December 13

아픈 사랑

Epp.10

𝑨𝒖𝒕𝒉𝒐𝒓 : RAYA

Tae —Men sizlarni birga qoldiraman.

Palatada faqat yurak monitorining bip-bip ovozi, Suga va Elifning bir-biriga bog‘lanib qolgan qo‘llari, va nihoyat qaytgan umid qolgandi.

Suga Elifning qo‘lini mahkamroq ushladi. Go‘yo qo‘yib yuborsa, u yana uzoqlarga ketib qolgandek tuyulardi. Ammo Elif qoʻlini tortib oldi, palatada sovuq sukut cho‘kdi. Yurak monitorining bip-bipi endi balandroq eshitilayotgandek edi.

Suga boshini egdi. U kechirim so‘rashga o‘rgangan emasdi. Ayniqsa so‘z bilan.

Sg — O‘sha tun… Meni kechir bu meni deb boʻldi.

Elif yuzini deraza tomonga burdi. Ko‘zlari ochiq, lekin u Suganing yuziga qaramadi.

Elif —mening koʻzlarim yumuqoligida ongim ishlab turdi. Men tanlov qilshm kerak edi u yerdagi qisqa vaqt...

Sg —3 oy!

Elif —nma?

Sg —Oradan 3 oy oʻtti ahr. Sen 3 oy qimirlamay kiprik qoqmay 3 oy jim yotding.

Elif —Nma qanaqasiga ahr...

Elif hayratda edi chunki u ikki dunyo oʻrtasida qisqa vaqt boʻlgan edi. Oʻsha qisqa vaqt bu dunyoda 3 oy bolbi.

Elifning ko‘zlari keng ochilib ketdi. Nafasi bir lahzaga uzilib qolgandek bo‘ldi. Yurak monitori darhol tezroq signal bera boshladi

Elif — Yo‘q… bu mumkin emas…Mening buvm...buvm u ..u tirikmi? U qayerda kelmadimi.? Javob bersangizchii

Sg —tinchlan habari yoʻq hozircha u uchun issiz yoʻqolgansan deb oʻylayman..

U asta boshini chayqadi. Yuragi sal boʻlsada bosildi.

Elif —...Men… men faqat bir ozgina vaqtni eslayman. Qorong‘ulik...ota-onam...ovozlar… tanlov…

Elif hali ham deraza tomonga qarab yotardi. Oy nuri shisha ortidan xonaga tushib, qizning rangsiz yuzini yanada sokin ko‘rsatardi.

Elif —Ishonmayman ozgʻin va vaqt meni oʻngimga tushgandir. Siz doim ham oldinga kelmagansiz.

Sugani yuragiga xanjar sayilgandek boʻldi bogʻzi torashdi.

Sg — yoq men har kuni shu yerda edim.

Ovozi past, lekin og‘ir edi.

Sg —Har kuni kelib, seni uyg‘otaman deb o‘yladim. Gapirdim. Ba’zan baqirdim. Ba’zan… jim o‘tirdm.

Elifning barmoqlari choyshabni mahkam siqdi.
Elif nihoyat yuzini ozgina burdi.

Elfi —Agar men qaytmasam Nma boʻlar edi..?

Suga chuqur nafas oldi. Ko‘zlarini ko‘targanda, undagi sovuqlik yo‘q edi.

Sg —Qaytishinga 100% ishonar edim.

Elifning lablari titradi. Ko‘zlarida yosh qalqidi, ammo ularni oqizmaslikka urindi.

Elif —bilaszmi men..ikki dunyo o‘rtasida edim. Men qolishni istadim.

Sekin gapirdi.

Elif —Bir tomonda tinchlik bor edi… og‘riq yo‘q. Ikki yuzlamachi insonlar yoq edi. Boshqa tomonda esa… sizning ovozings.

Suga qaltirab ketdi.
Elif — Siz har safar ismimni aytganda, u yerda nimadir yorilib ketardi. Ammo tanlov qilish juda qiyin edi. Juda…

Suga karavot yoniga cho‘kdi. Uning qo‘llari titrardi.

Sg —Agar men sabab bo‘lgan bo‘lsam… agar sen o‘sha tun azob chekkan bo‘lsang... Kechir meni, Elif.

Elif — Men qaytdim...

Sg —Lekn endi hechnma avvalgidek boʻlmaydi!

Elif —Nega endi? Qaytb bekor qildimmi?

Sg —yoʻq juda toʻgʻri qilding agar qaytmaganingda meni bolam boʻlmas edi..

Elif —Nma? Men tushunmadim.

Sg —Keyin bilb olasan dam ol! Koʻrishguncha.

Suga ohrgi soʻzini gaprdyu honani tark etti. Elif esa savollar ichida qoldi. Oʻylanb...

Elif —U Nma demoqchi boʻldi 3 oy ichida shunaqangi rvojlanb kettimi hamma men anglolmadm...balki menda hali hammasi tiklanmadimikan?

Oradan uch kun o‘tdi…

Doktor Elifning ahvoli barqarorlashganini aytib, nihoyat uyiga ketishiga ruxsat berdi. Palata eshigi sekin yopildi, oq devorlar orasida qolgan xotiralar esa Elif bilan birga yuragiga yuk bo‘lib tushdi.

U jimjit xonada bor narsasini sekin yig‘ishtirdi. Har bir buklangan kiyim, har bir sumkaga solingan buyum ichidagi umid bilan aralash og‘riq edi.

Elif —Suga u qayerda ekano o‘sha kuni ko‘rganimdan buyon hech kimni ko‘rmadim.

Yuragi sekin siqildi, lekin u o‘zini yig‘lashga majbur qilmadi. O‘rganib qolgan edi yolg‘izlikka.

Sumkasini yelkasiga ilib, palatadan chiqdi. Kasalxona yo‘laklari unga bu safar sovuqroq tuyuldi. Oldin umid bilan to‘la bo‘lgan qadamlar endi ehtiyotkor, og‘ir edi.

Tashqariga chiqqach, havoni chuqur yutdi.

Elif yo‘l chetida to‘xtab, taksiga qo‘l ko‘tardi. Mashina sekin to‘xtadi. U orqasiga kasalxona tomonga bir marta qaradi.…

Elif —barchasi shu yerda qolsin!

Taksi eshigi yopildi. Mashina harakatlandi. Elif esa oynaga tikilib...

Elif —hayotimni boshqattan boshlab davom etrshm kerak.

Uyga yetib borganda esa eshik qulf edi somkasida qoldirgan oʻsha 3 oʻy oldingi qulf kalitni oldi. Eshikka suqb ochmoqchi boʻldi ammo eshik qulfi almashgan edi.

Elif —Nma?...Nma?... Iltmos iltmos men oʻylagan narsa boʻlmasn ya olloh iltmos.

Elif koʻp marotaba harakat qildi eshikni ochmoqchi boʻldi ammo harakat be foyda keti.

Elif —endi Nma qlaman...

Elif eshikni taqqilatti koʻp marotaba qattiq! Lekn keyin eshikni bir oʻrtacha 30-35 yoshlar atrofidagi erkak ochdi.

— Nma qilyabsan. Sekin..sekin. Nma kerak senga?

Elif —janob uy meniki edi tushuna olmayapman lekn siz...?

— nmalar deyabsan bor naryoqda oʻyna men bu yerda 2 oydan buyon yashab kelmoqdaman.

Elif —nma boʻlishi mumkin emas...

U eshikni gursillab yopib qoʻydi. Elif esa qoʻlidagi sumkasini yerga tashlab yuborgacha oʻtrb qoldi.

Elif —Ebdi Nma qlaman. Ahr soʻm qilb qoʻygan pullarm u yerda edi. Qayerdan topaman ahr endi. Buvmga Nma deyman.

Bir zumga boshini devorga tiradi. Nafasi qisilib, ko‘ksida og‘irlik paydo bo‘ldi. Shu payt xayoliga yagona odam keldi.

Jiah.!

Elfi —Sugadan yordam soʻragancha oʻlganm yahshi.

Elif oʻrnidan turdi-da Doʻkonga yoʻl oldi. Yol boʻyi rejalar tuzib ketti.. Qadamlarida qat’iyat bor edi, lekin yuragi titrardi.

Elif pov— Jiahdan qarzga pul so‘rayman. Turkiyaga qaytaman. Hammasini boshidan boshlayman. U yerda ishlayman, pul topaman, Jiah xonimga bir tiyin ham qarz bo‘lib qolmayman. Keyin… keyin butun hayotimni o‘sha yerda davom ettiraman.

U bilmasdi kelayotgan kunlar uning o‘ylaganidan ham og‘ir, ham sinovli bo‘lishini…

Do‘konga yetib kelgach, ichkariga kirdi. Issiq havo yuziga urildi, lekin ichidagi sovuq ketmadi. Tokchalar orasida turib qoldi. Jiah hali kelmagan edi.

Elif do‘kon oldidagi stulga o‘tirdi. Telefoniga qaradi. Vaqt o‘tar, ammo u o‘tirmasdi sudralib ketayotgandek edi.

Bir soat…
Keyin yana yarim soat…
Yana kutish…

Qorni ochib, boshi aylana boshladi. Ammo u joyidan qimirlamadi. Ketishga ham, yana eshik oldiga qaytishga ham kuchi yetmasdi.

Nihoyat, deyarli ikki yarim soatdan so‘ng, do‘kon eshigi ochildi.

Elif boshini ko‘tardi.

Bu Jiah edi. Ichkariga kirdiyu Elifni koʻrb qotb qoldi. Chunki u uygʻonganidan habari yoʻq edi hatto suga ham aytmagan edi. bir zumga ishonmadi. Go‘yo ko‘zlari aldayotgandek.

Jiah tez qadam tashlab yoniga keldi.

Jiah —Elif sen..sen...uygʻondingmi?

Elif lablarini tishladi. Ko‘zlariga yosh to‘ldi, lekin u baribir o‘zini tutdi.

Elif —Ha...

Jiahni chuqur quchdi hatto uvulʻlab yigʻlab ham yubordi.

Jiah —E..elfi meni habarm yoq edi. Uzr soʻrayman.

Elif —Jiah honm...

Jiah —oʻzingni bos yahshi misan. Oʻzinga kelganingdan hursan boʻlyabman.

Uning quchogʻidan chiqib...

Elif —Men… bugun kasalxonadan chiqdim ammo uyimga borib kira olmadim. U yerda boshqa odam yashayapti ekan. Hamma narsam ichida qoldi… pulim ham.

Jiah uning yuziga diqqat bilan qaradi.

Jiah —Nma...yomon boʻlibdi mayli yigʻlama men beraman.

Elif boshini quyi soldi.

Elif — Men faqat… Turkiyaga qaytmoqchiman. Qarzga pul bersangiz… qaytaraman. Albatta qaytaraman.

Jiah chuqur xo‘rsindi. Uning nigohida achinish emas, jiddiylik bor edi.

Jiah —nma ketmoqchisan?... Uyinganingdan sugani habari bormi?

Elif —Ha bor koʻzmni ochgan kunm keldi uzr soʻrab keyin ketti.

Jiah pov —Uni habari bor lekn menga aytmagan. Nma qilmoqchi bolyabti boʻlishi mumkin emas Elifni bu holga solib qoʻymaydi u yana nmadr qilmoqchi. U uygʻondi endi buyogʻi ..buyogʻi..u aytganidek davom etadi.

Jiah buni eshitib, yuragida nimadir qattiq qisilgandek bo‘ldi. Yuragi chil parchin boʻldi ham. Lekn buni kprsatmadi

Jiah —yigʻlama hammasi yahshi boladi. Pul beraman men. Istagan ishingni qil lekn birinchi boʻlib buving bilan bogʻlan hopmi.

Jiah elfi quchoqladi soʻng esa. Doʻkon kassasiga borb tortmasdan koʻp pul chiqardi.

Jiah —ol qaytarishing shart emas. Men senga ishonaman.

Elif —yoʻq...yoq Jiah honm buncha pul ololmayman menga shunchakiy samalyot uchun pul bersangiz yetadi Turkiyaga borib olsam boʻldi.

Jiah —Aytyabmanko bu men uchun arzimagan pul olaver qaytarishing ham shart emas. Usz ham koʻp emas Bilat va joylashuvinga borgunincha yetadi holos.

Elif —Qanday minnatdorchilik bildirshni bilmayabman🥹 rahmat sizga... Begona odamdan yaxshilik koʻryabman...

Jiah —Bu Nma deganing begona? Begona deyishga haqqing yoʻq ahr men seni uygʻonishingni qancha kutdim. Biz ahr opa singildek mz bunday dema hali shunday kunlar keladi...

Elif —Toʻgʻri yana bir bor rahmat sizga🥹

Jiah —Hursandman birga balki taomlanarmizz?

Elif —yoʻq men tezroq ketishm kerak.

Jiah —mayli unda. Koʻrishguncha oʻzingni ehtiyot qil hammasi yahshi boladi.

Elif —hop yana bir bor rahmat 🥹

Elif do‘kondan chiqqanida, tashqarida havo allaqachon qorong‘ulashib borardi. Ko‘chadagi chiroqlar yonib, yo‘lga sarg‘ish nur sochardi. Qo‘lidagi sumka endi og‘irroq edi pulning og‘irligidan emas, mas’uliyatidan.

Elif pov —Bu qarz emas… bu ishonch.

U bekat tomon yurdi. Qadamlarida shoshilinch bor edi, go‘yo bu shahar uni yana ushlab qolmasidan oldin ketib qolishi kerakdek.

ORADAN BIR NECHA SOAT O‘TIB…

Aeroport.
Elif terminalga kirib kelganda, baland shiftlar va odamlar shovqini uni bir zumga cho‘ktirib yubordi. Ammo u to‘xtamadi. Kassaga yaqinlashdi, Jiah bergan pulni qo‘liga mahkam ushlagancha.

Elif —Turkiyaga eng yaqin reys qachon?

Chipta olindi. Pasport tekshirildi. Har bir muhr urilganida, yuragi bir marta qattiq urardi. Bu qaytish emas edi ...bu hammasidan qochish edi.

Kutish zalida o‘tirarkan suga hayoliga keldi

Elif ichidan kulimsirab qo‘ydi
achchiq, og‘riqli tabassum.

Elif — Balki shunday bo‘lgani yaxshidir. Undan nihoyat qutilyabman u siz, ular siz tinch hayot kechiraman.

Samolyotga chiqish e’lon qilindi.

Elif o‘rnidan turdi. Navbatda turgan payti qo‘llari titrardi. U orqasiga qaramaslikka qaror qildi. Agar qarasa, qolib ketishi mumkin edi.

Lekin trapga qadam qo‘yar ekan, yuragi xiyonat qildi.

U to‘xtadi.

Bir lahza…
Faqat bir lahza…

Ko‘z oldiga kasalxona palatasi, oq devorlar, yurak monitorining ovozi va… Suganing nigohi keldi.

Elif ko‘zlarini yumdi.

So‘ng qat’iy qadam bilan oldinga yurdi.

SAMOLYOT ICHIDA

Elif oynaga suyanib o‘tirardi. Samolyot harakatlana boshladi. G‘ildiraklar yerdan uzilgan payt, ko‘ksida nimadir uzilgandek bo‘ldi.

U yig‘lamadi. Ko‘zlari quruq edi. Yig‘lashni u allaqachon tugatgandi.

Elif —Endi hammasi boshqacha bo‘ladi. Majbur.

Pastda shahar chiroqlari mayda yulduzlardek sochilib qoldi. U yerda qolgan hayot, yarim qolgan so‘zlar, aytilmagan haqiqatlar…

Elif peshonasini oynaga tiradi.

Elif —Xayr…

Yoʻl boʻyi kareaga kelgandan keyingi hayotini koʻz oldida eslab ketti

Korea

Jiah uyida sugani kutar edi. Bugungi boʻlganlarni gaprb berish uchun...

Yarm tunda esa uyga keldi. Ovozini eshitgan Jiah yugurib pastga tushdi.

Jiah —siga.. suga...

Sg —nma boldi?

Jiah —nega menga aytmadingiz nega..

Sg —nmani.. shoshma oʻzm topaman... Ha u uygʻondi.

Jiah —...Ahr nega?

Sg —Broz vaqt oʻtishini istadim.

Suga hechnma boʻlmagandek hotirjam gapirar edi. Be parvozlarcha koʻz yumib.

Jiah —Bilasizmi Suga u koʻchada qolibdi. Oldimga pul soʻrab keldi u

Sg —ha koʻchada qolganidan habarm bor ahr oʻzm qildmku. Yani 2 oy oldin uyiga odam joylashtirdim huddi reja boyi.. lekn nega pul soʻraydi sendan?

Jiah — U Turkiyaga ketdi. Men unga pul berdi. Va ketti.

Sg —keti qanday ajoyib bunchalar zor bugungi kunaaa. Toʻgʻri ish qilasan pul berib mendan soʻrar mikn db oʻylagan edim.

Jiah —nma? Hursand bolyabszmi?

Sg —albatta ahr ozgincha vaqt qoldiku istaganmga erishishga.

Jiah — suga bu sizmi? Rostdan sizmi?

Sg —albatta men.

Jiah —Tosh bagʻr bolbsiz ming afsus hozr oʻzmga ham achnmayman. Bechora Elifga achinaman hali uning boshiga nimalarni solasiz. Bu oʻzingznga ayon.

Sg —Xaxaxxaxax

Suga psixlarcha boshini orqaga tashlab kuldi. Butun ovozi zalni larzaga soldi.

Jiah —Ming afsus...

TURKIYA.

Eshiklar ochildi. Iliq havo yuziga urildi. Bu havo… bolalik hidiga o‘xshardi.

Elif aeroportdan chiqqanda, qo‘lidagi chamadon yengilroq tuyuldi. Go‘yo ichidagi og‘irlikni u osmonda qoldirib ketgandek.
Odamlar oʻsha oʻsha..hechkim kinoyalik qaramas deyarlik yarm halq musulmon edi.

Avtobus oynasidan tashqariga qarab ketarkan, ko‘chalar tanish edi. Do‘konlar. Daraxtlar. Odamlar.

Bu yerda u Elif edi. Shunchaki Elif. U nihoyat buvisining oldiga yetib bordi

Eshikni asta taqqilatti, ochilganda, oq sochli, bukilgan yelkali ayol bir zum qotib qoldi.

Buvi —Elif…?
Dedi u titroq ovozda.

Keyin hammasi bir zumda bo‘ldi.

Buvisi uni quchoqladi. Juda mahkam. Go‘yo qo‘yib yuborsa, yana yo‘qolib qoladigandek.

Buvi —Qizim… bolam…

dedi u ko‘z yoshlarini yashirmay.

Buvi —Ozib ketibsan…qayerda eding 3 oy bir darak.?

Elif ilk bor shu qadar erkin yig‘ladi. Boshini buvisining yelkasiga qo‘yib, ovozsiz yig‘ladi. Hech qanday tushuntirishsiz.

Faqat sochlarini siladi.

Buvi —mayli mayli kelding… shuning o‘zi yetadi.

KUNLAR O‘TA BOSHLADI.

Avvaliga hammasi yahshi edi. Buvisini ancha sogʻingan elif deyarlik qishloq hayotida oʻz maromida yashab bormoqda edi. U har buvisiga chuqur qaraganda ancha qarib qolganini tushunib yetar edi. Har kecha esa soligʻida muommolar borligini payqar edi. Har tun buvisining oyogʻiga bosh qoʻyib boshidan oʻtganlarni gapirib berar edi.

Yangi kun
Ertalablari buvisi bilan nonushta. Choy hidi. Issiq non.

Elif hovlida o‘tirib, kitob o‘qirdi. Ba’zan hech narsa qilmay, osmonga qarab yotardi.

Telefoniga kam qarardi.
Qaramaslikka harakat qilardi.Ammo ba’zan… tunda. Ekran yonganida yuragi bir lahza to‘xtab qolgandek bo‘lardi.

Jim.

Hali ham jim.

buvisi unga dedi:

Buvi —Yuzingda charchoq bor, bolam. Lekin ko‘zingda… tiriklik qaytayotgandek.

Elif sekin jilmaydi.

Elif —Balki… shunchaki tinchlikdir.

Buvisi unga uzoq qarab turdi.

Buvi —Ba’zi og‘riqlar tinchlikka o‘xshaydi.

dedi u asta, elif javob bermadi.

Tun kirb tong otgan yana bir yangi kun tortilgan. Oʻzi istagandek tinch oʻtayotgan hayotiga yana kech tushgan edi.

Buvisi oshxonada edi. Elif xonasida, deraza yonida o‘tirardi. Tashqarida shamol barglarni silkitardi.

U qo‘liga choy olib, kresloga cho‘kdi. Ana shunda…

TAQ… TAQ… TAQ…

Elif qotib qoldi. Yuragi bir urib, to‘xtagandek bo‘ldi.

Eshik yana taqilladi. Bu safar kuchliroq.

Buvi — Elif?

buvisi oshxonadan chiqdi.

Buvi —Mehmon keldimi ekan?

Elif o‘rnidan turdi. Oyoqlari og‘irlashib ketgandek. Ichidan nimadir uni ogohlantirardi. Yuragi unga huddi signal berayotgandek edi.

“Ochma.”
“Och.”

Buvisi eshikka yaqinlashdi.

Buvi —ochaychi..

Elif — Yo‘q…Men… men ochaman.

Buvisi unga ajablanib qaradi, lekin chetga chiqdi.

Elif eshik oldida to‘xtadi. Nafasi qisildi. Qo‘lini tutqichga qo‘ydi. Sekin ochdi.

Va…

Uning qarshisida turgan odamni ko‘rgach, yana oʻtgan hayoti bir marta yorilib ketgandek bo‘ldi. Ko‘zlari kengaydi. Nafasi ichida qoldi.

Elif —Yo‘q…

Chunki eshik ortida turgan bu odam…

Me pov —Oʻqb fikr yozmasangiz oʻqmang 😒❗️