YETTI ASRLIK SHON SHUHRAT YOHUD YETTI IQLIM SULTONI
Bir tomonda kattiqqoʻl Temur tursa, ikkinchi tomonda ilm ahlini qutlab, himoyasiga oladigan Temur turadi. Bir tomonda butun-butun shaharlarni zabt qiluvchi Temur boʻlsa, ikkinchi tomonda obidalar, madrasalar, anhorlar qurdiruvchi va bogʻlar barpo ettiruvchi Temur turadi.
Lyusyen Keren
Mustaqillik yillarida ulug‘ haqiqatlar oshkor bo‘lib, ko‘plab tarixiy siymolar qatorida Amir Temur shaxsi va uning davlatchilik siyosatiga munosabat ham tubdan o‘zgardi. Har yili Sohibqiron bobomizning tavallud ayyomi barcha ta’lim muassasalarida nishonlanishi ham Amir Temur shaxsiga xalqimiz hurmatining ifodasidir. Bu haqida gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikga oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug'laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga quyish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko'zlab, el manfaatini o'ylab ish tutish bilan bog'liq ibratli fazilatlarini alohida ta'kidlash o'rinlidir.
Buyuk sohibqiron Amir Temur bobomiz Oqsaroy peshtoqiga“Adolat – davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”, degan hikmatli soʻzlarni yozdirgani bejiz emas, albatta. Ushbu ulugʻvor gʻoya inson qadr-qimmatini oliy darajaga koʻtarish borasidagi amaliy harakatlarimiz poydevoriga aylandi.
Shavkat Mirziyoyev
Darhaqiqat, Amir Temur 35 yil davomida ulkan saltanatni boshqargan. Yevropaning Angliya, Fransiya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo-sotiq va diplomatik aloqalarni o‘rnatgan. O‘z navbatida tarix zarvaraqlarida Amir Temur nomi «Yevropa xaloskori», «Ko‘ragoniy», «Sohibqiron», «Sohibi jahon», «Sohibi adl» – «Adolat sohibi» kabi nisbatlar bilan ulug‘langan.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur o‘z davrida siyosat va ijtimoiy hayotni chuqur anglagan hukmdor sifatida ilmi toliblar va zamondoshlari uchun dolzarb bo‘lgan mavzularda fi kr yuritib, ushbu fikrlarini «Temur tuzuklari» nomli kitobida batafsil bayon qiladi. «Qonni qon bilan emas, suv bilan yuvishni o‘rgan»,«Birliksiz kuch bo‘lmas», «Adovat emas, adolat yengadi», «Kuch adolatdadir», «Ota bo‘lmagan ota qadrini bilmas», «Agar dushman bosh urib panohingga kelsa, rahm qilibyaxshilik va muruvvat ko‘rsat» kabi ushbu kitobdan o‘rin olgan hikmatlarda ham ulkan hayotiy tajriba, yuksak aql-zakovat va chuqur falsafiy tafakkur mavjud.
Demak, buyuk Amir Temur dahosi bilan bog‘liq har qanday tarixiy merosning fan predmetlaridagi talqini o‘quvchi va talabalarda o‘tmishimiz, tarixiy qadriyatlarimiz va ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan hurmat, faxr tuyg‘ularini tarbiyalashda va yosh avlodning o‘tmishdan saboq olgan barkamol avlod bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida taniqli davlat va jamoat arboblari, olimlar va adiblar oʻz ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz, xususan, Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qoʻshgan munosib ulushini yuksak eʼtirof etib keladi.
Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron oʻz poytaxti boʻlmish Samarqandni yer yuzining madaniy-meʼmoriy va ilmiy-maʼnaviy markazlaridan biriga aylantirgan.
Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, u zot bundan olti asr avval davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash oʻz saltanati yorqin istiqbolini taʼminlashning muhim omili ekani teran anglagan. Shu bois, Yevropa va Osiyoni bogʻlashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqa oʻrnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan.
Mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ilmiy asosda eʼtirof etilganidek, Amir Temur tarixda oʻz davrining eng mohir diplomati sifatida ham chuqur iz qoldirgan. Sohibqiron buyuk davlat arbobi sifatida oʻz maqsadlariga erishishda diplomatiyaning tinch yoʻli va harbiy tadbirlarni mohirona qoʻshib olib borgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 9 aprel buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligiga bag‘ishlab, "BIZ KIM TEMUR AVLODLARI" mavzusida blogpostlar tanlovini uchun,
Abdumoʻminov Zuhriddin Husniddin oʻgʻli,
Kompyuter injiniringi AT- servis 1-bosqich talabasi,
+998 91 566 98 28