Namunali shogird
June 7, 2021

Namunali shogird — Mirkomil Mirusmonov

Cover

"Namunali shogird maqolasi, faqat unga munosib shogirdlar uchun yoziladi".
(Rahimjon Gaziyev)

Bugun Mirkomil Mirusmonov RedFox dizayn studiyasini tark etdi. Bu avvalo men uchun kichik musibat, chunki yaxshi ko'rgan shogirdni boshqa bir ishga kuzatish oson emas. Ammo Mirkomil haqiqatan namunali shogird bo'lgani uchun shaxsan o'zim undan rozi bo'lgan holda "Namunali shogird" turkum maqolasini yozishga qaror qildim.

Achchiq haqiqat...

Bu kompaniyani noldan tashkillaganim uchun qanday qilib bu darajaga yetganimizni juda yaxshi bilaman. Eng boshidan hamma ishni boshida o'zim bo'ldim, oddiy mayda ishlardan tortib, management, marketing, oddiy portfolio joylash ishlarigacha hammasini o'zim bajarib keldim. Shuning uchun soxta statistika va safsata marketinglar qilishni yomon ko'raman. Bu (kazzoblik) mani qiynalib bosib o'tgan yo'limga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun aniq aytishim mumkin shu paytgacha 500 dan ortiq shogirdlar dizayn studiyamizga shogirdlikka kelib ketishgan bo'lsa, ulardan faqat barmoq bilan sanaydiganlari "Namunali shogird" maqomiga erisha olgan xolos.

Men bu haqiqatni aytishdan tortinmadim, chunki ming afsuslar bo'lsinkim, bu (kam natija bo'lishi) mintalitetimizdagi umumiy oilaviy tarbiya bilan uzviy bog'liq bo'lgan muammo.

Namunali shogird bo'lolmaganlar yarmidan ko'pi beqarorligi tufayli, sohani oxirigacha olib ketmagan. Yarmidan ko'pi atagi yarim yilga bormay taslim bo'ladi, "bu soha menga emas ekan" deb. Qo'lidan ozgina ish kelib qolgan lekin 4 yulduz darajaga erisholmay ertaroq ishga kirib ketganlar esa, yarmidan ko'plari noshukr shogirdlar hisoblanadi. Qayerda, kimdan, nimani o'rganganlari esidan chiqib ketgan shogirdlar. Aynan shu nonko'r shogirdlar ko'pligidan, bugundan boshlab, har bir namunali shogird haqida maqola yozishni niyat qildik. Toki (shogirdlarni bitirishini kutib turgan) ish beruvchi kompaniyalar ham kimni ishga olish afzalroq ekanini yaqqol bilsin. Kim (o'sha hozirda va'da qilinayotgan) falon mln oylikka (достойный) loyiq ekanini tushunsin.

Mirkomil haqida

Mirkomil Mirusmonov RedFox Akademiyasiga 2020 yilning 10 yanvar kuni kelgan.

RedFox Shtab-kvartirasi (Chilonzor-19)

Avval Respulika dizayn kollejida Dizayn fakultetida o'qib bitirgan. Kollejni bitirgandan so'ng 6 oy dizayner va SMMchi sifatida ish yuritgan. Quyida avvalgi ishlaridan namunalar.

RedFox'ga kelishidan oldingi dizayn ishlari:

Mirkomil Mirusmonovning kelishidan oldingi qilgan ishlari

So'ngra, mokap(mockup)lar bilan ishlashni o'rgangan va dizaynlar ham tayyorlab turgan.

2020 yilning Bahor faslida Koronavirus pandemiyasi sababli karantin e'lon qilib, lokdaun bo'ldi. Lokdaun 20 martdan 1 iyungacha davom etdi. Shu muddat ichida masofadan ishlashga to'g'ri keldi.

Lokdaundan so'ng dizayn uchun kuniga 12 soat va undan ko'proq shug'ullanishni boshladi. Asosan poligrafik va qadoq dizayni bilan shug'ullandi, ya'ni katalog, flayer, billboard, etiketka dizaynlar.

2020 yil iyul oyida esa Frilansus.com platformasida 2 ⭐️⭐️ yulduz darajasiga erishdi

Frilansus.com tizimida 2ta yulduz darajasi...

Yil ohirlarida Mirkomil Mirusmonov oddiy proyektlaridandan tashqari katta proyektlarda ham qatnasha boshladi. Misol uchun Golden valley, Maknon Buildings, Capella, Invan, MBF, Novaya Volna, Sunnah Products va boshqalar.

Oxirgi ishlaridan namunalar

RedFox komandasidagi insonlarning fikri:

RedFox asoschisi Rahimjon Gaziyevning fikri
RedFox'dagi Bosh Proyekt Menejerning fikri
Mirkomil Mirusmonovning hamkasbi
Mirkomil Mirusmonovning o'quvchisining fikri

2021 yil 29 aprel kuni Frilansus.com platformasida 4 ⭐️⭐️⭐️⭐️ yulduz darajasini qo'lga kiritdi.

Uning daromadi

Frilansus.com — frilanserlarni rivojlanish platformasi hamda baholash tizimi haqida o'qigan bo'lsangiz (O'qimagan bo'lsangiz menga bosing) 4 yulduz darajasidagi "Silver sertifikat" olgan frilanser eng kamida 3 mln so'mdan — 5 mln so'mgacha oylik maoshli ishga joylashish ehtimoli haqida yozilgan. Hozirda Mirkomil Mirusmonov 4 yulduz daraja hamda Silver sertifikat bilan, boshlang'ich maosh 5 000 000 so'mdan - 10 000 000 so'm oylikli daromadli ishga joylashdi.

Silver sertifikat

Mirkomil Mirusmonovning RedFox akademiyasi haqida fikri

"Redfox'ga kegan kunlarim Dizaynni bilib keganman digan fikrim o'zgargan, shu joyga kelib jamoa bilan menejer va klientlar bilan ishlashni o'rgandim. Undan tashqari ustozdan kunlarni tartiblashni, dasturlarni foydalanish kabi ko'pchilik bilmaydigan bilimlarni o'rganib hayotimga tadbiq qildim va shu mening yutug'im bo'ldi".

Academy life (hayotidan)
Sevimli shogirdimiz Mirkomil Mirusmonov'ga butun jamoamiz nomidan kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz, baraka topsin! Yurtimizda ana shunday ota-onasiga rahmat olib beradigan Namunali shogirdlar soni va sifati ko'payib boraversin!