October 1

QORLI O‘RMONDA YOLG‘IZ BO‘RI

QORLI O‘RMONDA YOLG‘IZ BO‘RI

(1-qism)

Qish oqshomi. O‘rmon shunday sokin ediki, hatto daraxtlar ham bir-biriga qorinday yopishib, sirlarini yashirayotgandek tuyulardi. Osmondan tushayotgan qor parchalarining tovushi eshitilmas, ammo ularning yerdagi yengil qoplamasi ostida o‘rmon yanada chuqur sirli ko‘rinardi.

Mana shu o‘rmonning eng chetida, odamlar hech qachon bemalol kira olmaydigan joyida, yolg‘iz bir mavjudot yashardi. U odam ham, hayvon ham emas edi. U Taehyung — qachonlardir baxtli oila boshlig‘i bo‘lgan, ammo endi qonga bo‘yalgan xotiralar bilan yashashga mahkum etilgan alfa bo‘ri edi.

Uning o‘tmishi yirtqich shamolday og‘ir edi. Bir paytlar inson qiyofasida yashar, oddiy odamlar orasida hayot kechirardi. Yonida mehribon xotini, quvonchli kulgiga to‘la kichkina o‘g‘li bor edi. Ammo insonlarning qo‘rquvi va ochko‘zligi tufayli uning siri ochildi. Ularning “farqli” bo‘lishi odamlarni vahimaga soldi. Bir kechada olomon mash’ala va qilichlar bilan kelib, ularning uyini vayron qildi. Taehyung hammasini ko‘rdi: xotini va bolasini qo‘llaridan tortib olib ketishdi, u esa o‘z oilasini himoya qila olmadi.

O‘sha kundan boshlab, u insonlardan yuz o‘girdi. U o‘rmon ichiga kirib, bo‘ri qiyofasida yashashni tanladi. Har tun u ko‘kka qarab ulkan, yolg‘iz uvol kabi ularni eslab uvillardi.

Shu orada shahar hayoti boshqa, sokin yo‘ldan ketardi. O‘quvchilar va ularning ustozlari qishki sayohat uchun o‘rmon bo‘ylab yo‘lga chiqdilar. Qor ustida izlar qoldirib, shovqin bilan yurishar, daraxtlarning balandligi va o‘rmonning sokinligini hayrat bilan tomosha qilishardi.

Ularning orasida Raya ham bor edi. U sinfdoshlaridan farqli o‘laroq, ko‘proq tabiatni tinglar, o‘rmonning sirli jimligini ko‘zlari bilan his qilardi. “Go‘yo bu daraxtlar biror sirni yashiryapti”, deb o‘ylardi u yuragidan.

Ammo o‘rmon oson emas. Qalin qor, daraxtlarning bir-biriga o‘xshashligi ularni adashtirib qo‘ydi. Ustoz ham yo‘lni aniq bilmasdi. Bir-ikki soatdan so‘ng bolalarning qadam tovushi sekinlashdi, ularning quvonchi qo‘rquv bilan almashdi.

— Ustoz, orqaga qaytaylik… — dedi kimdir.
— Yo‘q, endi kech bo‘ldi. Qor yo‘lni yopdi, qaytishning iloji yo‘q. Yaxshisi oldinga yuramiz, — dedi ustoz, lekin uning ovozida ham ishonchsizlik sezilib turardi.

Raya hamma bilan yurardi, lekin yuragida bir g‘alati tuyg‘u uyg‘ondi. Go‘yo kimdir uzoqdan ularni kuzatayotgandek edi. Shamol qattiqroq esib, daraxtlar orasidan hushtak yangragandek bo‘ldi.

Shunda u ko‘rdi. Daraxtlar orasida oppoq qor ustida turib, ulkan qora bo‘ri unga tikilib turardi. Uning ko‘zlari odatiy bo‘rining ko‘ziga o‘xshamasdi — unda insoniy dard, insoniy g‘azab va insoniy yolg‘izlik bor edi. Raya qo‘rquvdan emas, balki tushunib bo‘lmas qiziqishdan muzlab qoldi.

Taehyung esa ichida boshqa kurashni his qildi. “Yana insonlar… ular meni topdimi? Yana o‘sha qonga bo‘yalgan kun qaytadimi?” Lekin uning ko‘zlari Raya ko‘zlariga tushganida, u boshqa narsani his qildi. U yerda qo‘rquv yo‘q edi. U yerda mehr va tushunishga chanqoqlik bor edi.

O‘sha lahza ularning orasida so‘zsiz bog‘lanish paydo bo‘ldi. O‘rmon qorong‘iligida bir bo‘ri va bir inson qiz bir-birini ko‘z bilan tanidi.

Raya chuqur nafas oldi, yutindi va ichida:
“Bu oddiy bo‘ri emas… unda odamning ko‘zlari bor,” deb o‘yladi.

Taehyung esa ichida shivirlagandek his qildi:
“Men seni ilgari ko‘rmagandekman… lekin sening ko‘zlaringda menga yo‘qotganimdan qolgan iliqlik bor.”

O‘rmon qalin qor bilan qoplangan bo‘lsa ham, shu ikki nigoh orasida birinchi uchqun chaqnadi.

————

Taehyung qop-qora bo‘ri qiyofasida Raya ko‘zlariga qarab turardi. Ichida qaynagan iztirob uni qattiq bosib kelar, lekin u ko‘nikib bo‘lgan edi: hamma insonlardan uzoqda yashashga.

U asta oldinga yurdi. Qor uning panjalari ostida g‘irchilladi. Sinfdoshlar va ustoz uzoqroqda edilar, faqat Raya ko‘rdi uni yaqinroq.

Bo‘ri o‘zini katta kuch bilan tutdi, chuqur ovozda uvillab yubordi. O‘rmon aks sado berdi, daraxtlar ham titragandek bo‘ldi. Uning maqsadi bitta edi — qizni qo‘rqitish, uni uzoqlashtirish. Insonlarga yaqinlashish mumkin emas. Ularning qo‘rquvi, nafrati va xiyonati yana qaytishi mumkin edi.

Ammo Raya qochmadi. Qo‘rqmadi ham. Aksincha, u sekin bo‘riga yaqinlashdi. Taehyung ichida g‘azab bilan o‘yladi:
“Nega bu qiz qochmaydi? Nega boshqa odamlar kabi baqirib, qochib ketmaydi?!”

Raya esa uning yoniga kelib, qo‘lini uzatdi. Yigitning ichidagi bo‘ri qattiq g‘o‘ldiradi, ammo qiz qo‘rquvsiz edi. Uning mayin barmoqlari bo‘rining sovuq, qalin mo‘ynasiga tegdi. Qiz jilmayib dedi:

— Juda issiqsan…

Taehyungning butun tanasi jim qoldi. Odatda insonlar uni vahshiylik deb o‘ylardi, ammo bu qiz mo‘ynasini o‘ynar, qo‘lini yuziga bosar, go‘yo u oddiy jonivorday mehr berardi.

Raya sekin orqasidan yurdi, mo‘ynasiga qo‘l tekkizib:
— Qayerga ketyapsan? Men ham ketaman… — dedi.

Taehyung to‘xtab unga qahr bilan qaradi. Ko‘zlari qizilga yaqin chaqnadi. Bo‘ri ovozi g‘o‘ng‘irlab chiqdi, lekin bu safar tovush g‘azabdan ko‘ra titrab chiqqanday bo‘ldi. Uning og‘zidan odamsifat so‘zlar chiqdi.

— Nega ketmaysan? Men bo‘riyman… sen odam! Men senga sovuqman, men seni yomon ko‘raman!

Raya birdan yuragi qinidan chiqib ketgudek bo‘ldi. “Gapirdi…” deb o‘yladi ichida. Ammo qo‘rquv emas, hayrat uni bosdi.

— Sen gapiryapsan! — dedi u ko‘zlari chaqnab. — Demak sen oddiy bo‘ri emassan!

Taehyung burilib ketmoqchi bo‘ldi, lekin qiz yana orqasidan chopdi. Mo‘ynasidan ushlab oldi. U kulimsirab dedi:

— Qara, men qochmayapman. Sen meni qo‘rqitolmading.

Bo‘rining ichida allaqanday issiq narsa uyg‘ondi. Bu qizning jasorati, qiziqishi uni bezovta qilar, ammo shu bilan birga yuragini ham bezovta qilardi.

— Nega? — dedi u ovozi titrab. — Nega qo‘rqmading? Men seni yutib yuborishim mumkin!

Raya esa unga beparvo ohangda qarab:
— Chunki sening ko‘zlaring odamnikiga o‘xshaydi, — dedi. — Men odamlarning yomonini ko‘rganman. Lekin sen… sen yomon emassan.

Taehyung jim bo‘lib qoldi. Uning ko‘zida achchiq o‘t chaqnadi.

— Sen nechada bo‘lding? — deb so‘radi u birdan, tovushini sovuq qilishga urinib.
— O‘n yettidaman, — dedi Raya sokin, lekin ishonch bilan. — Nega so‘rading?

Taehyung yuzini burdi. Ichida yirtilib ketgudek bo‘ldi. O‘n yetti… bu yosh uning yo‘qotgan o‘g‘lining yoshi bilan deyarli teng bo‘lardi.

— Sevgi haqida nima bilasan? — dedi u keskin, go‘yo qizni sinab ko‘rganday.
Raya jilmayib yelkalarini qisdi:
— Bilmayman. Balki bu sen bilan biladigan narsamdir.

Bu so‘zlar Taehyungning muzdek yuragiga chaqmoqdek urildi. U sovuq bo‘lishga, o‘zini uzoqlashtirishga urinayotgan bo‘lsa ham, qizning oddiy, samimiy javobi uni ich-ichidan qizdirib yubordi.

Shu oqshom o‘rmon qorong‘usida bir yolg‘iz bo‘ri va bir qizning yo‘llari asta-sekin bir-biriga bog‘lana boshladi.

Taehyung Rayani sovuq ko‘zlari bilan yana bir bor kuzatdi. Ichida yonayotgan issiq hissiyotlardan o‘zini yirtib olishga harakat qildi. “Yo‘q, bu qizning bu yerlarda bo‘lishi mumkin emas. Bu yer — mening jazoim, mening qabrim”, deb o‘yladi u.

U keskin burildi va uvillab yubordi. Ovozi qattiq yangradi, daraxtlar orasida aks sado berdi.
— Ket! — dedi u g‘o‘ng‘irlagan odamovozida. — Men odamlarni yomon ko‘raman. Sen ham odamlar qatorisan!

Raya ko‘zlarini pirpiratdi, ammo ortga chekinmadi.
— Men sendan qo‘rqmayman, — dedi u sokin ovozda.

Ammo Taehyung ko‘zida yovuz chaqmoq yondi, tishini ko‘rsatib, g‘azabli ovoz bilan g‘o‘ldiradi:
— Endi yo‘qol, qiz! Yana qaytib kelma!

Shunda ustoz va qolgan o‘quvchilar ham uni chaqirib qolishdi. Raya sekin orqasiga qarab yurdi. Yuragi o‘rtanib, lekin yuzida jilmayish qoldi. U ketdi, lekin yuragida qat’iy qaror tug‘ildi: “Men qaytaman.”


Ertasi kuni

Taehyung o‘rmonning chuqurroq qismida, o‘zining eski maskanida o‘tirardi. Qalin daraxtlarning orasida joylashgan katta g‘or — uning yotoq joyi, yolg‘izlik maskani edi. Yuz yildan ortiq vaqt davomida u shu yerda, yolg‘izlikda yashagan. Uning tanasida vaqt o‘zgarmasdi, lekin qalbida chandiqlar bor edi.

Shu payt qor ustida qadam tovushi eshitildi. Taehyungning qulog‘i qimir etdi, burniga tanish hid urildi. U g‘azab bilan boshini ko‘tardi.

— Yana senmi?!

Ha, bu Raya edi. Qo‘lida tuguncha: issiq ovqat, bir nechta non, hamda kichkina ko‘rpa-to‘shak ko‘tarib kelgandi. Uning yuzida qo‘rquv emas, aksincha quvonch bor edi.

— Men qaytdim, — dedi Raya. — Endi seni yolg‘iz qoldirmayman.

Taehyungning jahli chiqdi. Panjalari bilan qor ustini tirnadi.
— Qiz, sen aqldan ozdingmi? Sen mening yonimda bo‘la olmaysan! O‘zingni baxtsizlikka sudrayapsan!

Ammo Raya indamadi. O‘rniga u bo‘rining dumini ko‘rdi va jilmayib qo‘llari bilan dumini ushlab oldi. Mo‘ynasi yumshoq edi.
— Voh, qanday oppoq va issiq! — dedi u quvnoq ohangda.

Taehyungning ko‘zlari chaqnadi. U qattiq g‘o‘ldirab yubordi:
— Dumimni qo‘y!

Raya esa kulib dumini yana siladi.
— Juda yoqimli, sen mendan sovuq bo‘lishga urinyapsan, lekin baribir yoqasan, Taehyung.

Uning ismini aytishi bo‘rining yuragini titratdi. G‘azabdan titrardi, lekin aslida ichida iliqlik uyg‘onib borardi.

Kunlar o‘tdi. Ustoz va sinfdoshlar orqaga qaytib ketishdi. Qizni topolmadilar. Uning ota-onasi ham shahar bo‘ylab Rosa izlashdi. Lekin Raya qaytmasdi. U Taehyungni topib bo‘lgan edi, va endi uni tark etmoqchi emasdi.

Har kuni ovqat olib kelar, g‘orning ichini tozalab, ko‘rpachalar yoyib qo‘yar, Taehyung esa sovuq ohangda uni haydashga urinardi.
— Ket, qiz! Men sen uchun emasman. Men yuz yildan oshiq yashagan, qon va iztiroblar bilan to‘la mavjudotman.
Lekin Raya jilmayib qo‘yardi:
— Yuz yilmi? Demak sen mendan juda ko‘p narsani bilasan. Men sening yoningda hamma narsani o‘rganaman.

Raya uning mo‘ynasini silab, hatto dumini o‘ynab kulardi. Taehyung g‘azablanardi, ammo yuragining tubida unga qizning qo‘llari tegishi yoqa boshladi.


Ikki oy o‘tib

O‘rmon endi Raya uchun qo‘rqinchli emasdi. U bo‘ri yonida yurishni o‘rganib, uni ko‘zlaridan tushunishni ham bilib qoldi. Kechalari u g‘orda yonida uxlardi, tongda esa qushlarning chug‘urlashiga uyg‘onardi.

Va bir kuni Taehyung jim bo‘lib o‘tirdi. Uning ko‘zlari qorong‘u bo‘lsa-da, chuqur iliqlik yashirardi.
— Sen ikki oy davomida meni tark etmading, qiz, — dedi u. — Men seni haydashga urindim, ammo sen qayta-qayta kelding.

Raya jilmaydi.
— Chunki sen yolg‘izsan. Yuz yil yolg‘izlik — bu juda ko‘p.

Taehyung chuqur nafas oldi. Shunda u asta ko‘zlarini yumdi. Tanasini oppoq nur qoplay boshladi. Raya hayratdan og‘zini ochdi. Bo‘rining qalin mo‘ynasi asta-sekin yo‘qolib, uning o‘rnida odam qiyofasi paydo bo‘la boshladi.

Qorong‘u g‘orda endi odam — Taehyung turardi. U baland bo‘yli, uzun qora sochli, yuzida achchiq dard izlari bo‘lsa ham, ko‘zlari insoniy iliqlik bilan yonardi.

— Men aslida shundayman, — dedi u Raya tomon qarab. — Endi sen mening eng katta sirimni ko‘rding.

Raya esa yoniga borib, uning qo‘lidan ushlab qo‘ydi.
— Men buni bilardim. Sen oddiy bo‘ri emasligingni allaqachon sezganman.

Ularning qo‘llari qorli o‘rmon ichida ilk bor insoniy iliqlikda qo‘shildi.


Raya Taehyungning odam tanasini birinchi bor ko‘rib qolganida kulgidan o‘zini tiyolmadi. Uning yuzlari qizarib, ko‘zlari yoshlandi.

— "Oppa… kiyimsiz qolibsan-ku…" — deb, kulgidan qornini ushlab yubordi.

Taehyung esa yuzlarini burib, jahlini yashirishga harakat qilib, g‘or burchagidan eski kiyimlarini olib kiydi. Qizning kulgisi ham, ko‘zidagi sho‘x chaqnash ham uni yanada gangitib qo‘ydi.

Shu kundan boshlab ular bir-biriga yaqinlashib bordi. Qiz har kuni unga ovqat keltirar, sovuq qishda yonida qolardi. Taehyung esa, yuragi sovuqdan emas, balki qizning borligidan iliqlik topardi.

Ammo qish o‘tdi. Bir kuni Raya sovuqdan titrab, qattiq kasal bo‘lib qoldi. Uning peshonasi lovillab yonardi. Taehyung vahimaga tushdi.
— "Yo‘q, yo‘q… meni tashlama…" — deb, qizni bag‘riga bosib, titragan qo‘llari bilan isitmasini tushirishga urindi.

Biroq foydasi bo‘lmadi. Shunda u o‘zining yuz yildan ortiq kuchini yig‘ib, Raya’ni ko‘tardi-da, o‘rmon ichidan shaharga qarab yugurdi. Qizni hech kimga ko‘rsatishni istamasdi, lekin uni yo‘qotishdan ham qo‘rqardi.

Shahar chetidagi shifoxonaga kelib, qizni sekincha eshik oldiga qo‘ydi. Ko‘zlarida yosh bilan Raya’ning yuziga oxirgi bor qaradi:
— "Yashagin… sen yashagin, meni eslama ham…"

Shunday deb, u qorong‘ilikka singib, izsiz g‘oyib bo‘ldi.

Oradan bir necha kun o‘tdi. Raya o‘ziga kelganida, yonida onasi va otasi yig‘lab o‘tirardi. Ular qizni izlab, oxiri shifoxonadan topib olishgandi.

Qiz ko‘zlarini ochib, sekin pichirladi:
— "Tae…"

Ammo uning yonida faqat ota-onasi bor edi.


Oradan bir oy o‘tdi. Raya sog‘aydi, lekin yuragidagi bo‘shliqni hech narsa to‘ldira olmadi. U qachon ko‘zlarini yumsa, faqat bitta qiyofa – Taehyungning nigohlari, uning issiq qo‘llari ko‘z oldiga kelaverardi.

Bir kuni u qaror qildi. Ota-onasiga hech narsa demay, yana o‘sha o‘rmon sari yo‘l oldi. Sovuq shamol yuziga urardi, daraxtlar shitirlab, go‘yo uni yo‘lga boshlayotgandek edi.

Uzoq yurib, nihoyat g‘orni topdi. G‘or ichida Taehyung o‘tirardi. U odam tanasida edi, lekin ko‘zlari o‘tli, yonida esa qora dumini yashira olmay, sekin qimirlatar edi. Raya kulimsirab yaqinlashdi:
— "Oppa… men seni qidirdim."

Taehyung keskin o‘girildi:
— "Raya, ket… men seni haydab yuborganman. Menga yaqinlashma."

Ammo uning dumining tinmay qimirlayotganini qiz ko‘rib qoldi. Yuragi ilib ketdi.
— "Yo‘q, men ketmayman. Men sendan qochishni istamayman. Men… men seni sevib qoldim, Taehyung."

Taehyungning yuragi hapriqib ketdi. U chuqur nafas oldi, nigohlari xiralashdi.
— "Sen meni sevishing mumkin emas. Men odam emasman… men bo‘ri. Men bilan faqat do‘st bo‘lishing mumkin. Mening o‘tmishim bor, oilam bor edi… ularning xotirasi meni tark etmaydi. Men seni o‘sha og‘riqqa bog‘lashni istamayman."

Raya ko‘zlarida yosh bilan jilmaydi:
— "Menga farqi yo‘q, sen bo‘rimisang yoki odam. Men seni har qishda izlab kelaman. Yoninga kelib, seni ko‘rib ketaman. Shunchasi menga yetadi."

Taehyung uni uzoq qarab turdi. Uning ichida sevgi alangasi yonardi, lekin baribir uni tiydi. Qizning boshidan silab, asta orqasiga o‘girildi.

O‘sha kundan boshlab, har qishda Raya o‘sha o‘rmon sari qaytar, g‘orda uni kutayotgan bo‘rini topardi. Ularning hikoyasi hech qachon odatiy sevgi kabi emasdi, lekin ularning yuraklari bir-biriga bog‘liq edi.

Shamol shitirlab, qor yog‘ar, bo‘rining ko‘zlari esa qizga qaraganda yana yonib ketardi.

Raya har qishda uni sevib kelardi… Taehyung esa uni kutardi. 🖤