Akademiya
July 10, 2021

RedFox akademiyasi — narxlar tarixi va sabablari.

"Bugungi bo‘lgan vaziyat, ertaga bo‘lmaydi". (Hayatud-dunya)

Bugun 10.07.2021 RedFox akademiyasida narxlar 2 ta sababga ko'ra 2 barobar oshganini e'lon qilaman. Akademiyada tahsil olish narxlari 2020 yil yanvar oyidan beri deyarli o'zgarmagan edi, lekin quyida o'sha 2 ta sababni batafsilroq yoritib beraman, o'qib bo'lgach komentda fikringizni qoldiring.

2 barobar narx o'sishi bo'yicha belgilangan miqdor:
580 000 so'mdan → 1 160 000 so'mga belgilandi.

Bu narx faqat Toshkent shahridagi Shtab uchun. Ofis va viloyatlardagi narx o’zgargani yo’q.

Kecha (shu paytgacha) shogird bo'lib kelgan potok qanday ham baxtli.

1 . Sabab. Qisqa vaqtda ko'p narsa o'rganishlari. Shogirdlarni real buyurtmalar bilan ishlash natijalari a'lo darajada ekanligi.

Buni "Academy" kanalimiz hamda blog sahifamizda "Avvalgi va hozirgi o'quvchilarni natijasi" haqida tez-tez yoritib beramiz, shunda shogirdlarni avvalgi va tahsil olish davridagi rivojlanish jarayonlarni ko'rishingiz mumkin.

2. Sabab. Mavjud imkoniyatlar — Real buyurtmalar uchun to'lovlar, shogirdlarga qo'shimcha sarmoya mablag'lar, qarz berilishi va h.k.)

Shu paytgacha har bir shogirdga kompaniya tomonidan sarmoya kiritib kelingan. Lekin imkoniyatlar ko'paygan sari, yashash uchun kurash shunchalik past bo'lar ekan. Bu haqida maqolada batafsilroq ma'lumotlar bilan yoritishga harakat qildim. Ehtimol shunga o'xshash holatni boshdan kechirganlar bordir.

Akademiyada ta'lim metodikasi vujudga kelish tarixi, dizayn studiya tarixi bilan chambarchas bog'liq, shuning uchun avval kompaniya tarixiga qisqacha nazar solib, keyin har ikki holatni bir biriga taqqoslab hulosa chiqaramiz.

Avval, kompaniya tarixiga nazar

Kompaniya tarixi

Kecha RedFox kompaniyasiga asos solinganiga 5 yil to'ldi. Faoliyatning ilk davrlari kechagidek hammasi yodimda. Chilonzor Farhod bozori yaqinidagi eski 1 xonali kvartirada nom topib domenni ro'yxatdan o'tkazdim 2016 yil 30 iyun. Havaskor sifatida sohada 10 yillik tajribam bo'lgani bilan, dizayn kasbiga professional yondoshmagan edim. Shuning uchun Toshkentda kvartira arendasini eplab to'lolmaganman. Birinchi 6 oy shaxsiy chiqimlarimni ham to'liq qoplolmay (o'sha paytdagi moddiy saviyamga ko'ra) boshdan oyoq qarzga botib ketganman desam ham bo'laveradi. Kim qarz berib turar ekan deb telefondagi kontaktlarni qayta qayta varoqlayverardim. O'sha paytda qarz beradigan odam ko'zimga farishtadek ko'ringan. Buni arendani to'lolmay chorasiz qolgan, hech kimdan yordam sifatida qarz ololmagan odam tushunadi. Ayniqsa arendani 1 kunda to'lamagani uchun haydab yuboraman desa, kontakti tugul ko'chadagi odamdan ham qarz so'ragisi kelib qoladi. 6 oy ichida olgan qarzlarim 5 000 000 so'mdan ortib ketgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, hayotimda qarz oldi berdi masalasini o'rni beqiyos.

Mana shu qarz oldi-berdi masalasini Qur'onda batafsil nozil qilib sadaqadan 18 barobar savobli qilib bergan Alloh taloga hamd aytaman. Yaxshi odamlar qarz bergani uchun mushkulim oson bo'ldi. Shunday paytlarda islom dinimizning har bir jabhada komilligiga qoyil qolmasdan iloji yo'q.

O'sha paytda dizayn xizmatlarim narxi 10 000 so'm atrofida bo'lgan. Hatto Logo dizaynini ham 10 ming so'mga tayyorlar edim. SMM dizaynlar 10 000 so'mdan, qiyinligiga qarab, eng murakkab dizaynlarni 15 000 so'mga tayyorlar edim. Hullas asosiy urg'u daromad topishdan ko'ra, yashab qolish (vijivaniye) bilan o'rganishga qaratilgan edi. Chunki meni darajamdagi dizayner uchun yashash uchun kurashishdan boshqa chora ham qolmaydi. Ba'zi payt rolton olish uchun ham pul qolmas edi.

Avvalgi daromadsiz uzoq yillar, bir kun olgan bilimlarim daromad olib kelishiga ishonar edim. Chunki, Imom A'zam rahmatullohi alayhni katta shogirdlari Abu Yusuf rohimahullohga qilgan vasiyatlari bor edi:

Imomi Аʼzam rohimahullohni Аbu Yusuf rohimahullohga vasiyati-oʼgiti: "Аgar 10 yil kasbsiz va oziq-ovqatsiz qolsang ham, ilmdan voz kechma. Аgar sen u(ilm)dan voz kechsang, (Аlloh) taoloni «Kim Mening zikrimdan yuz oʼgirsa, albatta, unga torchilik hayoti boʼlur» (Toho, 124-oyat) degan oyatiga koʼra, yashashing tang-ogʼir boʼladi". Аl-ashbah van nazoir kitobidan

O'rganish uchun imkoniyat resurslar juda kam bo'lgan, misol uchun internet ADSL, tezlik 2 mb/s. Hozirgi kunda mavjud bo'lgan dizaynerlar guruhi, kimdandir savol so'rash, maslahatlashish fikr olish deyarli imkonsiz edi. Dizaynerlar uchun o'zbek tilida foydali kanallar, o'zbek tilida ishlaydigan frilanser platformalar ham bo'lmagan. Offline tarzda jamoa bilan ustozlar bilan birgalikda Toshkentda yashab o'rganishni umuman imkoni bo'lmagan. Eng achinarlisi yurtimizda dizayn bo'yicha mijozlarni ma'naviy fikri hali umuman shakllanmagan edi. Shu sababdan dizaynni tushunmay atkaz qilish holatlari haddan tashqari ko'p bo'lgan. 7-8 yil avval havaskor sifatida ishlayotgan paytlarim 5-6 ta joyga muntazam bepulga dizayn tayyorlab berardim, (bepulga tayyorlagan dizaynlarim 3 yil ichida 2000 dan ortib ketgan, hammasi hozirgacha mavjud) shuning uchun o'rganishni maqsad qilib, mijozlarni buyurtmalarni atkaz qilishi yoki yoqtirmasligi unchalik ruhiy qiyinchilik bermagan. Asosiysi ishimni yaxshiroq bajarishga odatlandim, dizayn jihatdan qo'limdan kelgancha yaxshi chiqarishga harakat qildim, mijozni fikri ikkinchi darajaga qoldi.

Shunday qilib 100 dan ortiq mijozlar bilan ishladim, vaqt o'tgan sari salohiyatim ortib bordi. 2,5 yildan so'ng buyurtmalarim soni va narxi ortib, buyurtma qabul qilishim navbati 1 oygacha bo'lib ketdi. Shunda shogird olish haqida ilk e'lonni post qildim.

Bu yerda https://t.me/RedFoxUz/306 rasmdagi nashr qilingan e'lon postini joylashgan manzilini ko'rish mumkin.

Shogird olishimdan asosiy maqsad, o'zimdagi navbat bo'lib ketgan ishlarni topshirishdan iborat edi. Agar shogirdlar ichidan yaxshi salohiyatga ega shogirdlar chiqsa, ishimni to'liq topshirib, internet do'kon bilan shug'ullanmoqchi edim. Shuning uchun kelgan har bir shogirdga bilgan narsalarimni to'la to'kis o'rgatishga harakat qildim.

Bepul davr — 2018 yil, avgust.

Chilonzor 1-kvartal - ofis

2018 yil avgustdan boshlab RedFox studiyasida bepul shogird qabuli boshlangan.

Kompaniya tomonidan shogirdlarga quyidagi imkoniyatlar mavjud edi:

• Kun davomida minimum 10 soat (amaliyotlari bilan) bepul o'rganish;
• Real buyurtmalar bilan ishlash;
• Real buyurtmalarni art direktor bilan birgalikda tayyorlash;
• O'zi yoki Art direktor bilan birgalikda topshirsa ham eng kamida 80% gacha to'lov qilinishi;
• Kundalik chiqimlarini qoplay olmayotgan shogirdlarga kompaniya tomonidan oziq-ovqat va boshqa harajatlari uchun naqd pul mablag' berilishi;
• Viloyatdan kelgan shogirdlar turar joyni qoplay olmayotgan payt kompaniya tomonidan qoplab berilishi;
• Shogirdlarni navbatdan tashqari chiqimlari uchun qarz berilishi;
• Shogird qabul qilish hajmi maksimum 10 ta bo'lgan.

Jarayon...

Shogirdlarga o'rgatish vaqtida real buyurtmalar bilan bo'lgani uchun, juda ko'plab buyurtmalar bekor (atkaz) bo'lib ketgan. Juda ko'plab mijozlar yo'qotdim. Boshqa o'rgatadigan joylarga o'xshab quruq mashqlar bilan o'rgatishni shogirdlarimga ravo ko'rmadim. Chunki maqsad shogirdlarni (sonidan) o'qitish orqali daromad topish bo'lmagan. Aksincha o'zim (10 yildan so'ng) jiddiy harakat bilan 2,5 yil qanday yo'llarni bosib o'tib yaxshi daromad topadigan dizayner darajasiga erishgan bo'lsam, huddi shu real buyurtmalar, real mijozlar bilan, real qiyinchiliklarni shogirdlarga o'rganish davridayoq imkon qadar taqdim qildim.

Bu narsani shogird tayyorlagan har bir usta juda yaxshi tushunadi, real hayotga hali qadam qo'ymagan yoshlar, real buyurtmalarni qilishda mas'uliyatni "M" harfini ham tushunmaydi, shu sabab deyarli hech bir buyurtma vaqtida bitmaydi. Bu degani shogird tayyorlash davrida deyarli har bir mijozdan muddat so'rab yalinib yurishimga to'g'ri kelardi, kamiga mijozlardan so'kish eshitardim, "sani ishingga o'xshamagan", "o'zing qilsang qil, bo'lmasa kerak emas" vahokazo saviyamga to'g'ri kelmaydigan jamiyki xunuk gaplarni shogirdlarni tayyorlash davomida mijozlarga gap ham qaytarolmay indamay eshitib keldim. Maqsad, ertaga shogirdlarim real buyurtma bilan ishlaganda sarosimaga tushib qolmay, ko'zi bilan ko'rib turgan real mijozlar, real jarayonlar bo'yicha real hayotga moslashib ketishi ko'zda tutgandim.

Chunki o'zimni boshimdan o'tkazganlarim, qaysi ta'lim mehanizmi optimal ekanini yaqqol ko'rsatib bergan edi.

Albatta ishlatiladigan bilimgina insonga manfaatliroqdir. Ishlatilmaydigan bilim insonga hech qanday natija olib kelmaydi.

Misol o'zim o'rgangan davr 2,5 yilni tashkil qilgan bo'lsa, shu muddat ichida kuniga 10 000 so'm daromaddan, kuniga 100$ daromadga erishdim. Shuning uchun shogirdlarga ham aynan qaysi yo'l (nol shogirdni) tezroq daromadga olib chiqishi va bu uchun qancha muddat sarf bo'lishini tahmin qildim. Shu sababdan shogirdlarni suhbat qilish paytida 2 yil daromadga chiqmasligi mumkinligini oldindan aytdim. Men o'rgangan payt ustozlarni ishlari ko'p edi, shu sababdan ular bilan muntazam bo'lolmaganim uchun, ehtimol sekinroq o'rgangandirman deb, shogirdlarimni o'rganish muddatini tahminiy 2 yil qilib belgilagandim.

Vaqt o'tib kompaniyada shogirdlarni real buyurtmalar bilan ishlash orqali ta'lim olish mehanizmi rivojlandi, tahminimda 2,5 yil o'rgangan paytimni, art direktor sifatida yonlarida bo'lsam yarim yilga qisqarsa kerak, shunda shogirdlarim mendan ko'ra tezroq ya'ni 2 yilda o'rganishlari kerak degan hulosa qilgandim. Lekin natija men tahlil qilgandan ancha yaxshiroq bo'ldi 2 yil ham emas, 1 yilda daromad topishni boshlashdi.

Bu yerda https://t.me/redfoxacademy/237 birinchi potokda kelgan shogirdimni erishgan natijalari haqida qisqacha yozgan edim.

2 yil muddat haqida

Shu o'rinda 2 yillik belgilangan muddat haqida bir narsani aytib o'tishim kerak. Nechta suhbat qilgan bo'lsam, deyarli hammalari 2 yil ko'p degan hulosani berishgan, berishmagan bo'lsa ham menga to'g'ri kelmas ekan, tezroq o'rganishim kerak edi deb ketishardi. Hullas shunday fikrlaydiganlardan fikr olib ko'rdim, o'ziz qayerni bitirgansiz" Falon oliy ta'limni, kasbiz nima nimani o'rgandiz? ... hech nima. Nima uchun sizga natijaga erishish uchun 2 yil ko'plik qilyapti? Shundoq ham oliy ta'limga 4 yil vaqt sarfladim, falon ming dollar pulim ketdi, dedi. Xo'p bularga meni aybim nima deb, suhbat paytida ham imkon qadar shogirdlarga tushuntirishga harakat qilardim.

Mintalitet yohud beqarorlik.

Suhbat paytida 2 yil o'rganish davri deb qabul qilganim bilan, shogirdlarni ko'plari 3-4 oyda ketishni xohlab qolishdi. Ketayotganlarida "bir narsani oxiriga yetkazmaslik yaxshilikka olib kelmaydi" deb aytdim. Ba'zilariga "Agar ketishing muvaffaqiyat bo'lsa, ketganing yaxshi, chunki inson muvaffaqiyat qayerda bo'lsa, o'sha yerga yuzlanishi kerak" derdim, chunki hali o'rganmasdan turib ishga kirishga shoshilgan shogirdlarni rivojlanib ketishi sekin bo'lardi yoki to'xtab qolardi. Sababi ishxonalarda ustoz kabi batafsil o'rgatadigan odam topilavermasdi. Hullas hech qachon hech bir shogirdni ushlab qolmadim, majburlamadim, ixtiyorni doim o'zlariga qo'yib berdim. Shogirdlar o'z aqli bilan yondoshib qaror qabul qilsa samaraliroq bo'ladi derdim. Lekin o'zini aqli qolib, ko'pincha na dinu diyonatda fasohatli kishi bilan, na sohani yaxshi o'zlashtirgan inson bilan maslahat qilishmadi. Aksincha bularni teskarisi bilan maslahat qilishdi. Din desa eskicha deydigan odamlar bilan, uydagilari, qarindoshlari, mahalladoshlari, sinfdoshlari vahokazolar bilan maslahat qilib qaror chiqarish holatlari ko'p bo'ldi. Shogird bo'lish eng sharafsiz status deydigan odamlar bilan maslahatga yuzlanishar edi. Hech bo'lmasa bir sohani yaxshi o'zlashtirgan odam bilan maslahat qilishmas edi. Eng kamida yaxshi natijaga qisqa muddatda erishib bo'lmasligini bilishar edi.

Ikki xil dunyoqarash

Shunday qilib topgan daromadlarimni ko'p qismi shogirdlarga sarmoya sifatida sarf qildim, shu sababdan uyga pul jo'natolmadim. Lekin o'sha paytlari ko'p shogirdlar imkoniyatim yo'q deb yolg'on gapirishar ekan, keyinchalik bilsam aslida ko'pchiligi meni oilamdan ko'ra badavlatroq oilalar bo'lib chiqdi. Shunday bo'lsada ularga sarf qilgan harajatlarim miqdori 5600$ yetib bo'lgandi...

Men pul yetkazolmay uydan sotiladigan narsa qidirar edim, telefonimni, modemni sotdim, paytida kompyuter kerak bo'lganda Chorsu bozoriga chiqib kiyimlarimgacha sotib yuborganman. Shogirdlarni ham uylarida sotiladigan kerakmas narsalari ko'p bo'lsa ham imkoniyatimiz yo'q deb o'tiraverishar ekan, men buni juda kech tushundim, shogirdlarni ko'plarida olingan narsa sotilmas ekan. Bunday muqaddas tuyg'u ularga qayerdan kelib qolganini hozirgacha kitob varoqlab topolmadim.

Yangi joyga ko'chishga pulim qolmagach, android dasturchi Rustam akadan 600$ qarz olib ko'chdik.

Bepul davr — 2019 yil, fevral.

Bu yerda https://t.me/RedFoxUz/363 rasmdagi nashr qilingan e'lon postini joylashgan manzilini ko'rish mumkin.

2019 yilning fevral oyidan boshlab shogirdlarni ko'paytirish maqsadida Tinchlik metro yaqinidagi ofisda faoliyatni davom ettirdik.

Bepul davrda kompaniya tomonidan shogirdlarga berilgan imkoniyatlar:

• Kun davomida ofisda minimum 10 soat (amaliyotlari bilan) bepul o'rganish;
• Real buyurtmalar bilan ishlash;
• Real buyurtmalarni art direktor bilan birgalikda tayyorlash;
• O'zi yoki Art direktor bilan birgalikda topshirsa ham eng kamida 80% gacha to'lov qilinishi;
• Kundalik chiqimlarini qoplay olmayotgan shogirdlarga kompaniya tomonidan oziq-ovqat va boshqa harajatlari uchun naqd pul mablag' berilishi;
• Viloyatdan kelgan shogirdlar turar joyni qoplay olmayotgan payt kompaniya tomonidan qoplab berilishi;
• Shogird qabul qilish hajmi maksimum 35 ta bo'lgan.

Tinchlikdagi ofis 1-xona
Tinchlikdagi ofis 2-xona

U payt oliygohda o'qiydigan talabalarni ham qabul qilar edik, undan tashqari "Oldingdan oqqan suvni qadri yo'q" deganlaridek, bepul bo'lgani uchun, shogirdlarda vaqtni isrof qilish holatlari ko'p bo'ldi. Real buyurtmalarga nisbatan ma'suliyat bilan yondoshmaslik vahokazo yuqorida sanab o'tilgan omillar takrorlandi...

Ofis va oylik harajatlarni ortiq qoplolmagach, ofisdan ilojsiz holda chiqishga majbur bo‘ldim.

Shuncha vaqt va sarf harajat qilib yiqqan shogirdlar ham tarqab ketdi. 3 yillik mijozlarimni ishonchidan chiqib ketdim, hatto ba‘zilari "shogirdlariz o‘rganib olganda zakaz berarmiz" deb bergan avanslarini olib ketishdi.

Shundan so'ng, kunni yarmida kelib ketadigan shogirdlarni qabul qilishni butkul to'xtatdim. Chunki to'liq vaqtini ajratmagandan keyin hayollari bo'linib natijaga erishishi 5 barobar sekinlashib ketdi. Buni oqibatida buyurtmalar vaqtida topshirilmadi, ko'p mijozlarni yo'qotdim, vaqt o'tishini hisobiga ofis harajat va boshqa chiqimlar kutib turmas edi.

Sanoqli shogirdlarim bilan kichikroq kvartiraga ko‘chib bo‘lsa ham ishni davom ettirishim kerak edi, lekin ko‘chishga umuman mablag‘ qolmagandi, shunda (dizayner) Ramziddin akadan 800$ qarz olib Chilonzordagi 4 xonali kvartiraga ko‘chdik.

Tinchlik paytidagi 6 oyda jami ko‘rgan zararim 129 000 000 so‘m bo‘ldi. Ya‘ni 14 000$ dan oshib ketdi.

Ketganlar ham biron nima o'rganib ketishdi, qolganlar undan ko'proq narsa o'rganishdi.

Ofisga kun davomida kelib ketadigan qatnovdagi shogirdlarni vaqtlariga beparvo bo'lganliklari uchun, bepul shogird qabul qilishni ham to'xtatdim. Bepul davrda shogirdlar o'tirib o'rganayotgan har bir o'rin uchun kompaniya sarmoya kiritayotganini umuman tushunishmas edi, tillarida tushunyapmiz deganlari bilan o'tayotgan vaqtga diqqatli emas edilar. Bundan kelib chiqadiki, ularga berilayotgan imkoniyatni chin dildan his qilib vaqtida foydalanib qolishga haris bo'lmadilar. Shundan so'ng qandaydir mo'tadil narx ishlab chiqishimga to'g'ri keldi. Hech bo'lmasa o'tirgan o'rni uchun to'lov qiladigan narx chiqarishim kerak edi, chunki vaqtiga diqqatli bo'lmayotgan yoshlar, hech bo'lmasa to'layotgan pullari uchun diqqatli bo'ladi deb, 2019 yil avgust oyi oxirgi bepul shogird uchun e'lon berdim.

Bu yerda https://t.me/RedFoxUz/478 rasmdagi nashr qilingan e'lon postini joylashgan manzilini ko'rish mumkin.

2019 yil, avgust. Bepul davr yakuni

Bepul davrda kelgan shogirdlar uchun, keyinchalik pulli bo'lganda ham bepulligicha qolgan.

Misol hozirgi kunda "Namunali shogird" turkum maqola chop qilyapmiz, o'sha maqolada ismi zikr qilingan deyarli hamma shogirdlar bepul davrda kelishgan. Mirkomil Mirusmonov, Sarvarbek Abdupattoyev, Baxtiyorjon Gaziyev, Anvar Zaripov, Polatov Mavlonbek, Odilbek Nurmatov, Sherzod Khasanov.

Lekin bular bilan bir qatorda kelgan boshqa ko'plab shogirdlarga ham ayni shunday imkoniyatlar berilgan, lekin oxirigacha o'zlashtirib qolganlari juda oz, yarmida tashlab ketganlari ko'p bo'ldi. Albatta qolish yoki ketish hammani o'z ixtiyoridagi narsa, lekin bepul davrda shogirdlarga berilgan imkoniyatlar, ham moddiy jihatdan, ham ma'naviy jihatdan ta'lim olishlari uchun katta yordam edi. Shu imkoniyatlardan to'laqonli foydalangan shogirdlarni ko'pchilik qismi, ham ma'naviy ham moddiy zarar keltirib, studiya egalarini norozi qilib ketishdi. Studiyaga keltirilgan moddiy zararlar, shularni hammasiga jonli guvohi bo'laverib, bepul shogird qabul qilishga ortiq toqatim qolmadi.

2020 yil, yanvar. Ilk bor pullik e'lon.

Bu yerda https://t.me/RedFoxUz/809 rasmdagi nashr qilingan e'lon postini joylashgan manzilini ko'rish mumkin.

2020 yil, yanvar oydan boshlab RedFox akademiyasida tahsil olish narhi ilk bor 520.000 so'm etib belgilangan.

Kompaniya tomonidan shogirdlarga berilgan imkoniyatlar:

• Kun davomida shtabda minimum 10 soat (amaliyotlari bilan) bepul o'rganish;
• Real buyurtmalar bilan ishlash;
• Real buyurtmalarni art direktor bilan birgalikda tayyorlash;
• O'zi yoki Art direktor bilan birgalikda topshirsa ham to'lov qilinishi;
• Kundalik chiqimlarini qoplay olmayotgan shogirdlarga kompaniya tomonidan oziq-ovqat va boshqa harajatlari uchun naqd pul mablag' berilishi;
• Viloyatdan kelgan shogirdlar turar joyni bepul qilib berilishi;
• Shogird qabul qilish hajmi maksimum 15 ta bo'lgan.

Yuqorida aytib o'tganimdek narx chiqarishda hech bo'lmasa 1 ta o'rin chiqim(rasxod)ini qoplaydigan narx chiqarishim kerak deb, 520 ming so'm etib belgiladim. Bu o'sha paytda Toshkentda yashab, ishga qatnash harajatiga teng bo'lgan. Misol uchun (minimal) 350 ming kvartira narxi bo'lsa, 150 ming (borish kelish) yo'lkira. Bundan ko'rinib turibdiki, 520 ming belgilagan narx bu faqat shogirdlarni o'zini yotoq joyini to'lovi uchun bo'lgan. Lekin shunda ham ko'p shogirdlar to'lovga qiynalyapmiz deyishgani uchun imtiyozli ravishda kompaniya chiqimlarni qoplagan.

2020 yil, avgust. Ta'riflar ishlab chiqildi.

Bu yerda https://t.me/RedFoxUz/1153 rasmdagi nashr qilingan e'lon postini joylashgan manzilini ko'rish mumkin.

Avvagli imtiyozlar bunda ham bo'lgan faqat narx 20 ming so'mga oshgan. Turar joy bilan 540.000 so'm, qatnov orqali 440.000 so'm va imtiyozli shogirdlar uchun 0 so'm.

Pullik davrda, bepul davrga nisbatan 90% saramali shogirdlar yetishib chiqdi. Haqiqatan vaqtlariga baparvolar kamaydi. Bu RedFox tarixida akademiya tizimini rivojlanish ilk qadamlari bo'ldi. Lekin qanchali tez natija chiqqani sayin, shunchalik tez ishga joylashib ketishdi. Shogirdlarni daromadga chiqish surati tezlashdi. Buyurtmalar uchun to'lovlar shogirdlarni xursand qila boshladi, ehtimol shu to'lovlarga ishonib, ishga joylashsam bo'lar ekan deb, oxiriga yetmay ishga shoshilganlar ko'p bo'lgandir. Lekin nima bo'lganda ham doim yaxshilab o'rganib olishni tavsiya berganmiz. Chunki real buyurtmalarga to'lovlar, faqatgina shogirdlarni qilayotgan ishlari sababidan emas edi. Kompaniya reputatsiyasi, mijozlar ishonch bildirgani, menejement mahsulotni sotishi vahokazo sabablar bilan, shogirdlarga to'lovlar qilinar edi.

2020 yil, noyabr. #shogird2021 ga start.

Bu yerda https://t.me/RedFoxUz/1409 rasmdagi nashr qilingan e'lon postini joylashgan manzilini ko'rish mumkin.

2020 yil, noyabrdan boshlab #shogird2021 uchun qabul e'lon qilindi.

Yuqoridan o'qib tushgan bo'lsangiz, Narx va imkoniyatlar hozirgi kungacha deyarli o'zgarmagan. Shtabda yotoq joyi bilan 680.000 so'm, qatnov uchun 580.000 so'm belgilangan.

Kompaniya tomonidan shogirdlarga berilgan imkoniyatlar:

• Kun davomida shtabda minimum 10 soat (amaliyotlari bilan) bepul o'rganish;
• Real buyurtmalar bilan ishlash;
• O'zi yoki art direktor bilan birgalikda topshirsa ham to'lov qilinishi;
• Kundalik chiqimlarini qoplay olmayotgan shogirdlarga kompaniya tomonidan oziq-ovqat va boshqa harajatlari uchun naqd pul mablag' berilishi;
• Viloyatdan kelgan shogirdlar turar joyni bepul qilib berilishi;
• Shogird qabul qilish hajmi maksimum 40 ta bo'lgan.

Bularga qo'shimcha tarzda

Frilansus.com platformasida 10 mln so'mdan ortiq daromad topib 4 yulduz darajaga olgan shogirdlarga berilgan imkoniyatlarni alohida sanab o'taman:

Bu yerda https://t.me/RedFoxUz/1409 rasmdagi nashr qilingan e'lon postini joylashgan manzilini ko'rish mumkin.

Qo'shimcha imkoniyatlar:
• Bepul co-working (ish joy)
• Freepik, Stock fayllar
• Bepul turar joy (Toshkent)
• Mineral suv (cheksiz)
• RedFox futbolkasi
• Personal kreslo
• Yaxna ichimliklar (video bor)

Silver daraja olganlar uchun yaxna ichimliklar joriy qilinishi haqida youtube kanalimizda video ham olgandik.

4 yulduz daraja uchun bepul yaxna ichimliklar joriy qilinishi

Imkoniyatlarni ko'rib chiqqan bo'lsangiz, bugun (2021 yil iyul oyidan boshlab) shu imkoniyatlarni 2 ta asosiylarini olib qo'yishga majbur bo'ldim.

  1. Bepul yotoq joy
  2. Buyurtmalar uchun to'lov

Tinchlikdagi ofisda hamma narsa mutloq bepul bo'lgan payt, shogirdlar na buyurtmalarga na o'z vaqtlariga diqqatli bo'lmadilar degandim. Bu narsa pullik qilib bartaraf qilingandan keyin natija 90% ga yaxshilandi. Lekin imkoniyat bersangiz, shogirdlarni hammasi ham tushunavermas ekan, shuni e'tiboridan ularga berilayotgan eng asosiy 2 ta imkoniyat shogirdlarni sof tabiatda ta'lim olishlari uchun halaqit qildi. Misol uchun buyurtmalar uchun to'lov summalarini oshirganimiz sari, xursand bo'lishni o'rniga aksincha hayotdan nolish va qisqa vaqtda o'ziga ortiqcha baho berish holatlari ko'payib ketdi. Nolish darajasi shu darajaga yetdiki, o'rganish davridagi topayotgan daromadlari ba'zi shogirdlarni ko'zini ko'r qilib qo'ydi, o'z mentorlariga nisbatan hurmatsizlik darajasigacha bordi.

Aslini olib qaraganda hech qaysi bir o'quv dargohda o'rganish davrida daromad topmaydi, aksincha haddan tashqari ko'p pul sarflaydi. Haddan tashqari ko'p vaqt ham sarflaydi, ko'p vaqt sarflashlariga dalil, 80% talabalar RedFox'ga oliygohdan kelgan bo'ladi. Aqlli odam 4 yil bilan 1 yilda erishadigan yutuqlarni taqqoslay olishi kerak. O'qish narxi arzon, yotoq esa bepul, real buyurtma asosida o'rgangani uchun, buyurtmalardan to'lov qilinadi. Lekin nolish darajasi Oliy ta'limdan ham ortib tushadi. Mana shu nolish hissiyoti bilan kompaniya tarixini o'qib, biz o'rgangan davrlardagi imkoniyatlarga taqqoslab ko'rsangiz men his qilayotgan narsani tushunasiz.

Qisqa qilib aytsam, o'rganish davrida pul aralashib qolishi, talabani fikru hayolini oyog'ini osmondan qilib qo'yyapti. Men va Shoyad aka shu darajaga roppa rosa 15 yilda erishdik, lekin shogirdlarni 2-3 oy o'rganib qo'liga ozgina pul ushlab ko'chada huddi 1000 ta zakazchik kutib turgandek kerilishlarini ko'rib na kulishni na hafa bo'lishni bilmaymiz.

Xulosa va mantiqsizlik

  1. To'rt (4) yilda o'rganolmagan kasbini, 1 yilda o'rganishni uzoq muddat deyish.
  2. Oliy ta'limga kirolmagan lekin kasb o'rganishni istagan yoshlar biz taklif qilayotgan 1 yil muddatni uzoq sanashi. Vaholanki 25 yil umr shundoq ham isrof...
  3. Auditoriya yig'ish hisobiga aholidan natijasiz pul yig'ishtirib oladigan mashenniklarga RedFox akademiyasini taqqoslashlari.
  4. Audotirya to'plash evaziga daromad topadigan mashenniklarga oyiga falon mln to'lab, RedFox akademiyasidagi narx mashenniklar belgilagan narxdan arzon bo'lsa ham qimmat deyishlari.
  5. Oliy ta'lim uchun falon ming dollar kantrakt to'lab 4 yil sarflab, 1 yilda real buyurtmalar asosida ta'lim berib, buyurtmalar uchun to'lov qilinsa, kam to'lov qilinyapti deb nolishi.
  6. Auditoriya yig'ish evaziga soqa qiladigan mashenniklarga oyiga falon mln pul to'lab. Real buyurtmalar asosida o'rganib, topshirgan ishlari uchun to'lov qiladigan RedFox'ga "kam to'lov qilinyapti" deb nolishi.
  7. Bepul davrda ham pullik davrda ham har bir shogirdga kompaniya tomonidan sarmoya kiritilgan. Misol uchun akademiya uchun to'laydigan puliga qo'shib arenda pulini to'langan. Chunki hech bir davrda shogirdlarni to'lagan pullarni arenda pulini ham yopishga yetmagan. Shunday holatda ham bilim olgan joyi, kasb o'rgangan makonini yomonlab ketgan nonko'rlar talaygina bo'lib chiqdi.
  8. Qo'pol qilib aytganda non tuzini yeb tuzlig'iga tupurib ketish.

Quyida RedFox akademiyasida o'rganish davrida daromad topgan shogirdlar ro'yxatini keltiraman:

  1. Polatov Mavlonbek — 80,100,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1563)
  2. Anvar Zaripov — 18,350,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1616)
  3. Sarvarbek Abdupattoyev — 16,000,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1145)
  4. Sherzod Khasanov — 15,235,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1606)
  5. Odilbek Nurmatov — 11,100,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1268)
  6. Mirkomil Mirusmonov — 10,000,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1478)
  7. Muhammadali Abdilqosimov — 6,270,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1640)
  8. Abror Askarov — 5,500,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1524)
  9. Muhammaddiyor Ruziev — 5,000,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1588)
  10. Shahzod Ismoilov — 5,000,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1528)
  11. Javlon Uchqunov — 5,081,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1445)
  12. Xonzoda Zokirova — 4,380,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1627)
  13. Ilhom Jo‘rayev — 3,070,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1631)
  14. Mirjalol Xushmurodov — 2,100,000 so'm — (https://t.me/frilansus/1431)

2 mlndan kam daromad topgan shogirdlar 18 ta. Jami: 16 942 000 so'm.

RedFox akademiyasi tarkibida shogirdlarni topgan jami daromadlari:
204 128 000 so'm

Bu ro'yxat sizlar tahmin qilgan nonko'r shogirdlar emas, men ularni hech qachon ismma ism aynan shular nonko'r deb aytmayman, chunki ular 99,9% dunyo matosi sabab nonko'rlikka qo'l urishdi. Va shu ishlarini ular to'g'ri deb hisoblashgan. 4 yulduz ham olmay, shogirdlik davrida kam to'lov qilinyapti deb studiyamni sha'niga axlat to'kib ketganlar namunali shogirdlarga nisbatan 100 barobar ko'pchilikni tashkil qildi.

Undan tashqari ilm va moddiyat kerak bo'lgan payt hurmat qilib, moddiyatni topa oladigan darajaga erishganda (o'sha) hurmatni tark qilgan shogirdlar ham namunali shogirdlarga nisbatan ancha ko'pchilik bo'lib chiqdi. Vaholanki haqlarni ado qilmay norizo qilib ketgan kim bo'lishidan qat'iy nazar vafotiga qadar rozilik olmasa, to rozilik olmagunicha dunyosidan baraka tag pugi bilan o'chib ketadi, mobodo rozi rizochilik olmay vafot topib ketsa, U kunda haqlarni ado qilish ancha qimmatga tushadi.

Shuning uchun dunyoni o'zida sog'lom hayot kechirgan inson haqiqiy baxtli kishi.

Olam olam vadalar berganlarku gapirmasa ham bo'ladi, 1 pachka ko'katlar, mashinalar vahokazo, har bir bajarilmagan vada, to bajarilmaguncha bo'ynilaridagi yuk bo'lib qoladi. 4 yulduz ham olmay shogirdlik davrida hisob kitobda adolat qilinmadi deb arzimagan summalarni talashgan shogirdlar bilan esa, asl hisob-kitob qilinadigan kunda shaxsan o'zim gaplashib olaman. Kim kimga ko'proq nimani o'tkazib qo'ydi, birovni birovda haqqi qolmaydigan kunda hammasi bilinadi.

Men bu gaplarni bekorga gapirayotganim yo'q. Shogirdlarni o'rganish davrida shaxsan mendan olgan qoldiq qarzdorlik jami miqdorini 97 mln so'mni tashkil etadi. Topshirgan buyurtmalaridan minus qilib yuborilgan qarzlar 200 mlndan ortiq chiqadi. Olingan qarzlar, oziq-ovqat, yotoq joy va boshqa chiqimlar uchun sarflangan, ba'zilari uyiga jo'natar edi. Shogirdlarni qarzlari ko'payib ketgani uchun buyurtmalaridan minus qilish orqali qarzlarini 00 qilishga odatlangandim. Men shu odatimni o'zim va shogirdlar uchun yaxshilik deb bilardim, lekin keyinchalik eshitdim, shogirdlar ichlarida "jadvalda pul topyamiz" degan askiya bilan studiyam va meni ustimdan kulib yurishar ekan. Aslida shogirdlarga qarz havola qilinishi ularga berilgan imkoniyatning bir ko'rinishi bo'lgan edi.

Nonko'r shogirdga qisqacha izoh — Sizdan ilm va moddiyat kerak bo‘lgan payt hurmat qiladi. Ilmni olib bo‘lgach, moddiyatni o‘zi topishga ko‘zi yetganidan so‘ng, o‘sha hurmatni tark qiladi.

So'ng, mol dunyo topadi ammo na ilmida na dunyosida baraka topmaydi. Oxir oqibat o‘z otasini qatl qilgan inson kechasi yostiqqa tinch boshini qo‘yolmagandek baxtli bo'lolmaydi.

Shu ishni qilgan va hali qilmagan shogirdlarga eng oxirgi tavsiyamiz:

2021 yil, iyul — hozirgi kun.

RedFox dizayn studiyasi qoshida tashkillangan RedFox akademiyasi shu paytgacha daromadli loyiha sifatida qaralmagan. Har doim akademiyani maqsadi shogirdlarga sarmoya kiritish orqali, studiya uchun yaxshi kadrlarni yetishtirish bo'lgan.

Bugungi kunda esa akademiyani kadr yetishtirish maqsadi Frilansus.com platformasi hamkorligi bilan bog'landi. Mazkur platformada 4 yulduz daraja oladigan bo'lajak mutaxassislarni kutib turgan kompaniyalar soni oydan oyga ortib bormoqda.

Shuning uchun bundan buyon RedFox akademiyasi eng kamida o'rganish davrida mustaqil 10 mln so'm daromad topgan 4 yulduz (silver sertifikat) darajasidagi mutaxassislarni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.

RedFox — bugun.

Bugungi kunda RedFox kompaniyasi asosan 2 ta yo'nalishga bo'lingan.

  1. Xizmat ko'rsatish — IT xizmatlarini ko'rsatish agentligi;
  2. Akademiya — ustoz-shogird metodikasi asosida mutaxassislarni samarali tayyorlash.

RedFox akademiyasi, ustoz-shogird metodikasi bo'yicha ta'lim beradigan eng katta va eng samarali ta'lim maskaniga aylanib ulgurdi. "Namunali shogird turkum maqolasini o'qing"

Xizmat ko'rsatish bo'yicha 300+ dan ortiq kompaniyalarga dizayn va IT xizmatlarini ko'rsatib, 2800 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalar topshirdi. www.redfox.uz

RedFox akademiyasida bugungi kundagi imkoniyatlar:

• Shtabda qolib yoki qatnab haftada 7 kun 8 soatdan amaliy mashg'ulotlar bilan shug'ullanish;
• Fundamental bilimlardan so'ng, real buyurtmalar asosida o'rganish;
• Topshirilgan buyurtmalar summasi miqdoricha Frilansus.com platformasida reyting berilishi;
• 4 yulduz darajaga erishgandan so'ng akademiya to'lovidan ozod qilinishi;
• 4 yulduz darajaga erishgan shogirdlar bilan suhbat asosida oylik maosh tayinlanishi;
• 4 yulduz darajaga erishgan shogirdlarga topshirgan buyurtmalari uchun naqd shaklda to'lov qilinishi (shuningdek, frilansus.com platformasida ham reyting beriladi).
• 4 yulduz darajaga erishgan shogirdlar uchun bepul yotoq joy hamda yaxna ichimliklar bepul taqdim qilinishi;
• 5 yulduz darajaga erishgan shogirdlar uchun MacBook Pro sovg'a qilinishi;
• Senior darajaga erishgan shogirdlar uchun Spark avtomobili sovg'a qilinishi.

Sizlar bilan suhbatda RedFox team lideri, Rahimjon Gaziyev bo'ldi. "Bugungi bo'lgan vaziyat ertaga bo'lmaydi"

RedFox team maqsadi: Eng avval o'zimizga yaxshilik qilish, so'ng o'rgangan bilimlarimiz bilan oilamizga va boshqalarga yaxshilik qilish.