May 17, 2021

RedFox Team haqida siz bilmagan sirlar ☺️

Bugun sizga kompaniyamiz sirlaridan birini ochamiz.

RedFox Team — haqida eshitganmisiz?

Kompaniya tashqaridan qaraganda 80 kishilik kichik jamoa bo'lib ko'ringani bilan, aslida RedFox Team'da atiga 6 kishi faoliyat yuritadi.

RedFox Team qanday ishlaydi, qanday tasavvur qilsa bo'ladi desangiz?

RedFox Teamni quyidagi narsalarga o'xshatish mumkin: Inson miyyasiga, poezd lokomotiviga, aysbergni ostki qismiga, dasturni bekend qismiga va hokazolar kabi yadroviy (asos) tuzilmalarga o'xshatish mumkin.

Gap nima haqida ketyapti? (Commentda izoh qoldiring)

Ya'ni, bular kompaniya tashkillanishidan beri qadamma qadam guvohi bo'lishgani uchun, RedFox Team — o'z o'zidan kompaniya boshqaruv paneliga aylanib ulgurgan.

Zotan tarixni yaxshi bilmay, kelajakni qurish mushkul.

RedFox Teamni asosiy vazifasi nima?

Yangi shogirdlarni team lider darajasigacha tayyorlash. Kompaniyani bekend qismini nazorat qilish, tizimlashtirish va yangiliklar o'ylab topish hamda kompaniyani kengayishi uchun hissa qo'shish. Chunki RedFox Teamning asosiy daromadi kompaniyani umumiy budjetiga qarab ko'payib boraveradi.

RedFox Team imtiyozlari qanday? Bu kichik jamoaga qo'shilishdagi imtiyozlar odatdagi bo'limlardan bir necha barobar ko'proq.

  • Teamning har bir a'zosini orzu maqsadlariga yetishiga ko'maklashishi.
  • Team tomonidan ham ma'naviy ham moddiy yordam bo'lishi (hajm ahamiyatsiz, mashinami, to'y qilish kerakmi, uy olish kerakmi farqi yo'q).
  • 1 oy sinov muddatida turar joy bepul.

RedFox Team shiori: Eng avval o'zimizga yaxshilik qilish, so'ng o'rgangan bilimlarimiz bilan oilamizga va boshqalarga yaxshilik qilish. (Bu shiorni to'g'ridan to'g'ri tushunish qiyinroq, shuning uchun biron kun batafsilroq izohini gapirib beraman, kelishdikmi?)

Team a'zosi bo'lish uchun nimalarni bilishi talab etiladi?

Hech nimani bilmasa ham bo'laveradi, Team a'zolari o'z sohasini malakali mutaxassislari. Ulardan ko'p narsalarni tez va oson o'rganish mumkin. Team a'zolarni mutaxassisligidan kelib chiqib, yangi shogirdlar o'zlari o'rganishga qiziqadigan yo'nalish tanlashlari ham mumkin.

Team a'zolari o'rganish davrida daromad topa oladimi?

Aniq mutaxassisligi bo'lgan kadrlarga, o'rgangan bilimlari va topshirilgan ma'suliyatlariga qarab 1 mlndan — 10 mlngacha oylik va yuqorida keltirilgan +bonus imtiyozlar.

Mutaxassisligi bo'lmagan, o'rganuvchi shogirdlarga 1 oylik sinov muddatida faqat yotoq joy bepul qilib beriladi, 1 oydan so'ng esa bilim va topshirilgan ma'suliyatlariga parallel ravishda 1 mlndan — 10 mlngacha oylik va yuqorida aytilgan +bonus imtiyozlar.

"Siz o'zingiz hal qiladigan muammolar qiyinligiga mutanosib ravishda haq olasiz."
(Elon Musk)

Qanday qilib RedFox Team oilasiga qo'shilish mumkin?

  1. +99871 2005008 telefon raqami orqali bog'lanish yoki telegramdan @redfoxsuhbat akkauntiga murojaat qilish.
  2. RedFox shtab-kvartirasiga kelib suhbatddan o'tish.