Namunali shogird
July 30, 2021

Namunali shogird — Anvar Zaripov

Cover
"Namunali shogird maqolasi, faqat unga munosib shogirdlar uchun yoziladi" (Rahimjon G'aziyev)
"Amaliyotni nazariyotdan afzalligini RedFoxga kelgach tushunib yetdim"
(Anvar Zaripov)

Do'stlar, yaqindagina RedFox Dizayn Studiyasida boshlagan yangi "Namunali shogird" loyihamizning 2-sonini e'tiboringizga havola etamiz.

Eslatib o'tamiz! Ushbu maqola RedFoxda biror bir sohani tamomlab, bilimi yuqori bo'lishi barobarida qadriyati, tarbiyasi va muomilasi orqali ko'pchilikni mehrini qozonib kelayotgan "Namunali shogird"lar haqida so'z olib boriladi. Ularning ushbu maskanda kelajakdagi o'z yo'llarini belgilab olib, boshlagan faoliyati davomida uchraydigan qiyinchiliklardan qanday o'tganliklari va tajribalari haqida tanishasiz. Toki yaxshi mutaxassisni mijozlar ham yaxshi tanib olishsin!

Anvar haqida

Anvar Zaripov RedFox Akademiyasiga 2020-yil, 29-yanvar kuni kelgan.

Gap Anvar haqida ketsa, yomon shogird bilan yaxshi shogirdni farqini aytib o‘tishim kerak. Hamma narsani bilib keyin keladigan shogirdlar odatda egovlik qiladi. Bular yomon shogird hisoblanadi, na o‘zi tuzukroq o‘rganib kelmagan bo‘ladi, o‘rganishni istamaydi, bilaman deydi, aslida hech narsani bilmaydi. Hech narsani bilmay, hammasini sizdan noldan o‘rgangan shogird yaxshi shogird hisoblanadi.

Aynan Anvar RedFox'ga kelib, kompyuter yoqishdan boshlab, 4 yulduz darajasida so‘zsiz erishgan eng yaxshi shogirdlardan.

Anvar Zaripov RedFox Akademiyasiga kelishidan oldin kompyuterni qo'liga olgan bola emas edi. U o'rganishni avval Word dasturidan boshladi. 1 hafta word dasturida ishlab, keyin grafik dasturlarni o'rganishni boshladi. Lokdaun vaqtigacha 4 oy mobaynida Anvar Zaripov kerakli ko'nikma va bilimlarga ega bo'lgan.

Anvar Zaripov dastlab dizayn ko'nikmalarini o'zlashtira turib, mokap(mockup)lar bilan ishlashni o'rgangan va dizaynlar ham tayyorlab turgan. Quyida Anvar Zaripov RedFox'ga kelgan ilk kunlarida qilgan ishlari va hozirgi kunlardagi qilgan ishlardan bir nechtasini keltirib o'taman.

Logo Design
Carwrap Design
Billboard Design
Book cover Design
Catalog Design

Kelganida ishni avval Word dasturidan boshlagan Anvar Zaripov vaqt o'tgani sayin mutaxassis darajasigacha chiqa oldi.

MYCOM uchun tayyorlangan narxlar ro'yxati dizayni

Oldin aytganimizdek 2020 yilning Bahor faslida Koronavirus pandemiyasi sababli karantin e'lon qilinib, lokdaun bo'ldi. Lokdaun 20 martdan 1 iyungacha davom etdi. Shu muddat ichida masofadan ishlashga to'g'ri keldi.

Ko'plab jonkuyar shogirdlarimiz qatori Anvar Zaripov ham Lokdaundan so'ng dizayn uchun kuniga 12 soat va undan ko'proq shug'ullanishni boshladi. Asosan poligrafik va qadoq dizayni bilan shug'ullandi, ya'ni katalog, flayer, billboard, etiketka dizaynlar.

Anvarning bu tinimsiz mehnat va harakatlari asta-sekin o'z mevasini bera boshladi va u 2020- yilning sentabrida Frilansus.com platformasida 1 ⭐️ yulduzga, noyabr oyida esa 2 ⭐️⭐️ yulduz darajasiga erishdi.

Faoliyati davomida Anvar Zaripov ko'plab katta loyihalarda ish olib bordi. Jumladan: Europrint, Numix, Simplex, Polymergas, Ishonch savdo, Sardor snek mahsulotlari, RedFox academy, Uzbekistan Cycling Federation va shu kabi boshqa kompaniyalar.

Bu yerda Anvar Zaripovning oxirgi paytda qilgan ishlaridan namunalar keltirilgan.

RedFox Jamoasining Anvar Zaripov haqida fikrlari:

RedFox asoschisi Rahimjon Gaziyevning fikri
Anvar Zaripovning hamkasbi
Anvar Zaripovning shogirdining fikri
Anvar Zaripovning shogirdining fikri

Frilansus.com platformasida navbatdagi yulduz. 4 ⭐️⭐️⭐️⭐️ yulduz darajasiga erishdi

Uning daromadi.

2021-yil, Mart oylarida oz sonli shogirdlar qatorida Anvar Zaripov ham Frilansus.com platformasida Silver sertifikatiga ega bo'ldi.

Frilansus.com — frilanserlarni rivojlanish platformasi hamda baholash tizimi haqida o'qigan bo'lsangiz (O'qimagan bo'lsangiz bosing) 4 yulduz darajasidagi "Silver sertifikat" olgan frilanser eng kamida 3 mln so'mdan — 5 mln so'mgacha oylik maoshli ishga joylashish ehtimoli haqida yozilgan. Hozirda Anvar Zaripov 4 yulduz daraja hamda Silver sertifikat bilan Frilansus.com platformasida 20 000 000 ga yaqin daromad topgan.

Anvar Zaripovning RedFox akademiyasi haqida fikri

"RedFox'ga kelgan kunlarim aytganimdek, Dizayn tugul kompyuterni ishlatishni bilmasdim. Undan tashqari o'rganish davrimni ko'p qismi onlayn holda o'tganligi uchun yaxshi o'zlashtira olmaslik havotiri miyyamni butkul chulg'ab olgandi. Baxtimga ustozlarimning talabchanligi va qattiqqo'lligi tufayli bu muvaffaqiyatga erisha oldim deb o'ylayman.

Academy life

Pandemiyadan ko'ra oldiga qo'ygan maqsadlari ustun kela olgan shogirdimiz Anvar Zaripovga butun jamoamiz nomidan kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilagan holda faoliyatimizda davom etamiz, baraka topsin! Yurtimizda ana shunday ota-onasiga rahmat olib beradigan Namunali shogirdlar soni va sifati ko'payib boraversin!