October 11

Hate you

Yun Aein

Hate you .
1_Episode.

1_Episode.

Kechki 22 dan. Rim shahrida osuda tun hukmron. Mashinalar qatnovi hali hanuz davom etardi. Shaharning chetida joylashgan dengiz sohilini qimmatbaxo villa egallagan. Koshona ichida bir qiz ajib o’ylar bilan dengiz suvlarida mavjlanib turgan oy aksiga termulib.Mayin shabada qizni sochlarini o’ynagan ko’yi uni o’z bag’rida ovutarkan qiz hayolot olamiga yanada chuqurroq sho’ng’irdi toki telefon ovozi qizni asliyatga qaytarmaguncha... Qiz telefonga qaradi-yu tanish raqamni koʻrib yuziga biroz tabassum yugirgandek boʻldi.. Telefonni qulogʻiga yaqinroq olib borgach..

Quloqqa yoquvchi qizning mayin ovoz yangradi.

-eshtaman..

Telefon ortidan javob keldi.

-Aein balki qaytish vaqti kelgandir..

-ha men oʻylab koʻrishim kerak. Shunchaki hammasini boshidan boshlashim kerak.

-javobingni kutaman. Umid qilamanki fkring oʻzgargan.

-hayr. Qizilni bosib qoʻygan Aein hissiz yana deraza tomonga qarar ekan endi hammasini chuqur oʻylashi kerak ekanligini tushundi. Balki qaytishi kerakdir. Hammasidan qasd olish uchun ham. Ular bilan yuzma yuz koʻrishib hisob soʻrash uchun. Endi hammasini oʻz qoʻlimga olishim kerak. Men qaytganimni bilishlari kerak. Titrashlarini istayman huddi avvalgidek.
Qiz soʻzlarini qatʼiyatli takrorlagancha oʻrniga kelib yotdi... Biroz vaqtdan keyin uyquga ketdi...

Erta tondan quyosh nurlarini sochayotgandi.. Allaqachon uygʻongan Aein hayotini boshqatdan boshlash uchun yana avvalgidek boʻla olish uchun harakat qila boshladi..Tez orada allaqanday uchrashuv uchun tayyorgarlik koʻrdi va oʻz mashinasiga oʻtirib qayergadir yoʻl oldi

Aein bir katta qad rostlagan bino chetiga kelib toʻxtadi.. mashinasi yoʻl chetiga qoʻygach undan tushib binoga biroz qarab turdiyu biroz jilmayib ichkariga kira boshladi.Bino ichkarisiga kirish mobaynida xodimlar Aeiga tazim qilgancha kutib olishdi. bunga javoban bosh silkitib qoʻydi Aein..
Aein lift tomon yaqinlashdi va oʻziga kerakli boʻlgan qavat raqamini bosib yuqoriga harakatlandi.. ikki daqiqa boʻlmasdan manziliga yetgan Aein liftdan tushib eshiklar orasidan oʻziga kerakli boʻlgan xonani va raqamni izlardi... Izlagan xonasini topdi va qaddini rostlab eshik tutqichini buradi va ichkariga kirdi
Xonada qoʻlida qahva bilan qandaydir xujjatlarga termulib oʻtirgan jhopeni koʻrdi va biroz jilmaydi...
Jhope ham Aeinni koʻrib hursand boʻldi va unga savol berishga shaylandi..

-demak qaroring oʻzgardi. Sen qaytting. Jilmaygancha qoʻllari bilan ishora qilgancha..
Aein javob berishga biroz oʻylanib turdiyu keyin aniq javob berdi..

-Albatta men qaytdim .! Seni koʻrganimda HURSANDMAN jhope.
Aniq va loʻnda lablarini yoyib tabassum qildi.

-men ham HURSANDMAN Yun Aein.!
Jhope biroz jilmaygach yana Aeinga yuzlandi.,

-ishga qaytsak. Hech kim seni kutmagan . Kutilmagan sovgʻa boʻlishing aniq.

-Toʻgʻri kutilmagan sovgʻa. Ishni boshlasak ham boʻladi unda. Qaddini rostlab Kinoyali koʻzlari bilan roʻl oʻynagancha teshib oʻtgudek qilib gapirdi.

-yaxshi kel unda bir narsadan boshlaymiz. Tarixga qaytamiz. Jhope koʻp muddat oraligʻidagi voqealarni eslatishga urindi.

Chamasi bir yıl oldingi xotiralar..
2023 yil iyun oyi Rim shahri... Juda katta Qad koʻtargan bino ichida bir nechta odamlar nimanidir maslaxat qilishardi.. hozir suxbat borasida faqat ikki kishi soʻzlashayotgandi qolganlar esa qoʻllarini orqaga qilib jim eshitishardi...divanlarda oʻtirib olgan ikki erkakning suxbati qandaydir shartnoma haqida ketayotgandi...

-Janob Yun siz shartnomaga amal qildingizmi? Naxot men shunchalik ahmoqga oʻxshaymanmi? Men sizni ogohlantirgan edim.! Mana siz kasotga uchradingiz. Lekin meni mollarimni tovonini kim toʻlaydi ? Qizingmi? Yoki sen? Erkak miyigʻida kulib gapirar ekan qoʻrqitish ohangini sezgan Yun darhol oxirgi soʻzlaridan keyin oʻzini yomon his qila boshladi va tipirchilashga tushdi.

-yoʻq yoʻq nimalar deyapsan tovoningni ham oʻzim toʻlayman qizim ga yaqinlashma u hali yosh! Menga nima qilsang qil.

-demak sen qizingga tegishmni istamaysan.? Ahh meni oʻgʻlim bor qizingni unga olib bermoqchi edim. Istamaysanmi?

-seni oʻgʻling? Istamayman kerak emas. Qizim hali yosh. Undan tashqari senlardek vaxshiylarni qoʻliga topshirmoqchi emasman qizimni.!

-demak shunday yaxshi unda tovonni sen toʻla. Boshing bilan!
Erkak shimining choʻntagidan qurolini chiqarar ekan toʻpponchani oʼqlashga tushdi.. qurolni oʻqlagacha yunning yuragini nishonga oldi... Oʻq otildi.. ammo u yerdagi hech bir insonga oʻq tegmadi.. oʻq aksincha devorga borib tegdi.. oʻq ovozini eshitgan soqchilar ham oʻq uzishga oʻtishdi.. hamam joyni oʻq ovozi tutib ketdi.. hamma boshini eggancha yerga oʻtirib olishardi... Oppoq chang orasida qolgan ikki erkak bir biriga toʻpponchani qadab turishardi.. Ikkalsi bir biriga soʻz deyisholmadi.. orqadan Ota degan soʻzni eshitgan Yun ortiga qayrildi qizin koʻrgach soʻz demasdan yuragiga oʻq joylandi.. oʻq uzildi.. Otasini yerga qulaganini koʻrgan Aein oʻziii yoʻqotib qoʻydi koʻzlarida alam va qasd olish gurkib turardi.. Aein otasining qoʻlidagi toʻpponchani oʻldiyu toʻpponcha ushlab turgan erkakni nishonga olib tepkini bosdi.. oʻq uzildi.. erkak ham yerga quladi..
Birozdan soʻng oʻq ovozlari yangramay qoldi jimlik boshlandi hamma murdalar yerda qonga belanib yotardi.. Bu achinarli xolat... Aein otasini koʻrib yigʻlardi.. oʻziga oʻzi soʻz bergan xolda koʻzlaridagi yoshlarini artdi..

-yoʻq yoʻq otajon keta olmaysiz. M.men sizga bunday qilganlarni tag tugi bilan yoʻq qilaman! Vaʼda beraman hammasini boshidan oxirgacha siz istagandek qiz boʼlaman.! Ota.

Qiz koʻzlaridan shashqator boʻlib yosh oqardi.. chamasi yarim soatlardan soʻng... Tez yordam mashinasi keldi va ikki murdani olib ketishdi..

....Hozirgi vaqt....

-Hozir hammasi boshqacha boʻlgan boʻlar edi.. agar men kech qolmaganimda.. otam tirik boʻlar edi..

-Aein seni hech qanday aybing ham aloqang ham yoʻq tushun bu taqdir.. Otangning taqdiri shu ekan.. Lekin sen uni istaklarini amalga oshira olasan... Huddi oldingidek..

-toʻgʻri huddi oldingidek.. Titratuvchi Aein qaytdi.. Aniq bir nuqtani koʻzlagancha devorga qarab koʻzlarini uzmasdan gapirdi..

-bu boshqa gap.. oʻzingni qoʻlga ol dushmanlaring atrofingda sen otang kabi boʻlishing kerak..

-toʻgʻri otam kabi..

Jhope va Aein suxbatlashishadi davom etishdi.. avval qandaydir rejalar haqida gaplashishdi.. va ularni amalga oshirish...

~
-Jungkook ahmoqmisan ? Nimani koʻzlayapsan oʻzi ? 1 yıl oʻtdi ammo qotil hali ham topilmadi u qiz yoʻq. Topish qiyin boʻlyapti hech qayerda yoʻq.

Oʻz harakatlarini boshqara olmay qoʻlida viski solingan qadahni koʻtargancha boshini orqaga qilib ikkilangancha javob bera boshladi..

-Ahmoqlik telbalarga yarashadi. Men oʻsha qizni topishim kerak.! Meni bittagina doʻstim bor edi u ham otam edi.. undan ayirgani uchun qiz bola boʻlishiga qaramasdan hisob soʻrashim kerak.. uni toping boʻlmasa oʻzim harakat qilishimga toʻgri keladi....
Yigit oʻtirgan divanidan turdida deraza tomonga borib turib oldi va oʻtmishni eslay boshladi..

Flashback
Oʻsha ikki erkakning oʻlgan kuni..
Erkakning oʻlganligi haqidagi habarni eshitgach yigit tamom boʻlayozdi .. otasini yoʻqotib qoʻyganiga ishongisi kelmasdi.. hamma ishini tashlab otasini murdasini koʻrish uchun shoshildi..... Koʻkarib qonga belanib yotgan tana hech narsani sezmasdi koʻzlar yumilgan edi.. Yigit dod solsa ham foydasi yoʻq edi..

-otaaa sizga kim bu ishni qildi??? Hayotimdagi yagona doʻstim edingiz. Sizni nima yomonligingiz tegdi sizga shunday qilishga.. men barchasini tirik qoldirmayman. Qasos vaqti keladi.. sizni mendan ayirganlari uchun hisob soʻrayman ota.
Yigitni koʻzi qonga toʼlgan allaqachon qasd olishin oʻylayotgandi... Yigit xonadan chiqib yoniga yordamchisini chaqirdi va hammasini aniqlashlarini buyurdi..

-hammasini top buni kim qilganini nima sababdan qilganini tushundingmi???

-j.janob bu ishni ayol kishi amalga oshirgan yani sizni otangizni oʻldirgan qiz Yunning qizi ekan.. sizning otangiz oʻq otgan va oʻsha qiz kelib qolgan qiz ham siz kabi gʻazabga toʻlgan va otangizni...

-boʻldi bas!! Gapirma oʻsha qizni yerni tagidan boʻlsa ham topasanlar.!!!
Yigit shunday degancha oldinga qadam tashlab keta boshladi...

Timeskip

-men topishim kerak edi ammo men topa olmadim hech qanday malumot yoʻq Aein uning ismidan tashqari.. u shunchalik yashirin ayolmi? Kim oʻzi? Balki endi unutishim kerak foydasi yoʻqdir....
Yigit oʻylangancha bir joyda qotib turaverdi..
Orqasidan Jungkook deya chaqirilgan ovoz kelmaguncha..

-jungkook
Ovozdan keyin Jungkook orqasiga oʻgrildi va tanish qiyofani koʻrdi..

-nima? Yigitning aytgan soʻzlari shu boʻldi xolos.

-Ertaga biz uchun boshqacha kun. Bizda rejalar amalga oshishi imkoni bor.. yana bizda ayol hamkor ham bor uni koʻnglini olishimz kerak..
Namjoon soʻzlarini aytib boʻlgach jilmaydi.

-yaxshi. Demak ayol hamkor degin. Bir gap boʻlar ayollar bilan ishlash bu axmoqlik. Yigit yuzlarni burish turgancha gaprdi huddi kalaka qilgandek..

-boshqa ilojing yoʻq. Aslida ayollar bilan ishlash bu boshqacha boʻladi. Ular har narsani eplay oladilar ular huddi qora kapalakdeklar.

-axx yaxshi namjoon seni tushundim sen ayollar bilan koʻp ishlagansan. Men esa yoq bunday narsalarga ayollarning aqli yetishi haiqda oʻylamaganman ham.

-ahmoq allaqachon 27 yoshsan birorta ayolga koʻz qiringni tashlamading bu qanaqasi?? Sen toq oʻtmoqchimisan yoki shunday davom etmoqchimisan ?

- mm bilmadim men ayollar borasida senchalik emasman .shuning uchun gapni koʻpayrirma Namjoon endi esa xonadan chiqib ket!

-yaxshi. Yigit chiqib ketdi...
Ogʻir qadamlar bilan ortga oʻgrildi yana yigit va bir joyga termulib qoldi va nimanidir pichirladi oʻziga oʻzi...

-ayollar.. ayollar. Ular ... Kim oʻzi...

Yigit hayollarga shoʻngʻidi.. oʻn besh daqiqacha oʻylanib turgan yigit oxiri ortga qaradi va xonani tark etdi..

Allaqachon kech ham tushdi.. Oʻz ishlarni bitirib hal qilgan Aein uyiga qaytayotgandi.. biroz Rim shahrining goʻzalligini tomosha qildi.. va piyoda uyga qaytdi.. uyiga kirib oʻz xonasini tutqichini buradi va kiriboq yotoqqa oʻzini tashladi va huh tortib qoʻydi..
Shiftga qarab yotgan Aein chuqur nafas olishga urindi.. biroz tinchlanib Olgach oʻziga oʻzi bir narsalarni pichiladiyu koʻzlarni asta sekin yumib uxlab qoldi....