January 7

아픈 사랑

𝑬𝑷𝑷.14

𝑨𝑼𝑻𝑯𝑶𝑹 : 𝑹𝑨𝒀𝑨

Hech qaysi sevgi ogʻriqlarsiz boshlanmaydi. Goʻyo oldiniga azob chekadi, koʻz yosh toʻkadi, ruhi tan olsa ham tana boy sunmaydi. Bu sevgi hech qachon oson bo‘lmagan. Unda ko‘z yosh ham, sukut ham, chidab bo‘lmas og‘riqlar ham bor edi. Ular sevgini kulib emas, sabr bilan o‘rgandilar. Ammo har bir og‘riq behuda emas edi. Endi taqdir ularni sinashdan to‘xtashi, yuraklarini esa baxt bilan to‘ldirishi kerak edi. Chunki bu sevgi endi yig‘lash uchun emas — yayrash, oila baxtini his etish uchun yaratilayotgan edi.✨

Men oʻzim hona ichiga kirishga kuch toʻplamdan. Menga yagona tayanch boʻlgan inson, yagona raya opam boʻldi. Balki hammasi shu yerdan boshlanar, balki koʻpga bormay oʻz nihoyasiga yetar. Bu shartlar bilan qurilgan nikoh, poy qadam boʻlmasa boʻlgani. Ammo men istar edim turmush oʻrtogʻim ham musulmon boʻlishini.

Hona eshigini asta ochar ekanman ortimda turgan Opam pastga tushib ketdi. Yuragm no tekis, qoʻrqyabman.

Ichkariga kirdimu Suganing divanda choʻzilib yotganini koʻrdim. Ustimdagi ogʻir koʻylakning eshikdan oʻtgan shivrashidan Suga menga koʻz tashladi hissiz qarashi nafaqat meni choʻchitdi, hattoki xonaning aurasini ham oʻzgartirdi.

Ichkariga yana bir qadam tashladim. Nafasimni ichimga yutdim, orqaga qaytish yo‘q edi bu eshikdan kirilgan zahoti hayotimning boshqa tomoni boshlanardi.

Suga sekin o‘rnidan turdi. Divan chetidan ko‘tarilganida uning qomati yanada baland, yanada sovuq ko‘rindi. Ko‘zlaridagi o‘sha hissizlik na g‘azab, na qiziqish meni eng ko‘p qo‘rqitgan narsa edi. Go‘yo men bu xonada odam emas, shartnoma bandidek edim.

— O‘tir — dedi u qisqa va buyruq ohangida. Ovozida balandlik yo‘q, lekin qarshilikka o‘rin ham yo‘q edi.

Men borib divan burchagiga oʻtrdm. Qo‘llarim, tizzam qaltirardi, lekin yuzimga buni chiqarmaslikka harakat qildim.

Hijobimni beixtiyor tuzatdim bu mening so‘nggi qalqonimday edi.

Suga menga tikilib turdi. Uzoq. Juda uzoq. So‘ng lablari qimir etdi

— Lat yemagan boʻlsang ham joning ogʻriyabti a? — Uning bergan savoliga javob bera olmas darajada tilsiz qolganga oʻxshayman. Uning savoli toʻgʻri edi. Goʻyo bunga uning oʻzi aybdor boʻlsa ham!

Be zabon qoldingmi? — uning ustunligi meni hayratda qoldirar edi. Titragan holda toʻliq javob qaytarishga harakat qildim.

Yo‘q… — dedim nihoyat, ovozim o‘zim kutganimdan ham past chiqdi.

— Be zabon emasman. —

Suga qoshini sal ko‘tardi. Bu uning yuzida paydo bo‘lgan yagona xarakat edi. Kulmadi, jahl ham qilmadi. Faqat o‘sha sovuq nigoh… go‘yo so‘zlarimni emas, ichimni o‘qiyotgandek.

— Unda gapir — dedi u. Yuragim yana qattiq urdi. Kaftlarimni bir-biriga siqdim, tirnoqlarim terimga botdi. Og‘riq meni hozirga qaytardi.

U sekin oʻrnidan turib, menga yaqinlashdi. Oldimda to‘xtadi. Juda yaqin. Haddan tashqari yaqin.

— Shu vaqtgacha nma boʻlgan boʻlsa barchasi uyushtirilgan. — Dedi u deyarlik nmani tushuntirib bermoqchi ekanini anglamadim ammo keyin...

— Kursdoshlar sening ustingdan kulishi, mening unverga kelganim, teacher ning qistovlari, buving qarz olishi, tae bilan toʻy. Menga bola tugʻib berishing! — Gapirar ekan boʻlib oʻtgan barchasi koʻz oldimdan oʻtti. Uning koʻzlariga qarab esa oʻsha ogʻriqlarni yana his qildim.

— Faqat..faqat sening afto halokatga uchrashing va bizning nikohimiz rost❗— Koʻzlarimdan oʻzim hohlamasamda yanoqlarimdan yosh dumalab tushishni boshladi. Shunchakiy shu kungacha oʻyinchoq qilishgani alam qlayotgan edi.

— N..Nma demoqchisiz?

— Sovuq madam. Shoshqaloq — kalta kulguv bilan meni yana mazax qildi. Lekin baribir nimadir boshqacha edi.

— Shu kungacha azob cehkibsan...— Uning ehtroslik koʻzlari meni no qulay ahvolga solayotgan edi. Nafasi yaqqol yuzimga urulyabti. Qoʻlini muallaq koʻtarb yuzimdagi linzani (niqob)oldi .

— Endi baxtdan oʻzingni qoʻyarga joy topa olmaysan — Men uni tanimayabman. Bu sugami? U haddan ziyod yumshagan. Oʻzi Nma istaydi.

Men sukunat ichidaman men oldin bu hisni qarshi olmaganman. Oldin sodda edim keyin esa barchasi qiyin bunga hatto vaqtim ham boʻlmagan. Ammo u ayol koʻrgan erkak! Mendan 100 pagʻona tepada.

— Shunchakiy bu ogʻir yukdan qutul. — Uning bu ovozi menga buyruqdek keldi. Balki aura sababdir? Uning kuchlik qoʻllari yelkamga tegib oʻrnimdan turishga majbur qildi.

Ortimga oʻtm esa koʻylakning tasmalarini boʻshata boshladi.... Bu no qulay Nma qilib bu vaziyatdan chiqsam boʻladi. Raya opam aytgan narsaning boshlanishimi? Yoki u yana mazax qilyabti?

— Hech narsaga majbur qilmayman. Sovuq madam koʻngling ochilmaguncha shunchakiy masofa bilan yashaymiz. — uning bu gapi Nma edi? U mendan uzoqlashdi. Oʻzi Nma bolyabti 2 soat oldin bari boshqacha edi. Sovuq gaplar quloʼmda yayragan oʻsha fohisha? Lanati yoki u meni snayabtimi? Afsus buni Alloh va oʻzidan oʻzga bilmaydi.

No tekis nafasimni joyiga tushurib undan bu vaziyat Nma ekanini soʻramoqchi boʻldim.

— Yana Nma qilmoqchisiz. Ustimdan kulasizmi? Endi rafiqangizman shunda ham tahqirlaysizmi? — Bergan savolim juda tez edi. Ha vaholangki u broz jim boʻlib shadood otib kulib yubordi.

— Ayolimmisan begona, odam ajratmayman. Senga yomon muomala qildimmi demak sen shunga munosibsan! — Doimgidek u yana sovuq. Ahmoq yoʻq oʻzi men undan Nma kutyabman.

— Titrama islom dinini qabul qilmagunmcha senga tegnmayman — U Nma dedi? Rostan bu gapni u gaprdimi. Nma qilmoqchi u men uchun islom diniga oʻtnoqchimi yoki harom bola koʻrishni istamaydi.

U ogʻir eshikka yaqinlashdi. Men esa ichimdagini gapirmasam boʻlmas edi.

— Bola kerak emasmi? — Lanati men ahmoqman bu gapim bilan hozir oʻsha jin Urgur ishni kutayotganmni oshkor qilgandek boʻldm. Vaholangki u yana mazax bilan kuldi.

— Shunchalar istaysanmi buni? — uning qisqa ammo ogʻir kulgusi asabmga oʻynayabti.

— Unday demoqchi emasman lekn sizning shartingz boʻyicha bola kerak edi? — ha bu safar toʻgʻri gaprdm

— Buni hozircha unut! Oʻsha vaqt kelganda gaplashamz. — u bu gapi bilan men homilador boʻlganimda hal qilishini aytdi. Yana mening oʻrnimga qaror qabul qildi.

Yana savol bermoqchi boʻlganimda honani tark etdi. Ulgurmadim buvimning holini soʻramoqchi edim ammo ketb qoldi. Oʻgʻrlashib ketyabman. Peshonamdan chiqayotgan ter sabab nafasim ham bor tekis. Uni ustiga bu ogʻir kiyimdan ham halos boʻlishim kerak. Ammo undan oldin hozr Nma boʻlganini anglab olishim lozim.

U aytdikiy endi azoblar boʻlmayd. Shunda u meni oʻz holimga qoʻyadimi? Ahr bu azoblarni faqat u beryabti. Va esa u islom dinini qabul qiladi. Hozr hursand boʻlishimga yagona sabap shu. Negadur men kutgan yomon ishlar boʻlmayabti hammasi joyida ammo sevmagan insonim bilan....yoq yoq shoshma Elif hali u ish boʻlmayabti shuning uchun hali erta bunday deyish mayli Alloh oʻzi toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.

Oyna qarshisiga kelib toʻxtadim, oʻz aksmni koʻrib esa broz avval egalik hissi bilan yuzimdagi linzani olgan daqiqa yodimga keldi. Ajoyib his axx erib ketyabman🫠

Honani sekin oʻrganib chqar ekanman shkaf ichida erkak kiyimlari demak bu suganing ham honasi. Oyna oldida turli hil ayollar ishlatadigan kasmetika vositalari demak men uchun ham. Mukammal ammo hali ham honada suganing aurasi borsay tuyuladi.

Xonada yana bir bor atrofga qaradim. So‘ng sekin kiyimimni yechdim. Tanam og‘irlikdan halos bo‘lgandek bo‘ldi. Shkafni ochdim ichidan yopiq, oddiy tungi kiyim oldim. Hech qanday bezak yo‘q. Sokин. Menga mos.

Yuvinish xonasiga kirib, yuvinib chiqdim. Sochimni quritmadim, yelkalarimga tushib turdi. Tungi kiyimni kiyib, karavot tomon bordm yotdim charchoq suyaklarimgacha yetib kelgandi.

— Bugungi kun juda qiyin bo‘ldi… — dedim sekin, o‘zimga.
Chiroqni o‘chirdim. Ko‘zlarimni yumdim. Ammo uyqu darrov kelmadi. Balki suga kirib qolar deb oʻyladm ammo...

Lekin birdan Jiah…Uning ismi xayolimga tushdi. Qanday ekan? Ahvoli yaxshimi? Yolgʻiz oʻzini kemirmayabtimi?

Bir zum o‘ylab qoldim. Yuragim siqildi. Nafasimni chuqur oldim, asta chiqarib yubordim. O‘zimni majburlab xotirjamlikka chaqirdim.

Hamma narsa Allohning qo‘lida.

Shu fikr bilan tanam bo‘shashdi nafasim tekislashdi. Va asta-sekin uyqu bag‘riga kirdim.

Bugun tunda Jiah barga borib toʻygunicha ichdi. Alam qlar edi u shu kungacha tayanch boʻlgan rafiqasi, bugun boshqa ayol bilan bir yotoqda deb oʻylar edi.

— Oʻzi Nma qilib yashab yuribman? Kimga kerakman hatto farzand koʻra olmayman zurriyot bera olmayman. Lanati hammangni yomon koʻraman. — Jon jonidan oʻtb ketsa ham Elifni ayblamayotgan edi.

— Ketaman hammanga tupurib ketaman — U shu oʻtrshda barchasidan qochishni reja qilayotgan edi. Ha u bilmas edi bir kun kelib koʻksiga shamol tegishini. Ammo kimningdur joni evaziga!

Yana tong otdi. Sahardan namozimni oʻqish uchun uygʻondm hammayoq tinch. Taxoratmni olb boʻlib esa joynamoz istadim ammo topa olmadm. U yoq edi, ularga begona boʻlgan uyda birgina Joynamoz yoq edi. Na iloji romollarmdan birni olib polga soldim. Hechnma toʻsqinlikisiz oʻqb oldi.

Tashqariga chiqa olmas edm. Hechkimni tanimayman. Hammasi begona. Honaning oynasini oldiga keldm, atrofga koʻz tashlar ekanman qoʻrgʻon haddan ziyod ulkan ekaniga guvohi boʻldim. Tashqarida Raya opaning eri bir nechta qoʻriqchilar bilan gaplashib turibti. Oldida esa qizi turibti.

— Juda ham shirin, juda ham erka. Nahot baxtdan yaralgan farzand shunday boʻlsa. — dedim havasim kelganidan.

Bir-necha soat oynadan tashqariga qarab oʻtrdm. Shunda ham bagona joyda qil ustida oʻtrganday oʻtrdm. Hayol surayotganmdan esa birdan eshik ochilib ketdi. Choʻchib tushdi qaraganmda esa Suga kirb keldi.

— Oʻzinga keraklik narsalaringni ol

ketamiz!—

— Nma qayerga.?—

— Borganda bilasan. — dedi u Axmoq qayerga ekanini aytsa bronjoyi kamayib qoladimi? Sabrimni sinab oʻldradi bu.

Honadagi narsalarni hechqaysisini ishlatishga ulgurmadim koʻnglinga ham sigʻmas edi shu sababdan faqat oʻzim kiyinib bir nechta kiyim olishga qaror qildim.

— Shkaf tepasida jamadon bor mening kiyimlarimni ham sol. — Oʻzim 2 dona kiyim olmoqchi edim lekn bu jamadon deydimi? Uni ustiga oʻzining narsalarini ham solishga majburman. Lekin tinchgina Hop deb qoʻya qoldim.

U chiqb ketmoqchi boʻldi ammo toʻxtatdim.

— Ey toʻxtang. Buvim u qayerda ahvoli yahshimi? — Havotr bilan oʻrnimdan turib soʻradim.

— Ha yahshi uni Amerikaga davolanishga joʻnatib yubordim. Havotr olma.

— Joʻnatib yubordingiz? Lekn menga endi aytyabsizmi. Ahr u bilan hayrlashmadimku.

— Kecha tunda kirdim oldinga aytgani, ammo uxlab yuboribsan. — Nma bu axmoq uxlayotganmda kirgan? Vay jin ursin qay ahvolda uxlayman uyataymi😩

— Charchagan edim shuning uchun...

— Mayli boʻl narsalarni tezroq ol.

— Qayerga — Umrimda birinchi marta unga erkalanib gapirdim. Yo hudo uning yuz jihatidan jrkanch gapirganga oʻxshayman.

Asloo bu erkalanish sugani broz dovdratib qoʻydi. Unga yoqib tushgan edi.

— axm...Jungkooklarnikiga ular bilan birga turamz — Elifning erkalanishi sugani ham eritgan edi. Mast boʻlgandan javob qaytardi.

— Nega bu yerchi?

— Raya va Jungkook oʻz uylariga ketishadi bugun. Men yoʻgʻmda otam va qoʻriqchilar bilan yolgʻiz oʻtrmoqchimisan? — U meni qizgʻonyabtimi. Ahr Jiah ham otasi bilan yashaganku lekn meni istamayabdi.

— Men uyda koʻp boʻlmayman uni ustiga teacher yollaganman. Aytganimdek tez muhlatda islom diniga oʻtmoqchiman.

— Nega axr men bormanku oʻzm oʻrgataman. — shoshqoloqlik bilan gapirdim.

— oʻzinga teacher kerak-ku menga oʻrgatmoqchimisan? — axmoq yana mazax qilmoqchimi bu.

— iltmos 🥺 — Ha onasini emsn menga Nma bolyabti. Nega oʻzmni mushukdek tutyabman. Erkalanishmga oʻlaymi.

— Mayli lekin baribir ham ular bilan yashab turamiz tezroq boʻl va tashqariga chiq nonushta qilamiz. — gapini tugatib chiqb ketdi.

Men esa shkaf ustiga qaradimm. Jamadon tepada onasini emsin boʻyim yetmaydiku. Ha mayli birinchi nonushta qilib olay keyin solaman.

Honadan chiqib pastga tushdim. Qayerga borishni bilmay gangirab turganimda yoʻlmdan Raya opamning qizi chiqti.

U nimadir dedi, lekin men tushunmadi. Arabcha…lablarim qimir etdi lekin javob topolmadim. Faqat unga qarab kulimsiradim.

U esa meni tushunmagan bo‘lsam ham, qo‘limdan ushladi. Juda ishonch bilan. Go‘yo allaqachon tanishimizdek bir nimalar deb gapira boshladi, yuz ifodasi jonli, qo‘llari bilan imo-ishora qilar edi

So‘ng qo‘limdan tortib, yo‘lak bo‘ylab sudrab ketdi.
Qarshilik qilmadim birga yurib ketdik. U yo‘l-yo‘lakay yana nimadir gapirar, men esa ba’zan bosh irg‘ab, ba’zan kulib qo‘yardim. Tilimiz bir xil emasdi, lekin nimagadir yuragim iliqlashib borardi.
Nihoyat nonushta stoliga yetib keldik

Huddi Raya va Jungkook ning oʻzi. Koʻproq otasiga tortadi koʻzlari uzumdek kotta va dum dumaloq. Shoʻxligi esa onasing oʻzi. Yagona farzand, yagona malika. Otasining erka qizi. Dunyolarga alishmas yuragining bir boʻlagi.🥹🫠

★ U yerda esa raya opam va Suganing otasi oʻtrgan edi. Qizaloqning shovqinidan darhol kelganimizni payqashdi.

— Hayrlik tong Elif. — Raya opam mendan yahshi dam olganimni soʻrab stolga oʻtrishmni ayti. Lekin undan oldin Suganing otasiga tazim qilib...

— Hayrlik tong Ota — dedim soʻng esa raya opamning oldidan joy oldim.

— Afia bilan chiqishb olganga oʻxshaysan

— Menimcha ha unga yoqdim. Qayerga borishni bilmay turganimda qoʻlimdan ushlab olib keldi.

— Rostdanmi. Ha oʻzi tunda sen haqingda gapraverib ogʻzi toʻlmadi. Kelindi yuzini koʻrmadm. Uning oldiga olib chiqing deb. Ammo olib chiqmadim sizlarni bezovta qilmay dedim ahr birnichi tuningz edi. — deb men eshitadigan past ohangda pichn qildi.

U men suga bilan tun oʻtkazdim deb oʻylayabdi. Menimcha yolgʻiz qolganimzda unga barini aytb berishm kerak. Ahr oʻzi aytgan ediku sirlaringni boʻlishsang boʻladi deb.

Boshqa hechnma demay shunchakiy nonushta qilishni boshladm. Oʻzi ham toʻy kunini kutb, hechnma yemay ich etimni yegan edim. Qornim rosa ham och.

Taomlanish bilan birga Undan soʻradm...

— Hali biz sizlarniga koʻchib oʻtishmz rostmi.

— Ha aytganchi bu rost. Biz oʻz uymzga ketsak sen bu yerda yolgʻiz qolasan shu sababdan suga seni oʻylab biznikiga boradigan boʻldi. Birga vaqt oʻtkazamz men ham yolgʻizman ahr.

Oʻylangan bosh irgʻadim. Rosti toʻydan soʻng ham suga men bilan yomon munosabatda boʻladi deb oʻylagan edim, ammo hammasi hozircha joyida. Ha hozircha!

Koʻp vaqt oʻtmay oldilariga Jungkook va Suga kirib keldi.

— Heey bu nmasi. Nma qildingiz. Jungkook...

Rayaning vahimasida suga ham til yutdi.

— Nma qildim bolajonm? — soradi jungkook men esa Nma boʻlayotganini umuman tushunmayapman.

— Jungkook. Nega soqolingzni olib tashlading. Tong sahar ham joyida turgan edi. — Ha endi tushunm raya opam eri soqolini olib tashlaganidan jahllari chiqayotgan ekan.

— Koreadamiz gulim soqol oʻsadi yana avvalgidek

— ey boring sizdan hafaman.

Raya erkalik qilib Afiani olib stoldan turib ketdi ortidan esa Jungkook yalingancha ergashdi. Ular tunchuganida esa...

— Tayyor bo‘lsang chiqamiz, — dedi suga

— Jamadon… — U tayyor deb oʻylayabdi. Gapmni ohrgacha gapirolmay jim boʻlib qoldim

— Nma jamadon? — qoʻpol soʻradi.

— Boʻyim yetmadi soʻng tushlik qilib olib olaman deb hechnma qilmay chiqdim — Iltmos jahl qlma

— Nma? Hechnma qilmay chiqb ketdingmi. Lanati seni boʻlgandir deb kirgan edm. NMA QILIB OʻTRBSAN TUR TAYORLA❗

Uning buyuruqlik bajarishidan qoʻrqib ketdim. Oʻzm hohlamay esa koʻzmga yosh keldi.

— Suga baqirma ayolinga! — suganing otasi ham qoʻshildi.

— Yoq nega baqrasiz boʻyin yetmadi deyabmanku nonushta qilib boʻlib stol qoʻyib olmoqchi edim.

U menga gʻazab bilan qarab turar edi. Keyin hech narsa demay xonaga ketib qoldi.

Ortidan ergashdim.
Shkaf oldiga kelib, qo‘li bilan osonlikcha jamadonni oldi-da pastga tushirdi. Go‘yo hech qanday og‘irligi yo‘qdek. Menga tutqazdi.

— Tez bo‘l. Ezma! —

— Ahmoq

— Nma deding — jin ursin ichimda aytdim deb oʻyladm. Ammo tashimda. Ahmoq kun bu😩

— Rahmat… dedim ..—

U javob bermadi. Xonadan chiqib ketdi.

— huh...

Men esa shoshilib kiyimlarimni solishga tushdim. Ammo eshik sekin ochilib Afia kirib keldi unga qarab qoldim.

Men burqalarmni tahlar ekanman jimgina kuzatib. Ishora qildi. Tushunmadim ammo honadan chiqib ketib 2 daqiqada oʻzing jajji burqasini ( hjop) olib keldi. Quvonib ketdim🥹

— kiydirib qoʻyishmni istaysanmi? — aftidan gapimga tushunmadi ammo bosh siltidi.

— oldin bularni taxlab olay kutb tur — yana tushunmadi ammo jim qarab turaverdi. Oʻzmni va Suganing kiyimlaridan jamadonga joylab oʻzm kiyinishni boshladm. Soʻng esa oxirida Afia olib kirgan kiyimni qizaloqqa kiydirdim.

— Manshalloh — uning jajji tilidan shu soʻz chiqdi. Negadr vujudim gʻalati boʻlib ketdi. Unga oʻxshagan qizm boʻlishini hohlardim. Mehrlik quchayotganmda honaga suga kirdi.

Nigohi bir zumga to‘xtab qoldi. Avval jamadon, keyin Afia, so‘ng meni ko‘rdi. Xonada g‘alati sukunat cho‘kdi.

Men Afiani bag‘rimga mahkam bosib turardim, go‘yo u mening qalqonimdek.

— Tayyor bo‘ldingmi? — dedi u avvalgidek sovuq ohangda,

— Ha…

Afia menga yopishib olgancha Suganing yuziga qaradi. Nimadir dedi, o‘zining jajji arabchasida. Suga tushunmadi, qoshlarini chimirdi.

— Nima deyapti? — deb menga qaradi.

— Bilmayman…

Afia yana nimadir dedi-da, yuzini ko‘ksimga ko‘mdi. Men sekin uning boshini siladim.

— mayli tezroq yur — deb jamadondi olib chiqib ketdi

Afia qo‘limni qo‘yib yubormadi. Men nima qilishni bilmay, bir lahza ikkilanib qoldim. Va oʻzm bilan koʻtarib olb chiqib ketdim

Me pov — judda ham hafaman. Mehnatimni qadrlamayabsizlar. Sizlar uchun yana ham yoqmlik qilsam sizlar esa fikr bildirmayabsz. Mayli endi men ham sizlarni fikrilarga yara ffni orqaga choʻzaman va Elifni oʻldirb yuboraman🌚❗