December 9

아픈 사랑

Epp.9

Uch oy… vaqt tashqarida odatdagidek otardi, lekin kasalxona palatasida u go‘yo muzlab qolgandi. Deraza ortida fasllar almashar, odamlar shoshilib o‘tardi, faqat Elif yotgan xona ichida hamon o‘sha o‘zgarmas sokinlik hukmron edi. Chiroqlar bir xil yorar, yurak urish apparati bir xil tovushda ishlardi. Har kuni shu yerga kirib-chiqayotgan yagona odam esa Yoongi edi. U vaqt degan narsani his qilmas, kunlarini ham, tunlarini ham shu xona havosi bilan o‘tkazar, kundan kunga unga boʻlgan tuygʻularini tushunib yetar, xuddi butun dunyosi shu yotgan qizga bog‘lanib qolganidek edi. Uch oy davomida Elifning ko‘zlari bir marta ham ochilmadi, lekin Yoongi uchun umid hech qachon o‘lmagan edi.

3 OY O‘TDI…

Kasalxona palatasida vaqt to‘xtab qolgandek edi. Deraza oldidan har kuni quyosh chiqib botardi, lekin Elifning kirpiklari bir marta ham qimirlamadi.

U hali ham o‘sha oq choyshablar orasida, tinch, juda tinch yotar… faqat yurak urish apparatining bip-bip ovozi hayot hali uzilmaganini eslatardi.

Suga doim tunda shu yerda edi. Ba’zan 10 daqiqa, ba’zan 10 soat… qolar edi.

Bugun ham tunda u eshikni sekin ochib, xona ichiga kirdi. Tashqarida qishning oxiri edi, ammo Suga avvalgidan ham so‘ngan, ozlib ketgan, ko‘zlari chuqurlashgan edi.

U kresloga cho‘kdi.

Suga —Bilasanmi… uch oy o‘tdi. Sen… sen hali ham jim yotibsan. Men… sen uyg‘onishing uchun o‘zimni har kuni boshqa odamga aylantiryapman.

U kulimsirashga urinadi, ammo ko‘zlari qizarib ketadi.

Suga —Doktorlar “shans bor” deyishdi. Men ularga ishonaman…

Xona eshigi ochilib, Jiah kirib keldi. U ham jim edi. sugani holatini ko‘rib, yengil xo‘rsindi.

Jiah pov —shu yerda ekanligini koʻnglim sezgan edi. Qani endi u uygʻonsa tezroq shu jigallik yechilsa. Uni ham yuragi ezilib ketdi. Blaman suga uni yahshi koʻrb qolding lekn iltmos meni ham unutmang❤️‍🩹

Jiah —Suga

Suga kelgan ovoz Jiahniki ekanlign darhol sezdi. Ortiga qaradi Jiah huddi "Nega?..nega?" Deganday termulib turar edi.

Suga —Jiah Nma qilyabsan sen bu yerda?

Jiah —Aslida siz Nma qilyabsz?

Suga — Tushuntirib beraman

Jiah —Shart emas!.

Gʻamgin jilmaygancha honani tark etti. "Jiah" degancha esa suga ortidan chiqdi.

— …yana o‘sha ovoz.
Quloqlarimga singib ketgan, qulog‘imni qirqib tashlasam ham ketmaydigan ovoz. Bu suga. Uning ovozi afsusga o‘ralgan. Shu ovoz meni qaytarayapti. Shu ovoz hayot bilan o‘lim orasidagi ipni tortayapti.

Biroq… qarshimda onam bilan otam turibdi. Men esa bir qadam oldinga ham bora olmayapman. Lekn nega? Nega ularning qo‘lini ushlashga qo‘rqayapman? Nega yuragimni siqib turgan bu og‘riq ularning boqishidan ham og‘irroq? Elif, buvingni tashlab ketging kelmayaptimi? Yoki yana o‘sha ikkiyuzlamachi odamlar… yana o‘sha kimgadir ishonishdan qo‘rqayotgan qo‘rqoq yuraging?

Bu qorong‘uluk… ajabki, tinch.
Mana shu ikki dunyo orasidagi jimlik hayotdagidan ko‘ra halovatliroq. Hech kim baqirmaydi. Hech kim og‘ritmaydi. Hech kim tark etmaydi.

Lekin… ketishim kerak.
Bir tomonda ota-onamning ruhi meni chaqiryapti. Ikkinchi tomonda esa Suga ovozidan har safar yuragim uzilayapti. Uning titroq nafaslari, bo‘g‘ilgan ovozi, “Elif, qayt” degan yolvorishi… hatto u menga kamsitgan so‘zlardan ham og‘riqroq.

Men ikki dunyo o‘rtasida turibman. Hayot chaqiryapti.
O‘lim esa bag‘rini keng ochgan.

Va men…
Men hali tanlov qilolmayapman.

Men asta boshimni ko‘tardim.
Ota-onamning jilmayishi xiralasha boshladi.
Orqadan esa yorug‘ nido otilib chiqdi.

U hali ham kutayapti.
U hali ham qo‘ymayapti.
Va ajabki — men qaytishni xohlab qoldim.

*Sg —Jiah shoshma meni kutib tur.

Jiah toʻxtadi.

Sg —Jiah iltmos toʻgʻri tushun.

Jiah —YOʻQ ahr qanday qilib. Har tunda yolgʻiz qoldirib yoʻqsiz Elif afto halokatga uchraganidan buyon ayolingizni unutgan siz. Ha beryabsz oʻsha mehrni lekn oʻshanda ham majburligingzdan. Balki farzandimiz boʻlganda bunday qilmagan bilarmidingz A?

Sg —Jiah unday emas.

Jiah —Bilaman uni yahshi koʻrasiz koʻproq uni oʻylaysiz tezroq hayotga qaytsa edi deysiz ammo bu yuragmni oʼgʻrtyabti suga tushuning men ham ayolman.

Sg —Bilaman. Bilaman lekn Nma qilay unga koʻp ozor berganman sen bilmaysan. U shuning uchun ham qaytgisi kelmayabdi agar u bizni tark etsa men vijdon azobida yashayman bilasanmi Jiah shu oʻtgan 3 oy ham men uchun 3 yilday tuyuldi. Boshqa davlatta havotr bilan uning buvisi be habar kutb oʻtrbti agar u olsa u ayol ham nma qiladi. Elif u Yetm tushunyabsanmi. Ha tan olaman unga oshiqman lekn bilb qoʻy sendan kechganman degani emas.

Jiah —ha toʻgʻri sizga merosxoʻr kerak shuning uchunham...

Sg —jin ursin shuncha gapni kimga gaprdm ahr!

Jiah —Yahshi mayli mayli.

Jiah koʻzidan oqqan yoshni artdi. Uyogʻ buyogʻini toʻgʻrlab oʻzini yigʻb esa.

Jiah —Elif oʻziga kelsa bu albatta hal boladi. Men kutaman! Hayot bergan barcha darsga roziman albatta ohri yahshi boladi. Oʻzm bera olmaganmdan kyn boshqalarnikini sizdan qismayman.

U sohta jilmayishda..☺️

Sg — kettik uyga.

Jiah —yoʻq siz qolavering.

Sg — Jiah!💆🏻

— ketaymi? Qolaymi? Bunchalik qiyin arosatga tushmaganman. Ya olloh oʻzing toʻgʻri yoʻl koʻrsat.

Ular ketishdi yoʻl yoʻlakay esa Suga Taehyungni uyiga chaqirdi.

Ular yetb borishganda oʻz xonalariga chiqishni oʻrniga zalga oʻtishdi.

Sg — senga maqsadimni aytaman Jiah! Lekn oldin tae va Mira kelishi lozim...

deya Suga so‘zini cho‘zdi,

Jiah biroz g‘ashlanib boshini chayqadi.

Jiah — Nega men kutib turishim kerak

Dedi ammo ovozi jimjimador, lekin ich-ichidan biror narsani sezgandek.

Shu payt eshik tingladi hizmatchialrdan biri ochdi va Tae va Mira kirib keldi. U ko‘zlariga ishonmasdek bir lahzaga Suga va Jiahga qaradi, keyin sekin qadam tashladi zalga.

Tae — Nma bolyabdi kech qoldikmi?

Sg boshini silkitib, jilmaydi.

Sg —Yo‘q, ayni vaqti. Kelingz, endi sizga hammasini tushuntiraman…

Sg —Jiah sen savol bergan eding esingdami? Nega oʻzingzdan kichiklar bilan birga oʻqiyabsz deb.

Jiah — ha esimda.

Sg — Bu Elif sabab edi. Endi yashrmayman oradan oylar oʻtdi. Qosh qoʻyaman deb koʻz chqardm. Qisqasi elif oʻziga kelganidan soʻng bizning rejamizda toʻy bor.

Tae gap Nma haqida ekanini tushundi.

Tae —Suga nega aytyansan ahr?

Mira va Jiah teng baravariga: Qanaqa toʻy?

Mira — shoshmang Suga aka kimning toʻyi.

Sg —Tae ning

Mira —nma nimalar deyabsz ahr hotini borku. Men bormanku. U Nma deyabti tae tushuntiring ahr.

Tae —oʻzingni bos..

Sg — havotr olma! Mening maqsadim..........

Oradan 2 kun oʻtdi.

Tae — Alo suga men Elifning oldiga borib kelaman.

Ular telefonda gaplashishmoqda:

Sg — yahshi ahvolini bil oʻzgarsh boʻlsa menga ayt hopmi!

Tae — Albatta

Telefon suhbat tugadi, Tae Elifning oldiga yetib bordi. Palata eshigi ochildi, xonada sokinlik hukmron edi. Tae sekin Elifning yoniga yaqinlashdi, qo‘li bilan yumshoq qilib uning qo‘lini ushladi. Tanasi kabi qoʻli ham muzlab qolgan edi.

Elif uzun, sokin uxlab yotardi ko‘zi ochiq bo‘lishiga hali ham ishonmasdek.

— qarshimdagi tuynuk kichayib bormoqda Nma hozr oʻtb olmasa soʻng boshqa ochilmaydi bir umrga qolib ketamanmi?

Tae —Hali Ham koʻzingni ochish niyating yoʻqmi?

— Nma bu kimning ovozi? Tae mi? Suga qayerda.... Meni kechiring Onajon otajon men hali yashashni istayman. Men qaytaman albatta qaytaman soʻng boshqa ketmayman sizlar soʻz beraman....

Uning ovozi bilan birinchi marotaba Elifning lablari ozgina qimirlaganini sezdi. Ko‘zlarining qopqog‘i engil titradi, lekin hali to‘liq ochilmadi. Tae buni sezmadi biroq.

Elif —men… bu yerda nima qilyapman

Hona sukunat ichida edi ammo bu ovoz har bir joyni larzaga soldi. Xatto Tae ning oʻzi titrab ketti.

Tae hayajondan nafasini ichiga yutdi. Shu paytgacha umidsiz, bo‘shashgan ko‘ringan Elifning ovozi… bu xona uchun mo‘’jizaday yangradi. U uning qo‘lini mahkamroq ushladi, ammo qizning holati juda nozikligini bilganidan, darrov o‘zini bosib oldi.

Elifning kipriklari yana bir bor qimirladi. So‘ng asta-sekin ko‘zlarining atrofidagi mushaklar taranglashdi. Go‘yo uzoq zulmat ortidan yorug‘likka qaytishga urinayotgandek.

Tae —E… Elif… o‘zinga keldingmi? Shoshma… shoshma… Men hozir shifokorni chaqiraman, faqat qimirlama…

Elif esa lablarini juda sekin ochdi. Nafasi titroq, ovozi bo‘g‘iq, ammo aniq eshitildi:

Elif —Suga… qayerda?

Tae darrov yon sumkani ushlab eshik tomon bir qadam tashladi, lekin Elifning kalta, ojiz tortishi uni to‘xtatdi. Qizning barmoqlari Tae qo‘lidan chiqib ketmaslik uchun zo‘rg‘a mahkamlanardi.

Elif —Ketma… iltimos. Juda qorong‘u bo‘ldi… yana o‘zimni yo‘qotib qo‘ymay…

Uning ovozi shu qadar mayin ediki, xonadagi yurak monitori ham go‘yo bir zarbga sekinlashgandek bo‘ldi.

Tae uning yoniga qaytdi, qo‘lini peshonasiga qo‘ydi, o‘rtanib ketganidek qo‘rqinchli issiq emas edi bu yaxshi alomat. Lekin Elifning ko‘zlari hanuz to‘liq ochilmagan, faqat nozik yorug‘likni qidirayotgandek qimirlardi.

Tae —Men ketmayman… sen tinchlan. Shifokor hozir keladi. Sen faqat… nafas ol… eshitayapsanmi? Sen qaytding Elif

Shu payt Elif asta sekin ko‘zlarini ocdi. Birinchi bo‘lib xira, chiroqning oqarib turgan nuri, so‘ng Tae ning yengil tabassumi ko‘rindi. Qiz bir zum hech narsaga tushunmay tikilib qoldi. So‘ng lablari yana titradi

Elif —Men... haqiqatan tirikmanmi?..

Tae ko‘ksidan chiqayotgan g‘alati, yengillik va qo‘rquv aralash nafasini bosolmadi. U ko‘zlari bilan tasdiqladi, ovozi esa titray boshladi:

Tae —Ha… tiriksan Elif biz seni yo‘qotmadik.…

Shu momentda eshik shoshilinch ochildi shifokor va hamshira yugurib kirishdi.

— bu yerdan chiqing! Bemor hushiga keldi! Holatini tekshiramiz!

Tae Elifning qo‘lini asta qo‘yib, orqaga chekindi. Ammo ketayotib ham uning ko‘zlaridan jilmayolmay qarab turardi.

Elif esa ichida birgina savol jaranglardi

Elf pov — Suga keladimi?

Tae tashqariga chiqtyu suga ga telefon qila boshladi

Suga —eshitaman.

Tae —suga suga...suga u...u oʻziga keldi

Suga — Nmaa Elif oʻziga keldimi?

Tae —ha hatto gapirdi ham tezroq..yetb kel boll.

Suga —hozr 5 minutda boraman!

Suga pov — Vanihoy men blar edm. U kuchlik qiz ekaniga amin edm.

Tae nafasini chiqarib, shoshilmay palataga qaytdi. Elif hali ham asta-ko‘tarilgan kipriklari bilan Tae tomon tikilib qarardi.

Tae —Hozir Suga keladi.Sen tinchlan, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Dedi Tae muloyim ohangda.

Palatada yana bir daqiqa sokinlik hukmron bo‘ldi. Elifning ko‘zlaridagi qorong‘ulik asta yorug‘lik bilan aralashib, u haqiqatan ham tirik ekanini his qilardi. Shu payt u lablarini biroz titratib, sukunatni buzdi:

Elif —Aniq keladimi?

Tae tabassum bilan bosh qimirlatdi

Tae —Ha, u hozir kelmoqda. Senga koʻrishni intiqlik bn kutib turibdi.

Bir necha daqiqa ichida esa koridorda tez oyoq tovushlari eshitila boshladi… bu Suga edi. U yugurib kirdi, yuragi palatadagi tinchlik va Elifning tirik ekanini ko‘rib titrab ketdi.

Palata eshigi to‘satdan ochilib ketdi. Havo ichkariga o‘tkir tarzda kirgandek bo‘ldi. Tae birinchi bo‘lib boshini ko‘tardi lekin Suga allaqachon ichkariga kirib kelgan edi. Uning nafas olishi tez, ko‘zlari esa qo‘rquv, ishonchsizlik va sog‘inch bilan yonayotgandi.

Suga bir necha soniya qotib qoldi… Elifga qarab.

Qiz yostiqqa suyangancha yotardi, hali ham nimjon, rangi oqarib, lablari qurigan… ammo ko‘zlari ularni himoyalab turgan og‘ir uyqu pardasi nihoyat ko‘tarilgan edi. Hoziroq Suga tarafga tikilardi.

Ularning nigohlari to‘qnashgan zahoti xonadagi hamma narsa yo‘q bo‘lgandek bo‘ldi.

Tae sokin orqaga chekindi. Hamshira yurak monitorini tekshirib qo‘ydi, ammo Suga uchun bu lahzada hech kim yo‘q edi. Faqat Elif.

U sekin qadamlab qizning yoniga yaqinlashdi. Hamma narsani unutgandek, nafasini ham to‘xtatib qo‘ygandek.

Suga —…Elif?..

Bu uning ovozi emasdi. Yillar davomida hech kimga ko‘rsatmagan, hech qachon egilib tushmagan, hech qachon titramagan butkul boshqa, ichidan yiqilib chiqayotgan ovoz edi.

Elif lablarini arang qimirlatdi.

Elif —S… Suga… siz…

Ovozi uzilib ketdi. U gapira olmasdi. Shunchaki ko‘zlaridagi ezilgan, ammo tirik yorug‘lik bilan unga qarardi.

Suga asta qo‘lini uzatdi. Xuddi qo‘lini tegizishdan ham qo‘rqayotgandek, "yo‘qolib ketib qoladimi?" degandek.

Barmoqlari Elifning tirsagiga yaqinlashganida qiz ozgina qaltirab qo‘ydi lekin qo‘lini tortmadi.

Suga past ovozda, o‘zini zo‘rg‘a tutib gapirdi

Suga —Men…sendan juda qo‘rqdim, Elif. Hamma narsadan. Hattoki… sen oʻzinga kelmaysan deb qoʻrqdm

Elifning ko‘zlarida yosh to‘lib, asta yon tomonga oqib tushdi.

Elif —Siz… havotr oldizmi?..

Bu savol Suga yuragini teshib o‘tgandek bo‘ldi. U qizning qo‘lini nihoyat mahkam ushladi bu safar qo‘rqmasdan, ehtiyotlik bilan.

Suga — Bu Nma deganing albatta havotr oldm.

U ko‘zlarini yumdi, bo‘g‘zidagi og‘irlikni yutdi.

Suga —Seni hech qachon unutmadm

Elif uning qo‘lini qisib qo‘ydi. O‘ta kuchsiz, ammo yetarli edi Suga uchun butun dunyo shunga teng kelardi.

Shifokor asta gapirdi

— Bemorni charchatmang. Hozir tinchlanishi kerak.

Ammo Suga eshitmadi ham. U yonidan ketmasdi.

Tae qadam bosib chiqib ketayotib, shivirladi:

Tae —Men sizlarni birga qoldiraman.

Palatada faqat yurak monitorining bip-bip ovozi, Suga va Elifning bir-biriga bog‘lanib qolgan qo‘llari, va nihoyat qaytgan umid qolgandi ammo biroq..

Me pov — Oʻyn qilyabszmi? Nega oʻz fikringizni yozmayabsz oʻqshga oʻqb bolb meni hafa qilidngz yana shunday qilsangiz men ffni yozmayman yokida ikkisidan birini oldrb yuborman🥹‼️