Namunali shogird — Jahongir Shukurov
"Namunali shogird maqolasi, faqat unga munosib shogirdlar uchun yoziladi". (Rahimjon Gaziyev)
"RedFox studiyasiga kelishdan oldin o'zimni zo‘r dizayner barcha programlarni bilaman deb o‘ylagan edim va o'zimdan dizayner yasab olganman" (Jahongir Shukurov)
RedFox Akademiyasida boshlagan "Namunali shogird" loyihamizning 3-sonini e'tiboringizga havola etamiz.
Eslatib o'tamiz! Ushbu maqola RedFoxda biror bir sohani tamomlab, bilimi yuqori bo'lishi barobarida qadriyati, tarbiyasi va muomilasi orqali ko'pchilikni mehrini qozonib kelayotgan "Namunali shogird"lar haqida so'z olib boriladi. Ularning ushbu maskanda kelajakdagi o'z yo'llarini belgilab olib, boshlagan faoliyati davomida uchraydigan qiyinchiliklardan qanday o'tganliklari va tajribalari haqida tanishasiz. Toki yaxshi mutaxassisni mijozlar ham yaxshi tanib olishsin!
Jahongir Shukurov haqida
Jahongir Shukurov RedFox Akademiyasiga 2021-yil, 15-iyun kuni kelgan.
Jahongir Shukurov RedFox akademiyasiga bundan 2 oy avval Qashqadaryo viloyatidan kelgan edi. Jahongir RedFox akademiyasiga kelishidan avval poligrafiya sohasida texnik dizayner bo'lib ishlagani uchun, doimo mijoz oldida ishni tezroq bitirishga harakat qilib qilgan. Shu sababli ham uning dizayn sohasida bilimlari sayoz va kreativlik ko'rsatkichlari past edi.
RedFox akademiyasida erkin muhitda dizaynning asosi, tushunchalarini yaxshi o'zlashtirdi. Xususan Baxtiyorjon Gaziyevdan dizaynning fundamental bilimlari, tipografiya, rasmlar bilan ishlash, layout va kompozitsiyani to'g'ri tuzish kabi bilmilarni o'zlashtirdi. O'zining layoqati va berilgan bilimlarni tez o'zlashtirishi bilan ustozlar orasida e'tibor qozongan Jahongir Shukurovni mentorlik tayyorlash arafasida namunali shogird maqomi bilan PDP IT akademiyasiga ustoz Rahimjon Gaziyevning duolarini olib ishga joylashdi!
Jahongir Shukurovning photoshop dasturida bir qancha loyhalarga dizaynlar tayyorlab turgan. Shukurovning RedFoxga kelgach qilgan ishlarida keltirib o'tamiz.
Jahongir Shukurov ham qolgan "Namunali shogird" lar kabi olgan bilim va ko‘nilmalridan so‘ng o‘z ishiga yuqori did va masʼuliyat bilan yondashadigan bo‘ldi.
Avgust oyining boshlarida RedFox asoschisi Rahimjon Gaziyevga PDP IT akademiyasidan murojaat tushadi bu murojaatda o‘zi bilan birga yana 2 ta grafik dizayner ham olib kelishi aytilgan edi.
Bu grafik dizaynerlarning biri Jahongir Shukurov bo‘ldi. Jahongirning PDP IT akademiyasi uchun tayyorlagan loyhasi PDP jamoasini jalb qila oldi. Jahongirning o‘z ishiga mas'uliyatliligi, qilayotgan loyihasiga eʼtibori va qilayotgan ishining sifati kompaniya asoschisi Odilbek Mirzayevning eʼtiboriga tushdi.
Shundan keyin Odilbek Mirzayev RedFox asoschisi Rahimjon Gaziyevga shu shogirdini PDP IT akademiyasiga doimiy ishga berishi haqidagi taklif bilan chiqdi.
Jahongir Shukurov hozirda PDP IT kompaniyasida "Grafik dizayner" lavozimida ishlab kelmoqda.:
RedFox Jamoasining Jahongir Shukurov haqida fikrlari:
Jahongir Shukurovning RedFox akademiyasi haqida fikri:
RedFox studiyasiga kelganimda Dizayn nimaligini bilmaganligimi his etim va o‘rgana boshladim. Usztozim Rahimjon Gaziyevdan ancha narsa o‘rgandim (va hozirda ham o'rganib bormoqdaman). 1 oy davomida hayotiy va dizaynerlik tajrabalariga ega bo'ldim va bunga Ustozim Rahimjon Gaziyevdan minaddorman.
RedFox studiyasi mening 2-oilam bo'lb qoldi ustozlar va tengdoshlarim mening jigarlarim!