Pedagogik amaliyot samarali davom etmoqda…
BuxDU Tarix va yuridik fakulteti tarix (yo'nalishlar va faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-bosqich (qishki) magistranti Narziyeva Rayxon tomonidan joriy yilning 28-oktabr sanasida shu fakultetning 5-1 Tar-2024 guruh talabalari bilan Jahon tarixi fanidan "Qadimgi Mesopotamiya madaniyati" mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Darsda amaliyotchi magistrant slaydlar, videoroliklar, ilmiy adabiyotlar orqali Qadimgi Mesopotamiyaning yozuvi, dini, fan, adabiyot va san'ati haqidagi ma'lumotlarni talabalarga yetkazdi. Talabalar ham o'z navbatida faol ishtirok etib, mavzu doirasida suhbat olib borildi.
Zamonaviy dars o'tish pedagogikasiga tayanib, mavzuni mustahkamlashda 4 ta yangi metodikalardan foydalanilib, ular orasida, ayniqsa, "Mentimeter" metodikasi samarali natijani ko'rsatdi.
Ochiq dars fan o'qituvchisi Hayitov J.Sh. va boshqa kafedra o'qituvchilari tomonidan tahlil qilinib, yaxshi baholandi.
Pedagogik amaliyot davomida tashkil etilgan darslar amaliyotchi magistrantlar uchun katta tajriba bo'lib xizmat qilyapti.