Today

Dominion

Erkinlik mavhum, hukmronlik haqiqat

Ep_25

To’satdan boshlangan shovqin sababli qo’rqib ketdim. Atrofga vahima bilan tikildim, qochishim kerak. Ammo qanday va qayerga ekanini bilmayman. Atrofda qo’riqchilar shovqini va xizmatkorlarning qichqirig’i o’q ovozlariga qo’shildi. Barmoqlarim orasida qisilgan popkorn idishini yonimga qo’yib gavdamni biroz ko’tardim. O’qlar tegishiga yo’l qo’yolmayman, barmoqlarimda titroqni his qilmoqdaman, tanamni amallab ko’tardim, kattalashgan homila sog’lig’imga yetarlicha tasir ko’rsatgandi. Zo’rg’a qadam tashladim. Ohirgi kunlarda yurish ham qiyinlashgandi. Taehyungni yordamisiz yurishga qiynalaman, birdan hayolimga Taehyung keldi, u qayerda, nega bugun kech keldi. Biroz oqsoqlanib yurishga harakat qildim, o’q ovozlari hali hanuz yangramoqda, yotoqdan uzoqlashishga ulgurmasimdan tanam yerga qulayotganini his qildim. Yotoq ortiga o’tib o’qlardan berkindim. Yurolmayman, kimdir yordam berishi kerak, oyoqlarim zirqirab og’rimoqda, Taehyung rad etsada bu uni aybi ekanini ikkimiz ham bilamiz. Suyaklarimdagi dars ketish bitgan bo’lsada homiladorlik sabab og’irlashgan jussam oyoqlarimda og’riq qo’zg’atgandi. Doktor Park aytishi bo’yicha oyoqlarim tanamni ko’tarolmay og’riq berayotgan ekan. Dars ketib keyinchalik bitgan bo’lsada bular o’z asoratini qoldirgandi. Balki ular to’liq tiklanib bo’lmagani sabablidir. Taehyung buni inkor etsada, ko’zlarida aybdorlik hissini ko’rdim. U o’zgarganini his qilyapman, qo’lidan kelgancha yordam berishga harakat qiladi. O’qlar ovozi hali hanuz yakunlanmadi, qo’rquv tanamni egalladi. Quloqlarimni qo’llarim bilan yopib ularni eshitmaslikka urindim. Bir necha soniyadan keyin quloqlarim ostida ovoz yangradi. Bu umuman boshqa ovoz biroq menga yordam berishga kelganini sezdim. Birlashgan kipriklarimni bir biridan ayirdim. Qarshimda turgan yigitga yosh qalqigan nigohlarimni qaratdim

-xonim, ahvolingiz yaxshimi,- ovozida vahima sezildi,- bu yerdan ketishimiz kerak

Uni bir necha bor ko’rganman, Taehyung uni bir necha oy avval uyga olib kelgandi. Shu yerda qo’riqchi bo’lib ishlashini bilaman. Unga qo’rquv aralash nigohlar bilan tikilishda davom etdim. Yigitni barmoqlari bilagimdan o’raldi. Ikkinchi qo’li yelkamdan o’tdi. Meni turishga undar ekan, unga tayangan holatda o’rnimdan turdim. U juda yosh ko’rinadi, va negadir juda tanish. Oq ovozlari biroz bo’lsada tingan biroq aynan meni nishonga olishni maqsad qilgandek xonamga o’qlar hali hanuz kirib kelmoqda.

Ralina: sen kimsan,- qadam tashlash barobarida dedim

-Joha,- o’z ismini ma’lum qildi,- Jin Joha, Janob Kim yo’lda, sizni himoya qilishimiz kerak

O’zini Joha deb tanishtirgan yigit meni ortimdan quchdi. Uni qayerdadir ko’rganman, qayeridir tanish, ortimdan quchgan yigitni og’riqdan ingragani qulog’im ostida yangradi. Xonadan chiqar ekanmiz, shoshib eshikni yopdi. Unga qarashga harakat qildim, biroq meni tanasi bilan o’qdan to’sgan holatda yurishda davom etdi. Bir zumda qora terga botganini angladim. U yaralandi. Nigohlarim yerga ko’chdi. Polga topgan bir nechta qon tomchilari uniki ekanidan dalolat berardi

-ehtiyot bo’ling,- zinadan tushish vaqti mendan uzoqlashdi.

Bilagimdan o’ralgan barmoqlar yordamida pastladim. U meni qayerga olib ketayotganini bilmayman, lekin unga ishonishni istadim. Uni qora terga botgan yuziga tikildim. Bir muddat sinchkovlik bilan kuzatgach uni esladim. Kasalxonadan qaytgan vaqtim, xizmatkorlardan biri menga bir yigit qon berganini aytgandi. U ishga kelgach menga qon bergan yigit u ekanini aytishgan edi. U meni va farzandimni hayotini saqlab qoldi, va hozir ham shu ishni takrorlayapti. Zinalardan tushib bo’lgach, meni oshxona tomon yetakladi. Ko’cha eshik tarafdan o’tayotganimizda eshikni tashqi tarafdan kimdir urayotganini bildim. Ular eshikni ochishga urinishayotgan edi.

Ralina: balki eshikni ocharmiz,- uni bir muddat to’xtatdim,- bu Taehyung bo’lishi mumkin

-Janob Kim hali kelmadi,- meni qayta yurishga undab so’zlarimni rad etdi,- kelganlarida eshikni bunday buzishga urinmasdilar, ularni o’z kalitlari bor

Meni butkul rad etgan yigit buyruq olgan robot singari meni oshxona tomon tortqilashda davom etdi.

Negadir unga ishongim keldi, balki meni deb jarohat olgani sababli aybdorlik hissini tuyganim sabablidir, balki meni hayotimni saqlab qolgani uchundir. Anig’ini bilmayman, biroq qaysarlik qilmay unga ergashdim. Oshxonaga kirgan vaqtimiz Joha barmoqlarim orasiga yoritgich joyladi. Oshxona stoliga biroz suyangan holatda uni harakatlarini kuzatdim. Oshxona javoni oldiga kelib bir nimalar qilishga kirishdi. Orqa tomondan qizil tusga kirgan oq ko’ylagini kuzatdim. Jin ursin* u bitta o’qdan yaralanmagan, kiyimini ortki qismida hosil bo’lgan 3ta o’qdan qolgan yirtilish bor edi. Biroq u hali ham oyoqda turibdi. Meni qutqarishga harakat qilyapti. Uning yana bir nechta harakatidan so’ng oshxona javoni harakatga keldi. Yon tomonga surilgan javon sababli qora yo’lak paydo bo’ldi

-xonim shoshilishimiz kerak,- bilagimdan qayta tutib qora bo’shliq tomon yurishga undadi

Ralina: bu yer qayer,- kirishdan avval shubha bilan so’roqqa tutdim

-mahfiy xona, bu yerni hech kim bilmaydi, sizni topa olishmaydi, shu yerda Janob Kim kelguncha kutib turing

Joha meni qora yo’lak deb o’ylagan xonaga olib kirdi. Qo’limdagi chiroqni ishga tushirdim, hech nimasiz xona biroz yorug’ xolatga keldi. Joha meni yoruqlik tushib turgan eshikdan uzoqroqqa o’tirishimga yordan berdi. Uni zo’rg’a ochilayotgan ko’zlari meni qo’rqitmaslik uchun tabassum qilayotgan yuzi ko’ksimdagi vahimani ortirdi.

-buni oling,- barmoqlarim orasiga to’pponcha joylashtirdi

Ralina: buni nima qilaman,- hayrat bilan tikildim

-kimdir kelib qolsa o’zingizni himoya qiling, ovozingiz tashqariga eshitilmaydi, biroq ularni ovozini eshitishingiz mumkin, Janob Kimni ovozini eshitsangiz o’q uzing ular sizni bu yerdan chiqarish uchun kelishadi,- huddi qaytib kelmaydigan inson kabi shoshib vahima bilan so’zladi,- o’zingizni ehtiyot qiling

Joha shoshib o’rnidan turdi. Tashqi eshik ochilgan ovozi yangradi. Bir nechta insonlar ovozi tashqi tomondan yangradi. Ochilgan javon hech qanday buyruq berilmagan bo’lsada yopilishni boshladi. Ketishga shaylangan yigitni bilagidan qo’limni o’radim.

Ralina: ketma,- hayrat bilan tikilgan yigitga yalindim,- men bilan shu yerda qol, Taehyung ikkimizni qutqaradi,- u men sababli yaralandi, va ahvoli og’ir shu sababli u men bilan qolishini istadim

-sizni ximoya qilishim kerak, Janob Kimga so’z berganman,- unga yopishgan barmoqlarimni bo’shatishga harakat qildi

Ralina: yetarlicha himoya qilding yetadi, men bu yerda bir o’zim qo’rqaman,- yanoqlarimni namlagan yoshlarimga qaramay uni o’zim bilan olib qolishga harakat qildim.

Kamayib borayotgan yorug’lik butkul yo’qoldi. Javon yopilib ikkimiz ham shu yerda qoldik. Men bundan biroz bo’lsada quvondim. Bilardim, agar u hozir ketsa jang qilolmaydi, yaralangan uni ustiga o’z topponchasini menga berdi. Bu yerdan chiqsa bir necha soniya ham yashashiga qo’yishmaydi. Yigitni og’ir tanasi yonimga qulaganini his qildim. U zo’rg’a tutib turgan tanasini qayta tutib turolmagan edi. Xonani xira yoritib turgan chiroqni uni yuziga tutdim, zo’rg’a nafas olardi

Ralina: o’lmaslikka harakat qil,- unga teginishga qo’rqdim,- iltimos, yana biroz yashashga harakat qil

Negaligini bilmayman, biroq unga teginishga juda qo’rqdim, xuddi unga teginsam uni qolgan energiyasini ham tortib oladigandek, yoki teginishim ham azob beradigandek tuyg’u ko’ksimni teshib o’tdi. Atrofda shovqin kuchaydi. Xizmatkorlarni qichqirig’i o’q ovozlari, barchasi qorishib ketdi. Sovuq devorga suyangancha yonimda hushidan ketmaslikka harakat qilayotgan yigitga tikildim. Uni og’ir nafasi xonada yangrayotgan yagona ovoz edi.

*

Kampaniyada sodir bo’lgan tasodifiy muammo sababli qolib ketgan yigit, uydan bo’lgan qo’ng’iroq sababli bir muddat qo’rquv ko’kisini ezdi. Butun omborxonadagi yigitlariga uyga borishni tayinlagan yigit katta tezlik bilan o’zi ham shoshib ketardi. Vaqtida bormagani uchun o’zini lan’atlar ekan, mashina rulini qattiqroq siqdi. Homilador rafiqasini o’ylab oyog’idagi bosimni oshirdi. Vayron bo’lgan uy qarshisida to’xtagan mashina atrofni ko’zdan kechirayotgan qo’riqchilarni sergaklantirdi.

Mashinadan shoshib tushgan yigit uy tomon harakatlandi.

Taehyung: ushladingizni,- yoniga kelgan yordamchisini so’roqladi

-kelganimizda qochib ketdi,- ma’lum qildi,- ammo uydan mana buni topdik,- bir parcha qog’ozni yigit tomon uzatdi

Taehyung qog’oz parchasini barmoqlari orasiga oldi. Unda qon bilan yozilgan so’zlarni o’qidi, “Barchasi uchun javob berasan Kim, rafiqang bilan tovon to’laysan”. Qog’ozni parchalab tashlagan yigit yordamchisini bo’g’zidan tutdi.

Taehyung: rafiqam qani,- nafasi qisilayotgan yordamchisiga vishilladi,- duo qilinglar rafiqam sog’ bo’lsin, bo’lmasa uyni nazoratsiz qoldirganingiz va himoya qilolmaganingiz uchun barchangizni bo’rilarga yem qilaman

G’azab otiga mingan yigit yordamchisini qo’yib yubordi. Nafas olishga harakat qilayotgan yordamchisi yerga quladi. Taehyung jasadlar bilan qoplangan uyini ko’zdan kechirishga kirishdi. Rafiqasi omon bo’lishini ichida duo qilayotgandi. Tashqi taraf ikkala taraf qo’riqchilari bilan to’lgan, ichkari tarafda xizmatkorlar jasadi yotardi. Ularni chetlab o’tgan yigit atrofni zimdan kuzatdi. Qo’riqchilaridan biri yuqori qavatdan yig’idan qizarib ketgan Minani bilagidan ushlab pastga olib tushdi. Bolasini qattiq quchib olgan qiz yig’lagancha Taehyungni oldiga keldi.

Mina: Taehyung juda qo’rqdim,- yigitni quchish uchun yaqinlashar ekan. Taehyung o’zini ortga oldi

Taehyung: yuqorida yana kim bor,- qo’riqchisiga qarab ma’lum qildi

-boshqa hech kimni ko’rmadik, tahminimcha ular yuqoriga chiqishmagan, yuqorida faqat o’q izlari bor

Taehyung: butun uyni tinting, menga rafiqamni topib keling,- asabiy sochlarini ortga taradi

Mina: uni ko’rdim,- yigit uni rad etishiga qaramay so’zladi,- uni qo’riqchilaringdan biri xonadan olib chiqib ketdi

- Janob Kim bu yerga keling,- yuqoridan boshqa qo’riqchi ovozi yangradi

Taehyung Minani so’zlarini inobatga olgandek yengil bosh chayqadi. Ikkita zinani bittada bosib o'tgan yigit zumda yuqoriga ko’tarildi. O’z xonasi eshigini ochib ichkariga ko’z tashladi. Vayron bo’lgan xonada popkorn donalari yoyilib yotardi. Qo’riqchi yigitni oldiga keldi.

-buni xonadan topdim,- qon dog’i tekkan popkorn va yerdagi qon tomchilariga ishora qildi

Taehyung: izlar ortidan boring,- chalkashgan o’ylari orasida buyruq berdi

-ammo Janob, qon izi aralashib ketgan, zinalardan tushganda ular boshqa xizmatkorlar izi bilan qorishgan

Taehyung: unda butun uyni qayta ko’zdan kechiring, uyda yo’qligiga ishonch hosil qilgach, keyin tashqi tarafdan izlaymiz

Taehyung ichidagi kichik umid bilan butun uyni izlashlarini aytdi. Xonani tark etgan yigit o’zi ham xonalarni ko’zdan kechirishga kirishdi.

*

-xonim,- zo’rg’a nafas olayotgan yigitni ovozi qorong’u xonada past yangradi

Ralina: nimadir bo’ldimi,- xonada borgan sari kislarod kamayayotgani sababli nafas olishga qiynalardi

-bu yerdan chiqishingiz kerak, kislarod tugayapti, bu siz uchun havfli

Ralina xolsiz devorga suyanib o’tirar ekan, nigohlari eshikni topolmay atrofni ko’zdan kechirdi. Qo’lidagi chiroq yorug’ligi borgan sari kamaymoqda. Ralina hushidan ketmaslikka urinayotgan yigitga qaradi. Ikkisining ham ahvoli og’irlashmoqda. Tashqari tarafdan tanish ovoz yangradi

-o’q uzing,- ma’lum qildi yigit

Ralina: o’q uzmasak ham kelib qolar,- holsiz tanasini qimirlata olmay so’zladi

-uyda bunday xonalar ko’p,- og’riq aralashgan ohangda dedi,- har birini ko’zdan kechirishga ko’p vaqt ketadi, kislarod tugab boryapti

Ralina biroz gavdasini ko’tardi. Qizni titrayotgan barmoqlari qorong’u xonani paypasladi. Zaif yonayotgan chiroq sekinlik bilan so’nayotgan edi. Topponchani topgan qiz uni ikki qo’li orasiga oldi.

Ralina: qayerga qarab o’q uzay,- qorong’u xonani ko’zdan kechirdi

-bu tomonga,- siniq xotiralari orasidan eshikni tahminiy joyini ko’rsatdi

Ralinani barmoqlari orasida titrayotgan topponcha o’sha tomon qaratildi. Qiz topponcha tepkisini bosdi. O’q ovozi xona bo’ylab yangragancha tashqi tomonga teshib o’tdi. Ralina kichik teshik orqali yorug’lik kirganini ilg’adi holsiz barmoqlari topponchani yerga tushirib yubordi.

*

Oshxona tomondan yangragan o’q ovozidan barcha sergak tortdi. Taehyung shoshib ichkariga kirdi. Javonni teshib o’tgan o’q iziga qaradi.

Taehyung: eshikni oching,- ortida turgan qo’riqchilariga buyruq berdi

Yigitni yordamchisi qo’riqchilar orasini teshib o’tdi. Bir nechta qo’riqchilar xavfsizlik yuzasidan ochilayotgan eshik tomon topponchalarini to’g’irlashdi. Eshik sekinlik bilan ochildi. Barcha nafasini ichiga yutib sukut saqladi. Taehyung topponchasini qo’liga olgancha yaqinlashdi. Eshik yoniga kelganda yordamchisi chiroq berdi. Ichki tomonni yortigan yigit ehtiyotkorlik bilan ko’z tashladi.

Ralina: Tae,- rafiqasini zaif ovozi yangradi

Taehyung hech nimaga etibor bermay ichkariga shoshib kirdi. Bir nechta qo’riqchilar yoritgich bilan ichkariga kirdi. Xona yorug’lashdi. Taehyung holsiz rafiqasini yonida darrov paydo bo’ldi. Qizni yanoqlarini kaftlari orasiga oldi

Taehyung: Ralin~, yaralanmadingmi,- qizni ko’zdan kechirdi,- ahvoling yaxshimi

Ralina: men yaxshiman,- zaif ovozda ma’lum qildi,- uni ahvoli og’ir,- yonida hushidan ketgan yigitga ishora qildi

Taehyung yigitga ko’z tashladi. Qizni og’ir nafasi sababli havo yetishmayotganini angladi. Taehyung rafiqasini ko’tardi. Ortidan yigitni hayot ko’rsatkichlarini tekshirayotgan yordamchisiga buyruq berdi

Taehyung: uni kasalxonaga olib boring

Rafiqasini olib chiqib ketdi. Ralina yigitni yelkasiga bosh qo’ygancha xolsiz nigohlarini ochishga harakat qildi.

Taehyung: hech qayerga qarama, ko’zlaringni yum,- vayron bo’lgan uyni va jasadlarni ko’rishini istamay buyruq berdi

Ralina yigitni so’zlariga amal qildi. Indamay ko’zlarini yumdi. Atrofda kezib yurgan qon hidi ko’nglini behuzur qildi. Tanasi mashina o’rindig’iga tekkanda ko’zlarini ochdi. Yigitni qo’lini tutib qoldi.

Ralina: unga yordam ber,- yalinish ohangida dedi,- u meni qutqaraman deb yaralandi, ahvoli og’ir, meni deb kimdir o’lishini istamayman

Taehyung: undan havotir olma, shifoxonaga olib ketishdi,- qizni tinchlantirish maqsadida qizni quchdi,- o’zing haqingda ham qayg’ur, homiladorsan, seni ham ahvoling unchalik yaxshi emas

Ralina: u bo’lmaganda ikkimiz ham o’lardik,- namlangan yanoqlarini yigitni ko’ksiga berkitdi.

Taehyung: bu haqida keyin gaplashamiz, yig’lama, tinchlan,- qizni sochlarini mayinlik bilan siladi

Taehyung qiz biroz tinchlangach uni qo’yib yubordi. Mashinani aylanib o’tib haydovchi o’rindig’iga joylashdi. Mashina dvigateli o’t olib tezlik bilan uydan uzoqlashdi.

*

Timeskip | 1kundan so’ng

Soat millari tushlik vaqtiga yaqinlashar ekan, ultra binafsha tekshiruvi uchun ketayotgan edim. Kechagi bo’lgan voqealar to’liq esimda emas, nimalar bilan yakunlangani ham nomalum, kasalxona yo’lagi bo’ylab hamshira yordamida ketarkanman, birdan palatalarning biri oldida to’xtadim. Ichkariga nazar tashlar ekanman, moslamalar qurshovidagi yigitni ko’rdim. U ikkinchi marotaba meni va farzandimni hayotini asrab qoldi. Undan qarzdorman, va men sababli shu holatda yotgani ko’ksimdagi aybdorlik hissini oshirmoqda. Nega menga yordan berganini bilmayman, balki Taehyung aytgani uchundir, balki boshqa sababi bordir. Lekin men hayotini havfga qo’yishiga arzimayman. Tinchgina yashasa bo’lmasmidi. Unga bir necha daqiqa tikilib qolganimni o’zim ham sezmay qoldim. Hamshira ketishimiz kerakligini aytganda hayollarimdan chalg’idim. Yo’lak bo’ylab ultra binafsha tekshiruvi xonasi tomon xarakatlandim. Taehyungni ko’rishni istayman, u bilan bu yerga doim birga kelardik. Biroq kecha kasalxonaga kelish chog’ida xushimdan ketganimdan buyon uni ko’rmadim. Tanish xona oldiga kelgach xamshira eshikni sekin taqqillatdi. Mayin ovoz yangragach biz ichkariga kirdik. Hamshira yordamida shifoxona yotog’iga joylashdim.

-ahvolingiz yaxshimi,- mayin tabassum bilan shifokorim yaqinlashdi,- Janob Kim bilan gaplashgan edim, tekshiruvdan o’tishingiz kerak shundaymi

Yengil bosh chayqadim. So’ngi kunlarda gapirishga ham energiyam yo’qdek his qilyapman. Taehyung va doktorlar bu homiladorligim sababli deyishyapti. Jussam kichik bo’lgani uchun homilani ko’tarishga qiynalayotgan ekan, bo’lmagan gap, men necha yillab asaragan qomatim kichik emish. Bu biroz asabimni o’ynaydi.

Shifokor qiz maxsus qurilmaya gel quyib qornim ustiga qo’ydi. Qurilma harakatga kelganda nigohlarim ekranga qaratildi. Uni ko’rish biroz bo’lsada taskin beradi. Biroq u yana teskari qarab olgan.

Ralina: hali ham jinsini bilish imkonsizmi,- tasvirlardan ko’z uzmay so’zladim

-u juda sirli,- ekrandan ko’z uzmay so’zladi,- go’yo bu sizlarga surpiriz bo’lishini istayotgandek, yoki u qo’rqyapti

Ralina: nimadan qo’rqishi mumkin,- shifokor so’zlaridan biroz hayratlandim

-bola sizlarni eshitishga qodir, barcha suhbatingizni eshitadi, his qiladi. Jinsiga nisbatan qandaydir suhbat qurgan bo’lsangiz undan vos kechishingizdan qo’rqayotgan bo’lishi mumkin

Shifokor so’zlaridan hayolimga Taehyung aytgan so’zlar keldi. U qizni qabul qilmasligini aytgandi. Nahotki qiz bo’lsa, hozir Taehyung berayotgan mehr va etibordan ayrilib qolmaslik uchun yashiryaptimi. Teskari holatda turgan farzandimga qaradim. Taehyung bir necha oylar davomida qayta qayta takrorlagan so’zlari sababli undan nafratlandim. Bo’g’zimga yig’i tiqilib kelarkan, lablarimni qimtib uni qaytarishga harakat qildim.

-holatida o’zgarish yo’q, sog’lom rivojlanishda davom etyapti,- shifokor qurilmani qornimdan uzoqlashtirar ekan ma’lum qildi

Ralina: rahmat,- yig’ini ichimga yutib arang so’zladim

Hamshira qayta qo’limdan tutdi. Tushishimga yordam berdi. Uni yordami bilan xonani tark etarkanman. Tarqoq hayollarim ichida g’oyib bo’lib ketgandek his qildim.

*

Timeskip | 2 haftadan so’ng

Soat millari tungi vaqtlarni ko’rsatib harakatda davom etmoqda. Tug’ruqqa yaqin qolgani sababli shifoxonada qolgan qiz kechki sayr uchun bog’ tomon xarakatlanar edi. Qizni qo’lidan tutgan xanshira qiz bilan sekin xarakat qilardi. Ralina atrofni kuzatgancha xayol surib ketar ekan, ko’zlari bog’da joylashgan o’rindiqlardan birida o’tirgan yigitga tushdi. U bilan biroz bo’lsada suhbatlashishni istagan qiz o’sha tarafga qarab harakatlandi. Joha u tomon kelayotgan qadam tovushlari sababli sergaklandi. Yigitni yuzi yon tomonga o’girildi. Tanish chehrani ko’rgan yigit darrov o’rnidan turdi. Qizga tazim qildi. Ralina yengil bosh harakati bilan javob qaytardi

-hayrli kech xonim,- yengil tabassum qilishga harakat qildi

Ralina: hayrli kech,- yengil tabassum bilan hamshira tomon o’girildi,- yolg’iz gaplashib olmoqchiman, ishlaringni qilaver, ketadigan vaqtim chaqiraman

Hamshira yengil bosh chayqab uzoqlashdi. Joha qizga yordam berish maqsadida qo’lini uzatdi. Ralina yigitni bilagidan tutib o’rindiqqa o’tirdi

Ralina: sen ham o’tir, rasmiyatchilikni keragi yo’q,- yonida tik xolatda turib qolgan yigitni o’tirishga undadi,- mendan ham og’irroq kasal sensan

-ahvolingiz yaxshimi,- qizdan masofa saqlab yoniga joylashdi

Ralina: buni sendan so’rashim kerak, ahvoling yaxshimi,- yigitni gipslangan o’ng qo’liga qaragancha so’zladi

- mendan havotir olmang, hammasi joyida,- biroz noqulay bo’lib javob qaytardi

Ralina: senga qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilmayman

- minnatdorchilik shart emas, bu meni vazifam edi

Ralina: baribir, sen meni hayotimni bir emas ikki marotaba saqlab qolding, uni ustiga meni deb jarohatlanding

-bunda o’zingizni ayblamang, sizni hayotingiz muhimroq, uni ustiga yaqinda farzandli bo’lardingiz, bunday holatda yolg’iz qoldira olmasdim

Ralina: nimadir kerak bo’lsa darrov ayt, qo’limdan kelgancha yordam beraman, senga minnatdorchilik evaziga nimadir bermoqchiman

-menga hech narsa kerakmas, sog’ bo’lsangiz bo’ldi,- tabassum bilan javob qaytardi

Ralina: men chin ko’ngildan aytyapman, senga minnatdorchilik bildirmasam o’zimni yomon his qilyapman,- o’ylanib qolgan yigitni ko’rib so’zlashda davom etdi,- nima kerak bo’lsa so’rayver

-unda bir savolimga javob berishingizni istardim,- uzoq o’ylanishdan so’ng biroz noqulay bo’lib so’zladi,- hozirgi hayotingizdan mamnunmisiz?

Ralina: bu bilan nima demoqchisan,- savolni uncha tushunmay biroz taajjublandi

-aytmoqchimanki, hozirgi yashash tarzingiz sizga yoqadimi, eringizni dushmanlari ko’p har daqiqada shunday hujumlar uyishtirishlari mumkin, hayotingiz doim havf ostida bo’ladi. Bu hayot sizga yoqadimi?

Ralina yigitni so’zlaridan o’ylanib qoldi. Umuman olganda qiz bu haqida avval ham bir necha bor o’ylagan biroq qancha o’ylamasin javob topolmagan edi. Qiz tilini yutgan kabi jim bo’ldi. O’ziga shu savolni takrorlar ekan nima deyishni bilmasdi. Vazmin qadam tovushlari ular tomon yaqinlashdi. Joha ular tomon kelayotgan yigitni ko’rib o’rnidan turdi.

-hayrli kech Janob Kim,- tazim qilgan ko’yi salom berdi

Taehyung: ahvoling yaxshiga o’xshaydi,- bir necha kun avval o’ziga kelgan yigitni boshdan oyoq kuzatdi

-sizni sharofatingiz bilan,- jiddiy ohangda so’zlab yana bir bor ta’zim qildi

Taehyung: Ralin~ kech tushdi, ketishimiz kerak,- qizni bilagidan qo’lini o’radi

Qiz yigitga itoat qilib o’rnidan turdi. Belidan o’ralgan qo’llar yordamida oldinga harakatlandi. Joha ularga tazim qilib qo’ygach qayta joyiga o’tirdi. Ralina Taehyungga suyangan ko’yi ketar ekan hayollari hali ham boyagi savol bilan band edi

Taehyung: u bilan nima haqida gaplashding

Ralina: shunchaki minnatdorchilik bildirdim,- ma’lum qilgan bo’ldi

Taehyung; shart emas edi,- yigitni ovozida rashk aralashdi

Ralina: rashk qilyapsanmi,- yigitni ovozidan payqab biroz quvnoq ohangda yigitni yelkasiga urdi,- u mendan kichik uni ustiga hayotimni ikki marta saqlab qoldi, undan minnatdor bo’lish o’rniga nimadir qilib qo’yishga tayyorsan-a

Taehyung: hayotingni asrab qolgani uchun ham hozir yashayapti, bo’lmasa pechonasidan darcha ochib qo’ygan bo’lardim

Ralina: uni peshonasidan darcha ochmasdan uyga hujum qilgan dushmaningni peshonasidan darcha och

Taehyung: shundoq ham uni hal qilib kelyapman

Ralina: kim ekan, uni taniymanmi,- yigitni so’roqladi

Taehyung: taniysan,- qisqa javob berdi

Ralina: meni mafia tanishlarim yo’q edi,- kasalxona yo’lagini boshida hayrat bilan to’xtab qolgan qizni ovozi butun yo’lak bo’ylab yangradi

Taehyung: undan mafia chiqmaydi, yarim jon bo’la turib bir nechta yollanma qotil bilan kelgan,- qizni qayta yurishga undadi

Ralina: u kim,- yurish barobarida yigitgaqaradi

Taehyung: aytsam afsuslantirasan,- beparvo so’zladi

Ralina: aytaver, indamayman,- kimligiga qiziqdi

Taehyung: ammangni o’g’li,- bir muddat o’ylanib turdi.

Ralina yigitni yuziga hayrat bilan tikilib qoldi. U narkotik moddaga o’rganib qolgandi, hayoti shundoq ham qisqa edi. Biroq bunday ish qo’lidan kelishini bilmasdi.

Ralina: u o’ldimi,- yigitdan nigohlarini uzmay so’zladi

Taehyung: seni o’ldirish uchun kelgan ekan, yashashiga ruhsat berolmasdim

Ralina: Minani habari bormi

Taehyung: onasi bilan dafn marosimida bo’lishi kerak

Ralina javob bermadi. Ammasini og’lidan bunday ishni kutmagan edi. Biroq endi boshqa chorasi ham yo’q. O’shanda u qattiq qo’rqqani, uni deb qancha inson vafot etganini eslaydi. Ammasini o’g’lini bunga loyiq deb topgani uchun yigitni yelkasiga boshini qo’ygancha harakatlanishda davom etdi.

*

Timeskip | 2 haftadan so’ng

Butun tanasida hosil bo’lgan kuchli og’riqdan ingrayotgan qiz voqealarni to’liq anglamas, shifokorlar ovozi unchalik to’liq eshitilmas edi. Tug’ruq xonasiga shoshilinch olib kelingan qiz shifokorlar qurshovida qoldi. Qiz terlab ketgan holatda og’riqdan ingrar ekan, barmoqlaridan o’ralgan boshqa barmoqlarni his qildi. Yoshga to’lgan nigohlari yonidagi paydo bo’lgan yigitga qadaldi. Taehyung rafiqasini qo’lidan tutgancha tartibsiz sochlarini yonga oldi

Taehyung: hammasi joyida Ralin~, chuqur chuqur nafas ol,- qizga sochlarini siladi

Ralina: Tae,- og’riqdan ingrab tirnoqlarini yigitni bilagiga botirdi,- hamma yerim og’riyapti

Taehyung: o’tib ketadi, hammasi joyida, men yoningdaman

Ralina yigitni so’zlarini uncha ilg’amasada yonida ekanidan mamnun edi. Boshiga Minani holati tushmaganidan mamnun edi, yigit Minani tug’ruq jaroyonida ham uni rad etgan edi. Beparvolik bilan xizmatkorlarga aytib chiqib ketgandi. Xizmatkorlar qizni shifoxonaga olib kelgandi. Biroq Taehyung uni yonida qizdan bir qadam ham uzoqlashmay turgani unga biroz kuch berdi. Ralina yigitni so’zlarini ilg’amasada unga so’zlayotganini his qilardi. Xonada qizni ingrog’iga chaqaloq yig’isi qo’shilganda hamma yengil nafas chiqardi.

Ralina holsiz tanasini yotoqqa tashlarkan yumilib ketayotgan ko’zlarini arang ochdi.

-janob tabriklayman qizli bo’ldingiz

Boshqa so’zlarni anglamasada shu so’zlarni anglagan qiz yoshli nigohlari yigitni topdi. Bir joyda tik holatda qotib qolgan yigit shifokorlar oq mato bilan o’rayotgan chaqaloqqa manosiz tikilardi. Qizni lablari yengil qimirladi. Biroq uni so’zlarini hech kim eshitmadi. Taehyung bir muddat chaqaloqni kuzatib turgach xonadan chiqib ketdi. Barchani hayratda qoldirib xonani tark etdi. Shifokorlar oq matoga yo’rgaklangan chaqaloqni yigitga berishga ulgurmadi. Ralina yoshlarini tutib turolmadi. Shunday bo’lishidan qo’rqqan edi. Shifokorlar ilojsizlik bilan qiz tomon qarashdi. Hamshiralar qizni ovutishga kirishdi.

- xonim, xonim o’zingizni qo’lga oling, sizga yig’lash mumkin emas, sutingiz qochib ketadi

-xonim qarang qizingiz qanday yoqimtoy, o’zingizga o’xshab chiroyligina, sizga yig’lash mumkin emas, yig’lash o’rniga quvonishingiz kerak

Hamshiralarga shifokor xonim qo’shildi. Ralina ko’ksiga joylangan kichik qizaloqni kuzatdi. Bir pasda ovungan qizaloq qizni ko’ksida kichkinagina bo’lib uhlab qolgandi. Ralina qiziga tikilib yig’isi ortdi. Qizi ham o’zidek otasiz o’sishini istamasdi. Xudodan iltimos qilgandi. Biroq barchasi teskarisiga ketdi.

*

Timeskip | 1 haftadan so’ng

O’zini biroz o’nglab olgan qiz kichik qizalog’ini ko’ksida quchgancha g’ingshiyotgan qizini ovutdi. Qizaloq biroz g’ingshib qayta uyquga ketdi. Ralina chuqur nafas chiqarar ekan, telefonini barmoqlari orasida asabiy siqdi. Bir necha kundan buyon qorasini ko’rsatmagan yigit bilan gaplashib olishi kerak. Hozir gaplashmasa portlab ketadigandek his qilmoqda. Kantaktlar orasida saqlangan yagona raqamga qo’ng’iroq yuborish tugmasini bosdi. Qulog’i oldiga olib kelib javob berilishini kutdi. Bir necha uzoq vaqtlik chaqiruvdan so’ng qo’ng’iroqqa javob berilganini bildirib qisqa signal keldi. Biroq ikkisi ham jim, so’zini yo’qotgan inson kabi jim turishipti.

Ralina: kelishing niyating yo’qmi,- sukunatni buzib o’zi gap boshladi,- yoki bizdan shunchalik nafratlanasanmi

Taehyung: unday emas, shunchaki,- telefon ortida yigitni og’ir nafas chiqargani yangradi,- men o’g’il kutgandim

Ralina: qiz farzand emasmi,- bo’g’ziga tiqilib kelayotgan yig’ini berkitishga harakat qildi

Taehyung: Ralin,- yigit toqati toq bo’lgan ohangda talaffuz qildi

Ralina: nima Ralin,- qizni ovozida yaqqol g’azab yangradi,- buni men istabmanmi, nega unda boshida oldiraylik deganimda qarshilik qilib oyoq tirab turib olding

Taehyung: u vaqti bilmagandim

Ralina: unda bu meni qo’limdami shunda,- yotoqqa suyanib turgan gavdasini tiklagan qiz nazoratsiz g’azab va alam bilan so’zlardi

Taehyung: Ralin, o’zingni bosib ol,- qat’iy ohangda buyruq berdi,- o’zingga kelib olgach gaplashamiz

Ralina: hoy, lanati Kim Taehyung aslida o’ziga kelib olishi kerak bo’lgan inson sensan,- qiz shifokorlar aytgani uchun yig’lamay ichiga to’plagan ko’z yoshlari g’azab bilan chiqib ketayotgan edi

Taehyung: Ralin~

Ralina: sen bilan pachakilashib o’tirish uchun qilmadim, qizimga familyangni berishing kerakligini eslatib qo’ymoqchi edim. Men Mina emasman, o’z familyamni qizimga bermayman, otasini familyasi bo’ladi

Taehyung: men o’g’il bo’lsa beraman,- qizni fikrini rad etdi

Ralina boshida bo’mba portlagandek his qildi. Qizni shovqinli ovozidan g’ingshiyotgan qiz qizalog’ini yotoq ustiga qo’yib yotoqdan uzoqlashdi. Ochiq oyna tomon yaqinlashdi. G’azabini biroz bosib yigitga bosiqlik bilan so’zlashga kirishdi

Ralina: Taehyung meni eshit,- avvalgi kabi yigitni ismini qisqartmasini talaffuz qilmadi, yigit yashirsada qizni bu talaffuzini yoqtirardi,- bolani qornimga solgan o’zingsan, men sendan uni olib bu qiz bu o’g’il deb ajratib qornimga solmaganman, nega meni ayblaysan, nega qizimni ayblayapsan, barcha ayb o’zingda, o’g’il tuxumdonlaring yo’q bo’lsa ayb menda ham qizimda ham emas

Qizni ovozi jiddiylik bilan yangradi. Og’ir nafas chiqargan yigit qoshlari o’rtasini biroz masaj qildi. Qizni bilag’onlik bilan aytgan so’zlari qisman to’g’ri bo’lsada biroz og’ir edi.

Yigit qizni bu hislatini ko’proq yoqtiradi, hayoliga kelgan ilk so’zlarni aytuvchi tartibsiz qizaloq. Uni butun tanasi bilan ko’rishni istaydi. Qiz bir muddat sukut saqlagach yana qayta so’zga kirdi.

Ralina: qizimga familyangni berishing shart, yoki ,- qiz bir muddat nimadirni eslagandek jim qoldi,- meni ham qizimni ham o’sha foxisha xonangga jo’natib yubormoqchimisan, shu sababli familyangni berishni istamaysanmi

Taehyung; Ralin~,- hayoliga kelmagan so’zlarni so’zlagan qizni to’xtatish uchun harakat qildi

Ralina: endi tushindim, bu yerdan chiqishimiz bilan meni ham qizimni ham foxishaxonangga jo’natasanmi. Kim,- bu safar yigitni familyasini g’azab bilan talaffuz qildi,- kel qayta ko’rishmaylik, bizni unut hayotingda umuman mavjud bo’lmagan kabi tasavvur qil. Mina bilan baxtli bo’l

Taehyung gapirish uchun ulgurmadi. Qiz go’shakni g’azab bilan qo’yib qo’ydi. Telefon ochiq oyna orqali tashqari tomonga uloqtirildi. Butun alamini shu yo’l bilan chiqarmoqchidek. Qiz miyyasini kemirayotgan hayollar bilan yolg’iz qoldi. Ralina bir muddat ochiq oynadan tikilib turarkan, yanoqlarini nam qilgan nazoratsiz yoshlarni ortga qaytarishga urinmadi. Onasi yig’layotganini sezgan kabi qizaloq g’ingshib yig’lashga kirishdi. Hayollaridan chalg’igan qiz yotoq tepasiga keldi. Qizini ehtiyotkorlik bilan quchog’iga oldi. Qizini kichik yuzlariga bir muddat tikilib yuzini qizining yuziga bosdi.

Ralina: kechir,- yig’i sababli titrayotgan lablari qimirlab past ovozda so’zladi,- senga munday hayotni ravo ko’rganim uchun kechirim so’rayman, o’zim kabi seni ham ota mehriga muhtoj qildim, lekin sen havotir olma, onang doim yoningda bo’ladi

Titrayotgan lablarini qizaloqning yuz ko’zlariga lablarini bosdi. Qizaloq ovunishi uchun sut bilan chalg’itdi.

*

Soat millari tungi vaqtlar tomon harakat qilar ekan, shifoxona yo’lagi bo’ylab qadam tovushlari yangradi. Oq moychechaklardan tayyorlangan guldastani qo’lida tutgan yigit palata eshigi oldiga kelganda to’xtab qoldi. Ichkariga ko’z tashlab qiz uhlayotganiga ishonch hosil qilgach sekin xonaga kirdi. Yotoq tomon mayda qadamlar bilan yaqinlashdi. Tunda qizi alohida honada qolgani sababli palatada yolg’iz qiz charchoq bilan uhlardi. Yotoq yonidagi kichik shkafcha ustida bo’sh turgan vazaga gullarni joylashtirgan yigit ichki cho’ntagidan yashil tusdagi kichik hajmdagi ustiga tug’ilganlik haqidagi guvohnoma deb yozilgan kitobchani gullar yoniga qo’ydi. So’ngi qo’ng’iroqdan so’ng umuman qo’ng’iroqlarga javob bermagan qiz yigitni qiz istagan narsa bilan kelishga majbur qilgandi. Yigitni ko’ksi sog’inch bilan tartibsiz urmoqda. Yotoq chetida kichkina bo’lib uhlayotgan rafiqasi yoniga joylashdi. Qizni ortidan quchib iforodan bahra oldi

Taehyung: seni qo’yib yubora olmayman,- qizni orqa bo’yniga lablarini bosdi,- bir hafta ko’rmaganimga aqldan ozgandek his qildim, meni nazoratda ushlab turgan yagona narsa bu seni qo’ng’iroq ortidagi ovozing edi,- qizni tasirchan terisiga yengil tishlarini botirdi,- bir hafta sensiz o’likdan yashadim, qanday qilib seni jo’natib yuborishim mumkin,- qizni terisiga yana bir kichik iz qoldirdi, qiz uyqusida g’ingshib qo’ydi,- seni kim bilandir bo’lishish, yo’q, men bunga qodir emasman, meni o’zingga ipsiz bog’lab olding qo’g’irchoq~, seni qo’yib yuborishga qodir emasman. Qo’yib yuborolmayman

Qizni qulog’i ostida shivirlab ko’zlarini ilindi.

*

Timeskip | 1 haftadan so’ng

Chiqish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan qiz barmoqlari orasidagi guvohnomaga qayta qayta tikilardi. Ichini ochib bir necha marotaba ishonch hosil qilgan ko’yi harflarni ko’zdan kechirdi. Kim Lianna yigit tomonidan qiziga berilgan ism. Qiz rad etishni istasada yigitni didiga doim tan bergan. Qizi uchun chiroyli ism tanlagan edi. Taehyung qizni bir nechta xarxashalari sababli ularni olib ketish uchun o’zi keldi. Palataga kirgan yigitni ko’rgan qiz u tomon yaqinlashdi.

Ralina: familyangni berishingni bilardim, demak biz foxisha xonaga bormaymiz shundaymi

Taehyung: seni deb yana bir nechra mijozlarimdan ayrilishni istamayman,- ma’lum qilgan bo’ldi

Ralina: chiroyli ism tanlabsan,- yigitni so’zlarini etiborsiz qoldirdi

Taehyung: shunchaki chiroyli ism qo’yishlarini aytgandim,- ismni o’zi bir necha soat izlab topgan bo’lsada qizga aytishni istamay berkitdi

Ralina: baribir bu ism familyanga chiroy qo’shib turibdi

Taehyung qizni biroz quvnoqlik aralashgan ohangini kuzatdi. Hamshira kerakli narsalarni yig’ib bergach Ralina yigit olmoqchi bo’lgan buyumlarni o’zi oldi. Beparvolik bilan yigitni qo’liga qizalog’ini berdi.

Ralina; har holda otasisan bu yerdan yetimga o’xshab onasi bilan chiqishini istamayman

Yigitni so’zlarini eshitmaslik maqsadida xonadan yugurib chiqib ketdi. Tinchlanishga harakat qilgan ko’yi nafas chiqargan yigit yengil g’ingshiyotgan chaqaloqqa tikildi. Yopilgan yuzini biroz ochib sinchkovlik bilan tikildi. Ichida Ralinaga o’xshashini aytib chaqaloq yuzini qayta yopdi. Rafiqasiga ergashdi.

25-qism

Davomi bor…

Writer: Ciela Ralina

Channel: @passion_fanfics