January 24, 2023
Siz qayerda bo‘lsangiz, biz ham o‘sha yerdamiz!
Qo‘shtepa tumani Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini Soxibkor ko‘chasida istiqomat qiluvchi
61 yoshli Mamasaid ota yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligifaoliyati bilan
shug‘ullanish istagi bo‘lgan. Hozirgi kunda esa betobligi sabali shifoxonada yotganligi
uchun davlat xizmatlari markaziga kelaolmayotganligi uchun Qo‘shtepa tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari 2023-yil 24-yanvar kuni sayyor tartibda
Mamasaid otani yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tashrif buyurdilar va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvoxnomani taqdim etdilar.