January 16

Oy Nurida Toʻgʻilgan Qiz

4 qism

Lin_Yui🪷

Maktabdagi o'sha voqeadan so'ng hamma faqat Yu Min va Su Hon haqida gapiradigan bo'ldi. Yu Min esa odatdagidek bularga e'tibor bermasdi, ammo uning qalbi Ji Su Honning o'sha kungi hayratga to'la nigohini unutolmayotgan edi.

​Noyabrning oxirgi kunlari.Maktab kutubxonasi juda tinch va salqin. Yu Min deraza yonidagi burchakda o'tirib, dars tayyorlardi. Shu payt qarshisidagi bo'sh kursiga kimdir kelib o'tirdi.

​Ji Su Hon:
Yu Min, Sizni bu yerda uchratishimni bilardim. Doim yolg'izlikni yaxshi ko'rasizmi?

​Yu Min:
Su Hon janoblari, yolg'izlik — eng yaxshi suhbatdosh. Siz esa mening bu suhbatimizni buzdingiz.

​Ji Su Hon: (Jilmayib)
Balki men Sizga yangi suhbatdosh bo'larman? Mana bu kitobni Siz qidirayotgan edingiz, to'g'rimi?

​U qo'lidagi nodir san'at kitobini stol ustiga qo'ydi. Yu Minning ko'zlari quvonchdan porlab ketdi. Bu kitobni u anchadan beri qidirib yuridadi.

Boshqacha kitob topolmadim

Yu Min:
Buni qayerdan topdingiz? Bu juda kamyob nusxa-ku!

​Ji Su Hon:
Siz uchun qiyin narsaning o'zi yo'q. Faqat bir shartim bor, darsdan so'ng maktab bog'ida biroz sayr qilamiz. Rozimisiz?

​Yu Min bir oz ikkilanib turdi-da, kitobga bo'lgan qiziqishi ustun kelib, sekin bosh silkidi.

​Maktab bog'i. Kechki payt.
​Xazonlar shitirlashi ostida ular birga yurib borishardi. Oradagi masofa biroz qisqargan, lekin hali ham aslzodalarga xos rasmiyatchilik bor edi.

​Ji Su Hon:
Yu Min, hamma Sizni kibrli deb o'ylaydi. Lekin men Sizning ko'zlaringizda boshqa narsani ko'ryapman. Siz shunchaki juda nozik va samimiy insonsiz.

​Yu Min:
Insonlar faqat o'zlari ko'rishni xohlagan narsani ko'radilar, Su Hon. Siz esa kutilmaganda juda e'tiborli bo'lib qoldingiz. Buning sababi nima?

​Ji Su Hon to'xtadi va Yu Minning yuziga yaqinlashdi. Noyabrning sovuq havosida ularning nafaslari bir-biriga aralashib ketdi.

​Ji Su Hon:
Sababi oddiy — Siz boshqalarga o'xshamaysiz. Siz xuddi oy nuridek sirlisiz va men bu sirni o'rganishni xohlayman.

​Yu Min bu gaplardan so'ng birinchi marta hayajonlandi. Uning yuziga yengil qizillik yugurdi. Shu payt Yu Minning telefoni jiringlab qoldi.

​Uyda. Baeklar xonadoni.
​Yu Min uyga kelganida kayfiyati juda a'lo edi. U to'g'ri akasi Hyon Wooning yoniga bordi.
​Baek Hyon Woo:
Yu Min, singlim, bugun juda kech qoldingiz? Xavotir ola boshlagandim.

​Yu Min:
Akajon, uzr so'rayman. Maktab kutubxonasida biroz ushlanib qoldim.

​Baek Hyon Woo: (Singlisining yuzidagi tabassumni ko'rib)
Sizni bunday baxtli ko'rmagandim. Biror gap bormi?

​Yu Min:
Shunchaki darslarim ko'nglimdagidek o'tdi, akajon. Onam va kelinoyim qayerdalar? Ularga yordam bermoqchi edim.

​Baek Hyon Woo: (Kulib)
Ular oshxonada Sizni kutishyapti. Siz esa bugun haqiqatdan ham boshqachasiz, Yu Min.

​Yu Min xonasiga kirib, Su Hon bergan kitobni bag'riga bosdi. U o'zining mehr bilan to'la tartibli dunyosiga kutilmagan bir tuyg'u kirib kelganini endi aniq his qilayotgan edi.

​Baeklar xonadonida tushlik vaqti. Dasturxon atrofida hamma jam, ammo Yu Minning yuzidagi doimiy tabassum hammaning e'tiborini tortdi. U ovqatni ham unutib, xayollar surib o'tirardi.

​Baek janoblari:
Qizim, Yu Min, bugun kayfiyatingiz nihoyatda a'lo ko'rinadi. Biror xushxabar bormi?

​Baek xonim:
Men ham shuni payqadim, qizim. Hatto ovqatga ham tegmadingiz.

​Yu Min:
Hammasi joyida, otajon, onajon. Shunchaki noyabrning quyoshi bugun juda chiroyli chiqibdi, shunga xursandman.

​Tushlikdan so'ng Yu Min va kelinoyisi Hae In bog'da sayr qilib yurishardi. Yu Min ichidagi hayajonni bosolmay, hamma gapni aytib berishga qaror qildi.

​Yu Min:
Hae In opa, bugun Su Hon janoblari bilan bog'da birga bo'ldik. U menga men izlab yurgan kitobni sovg'a qildi. Uning gaplari, qarashlari... boshqacha edi.

​Baek Hae In: (Jilmayib singlisiga qaradi)
Yu Min, to'g'risini ayting-chi... Siz o'sha yigitni sevib qolmadingizmi?

​Yu Min: (Duduqlanib)
Men... Men... Yo'q, opa, nimalar deyapsiz? Shunchaki hurmat, xolos... Men hali bunaqa narsalar haqida o'ylaganim yo'q.

​Baek Hae In:
Yuzingizdagi qizillik va duduqlanishingiz butunlay boshqa gapni aytyapti, azizim.

​Ertasi kuni maktabda Ji Su Hon Yu Minning yo'lini to'sdi. Uning nigohida qat'iyat bor edi.

​Ji Su Hon:
Yu Min, bugun darslardan so'ng vaqtingiz bormi? Sizni bir ajoyib joyga taklif qilmoqchiman. Faqat ikkimiz.

​Yu Min:
Su Hon janoblari, men... Mayli, roziman.

​Darslardan so'ng ular Seulning eng go'zal va sokin xiyobonlaridan birida sayr qilib yurishardi. Atrofda xazonlar shitirlar, ular bir-birlariga ancha yaqin turib suhbatlashishardi. Kutilmaganda, qarshidan akasi Hyon Woo va kelinoyisi Hae In chiqib qolishdi. Ular ham aynan shu yerda dam olishni niyat qilishgan edi.

​Baek Hyon Woo: (G'azab va hayrat bilan)
Yu Min? Bu yerda nima qilyapsiz? Bu yigit kim?

​Yu Min: (Qotib qoldi)
Akajon... Men... Shunchaki dars haqida...

​Baek Hyon Woo:
Yu Min, hoziroq mashinaga o'tiring. Uyda gaplashamiz. Janob Su Hon, singlim bilan bunday uchrashuvlaringiz boshqa takrorlanmasin degan umiddaman.

​Hyon Woo Yu Minning qo'lidan tutib, mashina tomon yetakladi. Yu Min ortiga o'girilib Su Honga qaradi, Su Hon esa chorasiz holda qarab qolgan edi. Yo'l bo'yi mashinada hech kim gapirmadi, ammo Yu Minning ko'zlarida yosh qalqirdi. Uning orzulari va haqiqiy dunyosi to'qnash kelgan edi.

​Baeklar xonadonining mehmonxonasi. Havoda og'ir sukunat hukmron. Yu Min boshini egib, divanda o'tiribdi. Uning qarshisida otasi, onasi va g'azabini bazo'r bosib turgan akasi Hyon Woo turishardi.

​Baek Hyon Woo:
Yu Min, Siz bizni juda ranjitdingiz. Shuncha yil Sizga ishonib, erkinlik berganimizning evazi shu edimi? Be begona yigit bilan xiyobonda nima qilib yurgan edingiz?

​Yu Min:
Akajon, men faqat...

​Gap hali tugamasidan, eshik qo'ng'irog'i qattiq-qattiq chalindi. Xizmatchi ayol shoshilib kelib, eshikni ochdi. Bir necha soniyadan so'ng mehmonxonaga Ji Su Hon kirib keldi. Uning ust-boshi biroz tartibsiz, nafas olishi tez edi — u butun yo'lni yugurib kelgani ko'rinib turardi.

​Yu Min:
Su Hon janoblari?! Siz bu yerda nima qilyapsiz?
​Ji Su Hon Yu Minning oilasi oldida chuqur ta'zim qildi, so'ng qaddini tiklab, to'g'ridan-to'g'ri Baek janoblarining ko'ziga qaradi.

​Ji Su Hon:
Meni kechiringlar, shunday vaqtda ruxsatsiz bostirib kelganim uchun. Lekin men Yu Minni yolg'iz qoldira olmasdim. Men u kishini yaxshi ko'raman!

​Hamma hayratdan qotib qoldi. Baek xonim (onasi) og'zini qo'li bilan yopib, eriga qaradi.

​Ji Su Hon:
Men hayotimda ko'p narsani ko'rganman, lekin Yu Min xonimdek oy nuridan yaralgan, qalbi toza insonni uchratmaganman. U mening qorong'u dunyomdagi yagona yorug'lik. Agar Sizlar ruxsat bermasangiz, men bu uydan ketmayman. Men u kishini baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyorman!

​Baek Hyon Woo:
Bu gaplaringizga qanday ishonamiz? Siz hali yoshsiz, his-tuyg'ularingiz shunchaki o'tkinchi havas bo'lishi mumkin!

​Ji Su Hon:
Hyon Woo janoblari, Siz ham sevasiz-ku? Hae In xonimga qanday qarasangiz, men ham Yu Minga shunday qarayman. Mening sevgim o'tkinchi emas, u abadiy.

​Xonada uzoq sukunat cho'kdi. Baek janoblari chuqur tin oldi va o'g'liga qaradi. Hyon Woo Su Honning qat'iyatli nigohlarida o'zining yoshligini ko'rgandek bo'ldi. U sekin borib, Su Honning yelkasiga qo'lini qo'ydi.

​Baek Hyon Woo:
Yaxshi... Agar singlimning ko'zidan bitta yosh chiqishiga sababchi bo'lsangiz, mendan yaxshilik kutmang.

​Yu Min o'rnidan turib, Su Honga yaqinlashdi. Uning ko'zlarida quvonch yoshlari porlardi.

​Yu Min:
Su Hon janoblari... Siz juda jasur ekansiz. Men... Men ham Sizning sevgigizni qabul qilaman.

​Ji Su Hon Yu Minning qo'llarini ehtiyotkorlik bilan tutdi. Shu lahzada noyabrning sovuq kechasi bu ikki qalb uchun hayotlaridagi eng issiq va nurli tunga aylandi. Oila a'zolari esa bu go'zal manzarani ko'rib, beixtiyor jilmayib qo'yishdi.