January 24

Tun Qotillari

3 qism

#LIN_YUI 🪷

Juyeonning dabdabali mehmonxonasida chiroqlar xira yonardi. Seol divanda o‘tirar, yelkasidan oqayotgan qon uning qora kiyimiga singib, polga tomar edi. Juyeon va Ryu unga hayrat va ich-ichidan ezuvchi achinish bilan tikilib qolishdi. Bu sukunat Seolning asabiga tegdi.

​Seol: (ovozini balandlatmasdan, lekin pichoqdek o‘tkir ohangda)
— "Menga bunday qaramanglar! Sizlarning ko‘zingizda o‘zimni ko‘rishni xohlamayman. Bu achinishni o‘zingizga saqlang, men hali o‘lganim yo‘q."

​Ryu: (labini burishtirib, kinoya bilan)
— "Achinyapmiz? O‘zingga juda yuqori baho berib yubormadingmi, Seol? Biz shunchaki o‘sha yoshlikdagi aqlsiz qizaloq qanday qilib bunchalik ehtiyotsiz bo‘lib qolganiga hayronmiz. Ko‘cha itlariga o‘zingni tishlatib kelibsan, endi esa bizni ayblayapsanmi?"

​Seol: (Ryoga sovuq tikilib)
— "Itlar bilan doim itcha muomala qilinadi, Ryu. Sen esa itlar qopganda mashinangning chirog‘ini yoqib qo‘rqitishdan boshqasiga yaramaysan. Sening o‘sha takabbur qiyofang ostida hali ham qorong‘ulikdan qo‘rqadigan bolakay yashiringanini unutmadim."

​Ryu: (jahli chiqib)
— "Sening bu tilingni bir kun sug‘urib olaman, Seol. O‘sha 'bolakay' bugun sening hayotingni saqlab qoldi!"

​Juyeon: (o‘rtaga tushib, Seolning ko‘zlariga qaradi)
— "Bo‘ldi, bas! Seol, bugun shu yerda qolasan. Yarador holatda universitetga borishing o‘z joniga qasd qilish bilan barobar. Bu yer xavfsiz. Ertaga qadam ham bosmaysan."

​Seol: (Juyeonga tik qaradi)
— "Xavfsiz? Men uchun dunyoda xavfsiz joy yo‘q, Juyeon. Men hatto o‘z soyami ham dushman deb bilaman."

​Ular Seolni xonaga qamab, eshik oldiga o‘nta eng ishonchli qo‘riqchini qo‘yishdi. Juyeon va Ryu uni asrab qoldik deb o‘ylashdi.

​TONGGI QOCHISH: SINIB KETGAN TO'SIQLAR

​Tong saharlab, zalda kutilmagan shovqin, suyaklarning sinish ovozi va qo‘riqchilarning ingrashi eshitildi. Juyeon va Ryu shoshib pastga tushishganda, ko‘rgan manzaralaridan daxshatga tushishdi. O‘nta baquvvat erkak yerda, turli holatda ag‘anab yotardi. Seol ularni shunchaki yengmagan, balki vaxshiyona bir intizom bilan zararsizlantirgan edi. Yelkasidagi yarasi jang paytida ochilib ketgani polga tomgan yangi qon izlaridan ma'lum edi.
​Ryu yerda yotgan, Juyeonning eng sara qo‘riqchisiga qarab piching qildi:

​Ryu:
— "Shumi sening ishonchli 'qalqonlaring', Juyeon? O‘nta baquvvat odam bitta yarador qizni qaytarib qolisholmadimi? Ular qo‘riqchi emas, shunchaki kostyum kiygan qo‘g‘irchoqlar ekan. Seol ularni shunchaki axlatdek chetga surib ketibdi."

​Juyeon g'azabdan mushtini tugdi, lekin gapira olmadi. Uning nigohi stol ustidagi qog'ozga tushdi. Seol o'zidan maktub qoldirgan edi. Bu safar maktubda buyruqlar emas, yurakning eng chuquridan chiqqan gaplar bor edi:

​"Sizlar meni qamab, o'sha 15 yil oldingi kichkina Arani asramoqchi bo'ldingiz. Lekin tushunmadingiz... O'sha qizaloq sizlar klaningiz quchog'ida issiq uyingizga ketgan tunda sovuqdan o'lib bo'lgan. Men hozir tirik ekanman, demak, kimgadir ishonish qobiliyatimni qurbon qilganman. Meni asramang, chunki men asralishga loyiq emasman. Faqat o'lim bilan raqs tushishni biladigan maxluqqa aylanganman. Universitetda ko'rishamiz."

​Juyeon xatni qattiq qisdi. Uning ko'zlari namlandi, lekin qalbida olov yondi.

​Juyeon:
— "U o'zini o'limga mahkum qilyapti, Ryu. Soya uni kutib turibdi."

​Ryu:
— "U o'limga mahkum qilmayapti, Juyeon. U o'limni chaqiryapti. Yur, universitetga boramiz. Bugun u yerda yoki biz 'Tun Qotillari' bo'lamiz, yoki hamma narsa tugaydi."

Seol Juyeonning uyidan qochib ketgach, o‘zining yashirin kulbasida yarasini o‘zi tikdi. Na og‘riq qoldiruvchi, na yordamchi... Faqat tishlarining g‘ijirlashi va sovuq nafrat. U tongda universitetga kelganida, Juyeon va Ryu uni dahshat ichida kutib olishdi.

​Juyeon: Seol, to‘xta! Ahvoling qanday? Kechagi jarohat bilan qanday qilib oyoqqa turding?

​Ryu: Seni qidirib aqldan ozishimizga bir bahya qoldi. Nega bizdan qochib ketding?

​Seol: Yo‘limdan qocharsiz, yigitlar! Men sizlarni tanimayman, sizlar ham meni tinch qo‘ying. Boyvachcha bo‘lsangiz, o‘z yo‘lingizda yuring!

​Seol ularni begonadek turtib o‘tib ketdi. Auditoriyada uning yoniga yangi talaba Kayden kelib o‘tirdi. U o‘ta samimiy va xushmuomala edi, lekin Seolning ichki instinkti doimo hushyor edi.

​Kayden: Salom! Men Kaydenman. Bu yerda yangiman, jadvalni tushunishga qiynalyapman. Menga bugun yana qaysi darslar borligini ayta olmaysanmi?

​Seol: Doskada yozilgan. Kimyo va kiber-xavfsizlik darslari bor.

​Dars davomida Kayden unga qanchalik yaqinlashishga urinmasin, Seol devor kabi mustahkam turdi. Tanaffusda Juyeon va Ryu uni burchakka qisishdi.

​Ryu: Seol, u kim?! Nega aynan sening yoningga o‘tirdi? Uning tabassumi ortida pichoq borligini sezmayapsanmi? Uni hoziroq yo‘q qilishimiz kerak!

​Juyeon: To‘g‘ri, u juda shubhali. Soya Lordining o‘g‘li aynan shunday "yaxshi bola" bo‘lib kirib kelishi mumkin. Bizga ruxsat ber, uni tekshiramiz.

​Seol: Sizlarga nima bo‘ldi o‘zi? Endi har bir yangi kelgan odamdan shubha qilasizlarmi?

​Ryu: Lekin u senga teginmoqchi bo‘ldi, senga gapirdi! Uni ko‘zlari daxshatli!

​Seol: Sizishmasin. U yangi kildi, oldin uni kuzatish kerak. Indi har bir kelgan odamdan shubha qilaszlarmi? Biz hozir shoshilib xato qilsak, haqiqiy Soyani qochirib yuboramiz. Uni tinch qo‘yinglar, men o‘zim nazorat qilaman.

​Seol yana auditoriyaga qaytdi. Kayden uning kelishini kutib turgandek, yuzida iliq tabassum bilan qaradi.

​Kayden: Seol, darsdan keyin kutubxonaga borasanmi? Menga kiber-xavfsizlik bo‘yicha bir nechta kitob kerak edi, yo‘l ko‘rsatib yubora olmaysanmi?

​Seol: Yo‘q. O‘zing topib ol. Men bandman.

​Kaydenning tabassumi bir soniyaga muzladi, lekin darrov o‘zini o‘nglab oldi.

​Kayden: Tushunarli... Mayli, xafa bo‘lish yo‘q. Balki boshqa safar borarmiz?

​Seol: Boshqa safar ham bo‘lmaydi. Meni tinch qo‘y.

​Seol narsalarini yig‘ib xonadan chiqib ketdi. U orqasiga qaramadi, lekin uzoqdan Juyeon va Ryuning Kaydenga xuddi yirtqich hayvonlardek tikilib turganini his qildi. O‘yin endi parda ortidan chiqib, ko‘zlar to‘qnashuviga aylangan edi.