“Konstitutsiya - baxtimiz, qomusimiz”
BuxDU Tarix va yuridik fakulteti tarix (yo'nalishlar va faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-bosqich (qishki) magistratura talabalari va yurispuridensiya yo'nalishi talabalari tomonidan joriy yilning 6-dekabr sanasida universitet katta zalida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - baxtimiz, qomusimiz" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, rivojlanish bosqichlari alohida madh etildi. BuxDu rektori Hamidov O.X konstitutsiyaning bugungi kundagi ahamiyatini alohida ta'kidlab o'tdilar.
Tadbir davomida turli kuy-qo'shiqlar ham yangrab, mehmonlar tomonidan iliq qabul qilindi. Shuningdek, "Huquq bilimdonlari" viloyat bosqichi g'oliblari ham munosib taqdirlandi.
Tadbirda Tarix va yuridik fakulteti dekani Namozov B.B so'zga chiqib hammani bayram bilan tabriklab, konstitutsiya tarixi haqida so'z yuritdilar.