Killer 6-chapter🔪
6-chapter
Yana o'z ish o'rniga qaytgan Komissar o'zgacha yengillik his etdi.
Avvalgidek bo'lim ichiga kirib borar ekan, bu safargi qadamlarda o'zgacha halovat va taskin bor edi.
Avvallari qat'iyat ufurib turadigan komissarning jiddiy yuzida bugun ajib shodlik va tabassum hukmron edi. U yonidan o'tgan har bir xodimga alohida e'tibor qaratar va lab uchida jilmayib qo'yardi.
-Hayrli tong ser..)-ortdan kimningdur yoqimli ammo biroz sho'x ovozi eshitildi
Ha, bu komissarning sevimli yordamchisi Kim Taehyung
-Senga ham Kim)-unga ham jilmayib qo'ydi komissar ammo o'z stoli tomon harakatini to'xtatmadi
-Yana sizni o'z o'rningizda ko'rayotganimdan xursandman)-ko'zlari porlagancha javob qildi yordamchi
-O'zim ham bundan mamnunman)-komissar o'z kursisiga cho'kdi va ko'zlarini yumdi
-Janob, sovuq qahva istaysizmi? 3 qoshiq shakar solinganidan?!)-shu gapdan so'ng xonada ikkisining ham qah-qah urgan ovozi yangradi
-Voy sen yaramas!)-hali ham kulgancha yordamchisiga o'girildi
-istamaysizmi? Axir bu sevimli qahvangiz-ku)-Taehyung battar mazahlay boshladi. Bugun boshlig'ining kayfiyati chog'ligi uning erkin so'zlay olishiga sharoit yaratgandi
-Bo'ldi Tae, ishga qayt)-yuziga yana jiddiy niqobini taqqan komissar e'tiborini stoldagi hujjatlarga qaratdi
-Yaxshi..)-Taehyung esa shunchaki xonani tark etdi
-Hey Yoongi, sen komissar Hong bilan do'stlashib oldingmi?)-ishdan tashqari mavzuda so'radi Aron
-Yo'q, aslo! Nega birdan bunday hayolga bording?)-Yoongi tabassum qilish o'rniga jiddiy so'zlardi. Xuddiki bu savol unga umuman yoqmagandek
Aron oyog'i bilan yerga bir nimalar chizardi...
Va lablarini sekin harakatga keltirib sekin gapira boshladi
-O'sha kuni sudda...)-u bir deganda Yoongiga qarab mazaxlash ifodasi bilan jilmaydi
-Sen uni yonini olding-ku!)-dedi Aron qiqirlab
-Hechamda! Men shunchaki holisona fikr bildirdim. Uni hali ham jinim suymaydi!)-qat'iyan ta'kidladi Min
-Bas qilsangchi, axir o'sha kuni uni qamoqdan ozod qilish uchun ancha mehnat qilding)-qiz yana avvalgidek kuldi
-bo'ldi qil Aron. O'sha mijg'ov komissar haqda eshitishni istamayman)-u endi gapini yakunlagandi ham-ki, ortidan kimdir qo'shildi
-Mijg'ovmanmi Min?)-dedi komissar bo'g'iq ovozda
Yoongi va Aron birga ortga o'girilishdi. Yoongi hanuz sovuq qiyofasini saqlab qolgan ammo Aron biroz avval miriqib kulayotgan yuz ifodasini yashirish uchun tirishardi
-Men haqiqatni gapiraman aybga buyurmang Komissar!)-u hali hanuz jiddiy ohangda gapirardi
-Rahmat...)-birdan komissarning og'zidan chiqqan minnatdorlik Aronni ko'zlarini kattalashishiga sabab bo'ldi. Yoongi esa biroz qoshlarini chimirdi. "Nima uchun?" degandek.
-O'sha kuni.. to'g'risi hech kim menga ishonmaganini ko'rib, juda qattiq ezildim. O'sha qo'lqoplar qanday borib qolganini bilmaymanu lekin o'zimni oqlashga biror dalil keltira olmaganim juda alam qildi. Va ayni o'sha vaziyatda meni "mijg'ov" deb hisoblaydigan odam menga nisbatan samimiy ishonch bildirganidan juda ta'sirlandim. Shuning uchun rahmat Min)-u yana samimiy jilmaydi va ko'zlarida tashakkur belgisi izhor bo'ldi
Sababi hozir o'zi "mijg'ov" deb atagan shahs oldiga rahmat aytish uchun kelgandi. Ammo Yoongi kechirim so'ray olmasdi. Uning g'ururi hech qachon bunga yo'l qo'ymagandi..
-O'sha paytda meni majburlashsa ham seni aybdor ekanliginga ishona olmasdim. Shuning uchun o'z ichki hislarimni aytdim xolos)-ko'zini Komissardan olib qochib gapirdi. U xatto komissarga qarashga ham botina olmayotgandi...
-Bu ishonchni qadrlayman.. Sizga ham tashakkur Aron. Endi esa ekspertiza xonasiga ketishim kerak)-u qo'lini cho'ntagiga solgancha ortiga o'girildi
-Va.. sen unchalik ham mijg'ov emassan..)-dedi erkak ortida Yoongi
-buni kechirim sifatida qabul qilaman!)-komissar ortga qayrilmay balandroq ovozda gapirdi va yo'lida davom etdi
-Undan uzr so'rashing kerak edi)-koyigan ohangda dedi Aron
-bunga odatlanmaganman!)- Yoongining javobi esa doimgidek qisqa va bepisand chiqdi
Uni o'zi buni tan olmasada komissar va Yoongi o'rtasidagi munosabat ancha iliqlashgandi.
Komissar Hong endi ekspertiza xonasiga yaqinlasharkan birdan mahkama tashqarisidan kelgan baland Sirena tovushidan cho'chib tushdi. U alanglab atrofga qaradi. Kimdir mahkama ichiga o'rnatilgan ogohlantiruvchi signalni ishga tushirgandi. U ekspertiza xonasini esdan chiqgancha yugurib majlis xonasiga yo'l oldi.
Eshikdan shoshib kirgan komissar allaqachon hamma shu yerda ekanligini ko'rdi
-Tinchlikmi?)-u o'pkasidagi betartib havoni tashqariga chiqardi va qaytadan chuqur nafas oldi
Xonadagi odamlar esa negadir havotirdanmi yoki qo'rquvdan, ranglari bo'zarib ketgandi.
Komissar shuni angladiki, u muhim voqeani o'tkazib yuboribdi.
-Komissar bunga qarang..)-dedi Aron komissarni o'z oldiga chorlab
Komissar eshik tutqichini qo'yib yubordi va Aronga yaqinlashdi. "Jin Ursin!"- beihtiyor baqirib yubordi U..
Qarshisida daxshatli manzara turardi.
O'z bo'limlarida ishlovchi yosh ayol.
U allaqachon murdaga aylangan
Eng qo'rqinchlisi esa ayolning chap yelka qismidagi o'yib yozilgan "Find me" yozuvi ustida qotilgan qolgan "kichik xat" bor edi
Komissar endi angladi
Nega hamma bo'zdek oqarib ketganini va tili aylanmay qolganini
-Qotil chapaqay ekan..)-Aron qo'lidagi notekis yozuvda yozilgan qog'ozchani komissarga uzatib, o'z tahminini aytdi. Yozuv chindan g'alati edi. Xuddiki buni yozgan odam avval hech bu qo'lida yozmagandek..
Komissar hech narsa demay xatni oldi.
Xatda
<-Ho'sh detective endi "Find me" yozuvi to'liq bo'ldimi? Yoki yana kimningdur bosh suyagiga o'z ismimni yozib qoldirishimni kutasizlarmi?>
Komissar atrofga qaradi
Hamma jim!
Hech kim hatto ortiqcha nafas olmayapti
-Bu ayolning ismi nima edi?)-nihoyat tilga kirdi Aron ammo avvalgidek tirishqoq va sovuq ohangda emas, mutlaqo havotir va hayrat bilan gapirdi
-Eunchae...)-asta javob qildi kichik yordamchi Kim
-Menga ham to'liqroq tushuntirib berasizlarmi?)-komissar sabrsizlangancha so'radi. Ular sal avvalgi voqeadan so'ng ancha o'zlarini qo'lga olishgan ammo hali ham shiddat bilan ishga kirishadigan ahvolda emasdilar
Hamma odatdagidek jim edi
Yoongi chuqur xo'rsingach, komissarga o'girildi
-sal oldin biz tashqaridagi jasad bilan shug'ullanayotgandik. Birdan sirena chalindi. Tabiiyki hammamiz majlis zaliga kelishimiz kerakligini fahmladik. Ammo kelganimizda... murda shu yerda.. shu stol ustida yotardi. Jin ursin! U bizga shu qadar yaqin keldi. Kuppa kunduz kuni hammaning ko'z o'ngida.. hech qanday shubha tug'dirmay!)-Yoongi ortiq gapirolmadi. Uni ayni damda juda jahli chiqar va o'zini bosolmasdi. Qanday qilib shuncha jumboqni yechishga aqli yetgan politsiyachini aldashdi? Bu uning g'ururiga qattiq zarba bergandi.
-Buni istamasakda tan olishimiz kerak... qotil oramizda.)-sekin havotir bilan gapirdi komissar
-Va u xatida aynan meni eslab o'tdi!)-hali ham ko'zini bir nuqtadan olmagan Aron pichirladi
Ehtimol, u qo'rqayotgandur yoki havotirda edimi, ko'zlarini pir-piratmay bir nuqtaga qaragancha qolgandi
-Xonim...)-dedi yumshoq ohangda kimdir
Aron yuzini yuqoriga ko'tardi.
Taehyung qo'lidagi qahvani unga uzatdi va sekin jilmaydi. Uning tabassumida o'zgacha taskin bor edi. Xuddi "hammasi yaxshi" degandek...
-hech narsani o'ylamaslikka harakat qiling..)-u Aronga qahvani uzatarkan qo'shimcha qildi
-hech bo'lmagandi bir necha daqiqalarda..)-uning bu samimiyligi Aronga tasalli berardi
-Qayerda xato tahmin qildim? Men shunchaki binoning orqa tomonida edim xolos! Ammo qanday qilib jasad bu yergacha keldi? Men aqldan ozaman Jin Ursin! Agar biz tez orada uni topmasak, u aytayotgan "o'z ismini chizadigan bosh suyagi" meniki bo'lishi mumkin.
Qotil kundaligi:
-Men nafaqat boshqaruvchiman balki qasoskor ham menman! Meni yo'q qilish sizlar o'ylaganchalik oson emas, chunki meni "Qotil" qilib siz shakllantirdingiz. Endi esa o'yin qoidalarini men tuzaman.