July 8

Dominion

Erkinlik mavhum, hukmronlik haqiqat

Ep_24

Timeskip | 2oydan so’ng

Bahorning ilk kunlari, biroz salqin bo’lsada havo iliqlashgan, yengil yomg’ir yog’ib o’tgani uchun yomg’ir isi dimoqqa uriladi. Ochiq oynalar sababli sovuq qotgan yigit ko’rpa ichiga o’ralgancha uhlashda davom etdi. Soat millari yarim tundan o’tgan bo’lsada uhlamagan qiz yigitga o’lik nigohlar bilan tikilib o’tirardi. Qizga e’tibor bermayotgan yigit yostiq quchgancha uxlash bilan ovora edi. Harir tungi kiyimini bo’yin qismini tortib qo’ygan qiz 3oylikka o’tgani sababli bilinib qolgan qornini siladi. Qizdagi kuchli hohish sababli uyqusi kelmayotgandi. Havo yetishmayotgandek his qilgan qiz oynalarni ochib qo’ygan, yigit qiz yonida emasligini ham sezmay kuchli charchoq bilan uhlardi. Toqati toq bo’layotgan qiz yigitdan nigohlarini uzmadi. Ralina ortiq toqat qila olmay yigitni turtdi.

Ralina: Tae, uyg’on,- yigitni tartibsiz sarg’ish sochlarini o’ynadi, biroq yigitdan sado chiqmadi,- Taeeeee, uyg’on

Qiz muloyimlik bilan yigitni bir necha bor uyg’otishga harakat qildi. Taehyung ko’zlarini hiyol ochib, yonida unga tikilib turgan rafiqasiga ko’z tashladi

Taehyung: nima istaysan,- qayta ko’zlarini yumish oldi so’zladi

Ralina: tarvuz yegim kelyapti,- yigitni uyg’otish maqsadida qayta turtdi,- menga borib olib kel

Taehyung: borib xizmatkorlarga ayt,- beparvolik bilan uxlashda davom etdi

Ralina: hamma uhlayapti,- yigitni sarg’ish sochlarini changalladi

Taehyung: men ham uhlayapman,- sochlaridagi tortilish sababli ko’zlarini ochgancha qizni bilagidan tutdi,- sochimni tortishni bas qilib uxla

Ralina: men tarvuz yemasdan uxlolmayman,- kuchli xoxish sababli yigitni sochlarini qayta tortqiladi

Taehyung: borib qo’rqchilarga ayt, ular uyg’oq birontasi olib keladi

Sochlarini qizni barmoqlaridan halos qilgan yigit ko’rpani boshi tomon tortgancha qayta uxlashga harakat qildi. Ralina ortiq dosh berolmadi. Asabiylik bilan yigitni harakatlarini kuzatdi. Yigitni so’ngi so’zlari uni nazoratdan chiqargan edi. Ralina tizzalarini biroz oldinga tortdi. Taehyung bel qismida paydo bo’lgan og’riq sababli ingrab yubordi. Tanasi yerga tushganini his qildi. Ralina yigitni yotoqdan tepib tushirib yuborar ekan, u tomon yaqinlashdi.

Taehyung: bu nima qilganing,- asabiylik bilan polda o’tirar ekan, rafiqasiga tikildi

Ralina: qornimdagi bolani otasi kim,- biroz bilinib qolgan qornini siladi

Taehyung: men,- qizni harakatlariga tushunmay javob berdi

Ralina: unda nega sen emas qo’riqchilar olib kelishi kerak,- yigitni qorin qismiga zarba berdi,- yoki men ulardan birontasini rafiqasimanmi

Taehyung: meni tepishni bas qil,- qizni oyog’ini tutib oldi

Ralina: men senga Minamanmi, nima desang indamay boshqaga yalinadigan, borib menga bolam istagan narsani topib kel, o’zing olib kelishing shart

Qiz oyog’ini yigitni barmoqlari orasidan tortib olarkan, qo’lini ko’ksi bo’ylab o’radi. Biroz bo’lsadabuyqusi qochgan yigit kichik shkafcha ustida turgan soat millariga ko’z tashladi

Taehyung: aqldan ozganmisan,- soatni qizni burni tagiga olib keldi,- kim soat 1da nimadir yegisi kelgani sabab erini bezovta qiladi

Ralina: men,- soatni yuzidan uzoqlashtirgancha keskin javob berdi,- o’zing mendan farzandli bo’lishni istading, endi talablarimni qondir

Taehyung: ertaga yesang bo’lmaydimi,- tartibsiz sochlarini ortga tarab soatni joyiga qaytardi

Ralina: ertagacha kutmoqchi bo’lganimda hozir uhlardim, borib olib kel

Taehyung chuqur nafas chiqardi. Qiz bilan bo’lishni o’zi istagan, boshqa iloji yo’q edi. Ko’zlarini ishqalagancha kiyinishga kirishdi. Ralina yigitni o’sha jiddiylik bilan kuzatar edi.

Taehyung: nima olib kelishim kerak,- kiyinish barobarida dedi

Ralina: tarvuz,- ma’lum qilgan bo’ldi,- yonida muzqaymog’i ham bo’lsin

Taehyung: meni aqldan ozdiryapsan,- peshonasiga qo’lini qo’ygancha og’ir nafas chiqardi,- bahorni boshida tarvuzni qayerdan topaman

Ralina: qiziq emas, borib topib kel, bo’lmasa mendan uzoq tur, sen bilan gaplashmayman

Taehyung chuqur nafas olgancha o’zini bosishga harakat qildi.

Homiladorlik sababli qizni harakteri biroz og’irlashgan biroq yigitga qiz homiladorlik sabab avvalgi Ralinaga qaytayotgandek tuyiladi. Taehyung to’liq kiyinib bo’lgach mashina kalitini olgancha xonani tark etdi.

*

Oshxonada joylashgan uzun stullurdan birida o’tirgan qiz oyoqlarini osiltirgancha biroz harakatga keltirgancha o’tirar edi. Telefonini qo’liga olib 20daqiqa avval chiqib ketgan yigitdan habar olish maqsadida qo’ng’iroq tugmasini bosdi. Telefon ekranini yuziga yaqinroq tutgancha kichik chaqiruv signallariga quloq tutdi. Yigit tez javob berdi. Ekranda yigitni tasviri namoyish bo’lishi bilan qiz sergak tortdi.

Taehyung: nimadir bo’ldimi,- telefon ortida biroz homush ko’ringan qiyofani kuzatdi

Ralina: qayerdasan,- boshini qo’li ustiga qo’ygancha ekranni biroz qiyshaytirdi

Taehyung: rafiqam buyurgan topshiriqni amalga oshiryapman,- biroz kesatiq ohangida dedi

Ralina: qayerda ekaningni ko’rsat, senga ishonmayman

Taehyung: nega ishonmaysan

Ralina: ketganingga 20daqiqadan oshdi, men qayerdan bilaman, qo’riqchilardan birini yuborib o’zing mashinada uhlayotgan bo’lsangchi, shuning uchun menga qayerda ekaningni ko’rsat,- talab qilishda davom etdi qiz

Taehyung: yaxshi,- kamerani boshqa tomonini o’girdi

Ralina katta supermarket tasvirlarini kuzatdi. Bir nechta kezib yurgan odamlar va sotuvchilardan boshqa hech kim yo’q bo’lgan supermarketda yigit bir nechta yig’ilib turgan tarvuzlar rastasi yonida turardi.

Ralina: eng ustida turgan kattasini ol, menga shunisi yoqdi,- ma’lum qilgach yigitni javobini kutmay qo’ng’iroqni yakunladi

Mina: yarim tunda kim ketibdi ekan desam, Taehyungni chiqarib yuboribsanda,- eshik tomondan qiz yoqimsiz deb topgan ovoz yangradi

Ralina: bolasi kerak bo’lsa olib keladi,- boshini ko’tarmay so’zladi

Mina: sen homilador bo’lmagin ekanda,- 6oylikdan o’tgani sabab ancha kattarib qolgan qorni bilan qizga yaqinlashdi

Ralina: Taehyung senga etiborsiz bo’lgani alam qilyaptimi,- kesatiq ohangida dedi

Mina: alam qilayotgani yo’q,- ich ichidan yonayotgan bo’lsada etiborsiz so’zladi

Ralina: yashirishga uringaning bilan qayerdandir kuygan hid kelyapti,- burni oldida qo’lini yengil yelpidi,- bu sen deb o’ylapman,- grafindan suv qo’yayotgan qizni to’xtashga majbur qildi

Mina: yarim tunda asab buzishga boshqa odam topa olmadingmi,- stakanni siqqan qiz chuqur nafas chiqardi

Ralina: kelib asab buzayotgan sensan, bu soatda uxlash o’rniga nega bizni poylab yuribsan o’g’ri mushukka o’xshab

Mina: sen,- qiz so’zlarini yakunlashga ulgurmadi

Ko’cha eshik ochilgan ovoz keldi. Ralina stuldan sakrab tushgancha chiqish tomon bordi.

Ralina: qanday ajoyip,- qizni quvnoq ohangi yangradi

Taehyung: og’ir o’zim olib kiraman,- qizni quvnoq ohangiga yigitni yo’g’on ovozi aralashdi

Mina nima bo’lishini ko’rishni istardi. Biroq ichidagi boshqa odam bu yerdan ketishni buyurardi. Ko’p muddat o’tmay xonada yigitni chehrasi namoyon bo’ldi. Taehyung Minaga etibor bermay atrofida hursand holatda aylanayotgan rafiqasidan nigohlarini uzmadi. Ralina yigitdan avval stol ustiga yaqinlashdi. Biroz kattaroq hajmdagi pichoqni olarkan, stol ustida qo’yilgan tarvuz tomon yaqinlashdi.

Taehyung: pichoqni menga ber,- qizni qo’lidan olib qo’ydi

Ralina indamay qoshiq olar ekan, Taehyung tarvuzni ikkiga bo’lishi bilan bir tarafni o’zi tomon tortdi.

Taehyung: qulay qilib bo’lib beraman,- qizdan olmoqchi bo’lganida qiz qarshilik bildirdi

Ralina: men shubday yemoqchiman,- sabrsizlik bilan qoshiqni tarvuz botirdi

Taehyung lab chetini tishlagancha qizni harakatlarini kuzatdi. Qizni biroz to’lishgan jussasi uni yanada o’ziga tortishga majbur qilayotgan edi. Taehyung sababini bilnaydi, biroq qizga bo’lgan qaramlik unda borgan sari ortib borayotganini his qilmoqda. Qizni shoshib sabrsizlik bilan ovqatlanishini kuzatdi. Qizni yanoqlari to’lib yanada yoqimtoy ko’rsatardi. Taehyung qizdan ko’z uzmay kuzatayotganini ko’rgan Minani ichida nafrati borgan sari kuchayib borayotgandi. Ular ikkisi ham uni yo’q deb hisoblashardi. Taehyung bu yerda Mina borligini ham payqamadi, bu qizni yanada asabiylashtiradi.

Taehyungni zavq bilan kuzatayotgan nigohlari unga hech qachon bunday boqmagani unga alam qilardi. Yigit unga mehr bermaganini Ralinaga ko’rsatilayotgan mehrni ko’rganda angladi. U sevilmaganini kech tushinib yetdi, biroq endi ortga yo’l yo’q edi.

Ralina: yeyishni hohlaysanmi,- qoshiqqa olingan bo’lakni uni kuzatib turgan yigit tomon yaqinlashtirdi.

Taehyung: o’zing yeyaver,- yengil bosh chayqadi

Ralina o’zing bilasan deb yengil yelka qisib qo’ygancha yeyishda davom etdi. Taehyung qizni iyagi bo’ylab oqqan tarvuz suviga ko’zi tushishi bilan qiz tomon yaqinlashdi. Qizni artish maqsadida ko’tarilgan bilagini tutib qizni iyak qismiga lablarini bosdi. Ralina hayrat bilan ochilgan nigohlarini yigit tomon qadadi. Taehyung qizni iyagini biroz erkalagach qizni lablari tomon harakatlandi. Ralina yigitni ko’ksidan yengil itardi.

Ralina: bizda tomoshabin bor,- yigitni ortiga ishora qildi

Taehyungni nigohlari ortida turgan qizga tushdi-yu etiborsiz bosh chayqadi

Taehyung: ahamiyatsiz,- qisqa so’zlab rafiqasini lablarini egalladi

Mina ortiq bu yerda qolishni istamay honadan chiqib ketdi. Qizni lablaridan yengil tarvuz tami kelib turardi. Taehyung qizni belidan qo’lini o’ragancha qizni biroz yuqoriga ko’tarib oshxona stoli ustiga qo’ydi. Xonasiga kirib eshikni qattiq yopgan Mina o’zini yotoqqa tashladi. Bog’ziga tiqilib kelgan yig’ini ortga qaytarishga harakat qildi. Biroq uy bo’ylab yangrashni boshlagan yoqimli ovozlar qizni ortga qaytarishga harakat qilayotgan ko’z yoshlariga erkinlik berdi.

*

Timeskip | 4 oydan so’ng

Iyul oylarining o’rtalari bo’lgani sababli havo ancha issiq, tun allaqachon atrofni zulmatga cho’dirgan. Katta qo’rg’on oldida mashinaga suyangan holatda o’tirgan yigit asabiy soatiga ko’z tashladi. Bir soatdan beri rafiqasini kutayotgan yigit kech qolayotgani sababli battar asabiylashayotgan edi. Yana bir necha daqiqalik kutishdan so’ng uy eshigi sekinlik bilan ochildi. Avval qizni boshi ko’rinish berdi. Taehyung qizga asabiy nigoh tashlar ekan, hozir qiz bilan o’ynashga vaqti yo’qligini bildirish maqsadida soatiga ishora qildi. Ralina ikkilanish bilan butunlay ko’rinish berdi. Taehyung qizni ustidagini ko’rib tabassumini yashira olmadi. Barmoqlari ko’zi ustiga kelgancha mashina tomonga qaradi.

Pov_Taehyung

Jin ursin* u juda yoqintoy, meni aqldan ozdirishni maqsad qilgan

Ralina lablarini qimtigancha yigit tomon yaqinlashdi

Ralina: Tae,- yigitni kiyimidan tortqiladi,- juda daxshatlimi, nega menga qaramayapsan

Taehyung qiz tomon o’girildi. Qizni egnida yigitni liboslari, klassik uslubdagi shim va qizga ancha katta bo’lgan ko’ylak, qizni barmoqlari kiyim yenglari ichida ko’rinmasdi. Taehyung qizga qaragancha kulmaslikka harakat qildi.

Taehyung: nega bularni kiyib olding,- qizni ko’rinmay ketgan barmoqlarini chiqarish maqsadida yengni qatlashga kirishdi

Ralina: kiyinish xonasidagi barcha liboslarimni kiyib ko’rdim, biroq hech qaysi biri to’g’ri kelmadi,- katta ko’ylak sababli uncha bilinmayotgan qorniga ishora qildi,- men juda semirib ketibman, hatto shimlarim ham to’g’ri kelmadi

Taehyung: shunga menikini kiyib oldingmi,- qizni ikkinchi yengini qatlash barobarida so’zladi

Ralina: boshqa ilojim yo’q edi, o’zing borishimiz kerak deb turib olding, bir necha oydan beri uyda o’tirgan bo’lsam, tungi kiyimlarimdan boshqa hech qaysi biri to’g’ri kelmayapti,- lablarini burib ko’zlariga biroz yosh olgancha nolidi.

Taehyung: aytganimda senga biron nima buyurtma qilib berardim

Ralina: buyurtma qilganlaring ham to’g’ri kelmasdi,- qiz tizzasidan biroz yuqarida turgan ko’ylak etagini ko’tardi,- semirib ketganimdan seni liboslaring menga loyiq kelib qolipti

Qizni hech qanday kamarsiz qorin qismi bo’ylab o’tgan shimiga tikilgan yigit qizni yoqimtoy harakatlari sabab kayfiyati ko’tarilganini his qildi.

Taehyung: sen semirmagansan,- qizni lablariga labini yengil bosdi,- bu homiladorliging sababli, senga mos liboslar bor, borishdan avval harid qilamiz

Ralina: kech qolmayotganmidik,- ma’lum qilgan bo’ldi

Taehyung: yana biroz kechiksak hech nima qilmaydi,- qiz uchun old o’rindiq eshigini ochdi

Ralina: jahling chiqmayaptimi,- o’tirishdan avval so’roqqa tutdi

Taehyung: yo’q, nega so’rayapsan

Ralina: boya biroz asabiy ko’ringanding,- mashina eshigiga suyanib olgan yigitdan ko’zlarini olib qochdi

Taehyung: bu sen sababli emas

Ralina: yaxshi, unda qayerga ketayotganimizni aytarsan,- barmoqlarini biroz o’ynab so’zladi

Taehyung: jahannamimga tekin chipta keldi, o’sha yerga ketyapmiz,- yigitni lablariga yovvoyi tabassum yugurdi

*

Jin ursin* u haq edi. Bu yer chindan ham jahannamga o’xshaydi. Xona bo’ylab og’ir sukunat hukmronlik qilmoqda, bunday juda noqulay bo’lyapman, yonimda o’tirgan Taehyungni bir oyog’i asabiylik bilan harakatlanmoqda, xona bo’ylab qayta ko’z yugirtirdim. Stol boshida yoshi 60lardan oshgan Janob Kim o’tiripti. U Taehyungni otasi ekanini darrov sezdim, ularni orasida juda katta o’xshashlik bor, uni yonida menga o’zini Kim xonim deb tanishtirgan ayol o’tiripti, uni yuzidan qandaydir sovuqlik ufirib turipti. Ayolni yonida mendan bir necha yoshga kichik bo’lgan qiz o’tiripti. Uni Kim xonadonini kenja biroq mendan oldin kelgan kelini sifatida tanishtirishdi. Bu oilaga nima bo’lgan, adashmasam Taehyungni onasi vafot etgan edi. Shunda bu ayol uni o’gay onasi bo’lishi mumkinmi? Menda savollar juda ko’p, nega ular bunchalik sokin, huddi gapirish taqiqlanganga o’xshaydi. Biz kutayotgandik, Kim xonimni aytishi bo’yicha oilaning kenja o’g’lini kutayotgan ekanmiz. Nima qilishni bilmay ular qatori jim o’tiribman. Lekin yuragim siqilib ketyapti, men bunday sokinlikka ko’nikmaganman, hatto menga qo’pol muomala qiladigan ammam ham dasturxon boshida hol ahvol so’rab kunim qanday o’tgani bilan qiziqardi. Biroz bo’lsada suhbat qurib taomlanar edik. Ular balki Janob Kimni vajohatidan qo’rqib jim o’tirishgandir, anig’ini bilmayman. Ular hatto to’yimiz kuni ham ko’rinish berishmadi, va to’satdan bizni kechki ovqatga taklif qilishdi. Endi esa hamma jim, ishonchim komil menga ko’zlarini olaytirib qarayotgan xonimda savollar ko’p. Biz yana bir muddat jim turgach ko’cha eshik ochilib qadam tovushlari yangradi. Birozdan keyin xonaga yana bir Taehyungga o’xshash yigit kirib keldi. Jin ursin* ular bir biriga juda o’xshaydi. O’ylashimcha u bilan yoshimiz teng. Uni o’rta maktabda o’qib yurgan vaqtlarim bir necha bor ko’zim tushgan, biroq umuman etibor bermaganman

-kechikkanim uchun mazur tutasizlar,- og’ir sukunatni buzib yengil tazim qildi.

Men Taehyungga qaradim, nima deyishni bilmayman. Janob Kim yengil bosh silkib qo’ydi.

-joyingga o’tir,- Janob Kim buyruq berdi.

Bular nega bunday jim, kim oilasining kenja kelini yoniga joylashgan eriga bir nimalar deb pichirladi. Yigitni nigohlari bilinib turgan qornimga qadaldi. Jin ursin* bu oilaga nima bo’lgan, bu yerga kirishim bilan hamma qornimga qaradi, bu juda noqulay, uyatdan qanday Taehyungni ortiga kirib ketganimni bilmayman, biroq ular menga g’alati qarashganini aniq sezdim. Taehyung bo’lmaganda bu yerdan allaqachon chiqib ketgan bo’lardim. Xonaga birin ketin xizmatkorlar kirishni boshladi. Oldimizga taomlarni joylashga kirishishdi

-xm,- Kim xonim yengil tomoq qirib menga nigohlarini qadadi,- so’rasam maylimi, nechchi oylik bo’ldingiz

Ralina: 7 oylik,- noqulay bo’lib javob berdim

-juda ajoyib, adashmasam to’yingizga ko’p bo’lmadi,- siquvga olayotgandek so’roqqa tutdi

Taehyung: to’yimiz bo’lganiga yaqinda bir yil bo’ladi,- meni noqulay bo’layotganimni sezib o’zi javob berdi

-bu juda tez natija,- nima haqida gapirayotganini tudhunmadim, bu bilan nimani nazarda tutdi,- misol uchun meni kelinim va o’glim, ularni to’yi bo’lganiga 3 yil bo’ldi, biroq hali ham natija yo’q

Kim xonim kesatiq ohangida keliniga nazar tashladi. Endi tushindim, ularga ham merosxor kerak bo’lgan, shu sababli ular meni ko’rgandayoq g’alati qarashdi. Xonim ayyorlik bilan menga tikilarkan uni aslida jahli chiqayotganini sezdim. Menimcha u merosxor uni o’g’lidan bo’lishini istagan, biroq natijada o’gay o’g’lidan birinchi merosxor dunyoga keladi. Naqadar chalkashlik, bu haqida o’ylashim bilan boshimga og’riq turdi. Ularga javob bermaslikni afzal ko’rdim.

Nigohlarimni oldimga qo’yilgan qisqichbaqali sho’rvaga qaratdim. Men qisqichbaqalarni hushlamayman, biroq hozir yegim kelyapti. Ular bemaza bo’lgani uchun emas, aksincha ularni tozalash juda qiyin, hozirgi holatimda ularni butkul tozalay olmayman, bugun ertalabdan buyon tobim bo’lmagani sababli barmoqlarim hali ham yengil titramoqda, jin ursin* men bu titroqdan hech qanaqasiga qutila olmadim. Najot izlagan ko’yi Taehyung tomon qaradim. U hotirjamlik bilan oldidagi qisqichbaqani tazalamoqda, boshqalarga nigohimni qaratdim. Qolganlar ham oldiga qo’yilgan taomni tozalab taomlanish bilan ovora, endi nima qilaman. Qornim och, farzandim ham harakatga kelganini sezyapman, u ham ovqat istaydi. Biroq buni qanday tozalayman, kosamda turgan kichikroq hajimdagi qisqichbaqaga tikildim. Mazali bo’lsa kerak. Ikkilanish bilan qoshiqni qo’limga oldim. Titrayotgan barmoqlarimni sezdirmaslikka harakat qilyapman, biroq ularni boshqarish qiyin. Qoshiqni sho’rvaga solmasimdan avval Taehyung oldimdan olib qo’ydi. Unga tushinarsiz nigohlarimni qadar ekanman, meni oldimga o’z kosasini qo’ydim. Endi tushindim. U men uchun qisqichbaqalarni tozalab berdi. Mamnun holatda unga tabassum qildim. Uni bu harakatini butun oila payqadi.

-Taehyung, rafiqangni qattiq yaxshi ko’rasan chog’i,- xonimni asab buzuvchi ovozi hammani etiborini tortdi

Nigohlarim hayrat bilan avval xonimga keyin qiziqish bilan Taehyung tomon ko’chirdim. Uni javobi hammaga qiziqdek unga tikilishdi. Menga ham qiziq, har holda homilador bo’lganimdan beri o’zgargan yigitni his tuyg’ulari menga juda qiziq edi. U hech qachon tuyg’ularini ochiq ko’rsatmagan, faqat boshqarib bo’lmas g’azabi bor.

Taehyung: yaxshi ko’rmaganimda u bilan yashamas edim,- so’zlariga yakun yasadi

Uni shu odati yoqadi. Doim kerakli joyda nuqta qo’yadi. Nigohlarimni qayta taomimga qaratganimda bu safar Janob Kimning ovozi sukunatni buzdi.

-Ralina shundaymi,- biroz ikkilanish bilan so’radi

Ralina: ha,- yengil bosh chayqadim.

Taehyung ishida davom etsada otasiga indamay bizni tinglashga kirishganini his qildim.

-oilang haqida biroz gapirib berolmaysanmi,- Janob Kim meni cho’chitmaslik uchun ovoziga muloyimlik qo’shayotganini sezdim

Ralina: ammam bilan yashardim, onam meni dunyoga keltirayotgan payti vafot etgan, otamni bilmayman. Faqat ammam voyaga yetkazganini bilaman

-tagi pastlardanmisan,- xonimni asab buzuvchi ovozi quloqlarimni uzib olishni istashimga majbur qildi

Ralina: yo’q,- keskin javob berdim,- Seoul Milliy Taetri onamga tegishli bo’lgan, biroq hozir ammam uni boshqaryapti

-demak Ciela olasidansan,- Janob Kim nimadirni eslagandek biroz o’yga toldi,- bobongni yaxshi tanir edim, uni ikkita qizi bor edi adashmasam

Ralina: bobomni uncha eslolmayman, bolaligimda vafot etgan,- ammamni aytishi bo’yicha onamni qilgan ishlarini va o’limini ko’tara olmay vafot etgan bobomni hatto ko’rmaganman ham, nega bunday deganimni esa bilmayman

-esladim, bobong vafot etgan vaqti men uni yordamchisi bo’lib ishlar edim, unda sen rostan ham go’dak eding

Qovun tushirganimni his qildim. Naqadar sharmandali, biroq men bilmaydigan sirlar bu yerda ko’p edi. Shunda Taehyungni otasi bobomni yordamchisi bo’lib ishlagan bo’lsa demak onamni ham ammamni ham ancha yaxshi bilgan, hatto men haqimda ham. Unda nega bunday savollar berayotganini tushinmadim

Ralina: bobom bilan ishlaganmisiz,- biroz hayrat bilan o’zim qiziqqan savolni berdim

-bu ancha yillar oldin edi, endi ish boshlagan vaqtlarim ko’p yordam bergan,- Janob Kimni nigohlari biroz tundlashdi,- qayta kelinim haqida bunday deganingni eshitmay,- xonim tomon tund nigohlarini qadab jiddiy so’zladi

Unda Taehyungnikidan ham qo’rqinchliroq bo’lgan nigohlar bor. Taehyung bunday jiddiylik va sokinlikni otasidan olganini faxmladim. Biroq kelinim degani biroz erish tuyildi. Ular bilan bugun tanishdim, biroq meni darrov qabul qilishdi. Balki homilador bo’lganim uchundir.

- adashmasam qizlaridan biri balerina edi,- Janob Kim oilamiz haqida bilgan malumotlarini so’zlashda davom etdi

Ralina: ha, onam balerina bo’lgan,- xizmatkorlar kelib birinchi taomni olib ketishayotganini angladim

-taetr ammangnikimi,- biroz tushinarsiz so’zladi Janob Kim

Xizmatkorlar yeyishga ukgurmagan taomimni olib ketishdi. Va ikkinchi taom sifatida likoplarda qovurilgan go’sh qo’yishdi.

Ralina: aslida teatr onamdan menga meros qolgan, biroq boshqarishda biroz uquvsiz bo’lganim uchun ammam boshqaradi,- Taehyung maydalayotgan go’sht bo’lagiga ko’zim tushdi

Lanat* bo’lsin, chala qovurilgan mangalni yomon ko’raman, Taehyung o’z likopidagini maydalab meniki bilan almashtirdi. Men bularni yeyolmayman.

-teatrni boshqarmasang, unda nima bilan shug’ullangansan

Ralina: men ham balerina edim,- so’zlarimga urg’u berib nigohlarimni Taehyung tomonga qaratdim,- buroq hozir vaqtinchalikka to’xtatdim

-bu juda yomon,- Janob Kim nigohlarini Taehyung tomon qaratdi,- farzandini biroz ulg’aytirib olgach karyerasini davom ettirishiga sharoit yaratib ber,- Taehyungga qarab buyruq berdi

Taehyung: yaxshi,- qisqa javob berdi.

Janob Kim juda jiddiy inson ekanini ilk ko’rganimdayoq payqagan edim. Biroq menga nisbatan ancha muloyim edi. Shu asnoda Janob Kim o’zini qiziqtirgan savollarini Taehyung ikkimizga berdi. Orada xonim qo’shilib turdi. Biroq oilaning kenja kelini va kenja o’g’lidan ketgunimizcha sado chiqmadi.

*

Soat millari tungi daqiqalar tomon odimlamoqda. Qizni harhasharalari sababli ovqatlanish uchun to’xtagan yigit qiz istagan kichik restaranga kelgan edi. Oddiy ko’rinsada dimoqqa shirin hid uriladi. Stol o’rtasiga qo’yilgan kichik hajmdagi gaz plita ustida qiziyotgan tova ustiga Ralina bir nechta yupqa shaklda kesilgan go’sht bo’laklarini joylashtirdi. Yoniga bir nechta savzavotlarni qo’ygan yigit rafiqasiga yaqinroq o’tirdi.

Taehyung: shu yerga kelish shartmidi,- yon atrofda rafiqasiga tikilayotgan ko’zlardan g’ashi kelib so’zladi

Ralina: men hech narsa yeyolmadim,- go’sht bo’laklarini o’girish barobarida dedi

Taehyung: nega, senga qulay bo’lishi uchun harakat qildim,- rafiqasi qo’lidan ishni oldi.

Ralina: rostini aytsam maylimi,- yigitdan ruhsat so’ragandek tikildi, Taehyung yengil bosh silkidi,- men o’zimni juda noqulay his qildim. Sen jahannam deganingda adashmagansan, men bir narsaga mutlaqo tushinmadim, ular qanday qilib bu darajada jim o’tirishlari mumkin. Men portlab ketadigandek his qildim

Taehyung: bunday muhitda yashasang ko’nikib ketasan

Ralina: sen onam vafot etgan deganding, lekin Kim xonimchi

Taehyung: u o’gay,- pishgan go’sht bo’laklarini qizni likopchasi ustiga joylashtirdi,- ukam ham o’gay

Ralina: ikkingiz bir biringizga juda o’xshaysiz, ko’rgan odam o’gaysizlar deb o’ylamaydi,- salat bargi orasiga guruch va bir necha go’sht bo’lagini joylashtirgan qiz barchasini lablari orasiga oldi

Taehyung: otamiz bir faqat onalarimiz boshqa,- ma’lum qilgan bo’ldi

Ralina: onang qanday vafot etganini bilasanmi,- yana bir nechta go’sht bo’lagini salat bargi orasiga joylashtirib yigit tomon uzatdi

Taehyung: aniq nimadan vafot etganini bilmayman,- qiz uzatgan bo’lakni lablari orasiga oldi,- u tunda menga zanjir sovg’a qildi, ertasi kuni ertalab uyg’onganimda uyda odamlar ko’p edi. Menga qora libos kiydirishdi, va dafn marosimiga olib borishdi, hech kim bir og’iz gap aytmadi. Keyin tushindim, onamni gullar bilan o’ralgan suratini ko’rganda hammasi tugaganini bildim.

Ralina: keyinchi,- qiziqish bilan quloq soldi

Taehyung: bu senga shunchalik qiziqmi

Ralina: har holda biz bir oilamiz, bir birimizni o’tmishimizni bilishimiz kerakmasmi, shunda bir birimizga kamroq zarar beramiz

Taehyung: oradan bir necha kun o’tib otam bir ayolni olib keldi. U homilador edi, shundan so’ng u oila uchun men ortiqchaga aylandim

Ralina: nega, otang ukangga nisbatan seni yaxshi ko’radigandek tuyildi

Taehyung: ukam farzandli bo’lolmaydi,- pishgan go’sht bo’laklarini qizni likopchasi ustiga joylashtirib boshqa bo’laklarni tova ustiga qo’ydi,-o’smirlik vaqtida o’yin kulguga berilib ketdi, otam ham onasi ham qaytara olmadi.Har xil qizlar bilan vaqt o’tkazardi.Natijada har xil dorilarni qabul qildi, kimnidir xomilador qilib qo’ymaslik uchun

Ralina: sen bularni kuzatib turganmisan,- og’zidagi luqmasini chaynash mobaynida yana bir o’ram tayyorlab yigit tomon uzatdi

Taehyung: u vaqti men u oiladan chiqib ketgandim, maktabni yakunlashim bilan uydan qochganman, o’zim oyoqqa turdim, otam shu sababli qayta mehri tushib qolgan, sen tinch yashayotganingni ham yana bir sababi men otamni merosidan vos kechganim, bo’lmasa o’gay onam bizni tinch qo’ymasdi,- qiz bergan to’plamni chaynash barobarida so’zladi

Ralina: ukangga nima bo’ldi

Taehyung; bepusht bo’lib qolgan, otam shundan buyon familyasiga dog’ tushiradigan ishlarni qilmasligimizni istaydi. Bugun ham bekorga seni savol javob qilmadi, bobongni otamga yaqinligi senga mehri tushishiga sabab bo’ldi

Ralina: lekin bilasanmi, men o’zimni sudda o’tirgan insondek his qildim, biron noto’g’ri gap aytsam meni sen bilan ajrashishga majbur qilishadigandek tuyildi.

Taehyung: nega bunday his qilding, yoki men bilan ajrashishni istamaysanmi,- qizni so’zlash ohangi sababli yengil tabassum qilib qo’ydi

Ralina: albatta yo’q, bundan bir necha oy homilador bo’lmasimdan avval aytishga jon deb ajrashardi. Hozir bu holatimda sendan boshqa hech kimga kerakmasman, eplab kiyinolmayman ham, qanday ajrashib alohida yashashim mumkin,- qoshlari chimirilib yengil jahl qildi

Taehyung: sen juda yoqimtoysan, qo’g’irchoq,- qizni sochlarini biroz to’zg’itdi

Ralina: meni bunday atama degamdim-ku,- lablarini arazlagandek burdi

Taehyung: men yaxshi manoda aytyapman,- qizni yanoqlarini barmoqlari orasida ezg’iladi,- senga homiladorlik juda yarashgan, haqiqiy qo’g’irchoqdek go’zal bo’lib ketding, hatto homilador bo’lsang ham narigi stoldagilar sendan ko’z uzmayapti,- yigitni tund nigohlari qizni ortidagi stolga qaratilganda barcha ko’zini olib qochdi

Ralina: men ulardan qo’rqmayman, yonimda sen bor bo’lganingda yaqinlashishmaydi,- yigitni tinchlantiruvchi ohangda dedi

Taehyung: baribir sen meni rafiqamsan

Ralina: hozir rashk qilish vaqti emas,- qiz yigitni tund nigohlariga tikilib nimadirni eslagandek qayta gap boshladi,- sendagi ko’p narsa otangdan o’tgan, u Kim xonimga shunday qaradiki,- qiz mimikalarini ishlatgancha Janob Kimni taqlid qilishga kirishdi,- meni kelinim haqida boshqa bunday gapirganingni ko’rmay deganda sendan ham qo’rqinchli bo’lib ketdi. Hato gapirsam jonimni oladigandek tuyildi.

Ralina berilib Janob Kimni yoki Kim xonimni o’xshatishga harakat qilar ekan, yigit qizni zavq bilan kuzatardi. Qiz yashash uchun sabab topgandi, va qo’lidan kelgancha avvalgi pasitiv Ralina bo’lishga harakat qilardi, yigitga nisbatan ham qo’rquv ancha yo’qolgan, ko’proq qulaylikni hid qilardi. Taehyung qizni hayotga qaytayotgan, avvalgidek chaqnayotgan ko’zlarini ko’rib yengil tortayotgandi.

*

Mashina shahar ko’chalari bo’ylab harakatlanishda davom etar ekan, ochiq iy adan kirayotgan yengil shamol qizni sochlari bilan o’ynashardi. Bo’shab borayotgan muzqaymoq idishini kuzatib ketayotgan qiz nigohlarini yigitga qadadi. Taehyung hotirjam mashina boshqarib ketardi. Ralina uni bir necha soatlardan buyon qiynayotgan savolni berishni juda istardi, biroq ikkilanib o’tirardi. Taehyung unga tez tez qarab qo’yayotgan qizni sezdi.

Taehyung: mendan nimadirni so’ramoqchimisan,- yo’ldan ko’z uzmay savol berdi

Ralina: haligi,- biroz ikkilandi,- bo’ya aytgan gaplaring haqida so’ramoqchi edim

Taehyung: aynan qaysi,- qizni so’zlarini tushunmay so’roqladi

Ralina: ovqatlanish boshida xonim sendan so’radi-ku,- muzqaymoq idishidan ko’z uzmay o’ynagancha so’zladi,- menda ko’ngling bor yoki yo’qligini so’raganda aytgan javobing haqida so’ramoqchi edim

Muzqaymoq qoshiqchasi yordamida olgan muzqaymog’ini lablari orasiga olarkan yigitga ikkilanish bilan ko’z tashladi. Taehyung yo’ldan ko’z uzmas, biroq o’ylanib qolgandi.

Taehyung: aynan nimani bilmoqchisan,- oydinlashtirish maqsadida so’radi

Ralina: o’shanda aytgan gaplaring, yuzaki edimi, yoki chin yurakdan aytdingmi shuni bilmoqchiman

Taehyung: bu shunchalik muhimmi

Ralina: shunchaki, senda ham menda bo’lgani kabi iliq hislar bormi yoki faqat voris uchun men bilan yashayapsanmi shuni aniqlashtirmoqchi edim,- bo’shagan muzqaymoq idishidan ko’z uzmay so’zladi.

Mashina keskin tormiz bilan to’xtadi. Ralina biroz oldinga qalqib ketdi. Taehyung keskin tormiz bilan to’xtab ximoya kamarini bo’shatdi. Gapirish uchun og’iz juftlagan rafiqasini gapirishga qo’ymay lablarini birlashtirdi. Ralina lablarini mukoyimlik bilan ezayotgan lablar sababli aytmoqchi bo’lgan gaplarini unitdi. Taehyung qizni tez urayotgan yuragini aniq eshitdi. Buni his qildi. Chunki o’zini yuragi ham qinidan chiqib ketgudek urayotgandi.

*

Yotoq xona eshigi ochilib Taehyung rafiqasini qo’lida ko’targancha kirib keldi. Qizni yotoq ustiga avaylab joylashtirgach og’irligini tashlamagan holda qizni ustiga chiqdi. Ralina unga so’zlashga imkon bermayotgan yigitni sochlarini changalladi. Taehyung qiz bilan qayta lablarini birlashtirdi. Ralina qisqa javob qaytardi. Taehyung sekinlik bilan pasaydi. Qizni ochiq bo’yni bo’ylab lablarini botirdi. Tasirchan teriga tishlarini ehtiyotkorlik bilan botirdi.

Ralina: sen savolimga javob bermading,- yigitni yelkasiga urgancha o’zidan uzoqlashturishga harakat qildi

Taehyung: tsh, halaqit qilyapsan,- qizni etagini ko’tarish uchun qo’lini olib bordi

Ralina: mendan o’zingni olib qochyapsan,- yigitni qo’lini tutgancha qarshilik bildirdi.

Taehyung: sendan o’zimni olib qochayotganim yo’q,- qizni qulog’i tomon egildi,- shunchaki hozir sen menga juda keraksan

Ralina: menga teginma,- bor kuchi bilan yigitni o’zidan uzoqlashtirdi,- o’z javobingni aytmaguningcha menga yaqinlashma,- qoshlarini chimirgan qiz yotoqdan tushdi

Taehyung qochishga harakat qilayotgan rafiqasini bilagidan ushlab qoldi. Ralina gapirish uchun og’iz juftladi. Biroq yigitni keskin harakati tufayli hech narsa qilolmay qoldi. Taehyung qizni o’ziga tortib tizzasi ustiga joylashtirdi. Qizni bo’yin qismiga yaqinlashdi.

Taehyung: bu sen o’ylaganchalik onson emas,- og’ir nafas olgancha so’zladi

Ralina: nima onson emas,- tushunmay so’z qotdi

Taehyung: savolingga javob berish biroz qiyin,- ma’lum qildi yigit

Ralina: nimasi qiyin, shunchaki yaxshi ko’raman, yoki,- qiz bir muddat jimib qoldi,- sevaman deyish qiyinmi,- qizni ovozi past yangradi

Taehyung: bizni munosabatlarimiz oddiy insonlarnikidek izhorlar bilan boshlanmagan,- qizni bo’ynidan uzoqlashdi

Ralina: nafrat bilan boshlangan,- tushungandek so’zladi

Taehyung: hozir o’zim ham aynan nimani his qilayotganimni bilmayman, ular biroz chalkash, tartiblab olishim kerak,- qizni tartibsiz sochlarini qulog’i ortiga oldi

Ralina: yaxshi,- yengil bosh chayqadi

Taehyung: biroq aytgan gaplarim samimiy edi,- ohangi biroz pasaydi,- ruhsat berasanmi,- qizni ochiq sonlari bo’ylab barmog’ini harakatlantirdi

Ralina javob bermadi. Yigitni bo’ynidan qo’lini o’rab lablarini yengil bosdi. Taehyung mamnun holatda qizni kiyimini tanasidan ajratdi. Taehyung rafiqasini ehtiyotkorlik bilan yotoqqa joyladi. Qizni qorniga lablarini bosgancha ehtiyotkorlik bilan qizni belini biroz ko’tardi. Ralina beli ostiga joylashtirilgan yostiqdan bezovtalandi

Ralina: unday qilma,- yigitni yuzini ko’rishga harakat qilgancha boshini biroz ko’tardi

Taehyung: bu bilan qiynalmaysan,- qizni peshonasiga lablarini bosdi

Qizni belini yuqoriga ko’targan yostiq yigitni kirishiga qulaylik yaratgan edi. Taehyung homilador rafiqasini qiynamaslik uchun ehtiyotkorlik bilan ish ko’rishga odatlangandi. Ralina tanasini erkalayotgan lablarni his qilib yoqimli ovozlar hosil qildi. Taehyung qizni erkalab aloqaga tayyorlar edi. Soniyalar bi birini quvib o’tdi. Xona bo’ylab qizni ingrog’i balandroq yangradi. Taehyung qizni ichiga sekinlik bilan joylashar ekan, qizni og’riqdan pastelni qisgan barmoqlarini o’z barmoqlari orasiga oldi. Qizni og’riqdan chalg’itish uchun bo’salarga ko’mdi.

*

Timeskip | 3haftadan so’ng

Katta qo’rg’on qorong’ulikka cho’mgan, hamma o’z ishi bilan ovora, yozning ohirgi oylari bu yil biroz salqin keldi.

Shunga qaramay yengil tungi kiyimda o’tirgan qiz, quchog’idagi bir necha hafta oldin dunyoga kelgan o’g’lini ovutish bilan ovora edi. Mina o’g’liga qarab yig’lagisi kelardi. Tug’ilganidan buyon Taehyung unga bir marta ham qaramadi. Faqat homilador rafiqasi bilan ovora, bir necha oylardan beri uyga qamalgan qiz, o’g’li ham shunday qamalishini va etiborsiz qoldirishini o’ylab ho’rligi kelardi. Hech nimadan behabar chaqaloq biroz bezovtalangancha uxlashga harakat qilardi. Uyning boshqa honasida 8 oylikka yaqinlashgani sababli ancha kattargan qorni ustiga popkorin idishini qo’yib olgan qiz, zavq bilan film tomosha qilardi. Taehyung bugun kech kelishini aytgani sababli uni kutib o’tirardi. Biroq bu sokinlikni to’satdan boshlangan o’z ovozlari buzib yubordi. Oynalar parchalanib butun uy shovqinga to’ldi.

24-qism

Davomi bor…

Writer: Ciela Ralina

Channel: @passion_fanfics