August 21

KILLER🔪 11-chapter

11-chapter

O’sha kundan so’ng 3kun o’tgandi. Hech qanday g’ayritabiiy hodisalarsiz.. shubha va gumonlarsiz o’tgan 3kun.

Shunchaki Aron va Yoongi. Boshqa hech narsa yo’q edi. Ehtimol, bu Aron uchun eng qadrli bo’lgan soniyalar edi. Yoongi esa o’zi haqdagi hamma narsadan shunchaki bexabar…

-Min…)-xonasidan sekin chiqib kelgan Aron Yoongi tomonga yaqinlashdi. Divanda tinchgina televizor ko’rib o’tirgan Yoongi u tomonga boshini burdi. Va “nima?” degandek tikilib turardi

-O’sha sirli qotil birdaniga tinchib qolgani qiziq emasmi senga?)-qiz ham divanga cho’kdi va qiziqish bilan javob kutardi

-Hmmm… aslida bu shubhali

-Shundan xavotirda edim… Agar u o’yindan zerikkan bo’lsachi? Va yana qo’rqinchliroq nimalarnidir boshlasa?)-biroz ovozini pasaytirdi U

-qo’rqyapsanmi mushukcha?)-istehzoli tabassum qildi Yoongi

-Yoongi…)-erkakning yuragi g’alati urib ketdi. Chunki Aron juda kam hollarda uni to’liq ismi bilan murojat qilardi

-U kim bo’lishi mumkin?)-pichirladi qiz umidsiz ohangda va qo’shimcha qildi:

-men uchun?

-Sen o’zingni bu kabi fikrlar bilan qo’rqitmasliging kerak

-Ammo bu -Haqiqat! U meni biladi. Uy manzilim, ismim, kasbim va ehtimol undan ko’p narsalarni..)-Yoongi Aronning ko’zlaridagi yashirin qo’rquvni payqadi. Bu U uchun og’riqli edi. Sevgan qizini havotirga solayotgan xavfdan halos eta olmay, qo’l qovushtirib turish uning erkaklik g’ururiga qayta qayta zarba berardi

-Menga qara)-Yoongi qizning ikki yanog’ini o’z kaftlari orasiga oldi va yengil qisdi

-Men sening oldingda ekanman senga hech narsa bo’lmaydi. Tushundingmi?)-Erkakning gaplari yoqimli eshitilsa-da Aronni havotirga solardi. U indamay tabassum bilan kifoyalandi

PovAron:

-Koshki men ishona olsam Min… men ishonishni istayman. Men sening oldingda o’zimni xavfsiz his etishni va seni quchoqlagancha hammadan berkinishni chin dildan istayman. Xatto menga xavf solayotgan narsalardan ham… ammo nega men qila olmayapman?

-Endi esa shu yerda o’tir men senga qahva tayyorlayman..)-Yoongi qizning yanoqlarini issiq kaftidan ajratgach, o’rnidan siljidi

-kechasi uxlay olmayman..)-pichirladi Aron

-har kun uxlay olmayapsan baribir)-beparvolarcha gapirdi Yoongi va oshxonaga ketdi

-qayerdan bila qolding?)-baqirib so’radi qiz ko’ngli tinchimay

-sen haqingdagi hammasi qiziq..)-go’yo o’ziga gapirgandek pichirladi Min va qahva tayyorlay boshladi

Keyingi kun ham avvalgidek boshlandi. Aron Yoongidan avval uyg’onadi va issiq dush qabul qiladi. Hammomdan chiqqanda esa Yoongi tayyorlagan issiq qahva uni kutib turgan bo’ladi. Bu yoqimli manzara edi… har xolda Aron uchun…)

-nega bunchalik erta turding?)-yelkasiga sochiqni tashlab olgancha gap boshladi Min

-uyqum kelmadi

-kechasi ham uxlamaganding

-miyyamdagi fikrlarni chiqarib yuborish qo’limdan kelganda allaqachon qilardim… ammo nachora..)-qiz issiq tongi qahvasidan bir ho’pladi

-mm…)-qahva ta’mini his qilish uchun biroz og’zida ushlab turdi va labini yaladi

-bugun shakari biroz kam?

-Seni tetikroq qiladi. Miyyangdagi keraksiz fikrlarni chiqarib yubora olmayman ammo biroz tinchlantirishim mumkin)-Yoongi yana tabassum qildi. Bu safar biroz xolsiz va umidsiz…

-Rahmat Min…)-pichirladi qiz mehr to’la ko’zlarini tikkancha

-men dush qabul qilaman..)-Yoongi esa doimgidek kamtarlik bilan uni yolg’iz qoldirdi

-seni yaxshi ko’raman….)-hatto o’z quloqlari ham zo’rg’a eshitadigan ovozda pichirladi Aron. Ammo buni tabassum bilan aytmadi. Ohangida mutlaq umidsizlik va qo’rquv sezilib turardi

Bo’limdagi xonada xujjatlar bilan band bo’lgan Aron ko’zlaridagi og’riq sabab o’zini ortga oldi. Ko’zoynakni stolga qo’ygach, qo’llari bilan ko’zini uqaladi. Shu payt stolga nimanidir “tiq” etib qo’yilgan ovozini payqadi

-Tae?)-muloyim pichirladi Aron

-Hayrli kech… charchadingizmi?)-stoldagi qahvani Aron tomonga surdi

-istaysizmi?

-oh… albatta)-Aron qahvani qo’liga olib ichdi

-men sevgan ta’m!)-takidladi U va Taega minnatdorona tabassum qildi

-ko’zingiz og’riyapdimi?)-qizga biroz havotir bilan tikildi yordamchi Kim

-ha.. kechasi yaxshi uxlay olmagandim

-Yana o’sha qotil tufaylimi?

-yo’q… shunchaki yostiq qattiqlik qildi, havotir olma)-qo’lini yengil havoda silkitdi Aron

-Janob Min sizni himoya qiladi. Bunga ishonaman xonim. U yoningizda ekan ortiqcha havotirga o’rin yo’q menimcha..)-U o’z ohangi bilan tasalli berayotgandi. Uning birgina tabassumi sabab butun xonadagi bosim yengillashgandek…

-U… u men uchun hammasini qiladi..)-Aron o’zini majburlab kulishga harakat qildi.

-U sizni yoqtiradi

-hmm… ammo yoqtirish va sevish o’rtasida farq bor. Men ham uni yoqtiraman….

-Demak, sevgi uchun hali ertami?

-menimcha juda kech….)-Aron qahvasiga qarab gapirdi. U aytolmasdi. Ichidagi fikrlarni ochiq ayta olmayotgandi. Axir qanday aytardi? Yoongiga nisbatan allaqachon paydo bo’lgan shubhalari haqda qanday ochiqlay olardi? Uning har bir harakati, har bir qadamini sinchikovlik bilan kuzatayotgani haqda kimga aytardi? Bu xavfli edi. Aron ich-ichidan Minga xiyonat qilayotgandi. O’ziga ham… yuragiga ham…!

Kechgi payt uyga qaytgan Yoongi uy eshigini o’z kalitlari bilan ochdi.

-Nega taqillatmading?)-dedi eshik oldida turgan Aron

-oh? Seni uyda ekanligingni bilmagandim

-Ha, qorning ochmi?

-Nimadir tayyorladingmi?)-erkakning ohangida biroz quvonch jarangladi

-Yo’q, buyurtma bergandim..)-hafsalasi pir bo’lgan Yoongiga piqirlab kuldi Aron

-Qachon qo’lingdan ovqat yeymiz…)-o’ziga o’zi pichirladi Yoongi va kostyumini tutqichga ilib oshxonaga ketdi

-kesatishni bas qil! Sen bor ekansan nega men qilishim kerak?)-Aron erkakga ergashayotganda telefon jiringladi
Yoongining kostyumidagi telefoni jiringlardi.

-Telefonimni olib kela olasanmi Aron?

-ha xozir..)-Aron kostyum cho’ntaklarini titkilay boshladi va telefonni topdi. Ammo uni olayotganda qo’liga yana bir narsa ilashib chiqdi…

Uzuk… Ayollar uzugi..

Katta bo’lim… va undagi bemorlar… <Ruhiy kasalliklar shifoxonasi>
Yohud <Labaratoriya>

Undan chiqayotgan faryodli chinqiriqlar
Bu odamni aqldan ozdirardi. Insonlar ustida o’tkazilayotgan turli hil tajribalar odamni daxshatga solardi

-Bu yerga kel)-sovuq shivirlash bilan gapirdi Katta yoshli erkak

-qochmoqchimisan?)-uning yuzida daxshatli tabassum zohir bo’ldi. Jirkanch va qo’rqinchli

-qayerga qocha olasan? Do’zoxdan Jahannamgami?

-tegmang..)-pichirladi bemor og’riq zo’rligidan ovozi titrab

-iltimos…

-o’zingni qiynama, mening qo’limda qo’g’irchoqsan xolos!)-erkakning keskin xarakati tufayli bemor bir deganda qo’lga tushdi. Oxirgi eshitilgan narsa esa uning ko’ziga sepilgan kislota tufayli chiqqan chinqiriq edi..

-Huhhh..)-o’z o’rnidan turib ketgan qotil yon atrofga alangladi. Yana tush… o’sha lanati tush tufayli 5yildan buyon uxlay olmaydi… U o’rnidan turdi va suv ichish uchun xonadan chiqib ketdi

Qotil kundagili:

<-Bu safar hech qanday izoh bo’lmaydi. Men sizlarni o’z ichki ovozingiz bilan yolg’iz qoldiraman.>