Qismatga bitilgan tumor
Yan Feng qizni bag‘riga bosgancha, saroyning taqiqlangan yo‘laklari bo‘ylab yugurib borardi. Uning oppoq liboslari Su Lining yuzidan oqqan qora qon bilan bo‘yalgan, ko‘zlarida esa hayotida birinchi marta dahshatli xavotir namoyon bo‘lgandi. U qizni o‘zining shaxsiy yotoqxonasiga olib kirdi va ehtiyotkorlik bilan to‘shakka yotqizdi.
Yan Feng:
— Tabibni chaqiring! Agar u bir lahza kech qolsa, barchangizni zindonga tashlayman!
Shu payt eshik shiddat bilan ochilib, Yan Fengning eng ishonchli sarkardasi Mo Lun kirib keldi. U qo‘lida qonli qilichini tutgancha, Shahzodaning xonasidagi bu holatni ko‘rib to‘xtab qoldi. Mo Lun yillar davomida Yan Fengning har bir buyrug‘ini so‘zsiz bajargan, uning eng maxfiy rejalaridan xabardor bo‘lgan yagona harbiy amaldor edi.
Mo Lun:
— Oliyhazratlari! Nima bo‘ldi? Bu qiz nega bu yerda? Siz o‘zingizni xavfga qo‘yyapsiz, saroydagilar ko‘rib qolishsa...
Yan Feng:
— Mo Lun, hozir gapirishning vaqti emas! U iblisning zahri bilan zarurlandi. Darhol bosh tabibni olib kel!
Mo Lun Shahzodaning buyrug‘ini eshitishi bilan ortiga qayrilib, chaqmoqdek tezlikda chiqib ketdi. Bir necha daqiqadan so‘ng u keksaygan, lekin o‘ta tajribali bosh tabibni yetaklab keldi. Tabib Su Lining rangpar yuziga va uning bilagida paydo bo‘lgan qora tomirlarga qarab, dahshatga tushdi.
Tabib:
— Oliyhazratlari... Bu oddiy jarohat emas. Bu "Ruh kemiruvchi" iblisning qoni. U qizning tanasiga tushishi bilan qonini zaharlay boshlagan. Agar zahar yuragiga yetib borsa, uning ruhi abadiy zulmatga g‘arq bo‘ladi.
Yan Feng tabibning yoqasidan ushlab, uni o‘ziga yaqin tortdi.
Yan Feng:
— Menga bularni aytma! Uni qanday qutqarishni ayt!
Tabib:
— Iltimos, sabr qiling... Zaharni haydash uchun juda kuchli ichki quvvat kerak. Lekin qiz juda zaif, u buni ko‘tarolmasligi mumkin. Hozircha men uning tomirlarini sehrli malham bilan bog‘lab qo‘yaman, ammo bu vaqtinchalik chora xolos.
Mo Lun chekkada turib, Yan Fengning titrayotgan qo‘llariga qarab turardi. U Shahzodani bunday ojiz holatda ko‘rishni tasavvur ham qilmagandi.
Mo Lun:
— Oliyhazratlari, bu qiz uchun o‘z quvvatingizni sarflamoqchimisiz? Agar siz hozir uni davolash uchun kuch ishlatsangiz, o‘z tanangizdagi muhr kuchsizlanadi. Bu juda xavfli!
Yan Feng:
— Men uni o‘lishiga yo‘l qo‘ymayman, Mo Lun. U bu yerda mening aybim bilan, mening qilichim sababli zaharlandi. Chiqinglar, hammaningiz!
Tabib va Mo Lun xonani tark etishdi. Mo Lun eshik ortida turib, chuqur tin oldi. U Shahzodaning bu qizga nisbatan hislari naqadar chuqurlashib borayotganini tushunib yetgandi. Xonada esa Su Li hushsiz holda, daxshatli og‘riqdan ingrab pichirlardi.
Su Li:
— Sovuq... Juda sovuq... Syuan, yordam ber... qochib ket... u seni o‘ldiradi...
Yan Feng uning muzdek qo'llarini o'z kaftlari orasiga oldi. Uning yuzidagi qora tomirlar asta-sekin tarqalayotganini ko'rib, tishlarini g'ijirlatdi.
Yan Feng:
— Men sening oldingdaman, Su Li. Ko'zingni och. Iltimos, meni yolg'iz tashlab ketma.
Su Lining holati daxshatli tusga kirdi. Uning oppoq yuzida qora tomirlar xuddi zaharli o‘rgimchak to‘riday bo‘rtib chiqdi. Har bir nafas olganida vujudi titrar, lablari orasidan esa quyuq, qora va sovuq qon to‘xtovsiz sizib chiqardi. Bu qon to‘shakning ipak choyshablarini qoraytirib, xonada o‘lim hidini taratardi.
Yan Feng qizning boshida turib, bor vujudi bilan titrayotgan Su Lining ko‘ksiga qo‘lini qo‘ydi. U o‘zining kumushrang ruh quvvatini bor kuchi bilan qizning tanasiga yo‘naltirdi.
Yan Feng :
— Su Li, chida! Taslim bo‘lma!
Biroq, Yan Fengning ruh quvvati qizning tanasiga kirishi bilan, iblis zahri yanada quturib ketdi. Su Lining og‘zidan kelayotgan qora qon yanada ko‘paydi. Yan Fengning quvvati bu zaharni to‘xtata olmadi.
Tabib :
— Oliyhazratlari, to‘xtating! Sizning ruh quvvatingiz muzdek, u qizning tanasidagi qora zaharni yanada muzlatib, qon tomirlarini yoryapti!
Yan Feng tishlarini g‘ijirlatib, yotoqxonaning narigi burchagida shay turgan Mo Lunga o‘girildi.
Yan Feng :
— Mo Lun! Tezda 3-shaxzoda Sin Xening saroyiga bor. Uni nima qilib bo‘lsa ham shu yerga olib kel! Faqat uning olovli qoni bu qizni asrab qolishi mumkin.
Mo Lun darhol yo‘lga chiqdi va 3-shaxzoda Sin Xening qarorgohiga yetib bordi. Sin Xe o‘z bog‘ida sharob ichib, osmonga qarab o‘tirardi.
Mo Lun :
— Oliyhazratlari Sin Xe! Shahzoda Yan Feng sizni zudlik bilan o‘z saroyida kutmoqda. Bir qizning hayoti xavf ostida!
Sin Xe :
— Yan Feng? O‘sha muzdek sovuq akam bir xizmatkor qiz uchun mendan yordam so‘rayaptimi? Bormasam-chi? Men u bilan uchrashishni xohlamayman.
Mo Lun :
— Oliyhazratlari, menga sizni nima qilib bo‘lsa ham olib borish buyurilgan. Iltimos, qarshilik ko‘rsatmang. Bu qiz o‘lim yoqasida, uning har bir soniyasi hisobli!
Sin Xe Mo Lunning jiddiy qiyofasini ko‘rib, noiloj o‘rnidan turdi. Ular Yan Fengning saroyiga yetib kelishdi. Sin Xe yotoqxonaga kirar ekan, birinchi bo‘lib akasi bilan sovuqqina salomlashdi.
Sin Xe :
— Salom, akajon. Qani o‘sha sizni aqldan ozdirgan qiz?
Ammo Sin Xe to‘shakda jonsiz va qon ichida yotgan Su Lini ko‘rishi bilan qo‘lidagi qadah yerga tushib, parchalanib ketdi. Uning yuzidagi kinoya bir zumda daxshatga aylandi.
Sin Xe :
— Sen ! Bu... bu qanday bo‘lishi mumkin? Nega u bunday holatda?!
Sin Xe shoshib qizning yoniga keldi. Uning ko‘z oldida yillar avvalgi xotiralar jonlandi.
Flashback (O‘tmish) :
Yillar avval Sin Xe og‘ir yarador bo‘lib, yer yuziga tushib ketganida, uni aynan shu qiz — Su Li qutqargan edi. Su Li uning yaralarini bog‘lagan, unga eng shirin gullarni keltirgan va uni o‘limdan olib qolgan edi. Sin Xe sog‘aygach, uni bir umr qidirgan, lekin ismini ham bilmagan edi.
Sin Xe :
— Men uni yillar davomida qidirdim... Siz esa uni o‘lim yoqasiga keltirib qo‘yibsiz! Akajon, agar unga bir gap bo‘lsa, sizni hech qachon kechirmayman!
Yan Feng :
— Hozir aybdorni qidirish vaqti emas, Sin Xe. Uni qutqar!
Sin Xe hech ikkilanmay bilagini xanjar bilan kesdi. Uning olovli, oltin rangli qoni kosa ichiga quyila boshladi. U kosani Su Lining qonli lablariga yaqinlashtirdi. Yan Feng chekkada turib, Sin Xening qizga bo‘lgan cheksiz mehrini ko‘rib, qalbida birinchi marta olovli rashk tuyg‘usini his qildi.