab yig’lash uchun harakatga kirishdi.

Taehyung: uni o’z holiga qo’y,- qizini qayta ko’ksiga joylashtirar ekan, yig’lashga shaylangan qizaloq tinchlandi,- borib damingni ol, hozir olsang yana yig’laydi

Ralina: u seni bezovta qilmayaptimi,- uyg’otib yubormaslik uchun shivirladi

Taehyung; yo’q, hozir ketmasang haydab chiqaraman, biroz bo’lsada uhlab olmoqchiman

Ralina tushindim degandek ulardan uzoqlashdi. Yigitni bir qo’li qizaloqni xavfsizlik uchun o’radi. Taehyung hozirgi tinchlikda uxlab olish uchun ko’zlarini qayta yumarkan bo’sh qo’li bilan qizga ket degandek ishora qildi. Ralina telefonini sekin olgancha yigitni shu holatda suratga oldi. Esdalik uchun, yigit qizini itarmayotgani biroz bo’lsada xursand qilgan edi. Xonani eshigini sekin yopib chiqib ketdi.

*

Timeskip | 7 oydan so’ng

Kim xonadonida kunlar avvalgidan biroz qizg’in o’tardi. Borgan sari ulg’ayib borayotgan qizaloq avvalgidan o’jar avvalgidan talabchan bo’lib borardi. Hali bir yoshga to’lmagan bo’lsada butun xonadonni o’tirg’izib turg’izar edi. Barcha bir narsaga o’rganib qoldi. Qizaloq biroz g’ingshisa yigitni kiyimini qizaloqni qo’liga tutqizishar yoki Taehyungga tashlab qochishardi. Qiziga biroz bo’lsada munosabati iliqlashgan yigit qizi bilan vaqt o’tkazishdan zavq olar edi. Soat millari tun tomon odimlab borar ekan, qizini ko’tarib olgan qiz Taehyungni ish xonasi tomon odimlab borardi. Kuni bo’yi qaysarlik qilib tinchlik bermagan qizaloq otasini talab qilib qizga tinchlik bermadi.

Tili endi chiqishni boshlagani sababli yigitni so’rab chaqirishdan boshqa narsaga ishlatmasdi. Bazan butun uyni qizni qichqirig’i tutib ketadi. Otasini ko’rmaguncha jim bo’lmaydi. Qizaloq biladi, shunday o’jarlik qilmasa otasi unga etiborsizlik qilishini biladi. Etibor tortish uchun qaysarlik qilishga davom etadi. Ralina yigitni ish xonasini shahd bilan ochdi. Taehyung kampyuterdan boshini ko’tarib eshik oldida turib qolgan rafiqasiga ko’z tashladi. Ralinani toqati toq bo’lgan yuz ifodasi va qizini ko’rdi. Chuqur nafas chiqargan yigit ko’zoynagini yechdi. Ralina katta katta qadamlar bilan yaqinlashdi.

Taehyung: yana boshlandimi,- qizni yuz ifodasi sababli kulmaslik uchun lablarini qimtidi

Ralina: otasi tuqqan qizni o’z otasiga topshiryapman,- qizini yigitni tizzasi ustigavjoylashtirdi,- kuni bo’yi tinchlik bermadi. Biroz qarab tursang uhlab qoladi

Taehyung: yaxshi borib damingni ol,- qizaloqqa barmoqlarini uzatarkan, qizaloq doimgidek ular bilan o’ynashga kirishdi.

Ralina: biron narsa kerak bo’lsa xizmatkorlardan so’ra, ertagacha meni bezovta qilmay jim o’tiringlar

Ralina so’ngi so’zlarini biroz bosiqlik bilan so’zladi. Ketish uchun harakatga kelganda, birdan to’xtadi. Ortiga o’girilib qiziga barmog’ini o’qtalgancha so’zga kirdi

Ralina: sen esa,- ovozida jiddiylik akslandi,- otangga to’yib ol, ertaga injiqlik qilsang bu safar otang bilan ishga jo’natib yuboraman

Taehyung qizni shirin tahdidlarini tinglab qayta lablarini qimtir ekan. Qizalog’ini qo’lidan tutib hayr degandek silkidi. Qizni horg’in tanasi chiqish tomon xarakatlandi. Taehyung qizni nigohlari bilan kuzatib qo’ygach qizini o’ziga o’girdi. O’zidan yuqoriroqqa ko’targancha o’rnidan turdi.

Taehyung: seni yana menga tashlab ketishdi, ho’sh nima qilishni istaysan,- Taehyung birdan yomon hidni sezarkan, yuz ifodasi o’gardi,- havo aynib ketdi,- qizaloqni o’zidan uzoqlashtirdi

Qizaloq o’z ishidan mamnundek quvnoq tabassum bilan yigit tomon qo’lini cho’zdi. Taehyung nafas olmaslikka harakat qilgancha yuzini boshqa tomonga burdi.

Taehyung: o’ynashdan avval taglikni almashtirish kerakka o’xshaydi,- chiqish tomon harakatlanar ekan, qayt qilib yubormaslik uchun lablarini tishladi

Zinalar bo’ylab pastlar ekan, maxsus bolalar xonasi tomon yaqinlashdi. Bir nechta o’yinchoqlar, chaqaloqlar vositasi va bolalar uchun xavfsiz xona yaratgan yigit xonaga bitta masul xizmatkor tayinlagan edi. Taehyung ichkariga kirib atrofga ko’z tashladi. Xona burchagida joylashgan maxsus yotoqchalar taglik almashtirish uchun mo’ljallangan edi. Ximatkor qiz Minani o’g’li bilan ovora edi.

-xayrli kech janob, nimadir kerakmi,- yigitni kirganini payqagan qiz tazim qildi.

Taehyung: negadir yomon hid chiqyapti,- u tomon yaqinlashish barobarida dedi

-ko’rib beraman,- xizmatkor qiz Minani o’g’lini yonidagi boshqa yotoqqa joylashtirar ekan, qizaloqni yigitni qo’lidan oldi.

Qizaloq darrov otasi tomon qo’l cho’zdi. Ketib qomalmasligini istagandek yoshga to’lgan nigohlarini yigitga qadadi. Taehyung barmoqlarini qiziga uzatarkan, qizaloq xatirjam bo’lgan kabi barmoqlarni o’ynashni boshladi. Xizmatkor taglikni almashtirarkan, qizaloqqa sinchkovlik bilan tikildi.

-kichik xonim ko’p jihatdan sizga o’xshaydi,- ma’lum qildi,- xarakteringiz ham ko’rinishingiz ham

Taehyung: o’xshashlik kattami,- qizaloqdan ko’z uzmay dedi

-ha,- qisqa javob berdi

Taehyung: Mina bolasiga qaramayaptimi,- qizini yonida xotirjamlik bilan sut ichayotgan bolakayga ishora qildi

-xozir toblari yo’q ekan, qarab turishimni iltimos qildilar,- qiz bir muddat sukut saqladi,- janob sizga bir gap aytsam maylimi

Taehyung: yaxshi

-men sizning og’lingiz ekaniga ishonmayman,- o’z fikrini ochiqchasiga namoyon qildi,- ikkingiz orangizda ham qizingiz bilan oralarida ham o’xshashlik mavjud emas,- xizmatkor qizaloqni ko’tarib yigitni yoniga yaqinlashtirdi,- begona odam sizlarni ko’rgabda ota bola ekaningizni darrov bilishadi,- qizaloqni yotoq ustiga qayta qo’yib Minani o’g’lini yigit tomon yaqinlashtirdi,- ammo kimgadir o’g’lim desangiz ishonishmaydi.

Taehyung: biz DNK qildirib ko’rdik,- xafsalasizlik bilan so’zladi

-bunga ishonasizmi, DNK qildirgan kuningiz qizingizda kichik jarohatni sezdim,- qizaloqni o’ng sonini ichki qismini ko’rsatdi,- aynan shu yerda kichik jarohat bor edi, kichik xonim birdan yig’lagani uchun yugirib chiqdim. Mina xonim xonadan shoshib chiqdi va bola yig’lagani uchun kirganini aytib ketib qoldi. Biroq bu juda shubhali edi. Men qisqa muddatda yetib keldim, agar mantiqiy o’ylasak Mina xonim ichkariga kirib chiqishga ulgurmasligi kerak edi

Taehyung: bularni enga endi aytyapsan,- ko’ksiga oralagan shubha bilan dedi

-unda ishingizga aralashishni istamagan edim. Menga Mina xonim yoqmaydi, g’araz niyati bor insongga o’xshaydi. Balki oradan vaqt o’tgach o’xshashlik sezilar degandim, biroq hatto harakter jihatdan ham o’xshashlik sezmadim, kichik xonim quyib quygandek o’zingiz

Taehyung: qayta DNK qildirish kerakka o’xshaydi,- qizi va Minani o’g’liga sinchkovlik bilan tikildi

-men aytmoqchi bo’lganim agar ikkisi ham sizni farzandingiz bo’lsa, hech bo’lmaganda ikkisi orasida o’xshashlik bo’lishi kerak. DNK ga keladigan bo’lsak, buni hech kimga aytmay maxfiy tarzda amalga oshiring,- xizmatkor qiz Minani og’li yaqinda ichib tugatgan sut idishini oldi,- bu yordamida ham DNK qilishingiz mumkin,- xizmatkor qizaloq so’rg’ichini qizaloqni lablari orasidan oldi,- ishonch hosil qilish uchun ikkisini ham tekshirtiring, shunda oralaridagi farqni aniqlashtirish yanayam ossonroq bo’ladi

Taehyung: nega bularni aytyapsan

-chunki Mina xonimni bu yerda bo’lishi xonimga azob beradi. Ularni qiynalishini istamayman, ularni opamdek yaxshi ko’raman, bu yerdagi yagona ortiqcha inson Mina xonim, u bu yerda shantaj yo’li bilan qolyapti. Agar bularni aniqlashtirsangiz xonim bilan orangiz yaxshilanardi.

Taehyung: yaxshi, yana bir bor tekshiruv o’tkazib ko’raman, biroq bu oramizda qolsin,- qizini qayta ko’tarar ekan DNK uchun so’rg’ich va sut idishini o’zi bilan olib chiqib ketdi.

*

Timeskip | 1 haftdan so’ng

Tushlik uchun barcha mehmonxonada yig’ilar ekan Ralina qizini ovqatlantirish bilan ovora edi. Mina o’g’li uxlab qolganini aytib o’zi ovqatlanarkan birdan ochilgan eshik hammani cho’chitib yubordi. Sovuq nigohlar bilan hammani ko’zdan kechirayotgan yigit Minani topganda unda g’azab bilan tikilib qoldi. Ralina ikkisini birlashgan nigohlarini hayrat bilan kuzatarkan nima bo’layotganini tushinmasdi. Taehyung xizmatkorlardan biriga qaradi

Taehyung: Minani o’g’li qani

-xonada uhlayotgan ekan,- bosh egib javob berdi

Taehyung: uni olib chiqing,- Minaga yaqinlashish barobarida dedi

Mina: nimadir bo’ldimi, og’lim nega kerak bo’lib qoldi,- tug’ilganidan beri chetda qolgan o’g’lini so’rashidan biroz hayron bo’lsada etibori tushganidan mamnun edi.

Taehyung: buni ko’r,- qo’lidagi qog’ozlardan birini Minaga ikkinchisini Ralinaga uzatdi,- sen uchun ham bor

Ikkisi ham hayrat bilan qog’ozlarni olar ekan. Ralina qizini yoniga joylashtirdi. Kanvertlarga solingan malumotlar qog’ozini chiqarishar ekan, Mina hayrat bilan yigitga tikildi.

Mina: biz allaqachon DNK qildirgandik shekilli,- qog’ozlarni o’qimay xizmatkor olib kirgan o’g’liga qaradi

Taehyung: qaysi DNKni aytyapsan, yolg’on aralashtirilganinimi yoki haqiqiysini tan olging kelmayaptimi,- xizmatkor qo’lidagi bolani olar ekan Minaga yaqinlashdi

Mina: nimalar deyapsan,- yigitni so’zlariga tushunmay hayrat bilan dedi

Ralina o’z DNK qog’oziga qarar ekan. Undagi ma’lumotlar tasdiqlangani Kim Lianna va Kim Taehyung ota bola ekanini ko’rdi. Ralina o’z qog’ozini chetga surdi. Mina etiborsiz qoldirgan qog’ozlarni barmoqlari orasiga oldi. U yerda ularda 1% ham o’xshashlik topilmagani haqida aytilgan edi

Ralina: bolangni otasi Taehyung emasligi yozilgan ekan,- yigitdan avval javob berib qog’ozni qizni burni oldiga olib keldi

Mina: tuhmat qilyapsizlarmi,- qog’ozni tortib olib qayta o’qib chiqdi,- bo’lishi mumkin emas bu tuhmat,- qog’ozni parchalab tashladi,- bolamni otasi sensan, unga etibor bermaganing yetmagandek endi qutilish uchun o’yin o’ylab topdingmi

Taehyung: men o’yin o’ynamayman,- bolani qizni qo’liga tutqazar ekan bilagini kuch bilan siqdi,- men o’yinlarsiz ham haqiqat tagiga yetaman, yolg’on ishlatganlarni vayron qilaman

Minani eshik tomon sudrashga kirishdi. Barcha ularni hayrat bilan kuzatar ekan. Ralina yengil tortgandi. Taehyung va Minani orasidagi barcha narsa undan oldin sodir bo’lgan keraksiz o’tmishdek his qildi.

Mina: menga tuhmat qilishgan, Ralina o’ylab topgan o’yin, unga ishonma, u oramizni uzoqlashtirish uchun shunday qilgan,- ketmaslik uchun og’ziga kelganini aytishda davom etdi

Taehyung: bunga ishonch hosil qilish uchun bundan hech kimni habari yo’q edi. Hatto Ralinani qizini ham DNK qildirdim,- qizni ko’cha eshikdan chiqarib yuborar ekan so’zlarida davom etdi,- bolang yetim bo’lib qokmasligi uchun yashashingga imkon beryapman, qayta yo’limdan chiqma, bo’lmasa itlarimga yem qilaman,- Taehyung qizni so’zlarini etiborsiz qoldirib ular tomon yaqinlashayotgan qo’riqchilariga qaradi,- uni bu yerdan haydab soling, qayta ko’zimga ko’rinmasligiga ishonch hosil qiling, bo’lmasa unga qo’shilib sizlar ham o’lasiz

Qo’riqchilarga buyruq bergan yigit eshikni yoqib ichkariga kirib ketdi. Tashqarida qizni shovqinli ovozi va chaqaloq yig’isi bir muddat yangrab turgach ovozlar ancha tinchib qoldi. Xonada yolg’iz qolgan qiz oyna orqali voqealarni kuzatib turar ekan. Unga yaqinlashgan yigitni sezib u tomon o’girildi.

Ralina: Liannani ham DNK qildirdingmi,-biroz taajjub aralashgan ohangda dedi,- nega memga ham ishonmadingmi

Taehyung: yo’q, senga ishonardim,- qizni tartibsiz sochlarini qulog’i ortiga oldi,- atrofimda yolg’onchilar ko’payib ketgan edi, ularni tozalash uchun aniqlashtirishim kerak edi,- qizni qo’lida unga talpinayotgan qizalog’ini oldi

Ralina: xo’sh endi aniqlashtirib bo’ldingmi

Taehyung: ha, senga ishonishim mumkinligini bilardim,- qizni bo’ynidan qo’lini o’ragancha o’ziga tortdi

Ralina: bunday hursand bo’ldim,- peshonasiga bosilgan lablarni his qildi, boshini yigitni yelkasiga qo’yib javobam quchdi,- u ketganidan hursandman, qayta hayotimizni zaxarlamaydi degan umiddaman

Taehyung: oilamizga boshqa insonlar aralashishiga ortiq yo’l qo’ymayman,- qizni yelkalari bo’ylab bir qo’lini o’rar ekan, qizalog’ini ham oralariga qo’shdi,- senga azob berganim uchun kechir

Ralina: hammasi o’tib ketdi,- yorqin tabassum bilan yigitga qaradi,- endi bizni hech kim ajrata olmaydi

Taehyung: bunga yo’l qo’ymayman,- yengil tabassum qildi

Ralinani barmoqlari qizalog’ini ko’zlarini to’sar ekan. Bo’yini yigit tomon biroz cho’zdi. Qizni maqsadini tushingan yigit qizni lablariga lablarini bosdi.

*

Oy nuri bugun o’zgachalik bilan nur sochmoqda. Yangi to’lgan oy kim xonadoni yoritar ekan. Xovlida joylashgan xovuzda aksi ko’rinib ajoyib tavlanish berardi. Yengil xaroratga kelayotgan xovuz tashqaridan chiroyli ko’rinardi. Ralina qizi uchun bolalar bo’tqasi tayyorlash bilan ovora bo’lib qizini yolg’iz qoldirgandi. Taehyung ish bilan chiqib ketgan. Uydagi xizmatkorlar bugun bir kunlik dam olishdi. Uyda yolg’iz bo’lgan qiz o’yinchoqlar bilan ovora bo’lib qolgan qizi uchun qo’shimcha taom tayyorladi. Zinalar bo’ylab yuqoriga ko’tarilar ekan. Kayfiyati abcha chog’ edi. O’z xonasi oldiga kelgandi eshikni ochdi. Biroq qizni yorqin tabassumi darrov so’ndi. Yotoq ustida qizaloq o’ynagan bir nechta o’qinchoqlar sochilib yotibdi. Biroq xona bo’sh. Qizni qo’lidagi idish yerga shovqin bilan tushib ketdi. Ichkariga kirib vahima bilan barcha yerni kuzatishga kirishdi.

Ralina: Lianna, qizim,- qizi berkinmachoq o’ynab berkinib olgan degan tahmin bilan qizini chaqirishga kirishdi.

Biroq hech qanday javob kelmadi. Butub uyni o’zi tekshira olmasdi. Uyda joylashgan simli qo’ng’iroq qurilmasi oldiga keldi. Titrayotgan barmoqlari trubkani ko’tardi. Qulog’i oldiga olib kelib, qo’ng’iroq tugmasini bosdi. Qisqa signal bilan uy qo’riqchilari boshlig’i bilan bog’landi

-eshitaman xonim

Ralina: Lianna yo’qoldi, qizimni uydan topolmayabman,- vahima bilan so’zladi

-tushindim,- qo’ng’iroq ikkinchi tomondan yakunlanishi bilan uy eshigi ochilib bir nechta qo’riqchilar yugirib kirdi

Butun uyda ko’tarilgan shovqinni payqagan Mina ishni tezroq bitirish uchun xovuz tomon yaqinlashdi. Qizaloqni lablarini kafti bilan to’sgan ko’yi hovuz tepasiga keldi. Qizaloq bo’layotgan voqealarga tushinmay qizga tikildi.

Mina: kechir qizaloq,- qizaloqni o’zi tengi ko’targan qiz nafrat bilan so’zlashda davom etdi,- meni o’g’lim yashamagan uyda seni tinchgina yashashingga yo’l qo’yolmayman

Mina nigohlarini hovuz tomon ko’chirdi. Uning maqsadi aniq edi. Taehyungdan o’ch olish maqsadida qaytib kelgandi. Unga ham o’g’liga ham nima bo’lishi qiziq emas, qizaloq o’lisa bo’ldi edi. Ralina ko’ngli tusagan tomonga qarab yurib ketar ekan. Qanday hovuz oldiga kelganini bilmaydi. Biroq qizini ko’rib qo’rqib ketdi. Hovuz tepasida ushlab turilgan qizaloq onasini ko’rib u tomon qaradi. Shirin jilmayib qo’ydi.

Ralina: Mina,- lablari titrah chaqirdi

Mina boshini quyi egib qizga qaradi. Uni ortidan yetib kelgan qo’riqchilar qurolini chiqarishdi

Mina: qizing kerakmasmi,- qizni ortidagi qo’riqchilarga qaradi,- ularga ayt topponchani tushirishsin, yoki o’q nishoni qizingga aylanadi

Ralina: ruhsatimsiz qurollarni chiqarmang,- mayda qadamlar bilan u tomon yaqinlashdi,- Mina tinchlan, bolada nima gunoh, seni muammoying men bilan Taehyungda qizimni aybi yo’q. Uni menga qaytar

Mina: yaqin kelma, bo’lmasa suvga tashlab yuboraman,- hovuzga yanayam yaqinlashdi,- aybsiz inson bo’lgani yana ham qiziqarli, shunda aybdorlik hissi va to’kiladigan qon ko’proq bo’ladi

Ralina: o’zingni ham o’g’ling bor, undan havotir olmaysanmi,- yurishda davom etdi

Mina: men senga kelma dedim,- qizga sovuq nigohlarini qadadi, Ralina qizini yo’qotish hissidan qo’rqib joyida to’xtadi,- sen meni o’g’lim haqida qayg’urma, u Kim oilasi azosi bo’lmas ekan, bu qizaloq ham yashamaydi,- qiz to’xtaganidan miyig’ida kulib qo’ydi

Ralina: u begunoh,- Ralina Mina unga chalg’iganidan foydalanib unga qizga yaqinlashayotgan qo’riqchini payqadi,- u Taehyungni qizi, bilsa sog’ qo’ymaydi,- vaqtni cho’zish uchun so’zlashda davom etdi.

Mina: menga qiziq emas,- Ralinaga keskin so’zlab yon tomoniga o’girildi,- meni sezmaydi deb o’yladingmi

Qiz bor kuchi bilan qo’riqchini tepib yuborar ekan. Qasddan qilgan kabi qizaloqni suvga tashlab yubordi. Kuchli vahima tanasini qurshab olgan qiz kuchsiz holatda yerga quladi. Ovoz ham chiqara olmay qiz suvda hayot uchun kurashayotgan qizalog’idan ko’z uzmadi. Qo’riqchilar qizni tutishdi. Mina qilgan ish barchani karaxt qilgan edi. Biroq qayerdandir yugirib kelgan sharpa o’zini suvga otdi. Suv shovqini atrofni tutdi. Ralina unsiz yig’larkan, oyoqlari kuchli vahima sababli harakatdan to’xtaganini his qildi. Suvga tushgan sharpa katta tezlikda kichik jussani suvdan chiqardi. Ralina yigitni nam sarg’ish sochlari sababli tanidi. Taehyung bo’lgan voqea sababli uyga shoshib keldi. Qizi suvga tushib ketganini ko’rishi bilan hech ikkilanishsiz o’zini suvga otdi. Yigit suvga darrov bo’kkan qizini yuz tuban qilgancha ortiga urdi. Qizaloq yo’talib suvni chiqarib tashkarkan, mitti qo’llari holsiz osilib qolgandi. Taehyung bir zumda muzlab qolgan kichik jussani quchdi.

Taehyung: uni shifoxonaga olib borish kerak,- o’ziga o’zi pichirlagan ko’yi gavdasini ko’tardi.

Qo’riqchilardan bir bir nechta sochiqlar olib keldi. Taehyung muzlab qolgan jussani sochiqqa o’rar ekan. Oyoqlari gandiraklab mashinasi tomon shoshib ketdi. Yigit yig’ladi. Biroq buni hech kim sezmadi. Tanasi bo’ylab oqib tushayotgan suv tomchilari ko’z yoshlarini berkitgandi. Taehyung qo’riqchilarni gap so’zlarini eshitmadi. Mashina ruliga o’zi joylashdi. Qizini hali hanuz quchib turar ekan. Katta tezlikda mashina gazini bosdi. Katta tezlikda harakat qilayotgan mashina ichida butun dunyosi qulash arafasida turgan yigit shoshib ketardi. Yanoqlari bo’ylab oqayotgan yosh sovuq suv tomchilari bilan birga qorishib ketgandi.

Taehyung: yig’la qizalog’im yig’la,- qizini hushsiz tanasini silkitdi,- doim yig’laganingda yig’lamasligingni aytardim, biroq bugun yig’lashingni judaham istayman,iltimos, meni kechirgin, meni tark etma, senga so’ngi daqiqalarda buni aytganim uchun kechir, yashashing kerak, hayotimga nur olib kelib uni nursiz tashlab ketolmaysan. Yig’la, ovozingni eshitay go’zal qizim, ovozing boricha yig’la, butun olam tirik ekaningni bilishsin, sendan o’tinaman yig’la

Yigitni yanoqlaridan oqayotgan yosh qizaloqni yuziga tusharkan, qizaloqni kichik barmoqlari sekin qimirladi. Doimgidek mitti kaftlar yigitni libosini g’ijimladi. Taehyung ichida uyg’ongan umidni his qildi. Oyoq bosimini ortirib kasalxonaga shoshdi.

Mashina katta kuchlanish bilan kasalxona yonida to’xtadi. Taehyung qizini quchgancha yugurib kirdi. Aperatsiya xonasi tayyor holatda edi. Taehyung qizini zambilga qo’yar ekan, shifokorlar qizaloqni yuziga kislarodli niqobni qo’ydi. Taehyung qizini qo’lidan tutar ekan shifokorlar bilan birga yugirib ketardi. Aperatsiya xonasi oldiga kelganda yigitni to’xtatishdi. Qizini qo’lini qo’yib yuborishni istamagan yigit so’ngi lazhagacha ushlab turdi. Biroq ohirida ularni qo’li ayrildi.

*

Aperatsiya xonasi oldida uyoqdan buyoqqa borib kelayotgan yigit qizini yo’qotish hissi sababli azob chekardi. Uni boshidan qabul qilmagani unga mehr bermagani uchun o’zini lan’atlashda davom etardi. Agar qizi hayotga qaytsa unga dunyolarni sovg’a qilishga tayyor edi.

Ralina: Taee,- yo’lak boshida qizni ovozi yangradi

Taehyung yo’lok tomon qarar ekan, Johaga suyangan holatda zo’rg’a qadam bosib kelayotgan qizni ko’rdi. Qiz tomon shoshib borar ekan, Ralina yigitni quchdi.

Taehyubg: ahvoling yaxshimi, nega oqsoqlanyapsan

-kuchli shok hokati sababli tana bir muddat ishlashdan to’xtab qolgan,- qizni o’rnidan ma’lum qildi

Ralina: meni ahvolim qiziq emas, qizim qanday, nima deyishdi

Taehyung: aperatsiya qilishyapti, haki hech barsa deyishmadi

Ralina: uni asrab qolasana,- yalinish bilan yigitga so’zladi,- u meni borlig’im, u siz yasholmayman, iltimos hayotini saqlab qol

Taehyung: qo’limdan kelganini qilaman havotir olma,- qizni belidan qo’lini o’tkazib qizni ko’tardi,- sen biroz o’zinga kelib ol, bu holating uni ahvolini og’irlashtiradi,- qizni kasalxona o’rindig’i ustiga joylashtirdi

Ralina: meni yolg’iz qoldirma,- yigitni muzlab qolgan kaftlarini kaftlari orasida siqdi

Taehyung: men yoningdaman qo’rqma, hammasi yaxshi bo’ladi,- qizni quchib yoniga joylashdi.

Ralina yigitni yelkasiga boshini qo’yar ekan, barchasi yaxshi bo’lib ketishiga umid qilardi. Bularni barchasi tezroq yakunlanishini va baxtli bo’lishni istardi.

*

Timeskip | 4 yildan so’ng

Butun teatr sokin musiqa bilan jonlangan. Sahnada o’zi yaratgan sinfoniyani ijro etayotgan qiz qayta porlayotgan edi. Taehyung qizga balet bilan juftsiz shug’illanishga ruhsat bergani sababli qiz o’z hayotidan ilhomlanib go’zal raqs yaratgan edi. Qizni nafis harakatlari va mahsus yaratilgan musiqa barchani lol qoldirgan. Qiz yaratgan ajoyib qaytish katta shovshuvlarga sabab bo’ldi. Musiqa ohiriga yetganda barcha olqishlashga kirishdi. Qiz mayin tabassum bilan tazim qilar ekan. Pardalar sekinlik bilan tusha boshladi. Ralina yopilgan parda ortida yengil nafas chiqardi.

-ajoyib ijro bo’ldi,- kichik guldasta bilan Joha yaqinlashdi

Ralina: rahmat,- mayin tabassum bilan gullarni qabul qildi

-bundan juda hursandga o’xshaysiz,- qizga javoban tabassum bilan dedi

Ralina: Joha esingdami,- qiz mavzuni o’zi aytishni istagan mavzuga ko’chirdi,- sen bir marta bu hayotimdan mamnunmisiz deb so’ragan eding

-esimda, ammo javob bermagan edingiz,- biroz noqulay bo’lib so’zladi

Ralina: chunki u vaqtda menda javob yo’q edi, endi esa bor,- qiz mayin tabassum bilan sahnaga chiqib kelayotgan oilasiga qaradi,- men hayotimdan mamnunman, farzandlarim, meni sevadigan insonim va endi sevimli kasbim ham bor. Men ularni barchasini qaytardim. Men bu hayotimdan juda mamnunman.

- siz uchun hursandman, yordam kerak bo’lsa doim tayyorman,- qizga tazim qildi.

Taehyung: sen bu yerda nima qilyapsan,- Johaga tushunarsiz tikildi

-xonimni tabriklash uchun kelgandim, endi keta qolay,- qizga mayin tabassum qilgancha ulardan uzoqlashdi.

Ralina: rashk qilyapsanmi,- yigitga erkalik bilan yaqinlashdi,- menga unday qarama, u meni haloskorim,- yigitni tushinarsiz nigohlariga mayin tabassum bilan javob qaytardi

Taehyung: seni rashk qilmay bo’ladimi,- qizni beli bo’ylab qo’lini o’rab ko’tarib aylantirdi.

Ralina: ijro qanday bo’ldi

Taehyung: juda ajoyib,- qizni yanoqlariga lablarini bosdi,- senga beradigan sovg’am bor,- kostyumini ichki cho’ntagini kovlashtirdi,- bu senga,- barmoqlari orasida chiroyli zanjir paydo bo’ldi

Ralina: juda chiroyli,- quvnoq ohangda tarif berdi,- taqib qo’y

Taehyung kichik tabassum bilan qizni bo’yniga zanjirni taqdi. Qizni bo’yniga lablarini bosib ortidan quchdi.

Taehyung: chindan baxtlimisan,- qizni yelkasiga iyagini qo’ygancha so’zladi

Ralina; men yolg’on gapirmayman,- tabassum bilan javob qaytardi.

Taehyung qizga javoban tabasum qilarkan, qizni lablariga nigohlarini qaratdi. Ralinani ham nigohlari yigitnikiga tusharkan ikkisining orasidagi masofa qisqardi. Bir necha daqiqa qolganda jarangdor ovoz ularni chalg’itdi.

Lianna: oyiii, dadaaa, biz qachon istirohat bog’iga boramiz, yoki shu yerda zerikib turaveramizmi,- 5 yoshga to’lgan qizaloq 2yashar ukasini qo’lidan tutgancha sahna boshida ularga qoshini chimirib qarab turardi,- ahir bugun tug’ilgan kunim, istirohat bog’iga borishni vada qilgandingizlar

Qizaloq harhasha qilib yer tepinar ekan. Ikkisi kichik tabassum bilan yaqinlashdi. Taehyung erka qizalog’ini qo’liga ko’tarar ekan, Ralina o’g’lini ko’tardi. Qizni shirin harakatlarini muhokama qilib sahnani tark etishdi.

26-qism

The End

Writer: Ciela Ralina

Channel: @passion_fanfics