February 20

Qismatga bitilgan tumor

3 qism

#LIN_YUI 🪷

Yan Feng qizni bag‘riga bosgancha, saroyning taqiqlangan yo‘laklari bo‘ylab yugurib borardi. Uning oppoq liboslari Su Lining yuzidan oqqan qora qon bilan bo‘yalgan, ko‘zlarida esa hayotida birinchi marta dahshatli xavotir namoyon bo‘lgandi. U qizni o‘zining shaxsiy yotoqxonasiga olib kirdi va ehtiyotkorlik bilan to‘shakka yotqizdi.

​Yan Feng:
— Tabibni chaqiring! Agar u bir lahza kech qolsa, barchangizni zindonga tashlayman!

​Shu payt eshik shiddat bilan ochilib, Yan Fengning eng ishonchli sarkardasi Mo Lun kirib keldi. U qo‘lida qonli qilichini tutgancha, Shahzodaning xonasidagi bu holatni ko‘rib to‘xtab qoldi. Mo Lun yillar davomida Yan Fengning har bir buyrug‘ini so‘zsiz bajargan, uning eng maxfiy rejalaridan xabardor bo‘lgan yagona harbiy amaldor edi.

​Mo Lun:
— Oliyhazratlari! Nima bo‘ldi? Bu qiz nega bu yerda? Siz o‘zingizni xavfga qo‘yyapsiz, saroydagilar ko‘rib qolishsa...

​Yan Feng:
— Mo Lun, hozir gapirishning vaqti emas! U iblisning zahri bilan zarurlandi. Darhol bosh tabibni olib kel!

​Mo Lun Shahzodaning buyrug‘ini eshitishi bilan ortiga qayrilib, chaqmoqdek tezlikda chiqib ketdi. Bir necha daqiqadan so‘ng u keksaygan, lekin o‘ta tajribali bosh tabibni yetaklab keldi. Tabib Su Lining rangpar yuziga va uning bilagida paydo bo‘lgan qora tomirlarga qarab, dahshatga tushdi.

​Tabib:
— Oliyhazratlari... Bu oddiy jarohat emas. Bu "Ruh kemiruvchi" iblisning qoni. U qizning tanasiga tushishi bilan qonini zaharlay boshlagan. Agar zahar yuragiga yetib borsa, uning ruhi abadiy zulmatga g‘arq bo‘ladi.

​Yan Feng tabibning yoqasidan ushlab, uni o‘ziga yaqin tortdi.

​Yan Feng:
— Menga bularni aytma! Uni qanday qutqarishni ayt!

​Tabib:
— Iltimos, sabr qiling... Zaharni haydash uchun juda kuchli ichki quvvat kerak. Lekin qiz juda zaif, u buni ko‘tarolmasligi mumkin. Hozircha men uning tomirlarini sehrli malham bilan bog‘lab qo‘yaman, ammo bu vaqtinchalik chora xolos.
​Mo Lun chekkada turib, Yan Fengning titrayotgan qo‘llariga qarab turardi. U Shahzodani bunday ojiz holatda ko‘rishni tasavvur ham qilmagandi.

​Mo Lun:
— Oliyhazratlari, bu qiz uchun o‘z quvvatingizni sarflamoqchimisiz? Agar siz hozir uni davolash uchun kuch ishlatsangiz, o‘z tanangizdagi muhr kuchsizlanadi. Bu juda xavfli!

​Yan Feng:
— Men uni o‘lishiga yo‘l qo‘ymayman, Mo Lun. U bu yerda mening aybim bilan, mening qilichim sababli zaharlandi. Chiqinglar, hammaningiz!

​Tabib va Mo Lun xonani tark etishdi. Mo Lun eshik ortida turib, chuqur tin oldi. U Shahzodaning bu qizga nisbatan hislari naqadar chuqurlashib borayotganini tushunib yetgandi. Xonada esa Su Li hushsiz holda, daxshatli og‘riqdan ingrab pichirlardi.

​Su Li:
— Sovuq... Juda sovuq... Syuan, yordam ber... qochib ket... u seni o‘ldiradi...

​Yan Feng uning muzdek qo'llarini o'z kaftlari orasiga oldi. Uning yuzidagi qora tomirlar asta-sekin tarqalayotganini ko'rib, tishlarini g'ijirlatdi.

​Yan Feng:
— Men sening oldingdaman, Su Li. Ko'zingni och. Iltimos, meni yolg'iz tashlab ketma.

Yan Feng o'zini shaxsiy yotoqxonasida Su Lini tepasida turardi u qattiq sarosimaga tushgan chunki qizni axvoli soniya sayin yomonlashib borardi Yan Feng bor kuchi bilan o'zini kumushrang ruxiy quvvatini qizni tanasiga o'tkaza boshladi u hohlardi-ki bu quvvat zaxardi haydab chiqarsin lekin hamma narsa teskarisiga ketdi Yan Feng quvvatini oshirgan sari Su Lini tanasidagi qora tomirlar battar bo'rtib chiqa boshladi qizni nozik vujudi qaltirar tishlari bir-biriga urilib daxshatli ovoz chiqarardi kutilmaganda Su Lini og'zidan quyuq qora qon sizib chiqdi va oppoq choyshabga yoyilib ketti

​Yan Feng : TABIB

​Eshik shiddat bilan ochilib tabib va Mo Lun yugurib kerishti tabib Su Lini holatini ko'rib daxshatdan qotib qoldi

​Tabib : Shaxzoda bo'ldi to'xtating ruxiy quvvat birmang

​Yan Feng : Nima qilay unda uni o'limini tinchgina kuzatib turaymi nega mening ruxiy quvvatimdi u qabul qilolmayabdi men uni qutqarmoqchiman-ku

​Tabib : Shaxzoda tushuning u kichkina pari sizding ozgina quvvatingiz u uchun butun bir ko'chidir agarda bu qizda rux kemirivchi zaxar bo'lmaganda edi sizding quvvatingizdi qabul qilar edi hozir bu zaxar uni boshqarayabdi o'sha jin zaxar bilan birga buni ichiga kerib ketgan hozir siz quvvat berganingizda u zaxar bilan urishib qizdi ichidan parchalab tashlayabdi

​Yan Feng : Uni qutqarishdi yo'li bormi gapir tezroq

​Tabib : Faqat bitta yo'li bor shaxzoda siz o'z ruxingiz bilan uni ruxiy qorgoniga kerishingiz kerak u yerda zaxar bilan kurashib qizdi ruxini zulmatdan olib chiqishingiz kerak lekin bu juda xavfli agar qizdi ruxini topolmasangiz qaytib chiqolmasligingiz mumkin

​Yan Feng hech o'ylamasdan Su Lini yoniga yotdi va uni muzdek qo'llarini maxkam ushladi u ko'zlarini yumib bor diqqatini qizni ongi ichiga kirishga qaratdi bir zumda atrofdagi hamma ovozlar o'chdi

​Yan Feng o'zini kutilmaganda g'alati bir joyda ko'rdi bu Su Lini ruxiy qorg'oni edi Yan Feng atrofdagi manzarani ko'rib xayron qoldi bu yer aslida judayam chiroyli bo'lishi kerak edi lekin hamma yoq qora tuman bilan qoplangan havoda qora zanjirlar uchib yurar qizni eng quvnoq xotiralari aks etgan tasvirlar o'sha zanjirlar orasida parchalanyotgan edi har tomondan qizni kulgisi eshitilardi lekin u kulgi hozir yig'larga aylanib ketgan edi

​Yan Feng : Demak sening ichki dunyong shunaqa ekan-da bunchalik go'zal joyni bu iflos zaxar nima qilib qo'yibdi.

​U uzoqroqda bir burchakda qora tuman ichida tizzalarini quchoqlab titrab o'tirgan kichkina Su Lini ko'rdi qiz o'zini qorg'onida adashib qolgandek edi atrofidagi qora soyalar unga yaqinlashib uni butunlay yutib yubormoqchi bo'lardi

​Yan Feng : Su Li qo'rqma men keldim
​Lekin shu payt kutilmaganda Su Lini ichki dunyosida o'sha rux kemirivchi iblisni qiyofasi paydo bo'ldi u daxshatli qah-qah urib Yan Fengni yo'lini to'sdi