Tun Qotillari
Tungi Seul uzra og'ir sukunat cho'kdi. Portdagi o'sha daxshatli uchrashuvdan so'ng uchta qahramonimizning qalbi o'rtanardi. Ular o'z ota-onalari qarshisiga nafrat bilan emas, balki "Nega?" degan javobsiz savol bilan borishdi.
SHIN JUYEON (KAEL) VA OTASINING SIRI
Juyeon otasining kabinetiga kirganida, u yerda qurol-yarog'lar emas, balki eski, sarg'aygan fotosuratlar yoyilganini ko'rdi. Otasi janob Shin o'g'liga mahzun bo'qdi.
Juyeon:
"Menga qara, ota! Nega bizni 15 yil davomida jallod qilib, bir-birimizdan ayirib o'stirdingiz? Bizni hayvon deb o'yladingizmi?!"
Otasi o'rnidan turib, titroq qo'llari bilan Juyeonning yelkasidan tutdi. Uning ko'zlarida yosh bor edi.
Janob Shin:
"Juyeon, o'g'lim... Biz sizni hayvon qilish uchun emas, tirik qolishingiz uchun shunday qildik. 15 yil avval 'Soya Lordi' deb atalgan daxshatli dushman paydo bo'lgandi. U barcha mafiya oilalarining vorislarini — seni, Ara va Siyanni o'ldirib, taxtni egallamoqchi edi. Biz sizlarni asrab qolish uchun, sizlarni turli davlatlarga yashirdik. Ismlaringizni o'zgartirdik, chunki 'Soya Lordi' sizlarni qidirayotgan edi. Sizlarni jallod qilib tarbiyalaganimizning sababi — kun kelib o'zingizni himoya qilishingiz kerak edi. Chunki 'Soya Lordi'ning ham hozir siz bilan tengdosh, sizdan ham shafqatsiz o'g'li bor. U hozir universitetda sizning orangizda yuribdi, Juyeon!"
HAN RYU (SIYAN) VA ONASINING IZTIROBI
Ryu uyiga kelganida onasini ibodatxonada ko'rdi. U o'g'lining kelishini bilgandek, unga termulib o'tirardi.
Onasi:
"Ryu, o'g'lim... Sening ko'zlaringda savol ko'ryapman. Biz sizni ajratganimizda yuragimiz tilim-tilim bo'lgan. Biz sizlarni dushman emas, bir-biringizni himoya qila oladigan qalqonlar qilib o'stirdik. 15 yil oldin biz chorasiz edik. Dushmanimiz shunchalik qudratli ediki, agar siz birga bo'lsangiz, birgina bomba bilan uchingizni ham yo'q qilishi mumkin edi. Biz sizlarni ajratib, e'tiborni chalg'itdik. Endi esa bilingki, dushman uyg'ondi. Uning o'g'li hozir universitetda sizni kuzatib yuribdi. U sizning kimligingizni bilsa, birinchi bo'lib zarba beradi."
Ryu onasining qarshisiga tiz cho'kdi. Uning kibrli yuzi bir zumda bolalarcha dardga to'ldi. Ular dushman emas, qurbon bo'lishganini tushundi.
LEE SEOL (ARA) VA UNING MAXFIY SALTANATI
Seol (Ara) o'zining "kambag'al" ijaraga olingan uyiga kirdi. Lekin u ichkariga kirib, devordagi maxfiy tugmani bosganida, butun xona o'zgarib ketdi. Devorlar ortidan ulkan monitorlar, oltin quymalar va dunyoning eng zamonaviy qurollari chiqib keldi. Seol aslida "kambag'al" emas, u uchalasi ichida eng boyi va eng qudratlisi edi. Uning ota-onasi kiber-saltanatning haqiqiy egalari edi.
Seolning otasi uning yoniga keldi:
"Ara, qizim... Sening Lee Seol niqobing seni shu paytgacha asrab keldi. Biz senga kambag'al bo'lib ko'rinishni buyurdik, chunki 'Soya Lordi' boy talabalarni birma-bir ovlayotgan edi. Biz sening nomingga milliardlab dollar o'tkazib qo'yganmiz, lekin ulardan hozircha foydalanma. Juyeon va Ryu bilan birlashish vaqti keldi. Chunki o'sha qonxo'r dushmanning o'g'li — hozir universitetda Min-Suning o'rnini egalladi. U sizlarni birma-bir yo'q qilmoqchi."
Seol otasining so‘zlaridan so‘ng og‘ir qadamlar bilan monitorlar qarshisiga keldi. Ekranda universitet talabalarining ro‘yxati, yuzlab chehralar birin-ketin almashib turardi. Uning nigohi muzdek sovuq, barmoqlari esa klaviaturada shiddat bilan raqs tushardi.
Seol:
"Demak, u oramizda... Min-Suning o‘limidan bo‘shab qolgan taxtga kim o‘tiradi? Kim bizni kuzatib, zaif nuqtamizni qidirmoqda? Ota, agar u menga tegsa, unga o‘lim ham orzu bo‘lib qoladi."
U barcha ma'lumotlarni shifrlangan kanal orqali Juyeon va Ryuning shaxsiy qurilmalariga yubordi. Endi ular shunchaki raqiblar emas, bir taqdirga bog‘langan "uchlik" edi.
Ertasi kuni tong otmasdan, universitetning eng chekka va tumanli bog‘ida uchta soya paydo bo‘ldi. Juyeon va Ryu allaqachon u yerda edilar. Seol yaqinlashganda, havoda kuchli taranglik sezildi. Endi ular bir-biriga boshqacha nazar bilan qarashardi — nafrat o‘rnini qonli birodarlik egallagan edi.
Juyeon:
"Otam hammasini aytdi. Bizni himoya qilish uchun qurbon qilingan 15 yil... Ammo hozir eng muhimi bu emas. Soya Lordining o‘g‘li shu yerda. U bizni taniydi, biz esa uni tanimaymiz. Bu eng daxshatli ustunlik."
Uchala qotil bog‘ning eng qorong‘u burchagida, tumanlar orasida bir-biriga qarab turishardi. Havoda faqat nafrat emas, balki 15 yillik ayriliqning achchiq sadosi va kelajakdagi daxshatli urushning hidi bor edi. Juyeonning so‘zlari havoda muallaq qoldi.
Han Ryu qo‘lidagi po‘lat tayoqchasini asabiy o‘ynatar ekan, Seolga sovuq tikildi. Uning nigohida ham shubha, ham tan berish bor edi.
Han Ryu: "Juyeon haq, biz ko'r-ko'rona jang qilyapmiz. Soya Lordining o'g'li bizdan bir qadam oldinda. Eng yomoni nima bilasizmi? U yangi kelgan talaba emas. U allaqachon bizning oramizda. U biz bilan birga darsda o'tiradi, biz bilan bitta havodan nafas oladi. U o‘zini shunday mukammal yashira oladiki, hatto eng o‘tkir ko‘z ham uni sezmaydi... Huddi Seol kabi."
Ryu bir qadam oldinga yurib, Seolning ko‘zlariga tik qaradi.
Han Ryu: "Qara unga... Lee Seol. Uch yil davomida hammamiz uni 'ko'zoynakli gado' deb o'yladik. U bizning ko'z o'ngimizda o'z vaxshiyligini kiyimlarining kengligi va jimjitligi ortiga yashirdi. Soya Lordining o'g'li ham xuddi shunday qilgan. U eng yuvosh talaba, eng xushmuomala yordamchi yoki hamma ustidan kuladigan ahmoq bo'lishi mumkin. U bizning eng zaif nuqtamizni topmaguncha niqobini yechmaydi."
Juyeon og‘ir tin oldi. Uning nigohi uzoqdagi universitet binosiga qadalgan edi.
Juyeon: "Ryu haq. Biz o'zimizga o'xshagan maxluqni qidiryapmiz. Seol, sening kiber-tiziming universitetdagi har bir talabaning 15 yillik tarixini titib chiqishi kerak. Agar birorta shubhali bo'shliq topsang, demak o'sha bizning o'ljamiz. Biz uni topmagunimizcha, har birimiz bir-birimiz uchun ham qalqon, ham shubha bo'lib qolamiz."
Lee Seol sekin ko‘zoynagini yechdi. Uning ko‘zlaridagi o‘sha yovvoyi va sovuq nur tuman ichida yaltirab ketdi. Uning ovozi xuddi qabrdan chiqayotgan shamoldek past, lekin vahimali chiqdi.
Lee Seol: "Meni o'zingizga qiyoslamang, Ryu. Men o'zimni yashirmadim, men shunchaki sizlarga pastdan qarash uchun imkon berdim. Soya Lordining o'g'li esa... u hozir bizni kuzatayotgan bo'lishi mumkin. Balki u hozir mana shu daraxtlar ortida turib, bizning uchrashuvimizdan zavqlanayotgandir. Men tizimni buzib kirdim. Har bir talabaning tug'ilganidan to bugungacha bo'lgan har bir qadami mening qo'limda. Lekin bir narsa g'alati... Universitet prezidentining yordamchisi yoki o'sha doim hamma bilan kulib gaplashadigan talabalar kengashi raisi... Ularning o'tmishi o'ta mukammal. O'ta silliq."
Seol bir qadam Juyeon va Ryuga yaqinlashdi. Ularning uchalasi endi bitta doira hosil qilib turishardi.
Lee Seol: "Eshitinglar... Bugundan boshlab universitetda 'Lee Seol', 'Shin Juyeon' va 'Han Ryu' o'ldi. Biz endi 'Ara', 'Kael' va 'Siyan'miz. Kim bizga yaqinlashsa, kim bizga haddan ortiq mehribonlik qilsa — o'sha bizning dushmanimiz. Men uning terisini shilishni boshlaganimda, sizlar uning qochish yo'llarini to'sasizlar. Bizni ajratgan o'sha 15 yil haqqi, bizni qo'rqoq qilib o'stirmoqchi bo'lgan o'sha Soya Lordining boshini mana shu yerga, oyoqlarimiz ostiga olib kelamiz!"
Han Ryu vaxshiyona kulib yubordi. Uning kulgisi butun bog‘ni titratdi.
Han Ryu: "Mana bu endi men bilgan Ara! Mayli, o'yin boshlansin. Kimdir bizning oramizda ekan, demak bu ov yanada qiziqarli bo'ladi. Men universitetdagi har bir talabaning ko'ziga qarayman. Kimning qarog'ida o'lim qo'rquvi bo'lmasa — o'sha bizning nishonimiz."
Juyeon: "Kelishdik. Lekin ehtiyot bo'ling. Ota-onalarimiz bizni asrab qolish uchun 15 yil umrini berdi. Endi navbat bizniki. Biz ularni ham, o'zimizni ham bu soyadan olib chiqamiz. 'Tun Qotillari' endi birga. Va bu safar, bizni hech qanday xiyonat ajrata olmaydi."
Ular qo‘llarini bir-birining ustiga qo'yishmadi, shunchaki nigohlar bilan qasamyod qilishdi. Chaqmoq chaqib, yomg'ir quyib yubordi. Ular turli tomonlarga qarab ketishar ekan, universitet binosining yuqori qavatidagi derazadan bir soya ularni kuzatib turardi. Uning qo‘lida uchta talabaning surati bor edi va u Seolning suratiga qora ruchka bilan aylana chizib qo‘ydi.
Universitet binosining baland tomida turgan o‘sha soya pastdagi uchtalikni kuzatishda davom etardi. Uning qo‘lidagi qora ruchka Seolning surati ustida qonli doira hosil qilgan. Bu shunchaki nishon emas, bu o‘lim hukmi edi. U suratni g‘ijimlab pastga otdi va zulmat ichiga singib ketdi.
Universitet binosining baland tomida turgan o‘sha soya pastdagi uchtalikni kuzatishda davom etardi. Uning qo‘lidagi qora ruchka Seolning surati ustida qonli doira hosil qilgan. Bu shunchaki nishon emas, bu o‘lim hukmi edi. U suratni g‘ijimlab pastga otdi va zulmat ichiga singib ketdi.
Seol uyiga boradigan xira yoritilgan ko‘chadan borar ekan, havoda o‘lim hidini sezdi. To‘satdan, uning yo‘lini uch nafar qora kiyimli, yuzi niqoblangan kishi to‘sdi. Ular professional edilar, harakatlari o‘ta aniq va shafqatsiz.
— "Sening vaqting tugadi," — dedi ulardan biri va pichoq bilan hamla qildi.
Seol chaqqonlik bilan chetga o'zini oldi. Uning barmoqlari orasida o'tkir po'lat sim yarqirab ketdi. Birinchi hujumchining zarbasini qaytarib, simni uning bilagiga o'radi va qattiq siltadi. Qichqiriq ovozi tun sukunatini buzdi
. Ammo dushmanlar tajribali edi — ikkinchi qotil Seolning e’tiborini chalg‘itib, uning yelkasiga pichoq sanchishga ulgurdi.
Seol og‘riqdan tishlarini g‘ijirlatdi, lekin to'xtamadi. U pichoq sanchilgan qo‘li bilan hujumchining yuziga zarba berdi. Aynan shu soniyalarda vaziyat og'irlashgan edi, chunki uchinchi qotil Seolning bo'yniga zanjir tashlamoqchi edi.
To'satdan ko'cha yorug' bo'lib ketdi. Juyeon o'zining qora mototsiklida shiddat bilan uchib keldi. U mototsikldan tushmasdanoq lazerli to'pponchasidan aniq o'q uzib, Seolga yaqinlashayotgan qotilning oyog'ini teshdi.
Ikkinchi tomondan esa Ryu o'zining dabdabali mashinasida kelib to'xtadi. U mashinadan tushib, qo'lidagi og'ir po'lat tayoq bilan qolgan hujumchining boshiga shafqatsizlarcha zarba berdi.
Ryu:
— "Senga uzoqlashma degandik-ku! Bizsiz sening holing voy ekan-ku, Seol."
Juyeon mototsikldan tushib, Seolning yoniga keldi. Uning sovuq nigohida birinchi marta g'alati bir bezovtalik ko'rindi. U Seolning qonayotgan yelkasiga qarab, tishini tishiga qo'ydi.
Juyeon:
— "Yarador bo'libsan. Bu qotillar shunchaki bizni sinash uchun yuborilgan. Haqiqiy dushman yuqorida turibdi."
Seol yelkasidagi pichoqni bir siltash bilan sug'urib oldi. Uning yuzida hatto og'riq alomati sezilmadi, faqat ko'zlarida vaxshiyona bir olov yondi.
Seol:
— "Menga yordamingiz kerak emas! Ular meni o'ldira olishmaydi. Lekin bitta narsa aniq: ular meni birinchi bo'lib yo'q qilmoqchi, demak men ularning eng katta to'sig'iman."
Ryu qotillardan birining yoqasidan ushlab, uni devorga qisdi:
— "Gapir! Seni kim yubordi? Soya lordining o'g'li qayerda?!"
Qotil faqat qon tupurdi va sovuq jilmaydi:
— "U... u allaqachon orangizda. Siz uning ovqatini yeyapsiz, u bilan bitta darsda o'tiribsiz. Sizlar... hammangiz o'lasiz."
Qotil og'zidagi zaharli kapsulani tishlab, o'sha zahoti jon taslim qildi. Juyeon va Ryu bir-biriga qarashdi. Vaziyat ular o'ylagandan ham jiddiy edi.
Juyeon Seolga yaqinlashib, uning qonayotgan yelkasini ro'moli bilan mahkam bog'lab qo'ydi. Uning qo'llari Seolning terisiga tekkanda, Seol bir lahzaga qotib qoldi. Bu 15 yil oldingi o'sha tanish harorat edi, lekin u buni hozir tan ololmasdi.
Juyeon:
— "Bugun mening uyimda qolasan. Senga hujum qilishdi, demak sening ijaradagi uying endi xavfsiz emas. Ryu, sen atrofni nazorat qil."
Ryu:
— "Kelishdik. Men bu atrofda bitta ham soya qolmasligiga javob beraman."
Ular Seolni mashinaga o'tqazib, ko'zdan g'oyib bo'lishdi. Binoning eng yuqori qismida esa o'sha sirli soya ularning ketishini kuzatib, qo'lidagi ruchkani sindirib tashladi.