Shogird olamiz
November 25, 2020

Web & UX/UI bo'yicha shogirdlikka qabul boshlandi.

RedFox akademiyasi — RedFox marketing agentligi qoshida tashkillangan Ustoz-shogird metodikasi bo'yicha dizaynerlarni 0 (nol)dan mutaxassis darajasigacha tayyorlaydigan loyihadir.

Respublikamizda dizayn sohasiga bo'lgan talab haddan tashqari ortib borayotgani sababli, dizayn studiyani o'ziga ham doim mutaxassislar kerak bo'ladi. Malakali veb dizaynerlarni tayyorlash uchun mazkur akademiya tashkillandi.

RedFox dizayn studiyasida bir yoki bir qancha ustozlar yordamida quyidagi dasturlarni o'rganishingiz mumkin:

  • Figma
  • Adobe XD
  • InVision

Web & UX/UI Texnologiyalardan:

  • User mapping
  • Wireframe
  • UX (user experience)
  • User interface
  • UI kit tayyorlash
  • Design system
  • Prototype
  • Typography

Akademiyada tahsil olib, nima ishlar qila olishingiz mumkinligi haqida, jamoamiz tayyorlagan ishlarni ko'ring, siz ham shunday tayyorlay olishingiz mumkin: Behance/redfoxuz

Sizni ham real buyurtmalar asosida topshirilgan muvaffaqiyatli loyihalaringiz, dizayn studiyaning Portfolio kanaliga ismingiz bilan joylab boriladi.

Eslatib o'tamiz RedFox dizayn studiyasi o'quv markazi emas. O'qituvchi tomonidan, bir necha soatda dars o'tib ketish tizimi RedFox'da umuman mavjud emas.

Hammasi to'liq amaliyot va to'laqonli Ustoz-shogird metodikasi asosida kun davomida o'rgatiladi.

Oddiyroq qilib aytganda RedFox yoshlarni rivojlanishi uchun ajoyib muhit hozirlab bergan dizayn studiya.

Chunki studiya muhiti va studiyadagi ko'plab ustozlar hamda tajribali dizaynerlar bilan jamoaviy ishlagan holda, dizayn salohiyatni qisqa vaqtda ortishiga juda katta yordam beradi. Bunday kuchli jamoada, jamoa ruhiyatidan shaxsiy rivojlanishga shubhasiz hissa qo'shadi.

RedFox tomonidan tavsiya etilgan akademik muddat tajribalar asosida 1,5 yil etib belgilangan.

Noldan daromadgacha chiqish muddati eng tez 6-8 oy, o'rta xisobda 1-1,5 yil. Eng uzog'i 2 yilda ish bera oladigan darajaga chiqish mumkin. Lekin hozirgi kunda bu sohaga shu qadar talab kattaki, hatto dizayn tayyorlashni bilmaydiganlarni ham ishga qabul qilishyapti ekan, ya'ni yaqin 1 yil ichida arzimagan pul topish muhim bo'lsa, studiyani tark qilgan holda, minglagan taklif qilayotgan tashkilotlarga ishga joylashishingiz ham mumkin. Bunga studiya hech qachon qarshilik bildirmaydi.

Har kimning tanlov va qarori o'zida

Studiyada malakali ustozlar ro'yxati:

  1. Mavlonbek Po'latov
    Frilansus.com loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐⭐⭐ 5 yulduz. Kuchli Top - 10 dizaynerlar ro'yxatida 1 o'rinida. Tajriba 2 yil.
  2. Sarvarbek Abdupattoyev
    Frilansus.com loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐⭐ 4 yulduz. Kuchli Top-10 dizaynerlar ro'yxatida 3 o'rinda. Tajriba 1 yil.
  3. Rahimjon Gaziyev Frilansus.com loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐⭐ 4 yulduz. Kuchli Top-10 dizaynerlar ro'yxatida 5 o'rinda. Tajriba 15 yil.
  4. Shoxrux Raxmatov Frilansus.com loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐ 3 yulduz. Tajriba 4 yil.
  5. Odilbek Nurmatov
    Frilansus.com loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐ 3 yulduz. Kuchli Top-10 dizaynerlar ro'yxatida 6 o'rinda. Tajriba 3 yil.

Ta'lim vaqtlari: Biz o'quv markazi bo'lmaganimiz uchun shogirdlar eng kamida 12 soat real proyektlar asosida o'rganiladi. Haftada 7 kun 24 soat mobaynida.

🎁 Afzallik: Rivojlanib borayotgan katta dizayn studiya hamda kuchli jamoa ruhiyati.

Zerikarli soxtaliklardan charchaganlar uchun, real va kreativ hayotga taklif qilamiz : )

⚠️ Online shogird umuman olmaymiz.

Murojat uchun telefon: +998977785008
Telegram orqali ro'yxatdan o'ting: @redfoxsuhbat

Manzil: Malika bozori, Arxitektorlar ko'chasi, 11 uy.