Killer🔪10-chapter
10-chapter
Stolida qo'llarini peshonasida yurgizayotgan Komissar Aron tezroq yetib kelishini sabrsizlik bilan kutardi. Uning ko'ngliga ayni damda hech narsa sig'mas, stolida qalashib yotgan hujjatlarga qo'l cho'zishni ham istamasdi
Keng yo'lakda baland oyoq kiyim tovushlari yangragach, Komissar o'rnidan turdi. U tahmin qilgandek Aron yetib kelgandi
-Hayrli tong Komissar)-ko'z oynagini yechgancha salomlashdi Aron va kursiga o'tirdi
-negadir tinchlik emasdek tuyulyapdi?)-Aron vaziyatni tushunib yetgach, maqsadga o'tdi
-Aron.. menimcha Yoongi...)-Komissar so'zini yakunlolmay qoldi. Aron o'tkir nigoh bilan qaragancha gap suqdi
-Avval ham aytgandim Komissar. Bu kabi gumonlarni o'rtaga tashlayotgan odam bu Qotil! Va biz bunga laqqa tushmasligimiz kerak
-bunga nima deysiz?)-Komissar o'z stoliga qaytdi va birinchi tortmani ochdi
Ko'zlarini og'ir yumib ochgach, qo'liga konvert oldi. Uni Aron tomonga yengil tashlagach, qo'llarini ko'ksiga bog'ladi
-Shunda ham uni oqlay olasizmi?
Aron avvaliga harakatsiz Komissarga tikilib turdi. U tahmin qilardi. Bu konvert ichida nima borligini?
Komissarning savolidan so'ng qoshlarini chimirdi va qo'liga konvertni oldi. Sekin harakatlar bilan uni ochdi. Ichida bir nechta rasm bor edi. Aron ularni qo'liga oldi va ko'zlari kattardi
-Yoongi?)-deya oldi bazo'r. U ko'zlariga ishonmayotgandi. O'sha jinoyat joyidagi mashina xozir Yoongining oldida turardi. U mashina oldida, qo'lidagi telefonda esa kimdir bilan gaplashayotgani suratda turardi
Aron o'sha kungi suhbatni esladi
"-Unday mashina Koreada mavjud emas". Degandi Yoongi...
Aron suratga qarab turarkan sekin pichirladi
Nima ham deya olardi? U bu zarbani chindan kutmagandi. Yoongini oqlashni har qancha istamasin buning iloji yo'qdek edi go'yo...
-unda sabab bo'lishi kerak..)-ohista ammo ishonch bilan gapirayotgan Aron qo'lidagi rasmdan ko'zlarini uzdi. U komissarga qarab turarkan, Jeonghan Aron tomon biroz egildi
Komissar qo'llarini asabiy tirnadi va yana ortga siljidi. U kursiga bor gavdasini tashlagach ko'zlarini yumdi.
Boshini osmonga qaratgancha chuqur nafas oldi.
-Men umid qilaman Detective.. unda sabab bor ekanligiga..
Boshliq Kim o'z xonasidagi katta kursida o'tirar qarshisida esa detective xotirjam qahva ichardi
-Demak..)-so'z boshladi Boshliq kursidan turib, katta oyna oldiga kelgancha
-shu bilan qotillik sodir etilmadi a?
U Aronning qarshisiga kelib to'xtadi va qo'llarini stolga tiragancha gavdasini biroz oldinga egdi
-Shunaqaroq...)-javob qildi Detective noaniq qilib
-Qotillik tugadi ammo shu bilan birga qotil suvdan quruq chiqdimi?)-boshliq jazavaga tushdi. U ishona olmasdi. Qanday qilib butun Seoul o'sha bitta "arzimas qotil" ni tuta olmadi? Qanday qo'ldan chiqarishdi?
Boshliq o'zini ahmoqdek his qilar qo'l ostidagilarni esa laqma deb hisoblardi
-U qo'lga olinadi.. ammo bu uchun biroz vaqt kerak boshliq Kim)-Aron qo'lidagi qahva idishni stolga sekin qo'ydi va o'rnidan turdi
-Men bunga va'da beraman. U kim bo'lishidan qat'iy nazar...)-u biroz jimib qoldi. Bir nimalarni hayol qildi chamasi va o'zini qo'lga olib davom etdi
-Men uni qo'lga olaman..)-va shahdam qadamlar bilan xonani tark etdi
PovAron:
<-Nimalar bo'lyapdi o'zi? O'sha jin urgur mashina oldida nima qilyapsan Min? Meni aqldan ozdirmoqchimisan? Nega bu haqda menga aytmadi unda? Nimani sir tutyapdi? U qotilmi? Yo'q bo'lishi mumkin emas! Mumkin emas...>
Tungi soat 21:15
Bo'limdagilar uchun ish vaqti 15 daqiqa oldin tugagandi faqat kechgi soat ishlovchilar bundan mustasno. Hamma charchagan, ba'zilar esa juda och qolgandi. Ehtimol, Detective Aron ham?
-ovqatlanishni istayman..)-labini yosh bolalarcha ishirib o'ziga o'zi pichirladi Aron
U hali ham komputerdan ko'z uzmas, ammo ichidagi ochlik uni ezib yuborgandi. U bunga ortiq chiday olmasligini bilib kompyuterni yopmoqchi bo'ldi lekin bir ma'lumot uning e'tiborini tortib ulgurgandi. Yana o'z o'rniga qaytarkan, o'sha sayt ustiga bosdi
Psixopat qotillar haqida faktlar
-nima bu?)-qiz tugmachani bosdi va chiqqan ma'lumotlarni o'qiy boshladi
-Psixopatlar haqida siz bilmagan faktlar..blah blah blah...)-u uzun so'zlarni o'qishni istamay shunchaki o'tkazob yubordi va o'ziga kerakli yerlarida to'xtatdi
-ular juda mehribondek tuyuladi... rostanmi?)-yana o'ziga pichirladi Àron
-ser tabassum... mehnatsevar va juda aqlli... zehnlari esa oddiy odamdan 50%yuqori emush.. ular ahmoq xolos!)-Aron yuzini burdi va so'zlarning pastgi qatoriga o'tdi
-qo'shimcha ma'lumot.. ikki turdagi insonlarda uchraydigan holat majvud ya'ni- o'grilar va qotillarning jarohatlari tez bitib ketadi)-Aron qoshlarini chimirdi va qo'shtirnoq ichida yozilgan qo'shimcha so'zlarni ham o'qidi
-"ehtimol, bu xato bo'lishi mumkin"
-ahmoqona!)-u endi rostdan ham kompyuterni yopdi. O'rnidan turgach, o'rindiqga ilingan kostyumi va sumkasini olib bo'limni tark etdi
Uyga qaytayotgan Aron mashinasini uydan 1km uzoqlikdagi avto turargohga tashlab kelgandi. U hayollarini jamlash va tartiblash niyatida piyoda yurishni afzal ko'rdi..
Qorni qanchalik och bo'lmasin, boshi ichida qaynayotgan o'y-hayollar undan ustun keldi
Agar hozir Aron bu fikrlarni tartibga keltirmasa, boshi yorilib ketadigandek edi... Bu ish uni toliqtirardi. Har doim.. har kun.. va har soniyada.. ammo negadir Aron Detective kasbini tark eta olmasdi. Balki, ichki muhabbat tufaylidir. Yoki undagi kuchli qiziqish sabab..?
Qo'lidagi kichik hajmdagi sumkasini oyoqlari bilan yengil tepib borarkan, ko'rinishi xuddi -maktabga majburan ketayotgan o'smir qizaloqdek edi.. Mayus ammo juda yoqimtoy
-qornim ochdi..)-yana sekingina pichirlab qo'ydi Aron. Kim bilsin u bu jumlani oxirgi 1soat ichida necha ming marta aytdi ekan?
Nihoyat u uyi qarshisiga keldi. To'g'rirog'i Yoongining "shinam" uyi qarshisiga...
Kirishdan avval biroz muddat uyga qarab turdi... bezovtalik hissini uyg'otuvchi uy..?
-Hahhhh..)-chuqur xo'rsindi Aron
U kirishni istardi ammo ichkaridagi nomutanosib ranglar uyg'unligi uni bezovta qilardi. Qiziq Yoongi qanday yashaydi bu uyda?
Aron uyga yanada yaqinlashdi va eshik tutqichini ushladi
O'ziga qolsa kirmasdi ammo ichkarida uni kutayotgan odam borligini o'ylab biroz tinchlandi
-men keldim..)-charchoq bilan gapirdi Aron va yurib oshxonaga kirdi
Yoongi beliga fartuk toqqancha nimalardir pishirardi
-keldingmi?)-qizga o'girilmay gapirdi U va qo'lidagi likopchaga nimanidir soldi
-nimalar bilan bandsan Min?)-qiz sumkasini kursi chetiga ilgach stulga o'tirdi. Yoqimli hid oshqozonini qitiqlardi
-Tayyor..)-qo'lidagi ovqat to'la likopchani Aron tomon qo'ydi.
Likopchadagi ovqat o'zidan xushbo'y is taratar, qolaversa, dasturxon ancha did bilan bezatilgandi. To'g'ri stol ustida romantic kechadek shamlar yoki atirgul yaproqlari yo'q ammo likopcha oldiga bir tekisda taxlangan qoshiq va sanchqi, chap tarafdagi sharbat to'la stakan va Likopchadagi spagetti ustiga yengil qo'ndirilgan yalpiz barglari haddan tashqari yoqimli edi
-Albatta.. kelishimga nimadir pishirib qo'yishingdan umid qilgandim..)-Aron qo'liga sanchqini oldi va likopchaga yaqinlatdi.
U qo'lidagi sanchqi yordamida Spagetti ustidagi qo'ziqornlarni tera boshladi
-Nima qo'zinqorinlar yoqmaydimi?)
-ha.. ularni yeya olmayman. Tomog'imni achishtiradi..)-beparvo gapirdi Aron erkak tomon qiyo ham boqmay
-Ammo ular taomga maza beradi)- Min qaysarlik bilan o'zi tayyorlagan taomidagi masalliqlar olib tashlanishini kuzatardi
-yoqmasa ham yeyishimni istayapsanmi?)-qiz endi erkak tomon to'liq qaradi. Yuzida biroz jahl va umidsizlik bor edi
-yo'q.. istamasang yema. Majbur emassan)-Yoongi chinakam beparvolik niqobini taqqancha ovqat yeya boshladi
Aron va Yoongi juda madaniyatli ekanligini hisobga olsak ular dasturxon atrofida ko'p gaplashishmadi...
To'g'rirog'i gapirish uchun Yoongida sabab Aronda esa xohish yo'q edi..
Qotil kundaligi:
Men hech narsa qilishim shart emasdek tuyuladi ba'zan. Bilasizmi nega? Chunki hammasini men uchun siz qilasiz. Mening mehr-e'tiborim esa sizni shu dengizda cho'ktiradi.