February 2

Qismatga bitilgan tumor

2 qism

#LIN_YUI 🪷

Yan Feng Su Lini osmonning eng chekkasida joylashgan, bulutlar orasiga yashiringan "Muzli cho‘qqi" saroyiga olib keldi. Saroyning devorlari qora toshdan va sovuq nefritdan qurilgan bo‘lib, bu yerda na bitta gul, na bitta qushning ovozi eshitilardi. Hamma yoqda faqat qat’iy tartib va o‘lik sukunat hukmron edi.

​Ular ichkariga kirishganda, kumush zirh kiygan soqchilar xuddi toshdek qilt etmay turishardi. Yan Feng o‘tgan joyda hammaning boshi yerga egilar, lekin birorta ham so‘z aytilmasdi.
​Su Li bu muzdek muhitdan etlari junjikib, Yan Fengga yaqinroq keldi.

​Su Li: — Voy, bu yer nega bunchalik sovuq? Sening xo‘jayining Shahzoda Yan Feng o‘zi odammi yoki muzmi? Bu yerda hatto nafas olish ham qo‘rqinchli-ku!

​Ular markaziy hovliga yetishganda, Su Li to‘xtab, uni yetaklab kelayotgan yigitga sinchiklab qaradi.

​Su Li: — Hey, to‘xtachi! Boyadan beri hammani qo‘rqitib kelyapsan, hamma senga ta’zim qilyapti. Isming nima o‘zi, hamkasb? Rostini ayt, isming nima?

​Yan Feng to‘xtadi. Uning ko‘zlari saroy devorlari kabi sovuq va qat’iy edi

.
​Yan Feng: — Mening ismim... Syuan. Men bu saroydagi intizom va jazolar uchun mas’ulman. Bu yerda ortiqcha gapirish, yugurish va kulish taqiqlangan. Tushundingmi?

​Su Li: — Syuan? Isming ham xuddi o‘zingdek quruq ekan. Shahzodang haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi, hamma uni "bag‘ritosh" deydi. Nahotki u biron marta kulmasa? Sen unga qanday chidaysan?

​Yan Feng qizga bir qadam yaqinlashdi. Uning haybati Su Lini biroz orqaga chekinishga majbur qildi.

​Yan Feng: — Senga o‘xshaganlar faqat gapirishni biladi. Su Li, sen nega bunchalik dangasasan? Faqat yugurib yurishni, vaqtni bekor o‘tkazishni bilasan. Ishga kelganda esa tiling bir qarich. Shahzodaning saroyida sendek befoyda parilarga o‘rin yo‘q.

​Bu gap — "dangasa" va "befoyda" degan so‘zlar Su Lining qalbini xuddi pichoqdek tildi. U do‘sti A-Yuanni qutqarish uchun kechani kecha, kunduzni kunduz demay, qanchalik zahmat chekkanini, o‘z jonini xavfga qo‘yganini hech kim bilmasdi. Ko‘zlarida bir lahza og‘riq yilt etdi, lekin u buni bir soniyada yashirdi. U Yan Fengga qarab, go‘yo dunyodagi eng qiziq gapni eshitgandek qah-qah urib kulib yubordi.

​Su Li: (Kulgisi butun sovuq hovlini titratdi) — To‘g‘ri aytding, Syuan! Men dunyodagi eng dangasa va eng befoyda pariman! Nega ish qilishim kerak? Dunyo shunday go‘zal bo‘lsa, vaqtimni sening mana bu qabrga o‘xshagan saroyingni supurishga sarflaymanmi? Agar sening Shahzodang meni yoqtirmasa, haydab yuboraversin. Faqat unga aytib qo‘y — men ketgunimcha bu yerda uning qulog‘ini rosa qizdiraman!
​Yan Feng qizning baland ovozda kulayotganiga qarab, hayolida bir so‘zni qaytardi..

​Yan Feng: (Hayolida: "Demak, og‘riqni kulgi bilan yashirarkansan-da? Sen bilan hali maza qilib o‘ynaymiz, kichik pari... Haqiqiy Yan Feng bilan yuzma-yuz kelganingda ham shunday kularmikansan, ko‘ramiz.")
​U qizning bilagidan mahkam ushlab, uni qorong‘u yo‘lak bo‘ylab yetaklab ketdi.

Syuan (Yan Feng) Su Lini o'z holiga tashlab, muhim davlat ishlari bilan saroyning chuqur qismiga ketdi. Su Li yolg'iz qolgach, "dangasa" degan gapni isbotlamaslik uchun ishga kirishdi. U g'ayritabiiy chaqqonlik bilan hamma yoqni tartibga soldi, sovuq pollar uning sehri bilan porlay boshladi.
​Ishini tugatgach, u qiziqish ustun kelib, saroyning eng chekka, tuman qoplagan yo'lagi bo'ylab ketdi. To'satdan, devorlar ortidan past, titroq va juda ayanchli ovoz eshitildi. Bu yosh qizning yig'isi edi.

​Su Li: — Kim bor? Yordam kerakmi?

​U tovush kelayotgan og'ir, qora toshdan yasalgan eshikni itardi. Ichkarida oppoq kiyingan, yuzlari ma'yus bir qiz zanjirband holda o'tirardi. Su Li unga yaqinlashishi bilan, havo kutilmaganda og'irlashdi. Bu qiz aslida "Ruh o'g'risi" — insonlarning qo'rquvi bilan oziqlanadigan ayyor iblis edi.

​Iblis qiz: (Sehrli ovozda) — Su Li... Sen hammani qutqarmoqchisan, lekin o'zingni kim qutqaradi? A-Yuan o'ladi... Hammasi sening aybing...

​Su Lining ko'z oldi qorong'ulashdi. U o'zining eng daxshatli qo'rquvlarini — do'stlaridan ayrilishni va yolg'izlikni ko'ra boshladi. Uning nafasi siqilib, devorga suyandi.
​Aynan shu lahzada eshik shiddat bilan ochildi. Yan Feng (asl qiyofasida, haybatli va g'azabnok holda) ichkariga bostirib kirdi. Uning qo'lida kumushrang nur sochuvchi qadimiy qilich bor edi.

​Yan Feng: — Nomsiz iblis! Mening saroyimda fitna chiqarishga qanday hadding sig'di?!

​Yan Feng bir soniya ham ikkilanmadi. U qilichini havoda aylantirib, iblis qizga tashlandi. Iblis o'zining haqiqiy, qo'rqinchli qiyofasiga kirdi va ular o'rtasida shiddatli jang boshlandi. Su Li nima bo'layotganini tushunmay, daxshat ichida qarab turardi.
​Yan Feng qilichini iblisning ko'ksiga sanchganida, bir lahzalik sukunat cho'kdi. Iblis qiz qora qonga aylanib sochilib ketdi. Su Li juda yaqin turgani uchun, iblisning sovuq va qora qonlari uning yuziga, oppoq liboslariga sachradi.

​Su Li: (Daxshatdan ko'zlari katta-katta bo'lib) — Yo'q... To'xtang... O'ldirmang...

​Su Li hayotida birinchi marta o'limni va qonni bu qadar yaqin ko'rishi edi. Uning yuzidagi issiq qon tomchilari va Yan Fengning ko'zlaridagi o'sha cheksiz shafqatsizlik qizning ongini falaj qilib qo'ydi.

​Su Li: — AAAAA! Keting! Yaqinlashmang! —

deb bor ovozi bilanbaqirdi.
​Uning boshi aylanib, ko'z oldi qorong'ulashdi. Su Li hushidan ketib, muzdek polga yiqilayotganida, Yan Feng uni tutib qoldi. Uning kumushrang liboslari ham endi qonga belangan edi.