Tutqun
11-episodeđź•·
PovJungkook:
~Shu qadar charchadimki... bularning bariga qo'l siltab ketib qolishni istardim. Hayotim shunchalik zulmatga g'arq bo'lganki, bu botqog'likdan istasam ham chiqa olmayapman! Bu zulmat meni yutib yuboradigandek.
Qo'rqyapman....
Tan olishni istamasamda qo'rqyapman! Men to'g'ri deya qilayotgan bu ishlar xato bo'lishidan.... birgina xato tufayli baridan ayrilishdan. Va.... vahshiylarcha ezg'ilayotgan insonimni sevib qolishdan.. uni sevmayman! Ammo kun kelib.... Jin ursin! Bu xato! Aqlingni yig'sangchi Jungkook! Bu kabi bema'ni narsalar haqida o'ylashni bas qil!
Vijdon dedimi? Qayerdan ham bilarding bu qanchalar og'ir tuyg'u ekanligini. Aslida har tun shu tuyg'u sabab uxlay olmayman!
Sen tug'ilganing sababli oilang barbod bo'lgan bo'lsa.... dadang senga nisbatan qo'rs, oying esa seni "chiqindi" ekanligingni aytsa... Sen tug'ilishing eng katta xato ekanligini anglab yashasang... mana vijdon azobi nima?!
Ammo bila turib uning ham hayotini barbod qilyapman... bu nimasi Jungkook?! Axir sen chekkan azoblarni birovga his qildirmaslik uchun qasam ichmaganmiding? Bir paytlar bu kabi hayotni dushmaninga ham ravo ko'rmasliging haqida aytmaganmiding? Unutdingmi? Qasamingni buzding Jeon! Sen yanglishding!
-Ammo senga ham shafqat qilishmagandi! Nega sen bunday qilishing kerak?!
-axir u hali go'dak!
-Qo'ysangchi Jungkook! Sen ham bir paytlar go'dak eding! Nega ular mehr berib, seni sevishmadi? Nega seni doim itarishdi va ortiqcha ekaning haqida aytishdi?
-bu ishlarda uning aybi nima?
-u bir o'lja! Eski hodisalarni unutish uchun "humordan chiqaruvchi o'yinchoq!"
-ammo..
-Bas qil Jeon! Senga ko'rsatilmagan mehr boshqaga ham ko'rsatilmasligi lozim! Senga shafqat qilishmadi demak, sen ham shafqat qilmaysan!
《Ichidagi ikki hil o'y hayollardan toliqqanligi bois og'ir xo'rsindi va ko'zlarini yumdi》
-Tik tak...tik tik tak...)-Jk zinalardan tushish barobarida bir nimalarni pichirlab kelardi. Oshxona oldiga yaqinlashganda birdan eshik qo'ng'irog'i chalindi. Qo'lida hali ichishga ulgurmagan suvini qo'yib, eshik tomon yaqinlashdi. U eshikni ochgan zahoti shunchaki qotib turardi.
-hayrli tong...O'g'lim..)-eshik oldidagi ayol asta so'zladi
Jungkook esa jim..
Nega u uni o'glim deydi? Kim o'zi bu ayol? Tanishmi ular? Nega unda Jungkook eslay olmayapti?
-bilaman, eslay olmayapsan. Uy ichida, bafurja gaplashib ola olamizmi?)-ayolning gaplaridan so'ng Jk rozilik bildirdi
-Jungkook... ancha ulg'ayibsan... juda kelishgan va baquvvat yigit bo'libsan..)-ayol o'g'liga boshdan oyoq razm solgach gapirdi.
-tushunmadim? Siz meni avval ham ko'rganmisiz?)-so'radi Jk
-ha... har holda o'zim katta qilganman..)-asta boshini egdi ayol
-kechirasiz, ammo tushuna olmayapman. Ochiqroq gapiring)-Jk
-haligi... Jungkook... men seni... oyingman..)-ayol
-nima?)-jk
-ha o'g'lim... men.. seni oying- Yoonah man... meni kechir o'g'lim..)-Yoonah
-nimalar deyapsiz? Nima oldimga kelib oyingman desangiz laqqa ishonadi deb o'yladingizmi?)-darg'azab bo'lib gapirdi U
-yo'q... o'g'lim... ammo men chindan ham sening onangman! Nahotki meni tanimayapsan..?)-sohta ko'z yoshi ila gapirdi Ayol
-yo'q! Eslay olmadim. Endi esa ma'zur tuting!)-u yuzini ayoldan burib oldi
-Jungkook... meni kechira olmaysan buni bilaman ammo men seni qidirib shu yergacha keldim. Xatto yuzimga ham qaramayapsan bu qanday odobsizlik?)-yoonah
-odob? Nega birdan bu haqida gapiryapsiz? Xuddi menga tarbiya bergandek!)-Jk
-men nima bo'lganda ham onangman axir!)-yoonah
-ha, tug'ilishi bilan o'z bolasini rad etgan "tabarruk ona" siz! Qanday oliyjanoblik..! Yillar o'tib endi esingizga tushibmanda... Vahh, ammo nega buncha kech, qadrli oyijonim? Ayni mehrga muhtoj bo'lgan paytimda qayerda edingiz? Biznesimni oyoqqa qo'yayotganimdachi? Ho'sh kasodga uchraganimdachi? Endi mashhur shahsga aylanganimda qadam ranjida etishingizning boisi ne? Endi nima qilaman sizni? Yo nima endi mehr berish uchun keldingizmi?)-hali ham o'zini bosa olmay so'zlardi Jeon
-O'g'lim! Hech narsani bilmay turib erkin gapirma! Bolaligingda sen va meni ayirgan kim o'zi? Men seni o'z ihtiyorim bilan tashlab ketmadim! Dadang! O'sha jonajon otang sendan meni tortib oldi. Meni esa Itewonga olib borib, tashlab ketdi. So'ng o'ziga boshqa o'ynash topdi. Keyinchalik nega kelmaganimni ham aytaymi? Otang to o'limiga qadar meni sen tomonga birgina qadam qo'yishimga ham ruhsat bermadi. Doim tahdid qildi va cheklov qo'ydi! Undan so'ng men ishlash uchun Londonga ketdim. Fursat bo'lishini kutdim. Xozir esa SEN uchun shu yerdaman!)-qat'iy so'zlari ila Jungkookning aqlini shoshirib qo'ygandi ayol. U hech bir so'zida adashmay, aniq va ravshan qilib so'zlarkan, Jungkook bir so'z ham deya olmay qolgandi
-senga yetarlicha mehr bera olmaganimdan afsusdaman, O'g'lim. Kerakli vaqtda oldingda bo'la olmaganimdan va senga suyanchiq bo'la olmaganimdan afsusdaman. Ammo bu borada meni aybdor qilishing ham to'g'ri emas...)-yoonah
-men haqimda nimalarni bilasiz o'zi?)-hali ham shock holatidan to'liq chiqib ulgurmagan Jungkook savol bilan yuzlandi
-aytarli ko'p narsa emas. Har holda sen bilan ko'p muddat birga bo'lmadik. Ammo istasang ayni damdan boshlab senga to'liq mehr beraman... sen ona mehriga muhtojsan o'g'lim... men senga sen esa menga kerakmiz! Bizni majburan ayirishdi. Endi senga to'yib olishimga izn ber...)-ayol qayta ko'ziga yosh oldi. Bu holatdan anchayin bezovtalangan Jk biroz o'rnidan siljidi
-mayli, oyim ekanligingizni davo qilayotgan ekansiz shu yerda qolishingiz mumkin. Aytganingizdek, menga mehr bering! Men esa xozir ishga ketaman)-u turib yuqori qavatga chiqdi
Jungkook qavat oxiridagi xonaga kirdi. Charchoqdan uxlab qolgan qizga yaqin keldi va uni uyg'otdi
-Hoy! Tur. Allaqachon tong bo'ldi)- ohangidan qo'pollik ufurib turardi.
-menga qara!)-erkak qiz tengi bo'lib egildi, ko'zlariga tik qarab qat'iy so'zlashni boshladi
-uyda mehmon bor. Endi ro'l o'ynashga majbursan. Mening sevgilim bo'lasan. Tanangdagi ko'karishlarni nima qilib bo'lsa ham yo'qot! Iloji boricha tana qisming ko'rinmaydigan kiyim kiy. Va... tilingni tiy! Agar churq etgudek bo'lsang sog' qo'ymayman, meni tushunding to'g'rimi?)-Jkning gapiga javoban bosh silkidi Rei
-endi esa mana buni ol)-u qizga telefon uzatdi
-n.nima? Bu nega?)-qiz hayrat to'la nigohlarini tikib gapirdi. Har holda unga telefon berishlarini kutmagandi
-uyda mahbusdek yashayotganing bilinmasin demadimmi? Bilaman, ortiqcha harakat qilmaysan. Qilgan taqdiringda ham oxiri nima bilan tugashi haqida yetarlicha ma'lumotga egasan?! Shunday ekan o'zingni erkin tut. Unutma, bu sir tashqariga chiqsa nafaqat sen, balki ukang ham tovon to'laydi!)-u gapini tugatib xonani tark etdi
PovJungkook:
~shuncha yildan so'ng siz bilan yana ko'rishish meni xursand qildi ammo shu bilan birga hafa ham! Men sizni ochiqlik bilan qabul qilishni istardim. Ammo siz bu iltifotga noloyiq ekanligingiz meni qiynayapti. Nima qilishni ham bilmayman. Yillar avval menga qilgan munosabatingizni sizga ham qaytarishim kerakmi, yoki barini unutib sizga ko'ksimni ochaymi..? Meni yana bir bor arosatda qoldirdingiz oyi...