January 19

Oy Nurida Toʻgʻilgan Qiz

5 qism

#Lin_Yui🪷

Baeklar xonadonida tong doimgidan ham nurliroq otgan edi. Kechagi voqealardan so'ng Yu Minning ko'zlarida o'zgacha bir quvonch va hayajon porlardi. U shoshilib nonushta qilar, xayoli esa allaqachon maktabda edi.

​Yu Min:
Onajon, otajon, men bugun biroz ertaroq borishim kerak. Maktabda bitiruv oldi ishlari juda ko'payib ketibdi.

​Baek Hyon Woo: (Qat'iy ohangda)
Yu Min, o'qishlaringiz muhim, albatta. Lekin kechagi voqeadan so'ng aytib qo'yay — darsdan keyin darrov uyga qaytasiz. O'sha yigit bilan uzoq vaqt qolib ketmasligingizni so'rayman.

​Baek Hae In: (Hyon Wooning qo'lini muloyimlik bilan tutib)
Qo'ying, adasi. Bunchalik qattiqqo'llik qilmang. Yu Min aqlli qiz, nima qilayotganini yaxshi biladi. Uni biroz tinch qo'ying, axir baxtli-ku.

​Yu Min: (Kelinoyisiga minnatdorlik bilan qarab)
Rahmat, Hae In opa. Xavotir olmang, akajon, vaqtida qaytaman. Men haydovchi bilan ketaveraman, Sizlarga xayrli kun!

​Yu Min sumkasini oldi-da, shoshilib tashqariga chiqdi. U haydovchining mashinasini kutayotgan edi, lekin darvoza oldida butunlay boshqa manzarani ko'rdi. Ji Su Hon o'zining dabdabali mashinasiga suyanganicha, qo'lida bir dona oppoq gul bilan uni kutib turardi.

Ji Su Hon:
Xayrli tong, Yu Min! Bugun haydovchingizga dam beramiz. Sizni maktabga o'zim olib ketishga keldim.

​Yu Min: (Hayrat va quvonch bilan)
Su Hon janoblari? Siz... Sizni akam ko'rib qolsa nima bo'ladi?

​Ji Su Hon: (Jilmayib)
Akangiz bilan allaqachon kelishib olganman. Qani, marhamat, "Oy malikasi"
.
​Seul Elite Academy.
​Mashina maktab darvozasi oldida to'xtashi bilan hamma o'sha tomonga qaradi. Su Hon mashinadan tushib, Yu Min uchun eshikni ochdi. Ularning birga kelishi butun maktabda yashin tezligida tarqaldi.

​Sinfdosh qizlar: (Hasad bilan pichirlashib)
Ishonmayman! Nahotki Baek Yu Min va Ji Su Hon haqiqatdan ham birga bo'lsa? Bu qanday bo'lishi mumkin?

​O'g'il bolalar: (Su Honga qarab)
Dunyodagi eng go'zal qizni qanday qilib rom qildi ekan? Bizning umidlarimiz puchga chiqdi...

​Yu Min va Su Hon maktab yo'lagidan birga yurib borishardi. Yu Min atrofga e'tibor bermasdi, uning uchun faqat yonidagi insonning borligi muhim edi.

​Yu Min:
Hamma bizga qarayapti, Su Hon janoblari. Bu Sizga noqulay emasmi?

​Ji Su Hon:
Aksincha, Yu Min. Men butun dunyo Sizning kimga tegishli ekanligingizni bilishini xohlayman. Siz mening dunyoyimsiz.

​Maktab darslari boshlangan bo'lsa-da, hamma faqat bu kutilmagan juftlik haqida gapirar, hasad va hayrat aralash nigohlar ularni dars oxirigacha ta'qib qildi.

​Maktab darslari tugagach, Su Hon va Yu Min hamma hasadgo‘y nigohlarni ortda qoldirib, Seulning sokin ko‘chalaridan biridagi shinamgina qahvaxonaga yo‘l olishdi. Noyabrning salqin shabadasi ko‘cha chiroqlari nurida o‘zgacha sehr taratardi.
​Qahvaxonada...
​Ular deraza yonidagi stolda o‘tirishardi. Tashqarida oltinrang barglar uchib yurardi.

​Ji Su Hon:
Yu Min, bugun maktabda hamma biz haqimizda gapirdi. Bu Sizni bezovta qilmadimi?

​Yu Min:
Bilasiz-ku, Su Hon janoblari, men boshqalarning fikri bilan yashamayman. Mening dunyoyimda faqat o‘zimga qadrli insonlar bor. Bugun esa bu dunyoda Sizga ham joy borligini his qildim.

​Ji Su Hon: (Jilmayib)
Bu men eshitgan eng go‘zal e’tirof. Qarang, qahva ham xuddi Sizning nigohingizdek issiq va yoqimli ekan.

​Ular uzoq suhbatlashishdi. Bir-birlarining orzulari, qiziqishlari haqida so‘zlab berishdi. Yu Min birinchi marta o‘zining jiddiy niqobini yechib, chin dildan kulardi.

​Kechki sayr...

​Qahvadan so‘ng Su Hon Yu Minni uylariga piyoda kuzatib qo‘yishni taklif qildi. Ular xiyobon bo‘ylab sekin yurib borishardi. Noyabr osmonida to‘lin oy ko‘rindi — Yu Minning ramzi.

​Ji Su Hon:
Oy bugun juda yorqin. Xuddi Sizning ismingizdek va chehrangizdek nur taratyapti.

​Yu Min:
Otam aytardilar, oy nuri faqat pok qalblarga yo‘l ko‘rsatadi. Balki shuning uchun ham biz bugun birgamizdir?

​Ji Su Hon to‘xtadi va Yu Minning qo‘lidan tutdi.

​Ji Su Hon:
Men bu yo‘ldan hech qachon qaytmayman, Yu Min. Sizning nurli olamingizda qolishga ruxsat bering.

​Baeklar xonadoni darvozasi oldida.
​Ular yetib kelishganida, uyning chiroqlari yoniq, hamma Yu Minni kutayotgan edi. Su Hon mashinasi bilan kelmagan bo‘lsa-da, Yu Minni to darvozagacha kuzatib keldi.

​Ji Su Hon:
Mana, uyingizga ham yetib keldik. Akangiz soatiga qarab o‘tirgan bo‘lsa kerak, tezroq kiring.

​Yu Min:
Hammasi uchun rahmat, Su Hon janoblari. Bugungi kun hayotimdagi eng esda qolarli kunlardan biri bo‘ldi.

​Ji Su Hon:
Ertaga ertalabgacha xayr, "Oy malikasi". Tushingizda meni ko‘ring.

​Yu Min kulib, sekin xayrlashdi va uyga kirdi. Ichkarida uni akasi Hyon Woo va kelinoyisi Hae In kutib olishdi.

​Baek Hyon Woo:
Vaqtida keldingiz, Yu Min. Su Hon Sizni kuzatib qo‘ydimi?

​Yu Min:
Ha, akajon. U juda odobli inson.

​Baek Hae In: (Yu Minni bag‘riga bosib)
Qaranglar, singlizding ko‘zlari naqadar baxtli porlayapti! Bu sevgining kuchi, adasi. Uni ortiqcha tergamang.

​Yu Min o‘z xonasiga chiqarkan, derazadan tashqariga qaradi. Pastda Su Hon hali ham turgan va Yu Minning xonasida chiroq yonishini kutayotgan edi. Yu Min unga qo‘l silkidi va noyabrning bu sovuq kechasi uning uchun eng issiq tunga aylandi.